a) perforator tushiriladigan quvurlar birikmasining chidamliligi (mustahkamligi);
b) nasos agregatlari va ularning soni bilan bog‘liq bosim va quvvat (kuch)ning oshishi;
d) quduq og‘zi aslahalariga va monifildlarga berilishi kerak bo‘lgan bosimlarning chegaralanganligi;
e) yer osti aslahalaridagi rezinali zichlagichlarning termobarqarorligi;
f) quduqlarning chuqurlanishi bilan ochiladigan (teshiladigan) kanallar uzunligining kamayishi yuqorida qayd etilgan usullardan tashqari azot gidroqum oqimli perforatsiyalash usuli ham mavjud. Bu usulning asosiy mohiyati tarkibida abraziv materiallari bo‘lgan gaz suyuqligi oqimi yordamida mustahkamlovchi quvurlar birikmasidan, sement halqasidan va tog‘ jinsi qatlamlaridan kanallar, teshiklar qilishdan iborat.
Suyuqlashgan qum aralashmasiga gaz qo‘shish hisobiga perforatsiyalash kanallarining o‘lchamini 1,5-2,0 marta oshirish mumkin.
Torpedali perforator – TPK
Torpedali perforatorlar portlovchi snaryadlar bilan otadi. Snaryad mustahkamlovchi quvurlar birikmasi devorlarini va sement halqasini teshib tog‘ jinsiga kirgandan keyin portlash namoyon bo‘ladi. Ayrim hollarda ular katta diametrli teshik ochish bilan chegaralanadi. Buning uchun portlovchi snaryad o‘rniga po‘lat quymasi o‘qlar qo‘llaniladi.
Torpedali perforator bir-biri bilan mufta yordamida ulanuvchi kabel kallagidan, perforator seksiyasidan va poynaklardan tashkil topgan. Perforatorlarning xarakteristikasi 13.4- jadvalda berilgan.
Perforatorlarning xarakteristikasi
Perforatorlarning parametrlari
|
TPK-22
|
TPK-32
|
Perforatorlarning tashqi diametri, mm
|
100
|
108
|
Stvollar soni
|
2-6
|
2-6
|
Porox kamerining hajmi, sm3
|
40,5
|
66-70
|
Porox zaryadlarining og‘irligi, g
|
26,0
|
46-49
|
Zaryadlash zichligi, g/sm3
|
0,65
|
0,70
|
Kamarda gazning o‘rtacha bosimi, 103 kg/sm2
|
6,0
|
6,0
|
Stvollar uzunligi, sm
|
4,2-4,5
|
4,6
|
O‘qning diametri, mm
|
32,0
|
32,0
|
Perforatorning har qaysi seksiyasida stvollarni burab qo‘ymoq uchun rezbali uya va ellipsoid shakldagi ikkita porox kamerasi joylashgan. Har qaysi kamera ustiga snaryadning mis belbog‘ini siqib qo‘yish uchun halqali yo‘nilgan chuqurcha qilingan.
Bir vaqtning o‘zida germetiklashtiruvchi zichlagich sifatida ham xizmat qiladi.
Seksiya tortsalaridan kameraga teshik ochilgan. Bu teshik orqali elektralangalashtirgichning simi o‘tkazilgan.
Har qaysi seksiyaning ikkala tomonidan ulovchi muftani, kabel kallagini, poynakni burab kirgizish uchun rezba ochilgan. Torpedali perforator bir, ikki yoki uch seksiyali qilib yig‘iladi. Agar perforator bir seksiyadan ko‘p bo‘lgan hollarda quduqga uch o‘ramli kabelda tushiriladi. Keyin elektralangalashtirgich seksiyadagi har bir o‘ramga ulanadi.
Perforator NBpl 42/20 belgili sochma plastin-nitroglitserinli porox bilan zaryadlanadi. Perforator snaryadida 5g portlatish moddasi va potrlatgichi bo‘ladi. Perforator snaryadining tuzilishi 9.10 rasmda berilgan. Torpedali perforator snaryadi mustahkamlovchi quvurlar birikmasi devoriga, sement halqasiga va mahsuldor qatlam ichiga ancha kirgandan keyin kopsyul detonatori ishlay boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |