Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXIX

Zerikish

O‘z  ehtiroslaring  qurboni  bo‘lish!  Bunga 

chidasa bo‘ladi. Biroq o‘zing his etmaydigan 

ehtiroslarga qurbon bo‘lish! O, bechora XIX asr!  



Jirode. 

Avvaliga de Fervak xonim Jyulenning uzundan-uzoq maktubla-

rini loqaydgina o‘qib yurdi, biroq bora-bora bu maktublar uning 

fikr-xayolini ko‘proq band eta boshladi, lekin xonim bir narsadan 

tashvishga tushib qolgan edi. Ming afsuski, janob Sorel ruhoniy 

emas! Ana o‘shanda, ehtimol, u bilan biroz yaqinlikka yo‘l qo‘ysa 

bo‘lardi. Biroq u manovi ordenni taqib manovi fuqaro kiyimida 

yurar ekan, men odamlarning har xil pichingli savollaridan o‘zimni 

qanday saqlayman va ularga nima deb javob beraman? U o‘z fikrini 

oxirigacha aytmayotgan edi. «Bironta hasadgo‘y dugonamning mi-

yasiga u milliy gvardiyada xizmat qilib, orden olishga erishgan va ota 

tomondan qarindosh bo‘lgan bironta mayda savdogarlardan bo‘lsa 

kerak, degan fikr keladi-yu, keyin u bu gapni hammaga bajonidil 

aytib yuradi».

Jyulen bilan uchrashguniga qadar de Fervak xonim o‘z nomi yoniga 

«marshal bevasi» deb yozar ekan, nihoyatda huzur qilib yurardi. Endi 

bo‘lsa bu izzattalab xonimning sal narsaga aziyat chekadigan nafsoni-

yati dilida uyg‘onib kelayotgan tuyg‘uga qarshi kurasha boshladi.

«Men uchun uni Parijning yonginasidagi bironta qavmga katta 

vikariy qilib joylashtirib qo‘yishdan osoni yo‘q edi! Lekin uning od-




462

diygina janob Sorel ekanligiga chidab bo‘lmaydi, buning ustiga janob 

de lya Molning dastyor kotibi-ya! Yo‘q, dahshat bu!!!»

Hamma narsadan xavfsiraydigan bu ayolning qalbi umrida bi-

rinchi marta asilzodalik va jamiyatdagi nufuzli o‘rin da’vosi bilan 

bog‘liq bo‘lmagan qandaydir qiziqishdan hayajonlanmoqda edi. Keksa 

shveytsar doim ma’yus yuradigan anavi barno yigitning maktublarini 

topshirayotganida bekaning chehrasidan parishon xotir va norozi ifoda 

bir zumda g‘oyib bo‘lishini sezib qoldi, marshal bevasi xizmatkorlar 

oldida doim shunday qiyofaga kirishni lozim ko‘rardi. 

Garchi erishayotgan muvaffaqiyatlaridan aslida o‘zi sira ham qu-

vonmasa-da, shuhratparastlik va jamiyatda yaxshi taassurot qoldi-

rish istagi bilan sug‘orilgan bu zerikarli hayot, xonimning qalbida 

Jyulenga nisbatan qiziqish uyg‘onganidan buyon, uning shu qadar 

me’dasiga urdiki, kechqurun u hech bo‘lmasa bir soatgina vaqtini 

bu ajoyib yigit bilan o‘tkazsa kifoya edi, shunda ertasi kuni oqsoch 

qizlar o‘zlarini xotirjam his etishlari mumkin bo‘lardi: xonim dakki 

beraverib ularni bezor qilmasdi. Hatto juda ustalik bilan yozilgan 

imzosiz maktublar ham Jyulen qozongan bu ishonchga putur yetkaza 

olmadi. Janob Tambo de Lyuz, de Kruaznua de Kaylyus janoblariga 

ancha mahorat bilan to‘qib chiqarilgan ikki-uchta tuhmat gaplarni 

shipshitgan edi, bu janoblar darhol, o‘sha gaplarda xiyol bo‘lsa-da, 

haqiqat bormi yoki yo‘qligini tekshirib o‘tirmay, ularni bajonidil 

hammaga tarqata boshlashdi. O‘z aql xususiyatiga ko‘ra bunday 

qo‘pol nayranglarga qarshilik ko‘rsata olmaydigan de Fervak xonim 

o‘z shubha-gumonlarini Matilda bilan o‘rtoqlashar, qiz esa har gal 

uni tinchitishga harakat qilar edi.

Bir kuni xizmatkorlardan ikki-uch marta, xat kelmadimi, deya 

surishtirgach, de Fervak xonim daf’atan Jyulenga javob yozish kerak, 

degan qarorga keldi. Yigitning bu g‘alabasini xonimning zerikishiga 

nisbat bermoq lozim bo‘lardi. Biroq ikkinchi maktubdayoq xonim 

taraddudga tushib qoldi – uning nazarida: markiz de lya Molning 

uyidagi janob Sorelga degan jirkanch manzilni o‘z qo‘li bilan yozsa, 

bu sha’niga mutlaqo mos tushmaydigandek tuyuldi.

– Menda sizning manzilingiz yozig‘liq konvertlar bo‘lmog‘i kerak 

– dedi u kechqurun Jyulenga iloji boricha quruq bir ohangda.

«Mana, o‘ynash-malay ahvoliga ham tushib qoldik», deya xayo-

lidan o‘tkazib ta’zim qildi Jyulen badxohlik bilan o‘zini markizning 

keksa malayi Arsen o‘rnida tasavvur etar ekan.



463

O‘sha kechaning o‘zidayoq yigit xonimga konvertlar eltib berdi, 

ertasi kuni ertalab esa undan uchinchi xatni oldi: u maktubning 

boshidan besh-olti satr, oxiridan ikki-uch satrga ko‘z yugurtirib 

chiqdi. Xat mayda yozuv bilan to‘ldirilgan roppa-rosa to‘rt sahifadan 

iborat edi.

Asta-sekin har kuni xat yozish shirin bir odat tusiga kirdi. Jyulen 

rus maktublarini jo-bajo ko‘chirib javob qaytarardi, soxta uslubning 

fazilati shunda ediki, de Fervak xonim uning javoblari o‘zi yo‘llagan 

nomalarga deyarli muvofiq kelmasligidan sira ajablanmasdi.

Agar o‘z xohishi bilan josuslik vazifasini zimmasiga olgan va 

Jyulenning har bir qadamini kuzatib yurgan pismiq Tambo marshal 

bevasining barcha maktublari konverti ochilmay yigitning yozuv stoli 

tortmasida qalashib yotganini sezib qolib, buni unga aytib berganida 

xonimning g‘ururiga qattiq nishtar urilgan bo‘lardi.

Bir kuni ertalab shveytsar kutubxonada o‘tirgan Jyulenga de Fer-

vak xonimning maktubini keltirib berdi; Matilda shveytsarni maktub 

olib kelayotganida uchratib manzilda Jyulenning xatini tanib qolgan 

edi. U shveytsar chiqib ketayotgan paytda kutubxonaga kirib keldi, 

maktub stolning bir chetida turgan edi: o‘z ishi bilan band bo‘lgan 

Jyulen uni tortmaga solib qo‘yishga ulgurmagandi.

– Bunisiga endi ortiq chidayolmayman, – deya xitob qildi Matilda 

xatni yulqib olar ekan. – Siz menga mutlaqo e’tibor bermay qo‘ydin-

giz, axir men xotiningiz bo‘laman, taqsir. Siz o‘zingizni vahshiylardek 

tutyapsiz.

Biroq og‘zidan shu so‘zlar chiqishi bilanoq qizning bu odobsiz 

qiliqlardan lol qolgan g‘ururi g‘alayon ko‘tardi. Matilda ho‘ngrab 

yig‘lab yubordi, Jyulenning nazarida, u hozir hushidan ketib yiqi-

ladigandek edi. Kutilmagan bu holatdan dovdirab qolgan Jyulen 

mazkur voqea unga qanday lazzat baxsh etishi mumkinligini hali 

aniq tushunmas edi. U Matildaning qo‘lidan tutib, o‘tqazib qo‘ydi, 

qiz deyarli uning quchog‘iga yiqildi. Dastlabki daqiqada u quvonch-

dan es-hushini yo‘qotishiga sal qoldi. Ammo bir lahza o‘tmayoq u 

Korazovni esladi: «Agar churq etib og‘iz ochsam, hammasini barbod 

qilgan bo‘laman». Yigit ehtiyotkor siyosati tufayli zo‘r berib o‘zini 

bosishga urinarkan, qo‘lining mushaklari taranglashib og‘rib ketdi. 

«Men hatto bu sarvqomatni bag‘rimga bosishga ham botinolmay-

man: u yana mendan nafratlanadi, yana meni quvib soladi. Eh, 

buncha badfe’l bo‘lmasa bu qiz!»



464

Matildaning fe’lini la’natlarkan, Jyulen uni yuz chandon ko‘proq 

sevardi. Shu tobda u o‘zini quchog‘iga qirolichani tutib turgandek 

his etardi.

Jyulenning bunchalik mehrsizligi m-l de lya Mol qalbini o‘rtayotgan 

g‘urur iztiroblarini yanada kuchaytirib yubordi. U hozir sovuqqonlik 

bilan fikr yuritishga qodir emasdi. Jyulenning ko‘zlariga qarab, yigit-

ning dilidan hozir nelar kechayotganini sezishga urinib ko‘rish uning, 

hatto xayoliga ham kelmadi. U yigitning yuziga qarashga botinmasdi –  

qiz unda nafrat ifodasini ko‘rishdan qo‘rqardi.

Qiz kutubxona divanida Jyulenga orqa o‘girib qimir etmay o‘tirar 

ekan, g‘urur va muhabbat azoblaridan yuragi tilka-pora bo‘lmoqda 

edi. Qanday qilib, qay yo‘sinda u shunday dahshatli qiliqqa yo‘l qo‘ydi 

axir!


«Voy, men badbaxt qiz butun sharm-hayoni unutib, o‘zimni taklif 

qilishga borib yetsam-u keyin mendan qanday yuz o‘girishlarini ko‘rib 

tursam! Yana kim yuz o‘giryapti deng? – deya shivirlardi unga azob 

chekkan va g‘azabga mingan g‘ururi. – Otamning xizmatkori».

– Yo‘q, men bunga chidayolmayman, – dedi baland ovoz bilan u.

So‘ngra sapchib o‘rnidan turdi-da, qarshisidagi yozuv stolining 

tortmasini g‘azab bilan siltab ochdi. Ochdi-yu, turgan joyida dahshat-

dan qotib qoldi: uning ko‘z o‘ngidagi tortmada hozirgina shveytsar 

keltirgan xuddi shunday maktublardan butun bir dastasi konverti 

ochilmagan holda yotardi. Ularning har biriga Jyulenning qo‘li bilan 

xati biroz o‘zgartirilgan manzil yozilgan edi.

– Hali shunaqami! – deya qichqirib yubordi qiz es-hushini yo‘qo-

tib. – Siz u bilan yaqin munosabatda bo‘libgina qolmay, balki undan 

nafratlanasiz hammi, siz arzimas bir odam, marshal bevasi de Fervak 

xonimdan nafratlanasizmi hali!

– A-a-a! Kechir meni, jonginam, – deb yubordi u birdan Jyulen-

ning oyog‘iga yiqilar ekan. – Mayli, istasang mendan nafratlan, lekin 

sevgingdan mahrum qilma meni, sening muhabbatingsiz yashay 

olmayman! – Shunday deya u hushidan ketib polga yiqildi.

«Mana u, o‘sha mag‘rur qiz mening oyog‘imga bosh urdi», deya 

o‘yladi Jyulen.



465


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish