II. Nazariy ma’lumot
Ixtisoslikka oid matn tuzishda kasb-hunar so‘zlari atamalarga nisbatan biroz erkinroq va ba’zi hollarda ularning ma’nolari birdan ortiq bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun ularda ma’nodoshlik xususiyatilari mavjud.
Ma’nodoshlik deganda, odatda, talaffuzi, yozilishi har xil, ammo umumiy ma’nosi bir xil bo‘lgan, qo‘shimcha ma’no nozikligi, emotsional buyog’i, qo‘llanishi bilan farq qiluvchi so‘zlar tushuniladi. Ana shunday umumiy, birlashtiruvchi ma’nosi bor so‘zlar sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qatoda ikki yoki undan ortiq so‘z qatnashadi. Masalan: aniq, ochiq, yaqqol, ravshan, yorqin, oydin, ayon; sinonimik qatorida eshitish, ko‘rish, tushunish jihatidan yaxshi, to‘la ifodali ma’noni anglatmoqda. Aniq so‘zi bosh ma’noni ochib beradi; parvarish, tarbiya, qarov sinonimik qatoridagi so‘zlar esa o‘stirish, asrash, voyga yetkazish maqsadida qilinadigan harakatni bildiradi. Peshona, manglay sinonimik qatoridagi so‘zlar esa boshning soch bilan qosh oralig’idagi qismini;og’ir, vazmin, zildek, zil-zambil, zalvarli qatordagi so‘zlar katta o‘g‘irlikka ega, yengilning aksi;tur, nav, xil, toifa qatori esa umumiy belgilari bilan birlashgan narsa-predmetlarning guruhi kabi ma’nolarni anglatadi. Ularni atamachilikda sinonimlar ham deyiladi. Sinonimiya hodisasi tilning muhim kategoriyasi bo‘lib, nutq rang-barangligi, ta’sirchanligi va ma’no ko‘lami kengayishini ta’minlaydi. Shuning uchun Sinonimiya hodisasi leksik, sintaktik, frazeologik, morfologik kabi turlarga ajratiladi.
Kasb-hunar so‘zlari ham o‘zaro sinonimik munosabatga kirishadi. Masalan: O‘qituvchi, pedagog, muallim, domla, muddaris, ustoz sinonimik qatori kasbga oid bo‘lib, ularning umumiy ma’nosi o‘qitish, ta’lim-tarbiya bilan shig’ullanuvchi shaxsni anglatadi. Vrach, hakim shifokor, tabib, davolovchi sinonimik qatori esakishi salomatligini tiklash bilan shug’ullanuvchi kasb egalarining umumiy nomlaridir. Kosib, etikdo‘z, yamoqchi, poyafzal usta turkum so‘zlari esa o‘yoq kiyimini tuzatuvchi kasb egasini bildirishi bilan sinonimiya hodisasini yuzaga keltirmoqda.
Kasb-hunar so‘zlari o‘z navbatida almashinib qo‘llanishi ham mumkin. Bunda ularning ma’nodoshligi asos bo‘ladi. Masalan: vrach va shifokor so‘lari rasmiy uslubda o‘rinli qo‘llanishi mumkin. Solishtiring: Shifokop vazifasiga ishga qabul qilinsin– vrach lavozimiga ishga qabul qilinsin. Lekin, tabib, hakim so‘zlarini shifokor, vrach so‘zlari bilan hamma vaqt ham almashtirib qo‘llab bo‘lmaydi. Chunki, tabib, hakim so‘zlari eskirgan atama sifatida bo‘lib, vrach atamasida baynalmilallik xususiyati mavjud.
1-mashq. Berilgan so‘z va terminlar ishtirokida gaplar tuzing.
Iqtidor, iste’dod, qobiliyat, tinimsiz mehnat, ishtiyoq, tirishqoqlik, samarasini ko‘rish, maqsadga erishmoq, harakat qilmoq, natijaga erishmoq.
Namuna: Iqtidorli o‘quvchilar olimpiadasi o‘tkaziladi, shuning uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
2-mashq. Ona tilingizga tarjima qiling va daftaringizga ko‘chiring.
Iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilari ko‘p bo‘lgan yurt boy yurt hisoblanadi. O‘z kasb-hunarini sevgan, iste’dodli, ishchan kishi, baxt-saodatga erishadi. Iqtidor alohida olganda osh tuzidan ham arzon. Muvaffaqiyatga erishgan inson bilan iqtidorli inson o‘rtasidagi yagona farq – mashaqqatli mehnatda.
(Stiven King)
3-mashq.O‘qing. Matn mazmunini og‘zaki ravishda bayon qiling va undagi terminlarga e’tibor bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |