Qoraqalpoq davlat universiteti



Download 3,72 Mb.
bet70/159
Sana07.04.2022
Hajmi3,72 Mb.
#533704
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   159
Bog'liq
O\'ZBEK TILI-2021-2022

I. Og‘zaki nutq:
1-tоpshiriq. Matnni o‘qing. Farhod tabiatidagi kamtarlik, mehnatsevarlik, mardlik, jasorat, poklik fazilatlari borasida suhbatlashing.

Farhod faqat jismoniy jihatdangina alohida xislatlar egasi emas, uning aqli, zehni, idroki ham tahsinga loyiq. Xuddi shuning uchun ham ota uning ilm o‘rganishiga alohida diqqat qaratadi:


Ato bu nav’ ko‘rgach ish hisobin,
Munosib angladi ilm iktisobin.
Farhodga alohida bir muallimni biriktirib qo‘yadilar. Shu o‘rinda Navoiy o‘qituvchi - ustozning o‘z idealidagi tasvirini yaratib bergan.
Alisher Navoiy talqinidagi Farhod favqulodda iste’dod egasi. Maktabga borganining birinchi kuniyoq u abjad hisobini to‘liq o‘rganib oladi. Uch oyning ichida savodini to‘la-to‘kis chiqaradi. Shu yilning o‘zidayoq Qur’onni yod oladi. Mana uning iqtidoriga oid boshqa qirralar:
Agar bir qatla ko‘rdi har saboqni,
Yana ochmoq yo‘q erdi ul varoqni.
Ne so‘znikim o‘qib ko‘ngliga yozib,
Dema ko‘ngliki, jon lavhiga qozib.
O‘qib o‘tmoq, uqub o‘tmoq shiori
Qolib yodida safha, safha bori.
(U har bir saboqni bir marta ko‘rsa, o‘sha varaqni boshqa ochib o‘ltirmas edi. Nima so‘zni o‘qisa, ko‘ngliga, faqat ko‘ngliga emas, hatto jon lavhasiga naqshlanib qolar edi. U o‘ziga o‘qib o‘tish bilan birga uqib o‘tishni ham shior qilib olgan. O‘qiganlari hammasi sahifama - sahifa yodiga o‘rnashib borar edi).
O‘n yoshiga yetganida u olamdagi barcha ilmlarni o‘rganib bo‘lgan edi.


II. Nazariy ma’lumot

Farhod — chin oshiq timsoli. Uning to‘laqonli timsolini yaratish uchun Navoiy bor mahoratini ishga soladi.
Farhod tabiatiga kamtarlik, mehnatsevarlik, mardlik, jasorat, poklik xos.Farhodni Navoiy «ishq elining podshohi» deb tariflaydi. Ayni paytda «balo tog‘ining palangi (yo‘lbarsi), anduh dengizining nahangi» degan sifatlar bilan ataydi. Bular bosh qahramon siymosidagi asosiy xususiyatlarni ilg‘ashga yordam beradi.
Farhodni qurshab turgan muhit ham har tomonlama namunali. Jumladan, unga Mulkoro otabeklik qiladi. Mulkoro kim edi? Unga Navoiy shunday ta’rif beradi:«Uning oldida baxti chopgan vaziri bor edi. Uning sa’yu harakati tufayli mamlakat obod va ma’mur edi. Mamlakat undan oroyish va ziynat olar, shuning uchun el ichida u Mulkoro nomi bilan shuhrat topgan edi. U aytmagan ishga shoh mayl ko‘rsatmas, uning rayidan tashqari hech bir ishni qilmas edi. Ana shu odam Farhodga otadek bo‘lib, Farhod ham uni o‘z otasiday ko‘rar edi».
Doston voqealari davomida Mulkoroning ziddi bo‘lgan boshqa bir vazir Buzurg Ummid obrazi e’tiborga loyiq. Umuman, adib «Farhod va Shirin» dostonida o‘zaro zid qo‘yish usulidan juda unumli foydalanadi. Chin hoqoni - Xusrav Parvez, Farhod - Sheruya, Mulkoro - Buzurg Ummid timsollarigina emas, Hoqon - Farhod haqida Xusrav Parvez - Sheruya ziddiyatida ham buni ko‘rishimiz mumkin. Keyingi holatda u ota - bolalar munosabatini qarshilantiradi. Shu tasvir orqali har bir qahramonning o‘ziga xos xislatlarini kitobxon ko‘z oldida yaqqol gavdalantirib beradi.
Farhod qat’iyatli, bir ishga kirishsa, uni oxiriga yetkazish uchun astoydil jiddu jahd ko‘rsatadi. Ammo ota hurmatini ham biror daqiqa e’tibordan chetda qoldirmaydi. Jumladan, yunon safariga ketish oldidan Mulkaroga iltimos qiladiki:
Kerakkim aylasang Xoqonga taqrir,
Mening oldimg‘a kelturganni taqdir.
Atolik haqqi chun bordur aroda,
Ijozat istaram bu mojaroda.
«Mening oldimga taqdir qo‘ygan bu ishlarni Xoqonga tushuntirib bersang. Oramizda uning otalik haqqi bo‘lgani uchun mojarolarga sabab bo‘lgan bu ishda uning ijozatini so‘rayman».
Navoiy tasvir davomida ayni shu xislatlarda Farhod va Sheruyani qarama - qarshi qutblarda tasvirlaydi. Bu ziddiyatlar zamirida Farhod shaxsiyatiga xos ulug‘vorlik, yuksak insoniy fazilatlar yanada bo‘rtib ko‘rinadi.

2-tоpshiriq. Matnni to‘li q o‘qing va mazmunini birgalikda sharhlang.


Farhod - shahzoda. Ammo u hech qayerda o‘zining shahzodaligini pesh qilmaydi. Bugina emas, hatto shahzodaligini yashiradi ham. Bu holat dastlab Farhodning kema halokatiga uchraganida ko‘rinadi. Farhodni qutqarib qolganlar uning kimligini surishtirishadi. Mana uning javoblari:«Bizlar Xo‘tan shahridan Yamanga qarab yo‘l olgan bir guruh savdogarlar edik. To‘lqin kemamizni g‘arq qildi, bor -yo‘g‘imiz dengiz tubiga cho‘kib ketdi. Mana shu taxta parchagina meni asrab qoldi. Sizlar esa tirik qolishimning chorasini qildilaringiz...Biroq tirik ekanman, qulingizman, yaxshiliklaringiz oldida sharmandangizman».Tosh qazuvchilar huzurida, Mehinbonu saroyida ham u o‘z shahzodaligi haqida og‘iz ochmaydi.Bu jihatdan uning ma’naviy olami Xusravga bergan quyidagi javoblarida juda yorqin berilgan:
Sangakim ro‘zi etti podshohliq,
Mening qildi nasibim xokirahliq.
Ko‘ngul aylab sen ul shahliq bila keng,
Mening olimda ul tufroq bila teng.

3-tоpshiriq. Navoiy qo‘llagan usullardan eng unumlisi va samaralisi qahramonning o‘z nutqidan foydalanishdir. Mazkur topshiriqda ko‘rsatilgan quyidagi hikmat yuzasidan fikrlaringizni yozma turda bayon qiling.


Hunarni asrabon netkumdur oxir,
Olib tufroqqamu ketkumdur oxir?!

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish