Qizil va qora indd


XXXVI Noxush tafsilotlar



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXXVI

Noxush tafsilotlar

Meni qo‘rqoqlik qiladi, deb o‘ylamay qo‘ya 

qolinglar: men o‘zim uchun qasos ol dim. Qil-

mishimga yarasha meni o‘limga hukm qilsangiz 

arziydi, mana men, ushlang lar meni. Ruhimga 

duo qilsangiz bas.



Shiller.

Jyulen qimir etmay turardi, uning ko‘zi hech nimani ko‘rmasdi. 

U biroz hushiga kelgach, qavm ahlining cherkovdan qochib chiqa-

yotganini sezdi. Ruhoniy mehrobni tark etgan edi. Jyulen qiy-chuv 

solib cherkovdan chiqib ketayotgan qandaydir ayollar ortidan asta 

yurdi. Ayollardan biri oldinga intilib uni qattiq itarib yuborgan edi, 

yigit yiqilib tushdi. Uning oyog‘ini olomon qulatib yuborgan kursi 

bosib qoldi, u o‘rnidan tura boshlagan edi, kimdir yoqasidan ushla-

ganini sezdi – bu forma kiygan jandarm edi. Jyulen beixtiyor kichkina 

to‘pponchalarini olmoqchi bo‘lgan edi, biroq boshqa bir jandarm shu 

payt uning tirsagidan tutdi.



500

Uni qamoqxonaga olib borishdi. So‘ng qandaydir xonaga olib kirib, 

qo‘liga kishan urishdi-da, yolg‘iz o‘zini qoldirishdi. Eshik yopilib, kalit 

qulf ichida ikki marta sharaqlab buraldi. Bu ishlarning bari juda tez 

sodir bo‘lib, yigit bu paytda hech nima sezmadi.

– Mana endi, hammasi tamom bo‘ldi deyish mumkin, – dedi u 

hushiga kelar ekan, baland ovoz bilan. – Xo‘sh, demak, ikki haftadan 

so‘ng gilotina... yoki u paytgacha o‘zimni o‘zim o‘ldirishim kerak.

Uning fikri shundan nariga o‘tmasdi, unga xuddi kimdir miyasini 

mahkam siqib turgandek tuyulardi. U, bironta odam ushlab turma-

ganmikin, deya orqasiga o‘girilib qaradi-yu, bir lahza o‘tmay qattiq 

uyquga ketdi.

De Renal xonim uncha qattiq yaralanmagan ekan. Birinchi o‘q 

uning shlyapasini teshib o‘tibdi, u o‘girilib qaragan zahoti ikkinchi 

marta o‘q uzilibdi. O‘q xonimning yelkasiga tegibdi-da, – mo‘jizani 

qarang! – yelka suyagini sindirib, qaytibdi va gotik ustunga borib 

urilgach, uning bir bo‘lagini uchirib yuboribdi.

Jarohatni yaxshilab ko‘zdan kechirib, uni bog‘lab qo‘yar ekan, juda 

bama’ni odam bo‘lmish jarroh de Renal xonimga: «Sizning sog‘ayib 

ketishingizga to‘la kafolat bera olaman», deganida ayol juda xafa bo‘ldi.

Anchadan buyon u sidqidildan o‘ziga o‘lim tilab yurardi. Uning 

janob de lya Molga yozgan maktubi (bu maktubni unga hozirgi piri 

majburan yozdirgan edi) haddan tashqari uzoq davom etgan qa-

yg‘u-alamdan sillasi qurigan bu qalb uchun so‘nggi zarba bo‘lgan edi. 

Bu qayg‘u Jyulen bilan ayriliqdan chekayotgan hijron alami bo‘lib, 

xonimning o‘zi buni vijdon azobi, deya atardi. Uning hozirgi piri – 

yaqindagina Dijondan kelgan taqvodor va serhafsala yosh ruhoniy 

buni juda yaxshi tushunardi.

«Mana shunday, birovning qo‘lidan o‘lib ketish, axir bu sira ham 

gunoh emas-ku, – derdi o‘ziga-o‘zi de Renal xonim. – Ehtimol, o‘limga 

xursand bo‘layotganimni yaratgan Parvardigor kechirar». U: «Jyulen-

ning qo‘lidan o‘lish naqadar lazzatli bo‘lardi axir!» – deya qo‘shimcha 

qilishga botinmasdi.

Jarroh va uni ko‘rgani yopirilib kelgan barcha dugonalaridan 

qutulgan zahoti xonim oqsochi Elizani huzuriga chaqirdi.

– Qamoqxona nazoratchisi nihoyatda berahm odam, – dedi u 

Elizaga anordek qizarib. – U, turgan gap, menga yoqaman, deb boya-

qishga juda yomon muomala qiladi... Men shuni o‘ylab juda azob 

chekyapman. O‘sha nazoratchining oldiga borib, go‘yo o‘zingizning 



501

nomingizdan unga manovi konvertchani berib kelolmaysizmi? Bu 

yerda bir necha luidor bor. Siz unga, din aqidalari unga yomon muo-

mala qilishingizga yo‘l qo‘ymaydi, deb ataysiz... Eng muhimi, unga pul 

berganimizni og‘zidan gullab yurmasin.

Verrer qamoqxonasi nazoratchisining Jyulenga nisbatan muruvvat 

bilan muomala qilishiga biz hozirgina hikoya qilib bergan ana shu 

voqea sabab bo‘lgan edi: bu odam biz bir vaqtlar janob Apperning 

kelishidan o‘takasi yorilayozganida ko‘rganimiz o‘sha tirishqoq mir-

shab – janob Nuaruning xuddi o‘zginasi edi.

Qamoqxonaga sudya tashrif buyurdi.

– Men qasddan odam o‘ldirdim, – dedi unga Jyulen, – to‘ppopchani 

palon qurolsozdan xarid qilib, uni o‘shaning o‘ziga o‘qlatib oldim. 

1342-modda. Jazo qonunlari majmuasida aniq aytilgan. Qilmishimga 

yarasha o‘limga hukm etilmog‘im lozim va men uni kutyapman.

Kaltabin sudya bunday samimiylikni tushuna olmasdi: u ayblanuv-

chi javob bera turib, adashib ketyapti, deya xulosa chiqarish niyatida 

Jyulenga har xil savollar yog‘dira boshladi.

– Ko‘rmayapsizmi axir, – dedi jilmayib Jyulen, – aybimni ochiq-oy-

din bo‘ynimga olyapman, siz uchun bundan ortig‘i bo‘lmaydi-ku. 

Qo‘ying, taqsir, o‘ljangiz sizdan qochib qutula olmaydi. Siz meni 

istagan jazoga hukm qilaverasiz. Endi, marhamat qilib, bu yerdan 

chiqib ketsangiz.

«Men ancha zerikarli yana bir majburiyatni ado etmog‘im lozim, 

– deya o‘yladi Jyulen. – Mademuazel de lya Molga xat yozishim  

kerak».


«Men o‘zim uchun qasos oldim, – deb yozdi u Matildaga. – Baxt-

ga qarshi, mening ismim endi gazetalarda tilga olinadi va men bu 

dunyoni hech kimga bildirmay tark etish imkoniyatidan mahrum 

bo‘ldim. Buning uchun meni kechirishingizni so‘rayman. Men ikki 

oydan keyin o‘laman. Mening qasosim Siz bilan judolik kabi dahshatli 

bo‘ldi. Shu daqiqadan e’tiboran Sizga xat yozish va Sizning nomi-

ngizni tilga olishni o‘zimga taqiqlab qo‘ydim. Men to‘g‘rimda hech 

kimga, hatto o‘g‘limga ham gapirmang, sukut saqlash – mening 

ruhimni shod qilishning yagona yo‘li. Ko‘pchilik odamlar uchun 

men oddiy bir qotil bo‘lib qolaman... Ana shu so‘nggi daqiqada Sizga 

haqiqatni aytmoqqa ijozat etgaysiz. Siz meni unutib yuborasiz. Men 

bu to‘g‘rida bironta ham tirik jonga hech qachon «churq» etib og‘iz 

ochmaslikni maslahat ko‘radigan bu mudhish fojia uzoq yillarga 



502

Sizning qalbingizdan romantizmga moyillik va tavakkalchilikni 

siqib chiqaradiki, men Sizning tabiatingizda ana shu xislatlarni 

yaqqol ko‘rgan edim. Siz o‘rta asr qahramonlari orasida yashash-

ga munosib qilib yaratilgansiz, shu boisdan ham bu o‘rinda o‘sha 

qahramonlardek matonatli bo‘lmog‘ingiz darkor. Muqarrar yuz 

berajak voqea Sizning sha’ningizga dog‘ tushirmay, pinhona sodir 

bo‘lsin. Boshqa nom bilan biror yerga yashirining va hech kimga 

ishonmang. Agar do‘stona yordamga muhtoj bo‘lsangiz, Sizga abbat 

Pirarni vasiyat qilaman.

Boshqa birontaga, ayniqsa, o‘zingizning tabaqangizdagi odamlar: 

de Lyuz, de Kaylyus janoblariga bir og‘iz ham so‘z aytmang. 

Mening o‘limimdan so‘ng oradan bir yil o‘tgach, janob de Kruaz-

nuaga turmushga chiqing, Sizdan iltimos qilaman, eringiz sifatida 

buyuraman. Menga xat yozmang, baribir javob qaytarmayman. Garchi, 

nazarimda, Yago kabi yovuz bo‘lmasam-da o‘shaning so‘zlari bilan 

shunday deyman:

From this time forth I never vill speak word.

54

Meni so‘zlashga ham, xat yozishga ham hech nima majbur eta 



olmaydi. Mening so‘nggi so‘zlarim so‘nggi jo‘shqin tuyg‘ularim qatori 

faqat Sizga qaratilgandir.

 J. S.»

Faqat ana shu xatni jo‘natganidan keyingina Jyulen biroz hushiga 

kelib, ilk bor o‘zining naqadar baxtsiz ekanligini his etdi. U «Men o‘la-

man, yozmishim shudir menim» degan buyuk so‘zlar bilan qalbidagi 

barcha shuhratparast orzu-umidlarini birma-bir sug‘urib tashlamog‘i 

lozim edi. O‘limning o‘zi yigitga u qadar dahshatli bo‘lib ko‘rinmasdi. 

Uning butun umri aslida kulfatlarga uzoq hozirlik ko‘rishdan iborat 

bo‘lib, kulfatlar orasida eng dahshatlisi hisoblanadigan musibatni 

yigit doim yodida saqlab kelardi.

«Xo‘sh, buning nimasi qo‘rqinchli ekan? – derdi u o‘ziga-o‘zi. – 

Aytaylik, men ikki oydan so‘ng qilichbozlik bobida nihoyatda mohir 

bo‘lgan bir odam bilan duelga chiqishim kerak. Nima, yuragimda 

dahshat bilan doim shu haqda o‘ylash darajasida qo‘rqoqlik qilar-

midim?»


U bir soatdan ortiq shu to‘g‘rida o‘zini o‘zi so‘roq qildi.

54

 Bundan buyon; aytmam bir og‘iz ham so‘z. (ingl.)




503

Nihoyat, yigit dilida sodir bo‘layotgan gaplarni aniq-taniq tasavvur 

qilib, haqiqat uning ko‘z o‘ngida qamoqxona gumbazini tutib turgan 

manovi ustun yanglig‘ yaqqol namoyon bo‘lgach, u tavba qilish haqida 

o‘ylay boshladi.

«Xo‘sh, aslini olganda, nega endi tavba qilishim kerak ekan? Meni 

dahshatli tarzda haqorat qilishdi, men odam o‘ldirdim, qilmishimga 

yarasha o‘lim jazosiga loyiqman, bor gap shu. Men insoniyat bilan hi-

sob-kitob qilib bo‘ldim, endi o‘lyapman. O‘zimdan so‘ng bironta ham 

bajarilmagan majburiyat qoldirayotganim yo‘q, hech kimdan hech 

narsa qarz emasman, o‘limimning esa hech qanday uyatli joyi yo‘q, 

meni qanday usul bilan o‘ldirishlarini hisobga olmaganda, albatta. 

To‘g‘ri, verrerlik meshchanlar ko‘z oldida meni badnom qilmoq uchun 

shuning o‘zi ham kifoya, lekin bilish deya atalmish oliy nuqtai nazardan 

qaraganda buning nima ahamiyati bor? Darvoqe, o‘zimdan so‘ng yax-

shi xotira qoldirishim ham mumkin, buning uchun qatlga keta turib, 

olomonga qarata oltin tangalar sochishim kerak. Ana shundan so‘ng 

mening xotiram oltin haqidagi xotira bilan qo‘shilib, chindan ham nuraf-

shon bo‘ladi». Bir necha daqiqadan so‘ng unga mutlaqo ravshan bo‘lib 

tuyulgan ana shu xulosada to‘xtagach, Jyulen o‘ziga-o‘zi: «Yorug‘ dun-

yoda boshqa qiladigan ishim qolmadi!» – dedi-da, qattiq uyquga ketdi.

Yigitni kechqurun soat o‘nlarga yaqin nazoratchi uyg‘otdi: u ovqat 

olib kelgan edi.

– Verrerda nimalar deyishyapti?

– Janob Jyulen, meni shu ishga olishayotgan kuni qirollik sudiga 

but oldida qasam ichganman – men sukut saqlamog‘im kerak.

U indamay turar, lekin ketay ham demasdi. Bu beo‘xshov munofiq-

likdan Jyulenning kulgisi qistadi. «Vijdoni evaziga mendan olishga 

umid qilayotgan o‘sha besh frankni olmoq uchun uni iloji boricha 

ko‘proq kuttirish kerak», deya o‘yladi u.

Mahbus ovqatni yeb tugatayotgan bo‘lsa-da u unga pora berishni 

hatto xayoliga ham keltirmayotganini ko‘rgan nazoratchi oxiri chidab 

tura olmadi:

– Sizni do‘st deb bilganim tufayligina, janob Jyulen, – dedi u soxta 

hamdardlik bilan, – sizga rostini aytib qo‘ya qolaman. To‘g‘ri, bu ado-

latga to‘g‘ri kelmaydi, deyishadi, chunki siz bundan o‘zingizni himoya 

qilishda foydalanishingiz mumkin ekan... Lekin siz, janob Jyulen, siz 

mehribon odamsiz, turgan gap, de Renal xonimning ancha tuzalib 

qolganini eshitsangiz, xursand bo‘lasiz.



504

– Nima? U tirikmi? – deya o‘zini yo‘qotib xitob qildi Jyulen stol 

yonidan sapchib turar ekan.

– Iye, xabaringiz yo‘qmi hali? – dedi nazoratchi bema’ni bir 

hayrat bilan. Uning basharasidagi bu ifoda bir zumda g‘oyib bo‘lib, 

uning o‘rnida tamagirlik aks etdi. Har qalay, jarrohga biron narsa 

bersangiz bo‘lardi, taqsir, chunki qonun va adolatga ko‘ra, u sir 

saqlashi kerak edi. Men esa, taqsir, sizning ko‘nglingizni olmoqchi 

bo‘ldim: jarrohning oldiga borgan edim, u menga bor gapni aytib  

berdi...


– Demak, u og‘ir yaralanmabdi-da? – deya toqatsizlik bilan so‘radi 

Jyulen nazoratchi tomon bir qadam yurib. – Rostini ayt, buning uchun 

menga boshing bilan javob berasan.

Devday keladigan nazoratchi kapalagi uchib eshik tomon chekindi. 

Jyulen bu ahvolda undan hech nima bila olmasligini angladi. U kursiga 

o‘tirdi-da, janob Nuaruga tilla tanga tashladi.

Jyulen bu odamning hikoyasidan de Renal xonimning jarohati 

og‘ir emasligiga ishonch hosil qilgan sayin o‘zini yo‘qotib, ko‘zlaridan 

hozir tirqirab yosh chiqib ketishini aniq his etib turardi.

– Meni xoli qo‘ying, – dedi u entikib. 

Nazoratchi itoat etib, tashqariga chiqdi. Uning ortidan eshik yo-

pilgan zahoti Jyulen:

– Yo Rabbiy! U tirik ekan! – deya xitob qildi-da, ko‘zlaridan duv-

duv yosh to‘kkanicha ho‘ngrab yig‘lab yubordi.

Ana shu takrorlanmas daqiqada u imon keltirmoqda edi. Anavi 

riyokor va munofiq poplar bilan uning nima ishi bor, axir ular shu 

damda uning uchun haqiqat va yaratgan Parvardigor siymosining 

ulug‘vorligiga putur yetkaza olarmidi deysiz.

Faqat, endigina Jyulen qilgan jinoyatidan pushaymon bo‘la bosh-

ladi. Qandaydir g‘aroyib tasodifga ko‘ra yigit xuddi shu daqiqada Pa-

rijdan Verrer tomon yo‘lga chiqqanidan buyon vujudini qamrab olgan 

va uni ruhiy tushkunlikdan qutqarib kelayotgan g‘azab va telbaligidan 

qutulib, hushiga kelgan edi.

Hozir u chin ko‘ngildan samimiyat bilan ko‘z yoshi to‘kar ekan, 

o‘zining o‘lim jazosiga hukm qilinajagi to‘g‘risida sira ham shubha 

qilmasdi.

«Demak, u yashaydi! – deya takrorladi yigit, – u yashaydi, guno-

himdan o‘tadi va meni sevadi...»

Ertalab, kun ancha yoyilib qolganida, uni nazoratchi uyg‘otdi.



505

– Chamamda, ko‘nglingiz xotirjam ko‘rinadi, janob Jyulen, – dedi 

nazoratchi. – Ikki marta oldingizga kirdim, lekin uyg‘otishga ko‘zim 

qiymadi. Mana, marhamat, ikki shisha ajoyib vino, buni sizga kyuremiz 

janob Maslon berib yubordilar. 

– Shunaqa deng! O‘sha muttaham haliyam shu yerdami? – dedi 

Jyulen.

– Ha, taqsir, – deya javob qildi nazoratchi ovozini pasaytirib. – 

Faqat bunday qattiq gapirmang, uning sizga ziyoni tegishi mumkin 

axir.


Jyulen xaxolab kulib yubordi.

– Men tushib qolgan hozirgi ahvolda, azizim, agar shunday rahm-

dil va mehribon bo‘lmay qo‘ysangiz, faqat sizning o‘zingizgina men-

ga ziyon yetkazishingiz mumkin... Qo‘rqmang, yutqizmaysiz, sizga 

yaxshigina haq to‘lashadi, – deya qo‘shimcha qildi u mahobat bilan 

xatoga yo‘l qo‘yganini tushungach. Keyin shu zahoti gapini tasdiqlash 

niyatida janob Nuaruga oltin tanga uzatdi.

Janob Nuaru de Renal xonim haqida bilib kelgan barcha gaplarini 

qaytadan, bu gal endi ancha batafsil hikoya qilib berdi, lekin oqsoch 

qiz Elizaning kelgani to‘g‘risida «miq» etib og‘iz ochmadi.

Bu pastkash va chindan ham mo‘ltoni bir odam edi. Jyulenning 

xayoliga daf’atan bir fikr kelib qoldi: «Bu tasqara barzangi bu yerda 

nari borsa uch-to‘rt yuz frank maosh oladi, zero qamoqxonasida odam 

uncha ko‘p emas. Shunday ekan unga, agar men bilan Shveytsariya-

ga qochmoqqa rozi bo‘lsa, o‘n ming frank va’da qilishim mumkin... 

Faqat uni chuv tushirib ketmasligiga ishontirish qiyinroq bo‘ladi». 

Biroq Jyulen bu jirkanch maxluqqa gap uqtirish uchun qancha ovora 

bo‘lishini tasavvur qilib ko‘rgach, ko‘ngli behuzur bo‘ldi-da, boshqa 

narsani o‘ylay boshladi.

Kechqurun uning vaqtni boy bergani ma’lum bo‘ldi. Yarim kechada 

pochta karetasi kelib uni olib ketdi. Yigit o‘ziga hamroh bo‘lib borgan 

boadab jandarmlardan juda xursand bo‘ldi. Ertalab uni Bezanson 

qamoqxonasiga olib borishgan edi, u yerda yigitni mulozamat bilan 

gotik minoraning yuqori qavatiga kuzatib qo‘yishdi. Atrofga razm 

solgach, Jyulen, bu me’morlik san’ati XIV asrning boshlariga mansub 

bo‘lsa kerak, deya xulosa qildi-da,

 

uning yengil va nozik bezaklarini 



qoyil qolib tomosha qila boshladi. Ikki devor oralig‘idagi ingichka 

tuynukdan g‘amgin va befayz hovlining chuqurligi osha yiroqdan 

ajoyib bir tabiat manzarasi ko‘rinib turardi.



506

Ertasi kuni Jyulenni so‘roqqa tutishdi-da, so‘ngra bir necha kun 

davomida uni hech kim bezovta qilmadi. Uning ko‘ngli xotirjam edi. 

Jinoyati uning o‘ziga juda aniq va ravshan bo‘lib ko‘rinardi. «Men 

odam o‘ldirmoqchi bo‘ldim, shuning uchun ham o‘lim jazosiga hukm 

etilmog‘im darkor».

U bu haqda ortiq o‘ylamasdi. Sud, xaloyiqqa ko‘rinish kabi ko‘ngil-

sizlik, himoya... Bularning bari yigitga shunchaki arzimas gaplar, no-

xush rasmiyatchilik bo‘lib tuyulardi, bu to‘g‘rida o‘sha payt kelganda 

ham o‘ylayversa bo‘lardi. O‘lim daqiqasining o‘zi ham uning xayolini 

uzoq band etmasdi: «Bu to‘g‘rida suddan keyin o‘ylayman», derdi u 

o‘ziga-o‘zi. Hayot unga sira zerikarli bo‘lib ko‘rinmasdi, u endi hamma 

narsaga boshqacha ko‘z bilan qarardi: yigitning dilida ilgari shuhrat-

parastlikdan asar ham qolmagan edi. U m-l de lya Molni juda kam 

eslardi. Uning butun vujudini afsus-nadomat tuyg‘usi qamrab olgan 

bo‘lib, de Renal xonim siymosi yigitning ko‘z o‘ngida tez-tez namoyon 

bo‘lib turardi. Jyulen uni ayniqsa bu baland minorada faqat dengiz bur-

gutining chag‘illashigina buzib turadigan tungi sukunatda ko‘p eslardi.

U o‘zi yetkazgan jarohatning og‘ir bo‘lib chiqmaganligi uchun 

falakka tahsin o‘qirdi. «Qiziq! – deya mulohaza yuritardi u o‘zicha. 

– Xonim janob de lya Molga yozgan o‘sha maktubi bilan endigina 

boshimga qo‘nayotgan baxt qushini uchirib yuborgandek tuyulgandi 

menga. Endi bo‘lsa, oradan ikki hafta vaqt o‘tmasdanoq o‘shanda 

meni nihoyatda hayajonlantirgan narsalarni hatto eslamay ham 

qo‘ydim... Verjiga o‘xshash bironta tog‘li joyda tinchgina yashamoq 

uchun ikki-uch ming livr rentam bo‘lganida edi... O‘shanda juda bax-

tiyor bo‘lur edim. Men o‘zimning baxtim nimadan iborat ekanligini 

tushunmas ekanman!

Shunday daqiqalar ham bo‘lardiki, u qattiq iztirobdan sapchib 

turib ketardi. «Agar o‘shanda de Renal xonimni halok etganimda, men 

o‘zimni o‘zim o‘ldirgan bo‘lardim. O‘zimdan o‘zim hazar qilmasligim 

uchun uning tirik ekanligiga ishonch hosil qilmog‘im zarur. Hayotga 

chek qo‘yish... Bu haqda o‘ylab ko‘rish kerak, – derdi u o‘ziga-o‘zi. – 

Anavi ashaddiy rasmiyatparastlar, badbaxt sudlanuvchini shafqatsiz-

lik bilan ta’qib etuvchi o‘sha sudyalar arzimas bir orden uchun har 

qanday ajoyib odamning ham bo‘yniga sirtmoq solishdan qaytmay-

dilar... Men ularning hukmidan bu yerning suyuq gazetasi suxandonlik 

deya ataydigan fransuz tilini buzuvchi qo‘pol haqoratlardan o‘zimni 

xalos etgan bo‘lardim...



507

Axir yana kamida besh-olti hafta yashashim mumkin. Hayotga 

chek qo‘yish... Yo‘q, jin ursin, – deya qaror qildi u oradan bir necha 

kun o‘tgach, – axir Napoleon yashayvergan-ku...

Keyin, buning ustiga, hayot menga yoqyapti axir. Bu yer tinch, 

osoyishta, hech kim jonimga tegayotgani yo‘q», deya kulib qo‘shimcha 

qildi u va Parijdan yozdirib olmoqchi bo‘lgan kitoblarning ro‘yxatini 

tuza boshladi.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish