T/r
|
Savollar
|
1
|
O’zbekiston xalqi qadimdan muhtojlarga beg’araz yordam berish g’oyasini axloqiy madaniyatning asosi ekanligi qanday?
|
|
Muruvvat va saxovat moddiy va ma’naviy shaklga ega ijtimoiy-axloqiy qadriyat sifatida ekanligini ayting?
|
2
|
“Muruvvatlilik va saxovatlilik” nima uchun kerak?
|
3
|
Ma’naviy- axloqiy sifatlarni bilasiz?
|
4
|
“Saxovatlilik” deganda nimani tushunasiz?
|
5
|
Vatanimizni tinchlik osoyishtalikni asrashda sizning ma’suliyatingiz nimalardan iborat?
|
6
|
Sizningcha ma’naviy- axloqiy sifatlarini tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
|
7
|
Yoshlarda ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirishida OAV o’rni nimalardan iborat?
|
8
|
Ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirishda darsdan tashqari faoliyatning o’rni qanday deb o’ylaysiz?
|
9
|
Qadriyatlar xalqimiz tabiatiga xos deganda nimalarni tushunasiz?
|
10
|
Milliy madaniyatimizning takomillashuvida yoshlarning o’rni nimalardan iborat?
|
“Notiqlar” klubi. Keyingi yillarda darsdan tashqari faoliyat jarayonida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning ma’naviy-ma’rifiy yunalishidagi yangidan yangi to’garaklar o’z ishini boshlamoqda. Shulardan biri - “Notiqlar” klubidir. Respublikamizda o’tkazilayotgan tantanali, estetik, ma’naviy tadbirlarda notiqlik iqtidoriga ega tarbiyalanuvchilarning ishtiroki tobora oshib bormoqda. Bu esa boshqa tarbiyalanuvchilar uchun namuna rolini bajarib, tarbiyalanuvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash samarasiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlarini tashkil etish uchun dastlab tadqiqot faraziga mos metodika ishlab chiqildi. Tajriba-sinov ishlari metodikasi tajriba-sinov ishlari bosqichlari, tajriba-sinov ishlarini o’tkazishga doir tarqatma materiallar hamda tajriba-sinov metodlarini o’z ichiga qamrab oldi.
Aniqlovchi bosqich. Mazkur bosqichning maqsadi mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini o’smirlarini ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllanganligi dastlabki tashxis etish. Mazkur bosqichda quyidagi vazifalar hal etildi: tayyorlov – tashxisning maqsadi, vazifa, mezon va metodlari aniqlandi; izlanishli – tashxis ob’ektlari o’rganildi va olingan axborotlar to’plandi; tahliliy – olingan natijalar miqdor va sifat jihatdan tahlil etildi, ular izohlandi; izohli – rejalashtirilgan ishlarni o’tkazishga ta’sir etuvchi pedagogik ta’sirlarning majmuaviy o’lchovi aniqlandi.
Shakllantiruvchi bosqichi. Maqsad mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirish. Tayyorlov bosqichida tashxis etilganlari asosida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirish yo’llari ishlab chiqildi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirishda vosita, metod va usullar asosida tarbiyalanuvchilar bilan faol ish olib borildi.
Yakunlovchi bosqich. Maqsad – barcha o’tkazilgan tajriba-sinov ishlarining yakunini chiqarish. Tahliliy bosqichda tajriba-sinov ishlari va olingan natijalar tahlil etildi. Izohli bosqich asosida tashkil etilgan tajriba-sinov ishlariga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |