Qo’qon neftgaz parmalash ishlari



Download 252,38 Kb.
bet6/11
Sana22.07.2022
Hajmi252,38 Kb.
#838639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XISOBOT7

perforatorlar


Maxsuldor qatlamlarni ikkilamchi ochishda ikki xil perforatorlar qo‘llaniladi:
a) portlovchi perforatorlar;
b) qum aralash oqim bilan perforatsiyalash.
Portlovchi perforatorlar kumulyativ, torpetali va o‘qli toifalarga bo‘linadi. Ularning ichida eng ko‘p qo‘llaniladigani kumulyativ perforatorlari (95-98%) xisoblanadi. Xozir o‘qli perforatorlardan deyarli qo‘llanilmaydi, Chunki u quvurlarni, sement xalqalarni yorib yuborib, boshqa qatlamlardan suv kelib qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Torpedali perforatorlar ham juda kam ishlatiladi. Har xil qatlamlar uchun tavsiya qilinadigan perforatsiyalashning optimal zichligi 13.1-jadvalda berilgan.
Har xil qatlamlar uchun tavsiya qilinadigan perforatsiyalash zichligi

Tog‘ jinslarining toifasi

O‘tkazuvchanligi, mkm2

Perforatsiyalashning zichligi,
1 metrdagi teshiklar soni

Depressiyada

Repressiyada

Gil sementli kam zichlangan qumtosh alevrolitli tog‘ jinslar

>0,1

-6

12

<0,1

10-12

12-18

Kvarts va karbonatgil sementli zichlangan qumtosh-alevrolitli tog‘ jinslar

>0,01

18-20

12-20

Darzsiz karbonatli, argillitli va boshqa tog‘ jinslar

<0,001

18-20

20-24

Kuchli darzli zichlangan qumtoshlar, alevrolitlar, ohaktoshlar, dolomitlar, mergellar va boshqa tog‘ jinslar

>0,01

10-12

18-20

<0,01

12

18-24

YUpqa qatlamli tog‘ jinslar

Har xil

20

20-24



Kumulyativ perforatorlar


Kumulyativ perforatorlarning korpusli va korpussiz turlari mavjud.
Korpusli perforatorlarning mustahkamlovchi quvurga va sement halqasiga salbiy ta’siri korpussiz perforatorga nisbatan kam bo‘ladi. Korpusli perforatorlar o‘z navbatida ko‘p marta - PK va bir marta - PKO foydalanadigan turlarga bo‘linadi.
Ko‘p marta foydalaniladigan perforatorlarning korpusi zaryadlarning ko‘p marta portlash ta’siriga mo‘ljallangan. Shuning uchun ular qalin devorga ega va yuqori chidamli belgili po‘latlardan tayyorlanadi.
Bir marta foydalaniladigan perforatorlarning korpus devorlari nisbatan yupqa, u faqat tashqi gidrostatik bosim ta’siriga mo‘ljallangan.
Korpussiz kumulyativ perforatorlarning germetik pardalarida joylashgan zaryadlari karkaslarga mahkamlangan.
PK turli perforatorlardan eng ishlatiladigan PK 105DU, PK 85DU, PK 95N. PKOning – PKO98, PKO73 shifrli perforatorlari, korpussiz perforatorlardan PKS 80, PKS 105 va KPRU 65, PR54 turlari ishlatiladi.
Ular tashqi diametri 89-168 mm li quvurlar birikmasidan foydalanishga mo‘ljallangan.
Yuqorida qayd qilingan uch o‘lchamli perforatorlarning tuzilishi bir xil. Kallak, korpus va poynak o‘zaro rezba bilan biriktirilgan. Har qaysi korpusning uzunligi o‘nlab zaryadlarni o‘rnatishga mo‘ljallangan. Kumulyativ perforatorlarda qo‘llaniladigan zaryadlarning asosiy elementlari quyidagilardan iborat.
Ayrim korpuslarni o‘zaro biriktirib 20 yoki 30 zaryad joylashadigan bitta cho‘zilgan korpus hosil qilish mumkin. Rezbali ulanishlar bilan kallak, korpus va poynak orasidagi germetiklanish halqasimon rezinali zichlagich yordamida amalga oshiriladi.
PK-perforatorning germetiklanish vositasi 200 0C temperaturagacha va 1000 kgs/sm2 bosimga mo‘ljallangan.
Perforatorlarning korpusi yuqori chidamli OXNZM belgili xromnikel molibdenli po‘latdan, kallak va poynaklar esa 40X belgili chidamli xromitli po‘latdan tayyorlangan.
Kallakning o‘qida elektr simi uchun chuqurcha mavjud. Uning yuqori qismidan kabel poynagiga ulash uchun tashqi rezba ochilgan. Perforator poynagida portlatuvchi patron joylashishi va undan suyuqlik oqishi uchun bo‘shliq mavjud. Bu suyuqlik germetiklanish buzilgan hollarda perforatorga kirishi, Shuningdek, bu bo‘shliqga zaryad qoldiqlari, portlatish patroni hamda rezinali tiqin qoldiqlari tushishi mumkin. Poynak silliq shakllarga ega. Unda yukni perforatorga biriktirish uchun teshiklar burg‘ilangan. Jihozlangan PK-perforator (kabel poynagi bilan)ning umumiy og‘irligi o‘rtacha 4,5 kg/dm3 ga teng.



Kumulyativ perforator zariyadining tuzilishi.
1 – metall voronka – kumulyativ o‘yiqning qoplamasi; 2 – portlovchi materialning zariyadi; 3 – oraliq portlatgich; 4 – portlatuvchi shnur; 5 – zariyad korpusi.


PK-perforatorining kumulyativ zaryadi – 150, 180 va 200 0C temperaturaga mo‘ljallangan
Asosiy shashkalarni va kumulyativ zaryadlarning oraliq detonatorlarini tayyorlashda qo‘llaniladigan
portlatish moddalari

Qo‘llanish temperaturasi, 0C

Shashkalar

Detonatorlar

VV (pm)

Zichligi, g/sm3

VV (pm)

O‘rtacha zichligi, g/sm3

1

2

3

4

5

150 0C gacha

Geksogen

1,6

Geksogen (zaryadning og‘irligi 0,6-1,05 g)

1,35

180 0C gacha

Geksogen plastifikator bilan (GFG-2)

1,6

200 0C gacha

Oktogen plastifikator bilan

1,7

Oktogen (zaryadning og‘irligi 1,1-1,25 g)

1,67

220 0C gacha

GNDS

1,62

Qo‘rg‘oshin va TVV larning naveskasi




240 0C gacha

LG-4

1,65

260 0C gacha

NTF A

1,6



Perforatorlarning o‘lchamiga va PK-perforator zaryadining termobarqarorligiga qarab perforatorlar ZPK85-150, ZPK105-150 ko‘rinishda belgilanadi. Shashka zaryadi portlovchi moddasining og‘irligi ZPK105 uchun – 21,5 g, perforatorning teshish qobiliyati ancha yuqori.
Quduqda kutilgan temperaturalarga qarab DShV (100 0C gacha), DShT-165 0S, DSHT-180, DSHT-200 detonlashtiruvchi shnurlar qo‘llaniladi. Detonlashtiruvchi shnurni portlatish perforatorning pastki qismiga o‘rnatilgan PV-4 yoki VV-PD portlatish patroni ta’sirida bajariladi.



Download 252,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish