XXXI
G‘ulg‘ula
Mana sizga o‘sha sivilizatsiyangizning
haqiqiy mo‘jizasi! Sizlar muhabbatni oddiy bir
bitimga aylantirib qo‘yibsizlar.
Barnav.
Jyulen de lya Mol xonim lojasi tomon otildi. Uning ko‘zlari darhol
Matildaning jiqqa yoshga to‘lgan ko‘zlari bilan to‘qnashdi, qiz hatto
o‘zini bosishga urinmay ochiqdan-ochiq yig‘lamoqda edi, lojada ona-
sining ularga o‘z joyini taklif qilgan dugonasi va uning bir necha tan-
ishidan iborat notanish va e’tiborsiz kishilar to‘planishgandi. Matilda
o‘z qo‘lini Jyulenning qo‘li ustiga qo‘ydi, u onasining ham shu yerda
o‘tirganini mutlaqo unutib qo‘ygandek edi. U yig‘idan entikkanicha
faqat birgina so‘zni aytib: «Kafolat», deya oldi, xolos.
«Faqat u bilan so‘zlashmasam bo‘lgani, – deya takrorlardi Jyulen,
o‘zi esa bu paytda qattiq hayajonlanib, go‘yo uchinchi yarus ro‘parasi-
da osilib turgan qandilning yorqin shu’lasidan ko‘zi qamashayotgan
odamdek, bo‘sh qo‘li bilan yuzini pana qilishga harakat qilardi. – Agar
hozir gapirsam, u darhol qanchalar iztirob chekayotganimni sezib
qoladi, tovushim sirimni oshkor qiladi, shundan so‘ng hammasi bar-
bod bo‘lishi mumkin».
Dilidagi bu ayovsiz kurash hozir unga ertalabkiga qaraganda
ancha mashaqqatliroq tuyuldi, zero shu o‘tgan payt ichida uning
qalbi ancha bezovta bo‘lib qolgandi. Yigit Matildaning g‘ururi yana
junbishga kelishidan qo‘rqardi. Muhabbat va ehtirosdan es-hushini
yo‘qotayotganiga qaramay, u har qalay o‘zini qizga gapirmaslikka
majbur qildi.
Menimcha, bu uning xarakteridagi eng ajib xislatlaridan bo‘lsa
kerak: o‘ziga-o‘zi shunday zulm o‘tkazishga qodir yigit kelajakda
ajoyib inson bo‘lib yetishishi mumkin, si fata sinant
52
, albatta.
M-l de lya Mol, Jyulen unga biz bilan birga ketadi, deya turib oldi.
Yigitning baxtiga qattiq yomg‘ir yog‘moqda edi. Biroq markiza uni o‘z
qarshisiga o‘tqazib, butun yo‘l davomida uni qizi bilan bir og‘iz ham
52
Agar taqdir yo‘l qo‘ysa (ital.).
471
so‘zlashtirmay, u bilan o‘zi gaplashib ketdi. Shu ketishda markiza go‘yo
Jyulenning baxtini qo‘riqlayotgandek tuyulardi, yigit ham endi o‘z
tuyg‘ularini nogahon sezdirib qo‘yib, hamma ishni barbod qilishdan
cho‘chimay qo‘ygach, telbalik bilan ularga erk bermoqda edi.
Jyulen xonasiga kirgan zahoti darhol tiz cho‘kib, knyaz Korazov
unga bergan ishqiy maktublarni o‘pa boshlagani haqida hikoya qi-
lishimning hojati bormikin? «O, buyuk inson! – deya xitob qilardi bu
telba yigit. – Hammasi, hammasi uchun sendan minnatdor bo‘lmog‘im
kerak!»
Asta-sekin u o‘zini ancha bosib oldi. Yigit hozir o‘zini katta jangda
yarim g‘alaba qozongan sarkardaga o‘xshatardi. «Juda ulkan muvaf-
faqiyatga erishdim, – deya muhokama yuritardi u o‘zicha, – biroq
ertaga nima bo‘ladi? Bir lahzada hammasi barbod bo‘lishi mumkin».
U Napoleon Muqaddas Yelena orolida aytib turib yozdirgan
«Memuarlar»ni jon-jahdi bilan ochdi-da, ikki
soat davomida uni maj-
buran o‘qib o‘tirdi; to‘g‘ri, kitobni faqat uning ko‘zlarigina o‘qirdi, lekin
baribir u o‘zini mutolaa qilishga majbur etardi. Bu g‘aroyib mutolaa
paytida esa uning haddan tashqari hayajonga tushgan miyasi bilan
yuragi o‘z holicha ishlamoqda edi. «Axir bu qizning yuragi de Renal
xonimnikiga mutlaqo o‘xshamaydi», deya takrorlardi u o‘ziga-o‘zi,
biroq xayoli shu fikrdan nariga o‘ta olmasdi.
«Yuragiga doimo g‘ulg‘ula solib turmoq kerak! – deya xitob qildi
u birdan qo‘lidagi kitobni bir chetga qarab uloqtirar ekan. – Dush-
manim mendan qo‘rqqan paytdagina menga itoat etadi, ana o‘shanda
u mendan nafratlanishga botina olmaydi».
U baxtiyorlikdan butunlay esankirab, kichkina xonasida u yoq dan-
bu yoqqa yurardi. Sirasini aytganda, bu baxtiyorlikka muhabbatdan
ham ko‘ra ko‘proq g‘urur sababchi edi.
«Yuragiga doimo g‘ulg‘ula solib turmoq kerak, – deya faxr bilan
takrorlardi yigit va u faxrlansa arzirdi ham. – Hatto eng baxtiyor
damlarda ham de Renal xonim o‘zi meni qanchalik sevsa, men ham
uni shunchalik sevishim yoki sevmasligimni o‘ylab muttasil iztirob
chekardi. Bu qiz esa g‘urur bobida iblisning o‘zginasi, biz uni zabt
etmog‘imiz lozim, juda yaxshi, shu yo‘sinda zabt etaveramiz!»
U ertaga ertalab soat sakkizdanoq Matildaning kutubxonaga
kirib o‘tirishini juda yaxshi bilardi, lekin yigit sevgi otashida yo-
nayotgan bo‘lsa ham qalbini aql-idrokka bo‘ysundirib, u yerga faqat
soat to‘qqizda kirib bordi. U tinmay o‘ziga-o‘zi: «Qizning ko‘ngliga
472
muttasil g‘ulg‘ula solib turmoq lozim: toki u meni sevarmikin? – deya
doim shubhada yursin. U o‘zining ajoyib nasl-nasabi, atrofdagilarning
doim unga xushomad qilishi oqibatida juda tez yupanib qoladi», deya
takrorlardi.
Matilda divanda rangi oppoq oqarib, xotirjam o‘tirardi-yu, lekin
chamasi qimir etishga majoli yo‘q edi. U Jyulenga qo‘lini uzatdi:
– Jonginam, men seni ranjitdim, chindan ham menga har qancha
jahl qilsang arziydi!..
Jyulen uning shunday soddagina qilib gapirishini sira kutma-
gan edi. U darqol ko‘ngli iyib, dilidagini oshkor qilib qo‘yishga sal
qoldi.
– Siz mendan kafolat talab qilgan edingiz, do‘stginam, – deya
qo‘shimcha qildi qiz, ehtimol, yigit bu sukutga chek qo‘yar, degan
umidda biroz jim turgach. – siz haqsiz. Mayli, meni opqochib keting,
Londonga jo‘naylik... Bu hol meni umrbod badnom etadi, sharmanda
qiladi... – U ko‘zlarini yashirmoq uchun Jyulendan qo‘lini tortib olishga
jur’at etdi. Qizning qalbida ayollarga xos uyatchanlik va ibo tuyg‘usi
yana birdan tug‘yon ko‘targan edi. – Mayli, meni sharmanda qiling,
sizga beradigan kafolatim mana shu bo‘ladi.
«Kecha men baxtiyor edim, zero tuyg‘ularimni jilovlab ola bil-
gandim», deya o‘yladi Jyulen. Biroz sukut saqlab turgach, u o‘zini shu
qadar tiyib oldiki, qizga sovuqqina qilib dedi:
– Xo‘p, siz bilan ikkovimiz Londonga ketyapmiz ham deylik, faraz
qilaylikki, siz, o‘zingizning ta’biringiz bilan aytganda, sharmanda
ham bo‘ldingiz. Lekin siz meni o‘shandan keyin ham sevishingizga,
pochta karetasining o‘zidayoq birdan joningizga tegib qolmasligimga
kim kafil bo‘la oladi? Men zolim emasman, sizni jamiyat ko‘z o‘ngi-
da badnom etish men uchun yana bir baxtsizlik bo‘ladi xolos. Axir
bu o‘rinda sizning jamiyatdagi nufuzingiz to‘siq bo‘layotgani yo‘q.
Hamma balo sizning o‘z xarakteringizda. Meni, hech bo‘lmasa, bir
hafta davomida sevishingiz haqida o‘zingizga-o‘zingiz kafolat bera
olasizmi?
«Ah, qani endi u meni bir haftagina sevsa, bor-yo‘g‘i bir hafta-
gina, – deya shivirlardi o‘zicha Jyulen, – men shu qadar baxtiyor
bo‘lardimki, keyin o‘lsam ham may1i edi. Kelajak bilan nima ishim
bor, men uchun hayot
degan narsaning o‘zi nima? Axir bu lazzat shu
daqiqaning o‘zidayoq boshlanishi mumkin, o‘zim shuni istasam bas,
bu faqat o‘zimga bog‘liq».
473
Matilda uning xayolga cho‘mganini ko‘rib turardi.
– Sizga sira ham munosib emasga o‘xshayman, – dedi arang u
yigitning qo‘lidan ushlar ekan.
Jyulen qizni quchoqlab, labidan o‘pdi, lekin shu zahoti burchning
metin panjasi uning yuragini siqib olgandek tuyuldi. «Agar Matilda
o‘zini naqadar sevishimni sezib qolsa, hammasidan mosuvo bo‘la-
man». Shu boisdan ham qizning og‘ushidan chetlashar ekan, u o‘zini
erkaklarga xos vazmin tutishga harakat qildi.
Shu kuni ham, ertasi kuni ham yigit o‘zining cheksiz quvonchini
ustalik bilan yashirib yurdi. Yigit hatto qizni bag‘riga bosishdek laz-
zatdan o‘zini tiygan daqiqalar ham bo‘ldi.
Biroq shunday daqiqalar ham bo‘lardiki, u baxtiyorlikdan es-
hushi ni yo‘qotib, aql-idrokning barcha dalillarini batamom unutib
qo‘yardi.
Bir vaqtlar Jyulen bog‘dagi ovloq bir joyni yoqtirib qolgan edi, u
dukcho‘p qalin o‘sgan joyga borib, xushbo‘y butalar orasiga yashirinar
va Matildaning panjarador derazasini kuzatganicha o‘z mahbuba-
sining beqarorligidan hasrat chekib o‘tirardi. Shundoq yonginasida
ulkan eman daraxti qad ko‘targan bo‘lib, uning yo‘g‘on tanasi yigitni
begona ko‘zlardan pana qilib turardi.
Kunlardan birida ular Matilda bilan sayr qilib yurib, o‘sha joyga
borib qolishgan edi, yigit o‘sha g‘ussali daqiqalarni esladi va birdan
yaqinginada o‘zining naqadar umidsizlikka tushib yurgani bilan ho-
zirgi sevgi nashidasi orasidagi g‘oyat keskin farqni yaqqol his etdi,
yigitning ko‘zlari jiqqa yoshg‘a to‘ldi va u sevgilisining qo‘llarini labiga
bosib, shunday dedi:
– Shu yerda men sizning xayolingizda yashaganman, shu yerdan
turib derazangizga tikilardim va ana shu qo‘llaringiz bilan derazani
qanday ochishingizni ko‘rib, bir on lazzatlanmoq uchun soatlab ku-
tardim...
Shundan so‘ng yigit butunlay es-hushini yo‘qotdi qo‘ydi. U sira
taqlid qilib bo‘lmaydigan maftunkor bir samimiyat bilan qizga boshi-
dan kechirgan o‘sha alamli daqiqalar haqida hikoya qila boshladi.
Beixtiyor og‘zidan chiqayotgan qisqa-qisqa xitoblar o‘sha azob-uqubat
tugagach, endi uning qanchalar baxtiyor ekanligidan ochiq-oydin
dalolat berib turardi.
«Yo Rabbiy, nima qilyapman men o‘zi – dedi birdan hushiga kelib
Jyulen. – Tamom bo‘ldim».
474
Uning qalbini dahshat qopladi, nazarida m-l de lya Molning
ko‘zlari endi unga boyagiday mehr bilan boqmayotgandek edi. Bu
shunchaki vasvasa edi, biroq Jyulenning rangi dokadek oqarib,
aft-basharasi o‘zgarib ketdi. Uning ko‘zlaridagi olov so‘ndi, yuzidagi
cheksiz va otashin muhabbat ifodasi o‘rnini kibr-havo va g‘azab
ifodasi egalladi.
– Sizga nima bo‘ldi, azizim? – deya mehr bilan so‘radi undan
tashvishga tushgan Matilda.
– Men yolg‘on gapirdim, – dedi javoban jahl bilan Jyulen. – Ke-
lib-kelib sizni aldab o‘tirsam-a. Bu qilig‘im uchun o‘zimni kechirol-
mayman. Xudo shohid, sizni nihoyatda hurmat qilaman, shuning
uchun sizga yolg‘on gapirmasligim kerak. Siz meni sevasiz, menga
sodiqsiz, shu boisdan ham sizga yoqish uchun har xil gaplar to‘qib
chiqarishning sira hojati yo‘q edi.
– Yo Xudoyim! Men shu qadar zavq bilan eshitayotgan shu gapla-
ringizning bari to‘qib chiqarilganmidi hali?
– Ha, shunday va men buning uchun o‘zimdan juda xafaman,
azizim. Bu gaplarning barini bir vaqtlar meni sevgan va juda jonimga
tekkan bir ayol uchun to‘qib chiqargan edim. Fe’limning juda yomon
xususiyati bu, shu gaplarni sizga aytganimdan o‘zim ham pushaymon
bo‘lyapman, meni kechiring.
Matildaning ko‘zlaridan duv-duv yosh oqmoqda edi.
– Arzimagan bir narsadan nafsoniyatim aziyat cheksa bas, – deya
davom etdi Jyulen, – o‘zim ham sezmay faromushxotir bo‘lib qolaman,
ana shunda la’nati xotiram meni allaqayoqlarga olib qochadi va o‘zim
ham o‘sha xayollarga berilib ketaman.
– Demak, men bexos nafsoniyatingizga tegibman-da? – dedi Matil-
da kishining mehrini qo‘zg‘atuvchi bir soddadillik bilan.
– Bir kuni sizning shu yerda, ana shu dukcho‘p butasi yonida sayr
qilib yurib, gul uzib olganingizni esladim. Janob de Lyuz o‘sha gulni
qo‘lingizdan olgan edi, siz uni qaytarib olmadingiz. Men o‘shanda
sizdan ikki qadam narida turgan edim.
– Janob de Lyuz deysizmi? Bo‘lmagan gap, – deya e’tiroz bildir-
di Matilda o‘ziga xos takabburlik bilan. – Mening bunday qilishim
mumkin emas.
– Rost aytyapman, – deya gapida turib oldi Jyulen.
– Siz shunday deyapsizmi, demak, rost ekan, do‘stginam, –
dedi Matilda ma’yuslik bilan yerga qarar ekan. U ko‘p oylardan
475
buyon janob de Lyuzga bunday iltifot ko‘rsatmaganini juda yaxshi
bilardi.
Jyulen unga nihoyatda mehri tovlanib qaradi: «Yo‘q-yo‘q, – dedi
u o‘ziga-o‘zi, – u meni ilgarigidan kam sevmaydi».
O‘sha kuni kechqurunoq Matilda hazil aralash unga de Fervak
xonimga ko‘ngil qo‘ygani uchun ta’na qildi.
– Oddiy bir yigitning izzattalab xonimga oshiq bo‘lishi qiziq
ko‘rinar ekan! Axir uning qalbi shu qadar sovuq bir toifadanki, hatto
mening Jyulenim ham unga o‘t yoqa olmaydi. Lekin u sizni haqiqiy
dendi
53
qilib qo‘yibdi, – deya qo‘shimcha qildi u yigitning sochlarini
tutamlab o‘ynar ekan.
Jyulen Matildaning nafratlanishiga ishonchi komil bo‘lib yurgan
paytida yengil-boshiga e’tibor berishni o‘rgangan va endi, chamasi,
chiroyli kiyinishda eng nozik didli parijlik oliftalardan qolishmaydigan
bo‘lib qolgandi. Lekin uning o‘sha oliftalardan bitta ustun tomoni
bor edi: u bir kiyinib olgach, o‘z kostyumi haqida o‘ylamay qo‘yardi.
Matilda esa bir narsadan xafa edi: Jyulen hamon rus maktublarini
ko‘chirib, ularni marshal bevasiga eltib berishda davom etardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |