Qoraqalpoq davlat universiteti


-mavzu. Kasb-hunar so‘zlarini adabiy til me’yorlariga muvofiq tanlash va qo‘llash



Download 3,72 Mb.
bet58/159
Sana07.04.2022
Hajmi3,72 Mb.
#533704
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   159
Bog'liq
O\'ZBEK TILI-2021-2022

14-mavzu. Kasb-hunar so‘zlarini adabiy til me’yorlariga muvofiq tanlash va qo‘llash
I. Og‘zaki nutq:
1-tоpshiriq.Mаtnni o‘qing.O‘z bo‘lajak kasbingiz haqida suhbatlashing. Savollarga og‘zaki javob bering.


SHARAFLI KASB
lbtidoiy jamiyat davridayoq odamlar ovchilik, keyinroq esa chorvachilik, dehqonchilik, kosibchilik bilan shug‘ullanganlar. Jamiyat rivojlangan sari ortib borayotgan ehtiyoj va talabni qondirish uchun kasblar ham ko‘payib borgan. Bugungi kundajamiyatimizni novvoy, uchuvchi, huquqshunos, konstruktor, sartarosh, operator, oshpaz, soatsoz, shaxtyor, etikdo‘z, haydovchi, traktorchi, g‘isht teruvchi, suvoqchi, ekskovatorchi, buldozerchi, payvandchi, aktyor, bo‘yoqchi, xonanda, rassom, shifokor, musiqachi, sotuvchi, bastakor, duradgor, temirchi, hisobchi, naqqosh, chilangar, broker, yozuvchi, menenjer va hokazo kabi yuzlab kasblarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ko‘pchiligimiz hali maktabga bormasimizdanoq, ayrimlarimiz esa maktabda o‘qiy boshlagach, o‘zimizga kasb tanlaymiz. Kimdir mashhur sportchi, kimdir taniqli jurnalist, yana kimdir mohir tikuvchi, tergovchi, quruvchi, kosmonavt, harbiy mutaxassis bo‘lishni orzu qiladi. Har birimiz shu ezgu orzuimizga erishish, tanlagan kasbimizni egallash uchun tinmay o‘qiymiz, izlanamiz, intilamiz.
Dunyoda shunday bir sharafli kasb egalari borki, ular ming yillardan beri barcha xalqlar orasida el-yurt hurmatiga sazovorbo‘lib keladi. Bu kasb ko‘pchiligimiz sevadigan o‘qituvchilikdir.





O‘qituvchi endigina atrof-olamni ko‘rib, uning ajoyibotlaridanhayratlanayotgan 7-8 yoshdagi bolalarga mo’jizalar yaratishni; yozish, o‘qish, hisoblash, go‘zallikni his qilish va o‘z taassurotlarini hikoya qilish, tasvirlash, kuylash orqali boshqalarga yetkazishni o‘rgatadi.
Ota-ona o‘z farzandini sogiom qilib o‘stiradi, kiyim-kechak, oziq-ovqat, o‘quv qurollari va boshqalar bilan ta’minlaydi, odob-axloq o‘rgatadi. O‘qituvchi ham har bir o‘quvchini o‘z farzandidek yaxshi ko‘rib, unga ta’lim-tarbiya beradi. O‘z o‘quvchisining tarbiyali, madaniyatli, bilimli, hunarli, hozirjavob, mehribon inson bo‘lib kamol topishi uchun bor bilimi hamdakuchini sarflaydi. U shogirdlarining har bir muvaffaqiyatidan o‘zi erishgan g‘alabadek quvonadi. Muvaffaqiyatsizligidan qayg‘uradi.
Mamlakatimizda ustoz-murrabiylarga hurmat-e’tibor katta. Har safar o‘quv yili tugashi bilan hurmatli ustozlarimiz ikki oylik mehnat ta'tiliga chiqadilar. Dam olish hamda salomatliklarini tiklash uchun respublikamiz va xorijdagi dam olish uylari, sanatoriya va kurortlarga yo’llanmalar olishadi. Davlat tomonidan yaratilgan turli imtiyozlardan foydalanadilar. Ko‘pchilik o‘qituvchilarimiz ijodkorligi, tashabbuskorligi, ta’lim-tarbiya berishdagi alohida xizmatlari uchun orden va medallar, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi», «O‘zbekiston Respublikasidaxizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» kabi faxriy unvonlarga sazovor bo‘ladilar.
Biz savod o‘rgatgan, ta’lim-tarbiya bergan, ilm cho‘qqilariga yo‘l ko‘rsatgan muhtaram ustozlarimizni hech qachon unutmaymiz.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish