3.2. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirish yuzasidan tajriba – sinov ishlari natijalari
Mustaqillik yillarida dolzarb muammolardan biri yangi tarixiy sharoitda jamiyatga, yurtga munosib kishilarni tarbiyalash edi. Bu esa ko’rinib turibdiki yoshlar, kelajak avloddir darhaqiqat, yoshlar respublikamizda juda katta kuch hisoblanadi. Bu kuchni esa to’g’ri yo’naltirish o’ziga xos yutuq va kamchiliklarni, muammolarni to’g’ri hal qila olish o’sha davr, o’sha sharoitdan juda katta ma’suliyat talab qiladi. Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi, mamlakat kelajagi bilimli, har tomonlama sog’lom va barkamol avlodga bog’liqdir. Yoshlarni ijtimoiy - siyosiy faol fuqaro sifatida tarbiyalash, jamiyatda munosib o’rin egallashga ko’maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yoshlarning o’z aql zakovati, kuch-g’ayratini to’la namoyon etish uchun zarur shart-sharoit yaratish davlatimiz oldidagi turgan dolzarb muammolardan biridir.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan “Mehr-muruvvatlilik– o’zbekning himmati” mavzusida davra suhbati o’tkazdik. Davra suhbatida mehribonlik uyidagi ma’naviy-axloqiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, guruh tarbiyachisi, va ”Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor- o’qituvchilari, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda davra suhbati tashkil etdik. Suhbatda tarbiyalanuvchilarga ishtirokchilar savollar bilan murojaat qilishdi: “ma’naviy- axloqiy sifatlar, sahovatlilik, saxiylik, bag’rikenglik, yaxshilik kabi tushunchalarining ma’nosini ayting?” , “Ezgulik, qo’li ochiqlik, ko’zi to’qlik, yordam berish, qo’llab-quvvatlash, jasurlik kabi tushunchalarining ma’nosini ayting?”, “Ijtimoiy-faollik” nima uchun kerak?”, “SHaxsning qanday ma’naviy- axloqiy sifatlarini bilasiz?”, “Saxovatli inson deganda nimani tushunasiz?”, “Mamlakatimizdagi tinchlik osoyishtalikni asrashda sizning ma’suliyatingiz nimalardan iborat?”, “ma’naviy- axloqiy sifatlarni shakllantirishda darsdan tashqari faoliyatning o’rni qanday deb o’ylaysiz?”, “Milliy madaniyatimizning takomillashuvida yoshlar faolligining o’rni nimalardan iborat?”, kabi shularga o’xshash ko’pgina savollar bilan tarbiyalanuvchilar murojaat qilishdi, barcha mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari davra suhbatida faol ishtirok etishdi. Ularda davlatimizda olib borilayotgan ma’naviy jarayonlar haqida ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Davra suhbatidan ma’naviy- axloqiy sifatlar, saxovvatlilik, o’zbek milliy mentalitetiga xos tushunchalar haqida ko’pgina bilimlarga va ma’lumotlarga ega bo’lishdi va yaxshi ta’surotlarga ega bo’ldilar. Tarbiyalanuvchilarning ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirish jarayonida mehribonlik uyining o’rni beqiyosdir. Biz tanalagan mavzuimiz yuzasidan tadqiqot ishlarini Namangan shahridagi 26-sonli Mehribonlik uyida tajriba-sinov ishlarini olib bordik. Tarbiyalanuvchi o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirish jarayonidagi maqsadini aniqlab oldik: tarbiyalanuvchilarda insoniylik, rahmdillik, mehr-oqibat, ko’ngli ochiqlik, mehribonlik, kechirimlik, mardlik, jo’mardlik, saxiylik, bag’rikenglik, yaxshilik, ezgulik, qo’li ochiqlik, ko’zi to’qlik, yordam berish, qo’llab-quvvatlash, jasurlik kabi sifat va xususiyatlarini shakllantirish, ularni ijtimoiy jarayonlariga munosabatini to’g’ri tarkib toptirish, ijtimoiy-siyosiy jihatdan tarbiyalash, u yoki bu darajada ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga bo’lgan munosabatni shakllantirishdan iborat.
Mehribonlik uyida tarbiyachilarning faoliyatida tarbiyalanuvchilarning xulq atvorini kuzatish, tarbiyaviy jarayonni tashkil etishni takomillashtirish bevosita ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, guruh rahbarlari bilan suhbat o’tkazish davomida olingan natijalar tahlil qilindi va tarbiyalanuvchilarni shartli ravishda uch guruhga ajratdik.
Birinchi guruhda yuqori darajada o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllangan bolalar kiritildi. Bu guruhga kiruvchi bolalar insoniylik, rahmdillik, mehr-oqibat, ko’ngli ochiqlik, mehribonlik, kechirimlilik, mardlik, jo’mardlik, saxiylik, bag’rikenglik, yaxshilik, ezgulik, qo’li ochiqlik, ko’zi to’qlik, yordam berish, qo’llab-quvvatlash, jasurlik kabi sifat va xususiyatlari shakllangan va amaliy faoliyatlarida ana shu xususiyatlarini namoyon eta oladi [31].
Ikkinchi guruhga o’rta darajada o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini qisman shakllangan bolalar kiritildi. Bu guruhga kiruvchi bolalar insoniylik, rahmdillik, mehr-oqibat, ko’ngli ochiqlik, mehribonlik, kechirimlik, mardlik, jo’mardlik, saxiylik, bag’rikenglik, yaxshilik, ezgulik, qo’li ochiqlik, ko’zi to’qlik, yordam berish, qo’llab-quvvatlash, jasurlik kabi sifat va xususiyatlar qisman anglab yetadigan qiziqishi o’rtacha, faqatgina ularda muruvvatlilik va saxovatlilik fazilati qisman shakllangan, amaliy faoliyatga aylanmaganligi ko’rinadi.
Uchinchi guruhga o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllanmagan tarbiyalanuvchilar kiritildi. Ularda insoniylik, rahmdillik, mehr-oqibat, ko’ngli ochiqlik, mehribonlik, kechirimlik, mardlik, jo’mardlik, saxiylik, jasurlik kabi sifat va xususiyatlarni tassavvur eta olmaydigan, faqat o’z manfaatlarini o’ylaydigan tarbyuiyalanuvchilar kiritildi.
Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilarni o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlari uch bosqichda amalga oshirildi: aniqlovchi, shakllantiruvchi, yakunlovchi.
Aniqlovchi bosqichda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini qay tarzda shakllanganligi o’rganildi, o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirish yuzasidan nazariy bilimlar o’rganildi. O’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirish uchun guruh rahbarlari ularni tahlil qilishdi, asosiy g’oyalar belgilab olindi, uchrashuv va suhbatlarning asosiy tarkibiy qismlari aniqlandi [28-32].
Suhbat va uchrashuvlar o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirish uchun tashkil etiladigan darsdan tashqari faoliyat jarayonidagi ma’naviy tadbirlar bolalar bilan birgalikda tashkil etildi. Tarbiyalanuvchilar ma’naviy tadbirlarda devoriy gazetalar, turli milliy urf-odatlar aks ettirilgan bukletlar tayyorlash jarayonida ifoda etishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |