Ul sho‘xki
|
ochildi
|
xat-u
|
ruxsori
|
Ochildi
|
rayohinda
|
yuzi
|
gulnori
|
Xat-u
|
yuzi
|
besabr-u qarori
|
man man
|
Ruxsori
|
gulnori
|
man man
|
zori
|
Ogahiy salaflari Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy hamda Munis kabi mumtoz adabiyotimizning yorqin siymolari an’analarini davom ettirdi, rivojlantirdi, yangi badiiy kashfiyotlar bilan boyitdi. Uning ijodi shoirlari- mizning bir necha avlodi uchun mahorat maktabi bo‘lib xizmat qildi.
a
E
Savol va topshiriqlar:
1.
2.
Shoir Ogahiyning qanday tarjima asarlarini bilasiz? Ular haqida ma’lumot bering.
Ogahiyning adabiyotimiz tarixida tutgan o‘rnini qanday baholaysiz?
Ogahiyning yetuk inson va iste’dodli adib bo‘lib yetishuvida u voyaga yetgan muhitning ahamiyati to‘g‘risida mulohaza yuriting.
OGAHIY LIRIKASIDAN G‘azallar
Baland aylab quyoshga poyaI navro‘z, Ko‘tardi yer yuzidin soya navro‘z.
Kelib fayz-u nishot-u2 aysh birla, Muhayyo qildi elga voya3 navro‘z.
Tarab tiflin1 tug‘urdi dahr zoli2,
Ango bo‘ldi magarkim doya navro‘z.
Qilibdur mahliqolarning yuzini Latofat mushafig‘a oya navro‘z.
Kiyib ahli g‘ino3 yuz rang xil’at,
To‘lo boshdin ayoq peroya4 navro‘z.
Hama o‘ynab olib qo‘lg‘a yumurta5,
Mening ilgimda yoqtur xoya6 navro‘z.
Diramdur7 moyai ishrat ulusg‘a,
Vale men bo‘lmisham bemoya navro‘z.
Janobi shahg‘a keldim bu jihatdin,
Ko‘zim yoshig‘a toya-toya navro‘z.
Ki shoyad o‘zgalardek Ogahiyni Tarabnok aylagay beg‘oya navro‘z.
Mana, shoirning “navro‘z” radifli g‘azali matni bilan tanishdik. Bu she’r tabiat lirikasining go‘zal namunasi sanaladi. Unda tashxis san’atidan foydalangan holda shoir bu bahoriy ayyomni madh etadi. Oldingi mavzularni o‘rganish, lirik asarlarni tahlil qilish asnosida tashxis haqida yetarli tushunchaga ega bo‘ldingiz.
Dastlabki ikki baytda navro‘z ayyomi jonlantirilib, u quyoshni baland qadr va martabaga yuksaltirdi va bu bilan yer yuzidan soyani ko‘tardi, deb tasvirlanadi. U yurtga uch narsa: fayz, shodlik (nishot) va aysh bilan kirib keldi-da, bu uch xushbaxtlikni muhayyo qilib, ular- dan elni bahramand qildi. Mazkur baytlarda navro‘z o‘zidagi bor yax- shi narsalarni boshqalarga chin ko‘ngildan ulashayotgan va bundan o‘zi ham g‘oyat zavqlanayotgan tanti va saxiy kishiga qiyoslangan. Keyingi baytdagi tashxis ham yanada o‘ziga xosdir:
1Tif - go‘dak, chaqaloq; 2Zol - kampir; 3G‘ino - boylik; 4Peroya - ziynat, bezak; 5Yu- murta - tuxum; 6Xoya - tuxum; 7Diram - tanga (pul).
Tarab tiflin tug‘urdi dahr zoli,
Ango bo‘ldi magarkim doya navro‘z.
Tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar ma’nosi aniqlab olinadi: tarab - shodlik; tifl - bola, go‘dak; tug‘urdi - tug‘di, dunyoga keltirdi; dahr - dunyo; zol - kampir. Demak, ushbu misralardan quyidagicha ma’noni uqish mumkin: Dahr (dunyo) kampiri shodlik chaqalog‘ini tug‘arkan (dunyoga keltirar ekan), navro‘z unga doyalik qildi. Tashxis uchun tabiatdagi o‘zgarishlar asos qilib olingan: dunyo otliq kampir- ning tug‘ishi va unga navro‘zning doyaligi. Shuningdek, tashbih bu san’at bilan baqamti qo‘llangan. Shodlik - chaqaloq, chunki u bosh- lanayotgan bahor tufayli kishilar ko‘nglida tug‘ilib kelayotibdi. Dunyo
kampir, chunki u yaratilish jihatdan eng qadimiy. Navbatdagi baytda ko‘klam go‘zalligi islomiy tushunchalar vositasida ochiladi:
Qilibdur mahliqolarning yuzini Latofat mus’hafig‘a oya navro‘z.
"Mus’haf” Qur’onga ishora bo‘lib, bu muqaddas kitob shu nom bilan ham ulug‘lanadi. Ikkinchi satrdagi "oya” esa oyat (Qur’on oyati) ning talaffuzdagi shaklidir. Shoir navro‘ziy latofatni Mus’hafga teng- lashtiradi. Bu - tashbih, lekin uni mubolag‘a deb qabul qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki Qur’on ham, tabiat go‘zalligi, jumladan, bahor la- tofati ham Yaratganning ijodidir. Ularning har ikkisi birday go‘zal va muqaddas. Bir xil qimmatdagi voqelikni qiyoslashda bo‘rttirish bo‘lmaydi. Shunday qilib, navro‘z latofati Mus’haf bo‘lsa, mahliqolarning yuzi undagi oyatlardir. Tasavvufga ko‘ra inson go‘zalligi ilohiy husnning jilvasi yoki soyasi ekan, mahliqolarni oyatga mengzashda hech qanday shakkoklik yo‘q.
Keyingi baytlarda peyzaj (tabiat tasviri) ijtimoiy mavzuga alma- shadi. Ularda badavlat odamlar (ahli g‘ino)ning bu ko‘ngilli ayyomda "yuz rang xil’at” (turli xil kiyimlar) kiyishi, boshdan oyoq ziynatlanishlik, turli ko‘ngilocharliklar bilan zavqlanishlari bayon etiladi. Ishrat uchun moya bo‘lgan dirham ularning qo‘lida o‘ynasa, shoirning qo‘lida bu moya yo‘q. Shu bois, o‘tinch bilan shoh huzuriga kelishi mubolag‘a bilan tasvirlanadi.
Janobi shahg‘a keldim bu jihatdin, Ko‘zim yoshig‘a toya-toya navro‘z.
Moddiy yordam so‘rab shoh huzuriga kelayotgan lirik qahramon o‘z zabun ahvoliga shunchalar yig‘laydiki, hatto o‘zining ko‘z yoshlari- ga toyib-toyib ketadi (Ko‘z yoshlar tufayli oyoq osti loy bo‘lgan). Shu o‘rinda savol paydo bo‘lishi mumkin: bir vaqtlari yuqori davlat vazi- falarida ishlagan, xonga yaqin bo‘lgan shoir shu qadar qashshoqla- shib, ko‘z yoshlariga toyib ketadigan darajada notavon bo‘lib qolgan- mi? Davlat ishlaridan ketgach, Ogahiyning moddiy ahvoli oldingiday bo‘lmaganligi tabiiy. Lekin uning g‘azalda aytilganiday qashshoq, notavonligi bu shoirona mubolag‘adir. Shu o‘rinda lirik qahramon tushunchasiga to‘xtalib o‘tamiz. Ba’zan lirik qahramon shoirning o‘zi bo‘ladi. Masalan, Boburning hasbi hol xarakteridagi she’rlarida bo‘lgani kabi. Lekin ko‘p hollarda lirik qahramon shoirning o‘zi bo‘l- may, balki kechinmalari, ruhiy holati tasavvur qilinib, shoirning “men”i orqali tasvirlanayotgan ijodkor fantaziyasidagi qahramon bo‘ladi.
Ushbu she’rdagi nochor ahvoldagi lirik qahramon ham Ogahiyning o‘zi bo‘lmay, jamiyatdagi kambag‘alligi tufayli hamdard- likka loyiq bo‘lgan odamlardir. Bunday tasvirdan shoir ikki maqsadni ko‘zlagan bo‘lishi mumkin. Birinchisi, mubolag‘a bilan o‘z holini bayon etib, xondan yordam olish bo‘lsa, ikkinchisi, xonning e’tiborini jamiyatdagi nochor qatlamga qaratish, ularga ko‘mak berishni uyushtirish. Shoyad o‘zgalardek Ogahiy va Ogahiydek o‘zgalar tarabnok (xur- sand) bo‘lsa. Shu o‘rinda ham shoirning ijoddagi o‘ziga xosligi, betak- rorligi ko‘rinib turibdi.
Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun,
Hamisha tole’ying feruz bo‘lsun.
Bo‘lub ayyomi navro‘zing muborak,
Zamiring inbisot anduz1 bo‘lsun.
Do'stlaringiz bilan baham: |