Hozirgi vaqtda quduq tubi dvigatellarining turbobur, vintli dvigatel va elektrobur kabi turlari qo‘llaniladi. Turbobur yoki vintli dvigatellar bilan burg‘ilash quvurlar birikmasi bo‘yicha pastga harakatlanayotgan yuvish suyuqligi oqimining gidravlik energiyasi burg‘i bilan ulangan quduq tubi dvigatel valida mexanik energiyaga o‘zgaradi. Turbina bo‘yicha hisoblab aniqlangan maksimal aylanuvchi moment quduq chuqurligiga, burg‘ining aylanish chastotasiga, unga tushadigan o‘q yukiga va burg‘ilanayotgan tog‘ jinsi xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Turbinali burg‘ilashda energiya manbasidan jins yemiruvchi asbobga uzatiladigan quvvat koefitsiyenti rotorli burg‘ilashga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Elektrobur bilan burg‘ilashda burg‘ining aylanish o‘zgaruvchan tokli elektr dvigateli yordamida amalga oshadi.Unga energiya yer yuzasidan burg‘ilash quvurlar birikmasi ichiga joylashgan kabel orqali uzatiladi. Bunda burg‘lash eritmalarning aylanishi, xuddi rotorli burg‘ilash usuliga o‘xshagan bo‘ladi. Burg‘ilash quvurlar ichidagi kabel vertlyug ustiga joylashgan tok qabul qilgach orqali uzatiladi. Odatda elektrobur burg‘ilash quvurlar birikmasining pastki qismi oxiriga, burg‘i esa elektrbur valiga mahkamlanadi. Elektr dvigatelning gidravlik dvigateldan afzalligi, bunda elektroburning aylanish chastotasi, momenti va boshqa parametrlari uzatiladigan eritmaning miqdoriga, fizik xossalariga, quduq chuqurligiga, bog‘liq emas. Shuningdek, elektr dvigatellarning ishlash jarayonlarini yer ustidan turib nazorat qilish mumkin.
Elevatorning umumiy ko‘rinishi.
Bular ichida eng ko‘p tarqalgani EB-turdagi elevator hisoblanadi. Chuqur quduqlarni burg‘ilashda katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan EKB turdagi elevatordan foydlaniladi. Ish jarayonida elevatorning quyidagi ishga yaroqli holatlari tekshirilib turiladi: a) elevatorning yuqorgi va pastki tayanch tekisligi bir-biriga parallel bo‘lishligi; b) elevator korpusining yuqorigi chet yuzasi bilan qopqoning bir tekislikda bo‘lishligi; c) osilib turgan elevatorlarda nuqsonlarning bo‘lmasligi; d) elevator qopqog‘i yopilganda purjina ta’sirida elevator tepkisi (sobachka) ning avtomatik yopilishi. Elevatorlar asosan bolg‘alangan yoki quyulgan oddiy yoki legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. Elevator shtrop yordamida ko‘tarish ilgagiga osib qo‘yiladi. b) Mashina kalitlari Mashina kalitlari – burg‘ilash quvurlarini hamda shu o‘lchamga ega bo‘lgan burg‘ilash quvurlar birikmalari elementlarini burab ochishga va mustahkamlashga mo‘ljallangan moslama. Bunda bir vaqtning o‘zida ikki – tutib turuvchi (qo‘zg‘almas) va burovchi (harakatchan) kaltlardan foydalaniladi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani UMK-1 turidagi uch sharnirli universal mashina kaliti hisoblanadi. Bu kalitlar burg‘ilash quvurlarini yoki diametri 108 dan 178 mm gacha bo‘lgan kuporlarni tutib turishga xizmat qiladi. Odatda kalitlar gorizontal holatda osilib qo‘yiladi. d) Aylanma kalitlar Aylanma kalitlar burg‘ilash quvurlar birikmasini quduqga burab mustahkamlab tushirishga mo‘ljallangan asbob. Bu kalitlar bilan burg‘ilash quvurlar tahminan buriladi, keyin mashina kaltlari bilan ohirigacha mahkamlanadi. Aylanma kaltlarning konstruktsiyasi juda oddiy, uni alohida parvarish qilish talab qilinmaydi. Bunda kotushkaga o‘ralgan diametri 10-12 mm bo‘lgan tsinklangan arqon korpusga payvandlangan ilgakga, tsinklangan arqonning ikkinchi uchi esa kanopli arqonga ulanadi. Aylanma kalit bilan ish jarayonlarini yengillashtirish uchun aylanma kalitga arqonni ulash uchun pirpiraklar (vertushka)dan foydalaniladi. e) Avtomatik burg‘ilash kalitlari Burg‘ilash jarayonida tushirish va ko‘tarish hamda burg‘ilash quvurlarini burab ochish va mahkamlash ishlarini tezlatish va yengillashtirish maqsadida AKB va PBK turdagi avtomatik kalitlar keng qo‘llaniladi. Ularning texnik xarakteristikasilari 3.2-3.3 jadvalda berilgan. Bunday avtomatik kalitlarni qo‘llash ish tezligini 30-40% ga oshiradi. AKB-3M turdagi avtomatik burg‘ilash kalitining umumiy ko‘rinishi 3.10-rasmda tasvirlangan.