Qo’qon neftgaz parmalash ishlari


Mahsuldor qatlamlarni ochish, sinash va o‘zlashtirish



Download 252,38 Kb.
bet3/11
Sana22.07.2022
Hajmi252,38 Kb.
#838639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XISOBOT7

Mahsuldor qatlamlarni ochish, sinash va o‘zlashtirish


Quduqlarni o‘zlashtirishga tayyorlash
Burg‘ilash ishlari tugatilganidan keyin quduq qatlamdagi suyuqlik oqimini chiqarishga va sinashga tayyorlanadi. Buning uchun ekspluatatsion quvurlar birikmasining yuqori qismiga fontan armaturasi o‘rnatiladi. Keyin quduq yaqiniga bu armatura bilan birga suyuqliklarni yig‘ish uchun sig‘im (idish)lar, suyuqlik va gazsimon fazalarning debitlarini o‘lchash uchun separatorlar, fakel yasamasi, o‘lchagichlar, apparaturalar o‘rnatiladi.
Quduqni yuvish va qatlam suyuqligini chaqirish uchun quduq og‘ziga vaqtincha nasos-kompressor agregatlari joylashtiriladi. Fontan armaturasini – quvurli kallak va fontan yolkasi kabi qismlarga ajratish mumkin. Quvurli kallak NKQni osishga, fontan yolkasi esa quduqdan chiqayotgan suyuqlikni yer osti sig‘imiga yo‘naltirishga va quduq og‘zini germetiklashga xizmat qiladi. Quvur kallagi va fontan yolkasi oraligida yuqori bosimli markaziy surilma (zadvijka) joylashgan. Quvurli kallak va fontan yolkasi yon tarmoqlar bilan ta’minlangan. Ularning har qaysisi ikkita yuqori bosimli surilma (zadvijka)lar, manometrlar bilan yolka tarmoqlari ham termometr va shtutserli hujra (kamera)lar bilan jihozlangan.
Ayrim hollarda quvurli kallakning yon tarmoqlariga kompressor va nasos agregatlari ulanadi. Fontan armaturasining ishchi bosimi quduq og‘zida sodir bo‘ladigan eng yuqori bosimidan kam bo‘lmasligi kerak. Armaturani quduqga o‘rnatishdan oldin pasportda ko‘rsatilgan sinash bosimi bilan tekshiriladi. Quduq og‘ziga armaturani yig‘gandan keyin quvur kallagining va fontan yolkasining germetikligi tekshiriladi. Quduqda sinash ishlarini boshlashdan oldin hamma sig‘im (idish)lar iflosliklardan tozlanadi va yuviladi.
Quduqlarni sinash
Quduqlarni sinashning asosiy maqsadi – o‘rganilayotgan ob’ektning kollektorlik xossalarini mahsuldorligini, ulardagi neft va gaz zahiralarini, ularning ekspluatatsiya qilish usullarini tanlashni, optimal rejimini baholash uchun aniq va to‘liq ma’lumot yig‘ishdan iborat.
Odatda, quduqlar o‘zlashtirilgandan keyin darhol sinashga o‘tiladi. Razvedka qilinadigan har qaysi mahsuldor qatlam alohida-alohida sinaladi. Sinash pastki qatlamdan boshlab ketma-ket o‘tkaziladi. Keyingi ob’ektni sinashdan oldin yuqorida joylashgan ob’ektni sinalgan ob’ektdan germetik sement ko‘prigi yordamida chegaralanadi.

Download 252,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish