Nazariy ma’lumot
KOMIL INSON
Tasavvuf - musulmon olamida (mamlakatlarida) keng tarqal- gan, butun dunyoda mashhur bo‘lgan islom diniga asoslanuvchi buyuk ta’limot. Tasavvuf orqali insoniyat islom dinining ichki va tashqi go‘zalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. Tasavvufning maqsadi insonni ruhiy, ma’naviy jihatdan poklash, ya’ni komil insonni tarbiyalashdir. Qalb pokligiga erishgan, yuksak ma’navi- yatli, aqlan va jismonan barkamol shaxs komil insondir. Aksariyat adabiyotlarda komil inson ruhiy poklangan inson tushunchasi bilan tengl ashtiriladi. Demak, ruhni poklash zarur. Poklanishning yo‘li esa bitta, u nafsni yengishdir.
Nafs deganda yemoqlik, ichmoqlik, kiymoqlikdan tashqari yana johillik, ilmsizlik, manmanlik, kibr-u havo, dunyoparastlik, zulm, o‘g‘ri- lik, tanballik, tama, ko‘rolmaslik, baxillik, mansabparastlik, ko‘ngli tor- lik, g‘azab, umuman, inson ruhini, qalbini bulg‘aydigan, uni Allohdan uzoqlashtiradigan barcha illatlar yig‘indisi tushuniladi.
Qur’oni karimning bir qator oyatlarida ochiq yoki ishora bilan nafsni jilovlash, yengish lozimligi mazmunida hukmlar bor. Shuningdek, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadis- larida ham bu borada ko‘rsatmalar talaygina. Misol tariqasida Hazrati Aliga aytgan ushbu nasihati (hadisi)ni keltirish mumkin: “Yo Ali, valoyat (avliyolik) maqomiga yetishgan zotlar ko‘p-ko‘p ibodat qilgan- laridan emas, o‘z nafslarini yengganliklaridan bunday ulug‘ daraja- ga erishganlar”. Nafs insonning juda qudratli, xavfli dushmani. Unga tobe inson ma’naviy va jismoniy tubanlikka, halokatga mahkum.
Shuning uchun Navoiy “Nafs itin qilsang zabun, olamda yo‘q sendek shujo” deb yozsa, “Qisasi Rabg‘uziy”da bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi deb ta’kidlanadi.
“Farhod va Shirin”ga qaytaylik. Dostondagi Farhod olishib yeng- gan ajdaho, Ahraman dev, temir odam shunchaki xayoliy, afsonaviy
obrazlar emas, balki har bir inson (masalan, Farhod)ning botini (ichki olami)dagi nafsoniy istak, shaytoniy intilishlarning ramziy timsollaridir. Farhodning oshiqligi uni bu nafs lashkari bilan kurashga otlantirdi, ishq unga kuch, sabot va iroda ato etdi. Ko‘rinadiki, nafsni yengish quroli — bu ISHQ ekan.
Tasavvufda ishq deganda faqat mehr, sevgi kabi tuyg‘ulargina emas, ulardan tashqari yana iroda, sabot, ilm, ibodat, oqillik, xokisor- lik, sabr, qanoat, g‘ayrat, kamtarinlik, adolat, saxiylik, halimlik, mard- lik, hayo, pokizalik, shirinso‘zlik, shafqat, umuman, inson qalbini, ruhini poklashga xizmat qiladigan, uni Allohga yaqinlashtiradigan bar- cha ezguliklar, pokliklar yig‘indisi tushuniladi. Ishqning o‘rni ko‘ngilda bo‘ladi. Ko‘ngil ishq tufayli poklanadi. Ko‘ngil poklansa, ishq yanada o‘tli, nurli bo‘ladi, ilohiy mohiyat kasb etadi. Tasavvufga ko‘ra ko‘ngil- ni poklash ham bir ilmdir. Ilm esa ustozlardan o‘rganiladi. Farhodning ustozlaridan kasb o‘rganishini eslang. Ular shunchaki hunarmand ustalar obrazi emasdi.
Boniy - ko‘ngilga ishq binosini qurgan va qurishni o‘rgatgan piri komil. Moniy - Alloh ishqini qalbga naqshlash sirlarini anglat- gan ustoz. Qoran - ko‘ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklar- ni parchalash ilmini bildirgan murshid. Shular kabi yana Suhaylo, Suqrotdek ulug‘lardan ishq sirlarini, poklanish ilmini o‘zlashtirgan in- songina hayotlik davrida o‘z botinida dev, ajdaho, arslondek bo‘lgan nafsoniy illatlarni yenga biladi, kundalik hayotda duch keladigan o‘z nafsiga qul Xusrav, Sheruya kabi odam qiyofasidagi shaytonlarga bas kela oladi. Bir so‘z bilan aytganda, u insoniy o‘zligini yo‘qotmay, poklanish yo‘lida davom etadi. Poklanishga erishgan komil inson ayni paytda yuksak axloq va odob timsoliga aylanadi. Shu ma’no- da Farhod o‘zbek adabiyotida mukammal yaratilgan komil inson obrazidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |