Malika: Ayasang-chi!
Hamlet: Bir olchoq bilan!
Arvoh kiradi.
Menga panoh bo‘ling osmon farishtalari!
Oliy hazratlari, ayting, sizga ne darkor? Malika: Evoh, uning tutqanog‘i tutdi!
Hamlet: Ehtimol, koyigani kelgandirsiz yalqov o‘g‘ilni, Kunlar o‘tib borar, qo‘rqinch farmoningizni U orqaga surib, hamon aylamas bajo?
O, gapiring!
Arvoh: Maqsad - sening miltirab turgan
Azm-u qaroringni yana yoqishdir, illo.
Ammo hozir onangga boq! U xuddi qoqshol. Uni xalos ayla bundoq qo‘rquv-vahimdan.
Ojiz ruhlar bo‘lur qo‘rquv-vahim qurboni.
Unga biror narsa degil.
Hamlet: Ne bo‘ldi, xonim?
Malika: Hay, o‘zingga nima qildi? Bo‘shliqqa boqib, Nimalarni so‘zlashasan bo‘sh havo bilan? Ko‘zlaringni ola-kula chaqchaytirasan. Nogahonda uyqu ichra eshitib farmon, Sakrab turgan soqchilardek, sochlaring tikka. Bolaginam, o‘zingni sen qo‘lga olgaysan, Bosiq bo‘lib, ko‘zlaringga ko‘ringan nima? Hamlet: Ana u-chi, ana u! Ha, qarang, u oppoq!
Uning sarguzashti, uning rangpar chehrasi Hatto toshni eritadi. Yuzingni o‘gir.
Yuragimni parchalaydi nigohing sening. Senga boqsam holsizlanar yuragim mening, Qon o‘rniga yosh to‘kmoqqa shaylanar xuddi.
Do'stlaringiz bilan baham: |