15-mavzu. Ixtisoslikka oid matn tuzish
I. Og‘zaki nutq:
▲1- tоpshiriq.Mаtnni o‘qingva mazmuni bo‘yicha keng turda mushohada yuriting.
Mehnat bilan muvaffaqiyat sari
Iqtidor va mehnat... Bu ikki so‘z zamirida olam-olam ma’no mujassam bo‘lsa hamki, bir-birini to‘ldirib turadi. Chunki mehnatga layoqatli insongina biror iqtidor egasi bo‘la oladi. Har qanday go‘zallik zamirida mehnat yotadi. Inson o‘zining hayotiy kuchini mehnat qilish jarayonida ko‘rsatmasa, mehnatni quvonch va baxt manbayi deb bilmaydigan bo‘lsa, yayrab-yayrab ishlamasa, bu mehnat unga huzur bag‘ishlay olmaydi.Insoniyat baxti yo‘lida ter to‘kmay turib, haqiqiy go‘zallikka erishib bo‘lmaydi.
Inson yashar ekan, o‘zidan biror-bir yodyorlik qoldirishni xohlaydi. San’atning turlari ko‘p: hunarmandlik, haykaltaroshlik, naqqoshlik, rassomlik, ustachilik, zardo‘zlik, gilamdo‘zlik, to‘quvchilikl, zargarlik va h.k. San’at ahllari tomonidan yaratilgan go‘zal san’at asarlari insonlarga olam-olam zavq, quvonch va osoyishtalik baxsh etadi. Qo‘li gul ustalar tomonidan yaratilgan turli xil jihozlar, shahrimiz ko‘chalarida savlat to‘kib turgan haykallar, rang-barangligi bilan ko‘zni qamashtiruvchi rasmlar, binolarnning ustunlari va eshiklariga o‘yilgan naqshlar, devorlarga va idishlarga ishlangan betakror bezaklar, do‘ppi-yu choponlarga tikilgan bezaklar, turli xil metallardan ishlangan taqinchoq buyumlar – hammasi insonaqlini shoshirib, lol qoldiradi. Inson qo‘li bilan yaratilgan bunday mo’jizalar xalqimizning boy an’analarga, meroslarga ega ekanligimizdan dalolat beradi. Ular nafaqat yurtimizda, balki, chet ellarda ham nihoyatda qadrlanadi.
Mehnat bilan suyagi qotgan, mehnat tufayli izzat-u hurmat ko‘rgan har bir ota-ona bolasining ham mehnat bilan yashashini, mehnat bilan el-yurt oldida sharaf topishini xohlaydi. Shu tufayli bolalarining kelajagini o‘ylab, ularni mushtumdeklaridan mehnatga o‘rgatadilar. To‘g‘ri tarbiyaning eng ta’sirli eng samarali usuli ham shu, ammo ba’zi bolalar ro‘zg‘or ishlaridan ham bosh tortadilar. Otalari yo onalariga shavqatsiz, berahm kishilarga, hatto quldorlarga qaraganday o‘qrayib, yeb yuborgilari kelguday bo‘lib qaraydilar. Malol kelib, qo‘l uchida qilgan ishlaridan ota-onalari norozi bo‘lishsa uzr so‘rash o’rniga to‘ng‘illab beradilar. Ota-ona bolalarining mehnatiga hamma vaqt ham muhtoj bolavermas, lekin bolani yoshligidan ishga o‘rgatish, ehnatga ko‘niktirish zimmalaridagi burch ekanligi shunday yo‘l tutishga majbur qiladi.
Bilmaganini bilishni, o‘rgatilganini o‘rganishni xohlamagan kaltabin yoshlarga qarab shoir degan ekan:
Kimki o‘rganishni or bildi,
Har qadamda o‘zini xor bildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |