Qum aralash oqim bilan perforatsiyalash
Qum aralash oqim bilan perforatsiyalash usuli – tarkibida ma’lum miqdorda qum Yoki boshka abraziv materiallar bo‘lgan suyuqlik oqimi ta’sirida to‘siqlardan kanallar ochishga mo‘ljallangan. Oqim nasos-kompressor quvurlar birikmasida quduqga tushiriladigan qum aralash oqimli perforatorning nasadkasidan katta tezlikda tizilib otilib oqadi. Abraziv aralashmalar yer yuzasiga joylashgan quduqlar oldiga o‘rnatilgan nasos agregatlar va boshqa asboblar yordamida uzatiladi.
Qum aralash oqim perforatori (AP6M)
Qum aralash oqim perforatori po‘latli korpus, nasadka uzellari, xvostovik, markazlashtirgich (sentrator), perforator klapani va oprasovka klapanidan tashkil topgan. Qum aralash oqimli perforatorlarning xarakteristikasi berilgan.
Qum aralash oqimli AP6M perforatori.
1 – korpus; 2 – sinash klapani; 3 – sumak; 4 – tiqin; 5 – shar; 6 – yo‘naltiruvchi uchi;
7 – markazlashtirgich.
Perforatorning ustki qismiga esa perforatsiyalashdan oldin o‘rnatiladigan perforator klapani joylashgan. Bitta perforator yordamida bir necha intervalni perforatsiyalash mumkin. Sement ko‘prigi (most)ni va quduq tubida qoldirilgan predmetlarni yemirish uchun maxsus tortsali gidroqumoqimli perforator qo‘llaniladi. Qum aralash oqimli perforatsiyalashning yer osti aslahalariga quyidagilar kiradi:
- perforatorlarni chuqurlik gamma-gamma karotaj usullariga bog‘lashga mo‘ljallangan mufta-reperlar;
- uzun quvurlar birikmasini yengillashtirishga va perforatorlarni mustahkamlovchi quvurlar birikmasiga biriktirishga xizmat qiluchi fiksatorlar;
- ko‘ndalang va halqali shellar teshish uchun moslamala
Qum aralash oqimli perforatorning xarakteristikasi
Nasadkaning diametri, mm
|
Nasadkada bosimning o‘zgarishi, kgs/sm2
|
Nasadkadan to‘siqgacha masofa, mm
|
Suyuqlikda qumning kontsentratsiyasi (to‘planishi), g/l
|
Ishlov berish vaqti kanal/shel, min
|
Qatlam ochayotgan suyuqlik
|
Neft qudug‘i
|
Haydovchi quduq
|
4,5
|
250-300
|
15-25
|
50-200
|
10-15
30-40
|
Neft, qatlam suvi
|
Chuchuk suv
|
Er osti aslahalar tarkibiga qatlamlarni buzishga mo‘ljallangan 2AN500 yoki 4AN700 nasoslari (ayrim hollarda bu nasoslar sementlovchi agregat yoki burg‘ilash nasosi sifatida ishlatilishi mumkin), quduq og‘zi aslahalari, qum qorishtirgich, filtrlar, manifoldlar kiradi.
Nasos agregatlarining soni bir vaqtda ishlayotgan nasadkaning soniga va ulardagi bosimning o‘zgarishi bilan bog‘liq sarflanadigan suyuqlikning talabiga qarab aniqlanadi.
Odatda, yengil ishlarda 2 ta, og‘ir ishlarda esa 6 ta va undan ham ko‘proq agregatlar ishlatiladi. Suyuqliklardagi qumning yig‘ilishi 5-100 kg/m3 ga yetishi mumkin. Gidroabraziv oqimning samarali ishi nasadkada bosimning o‘zgarishi 100 dan 300 kgk/sm2 gacha bo‘lganda ta’minlanadi.
Odatda, suyuqlikning sarfi 1-6 l/s bo‘lganda oqimning o‘rtacha tezligi 200 m/s ga teng. Nasadka o‘lchamiga, bosim o‘zgarishiga va boshqa omillarga bog‘liq holda bir kanalga sarflanadigan ishchi suyuqlikning umumiy miqdori 1-7 m3, qumniki esa 50-700 kg ga teng.
Bir kanalni hosil qilish uchun 20-30 min. vaqt talab qilinadi. Helli (yoriqli) perforatsiyalashda bu ko‘rsatkichlar ancha yuqori bo‘ladi. Quduqlarning chuqurligiga qarab gidroqumoqimli perforatsiyalashni qo‘llashning chegarasi quyidagi omillar bilan cheklangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |