Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

(Vladislavning otasi):

Kunda ham tayyor. Qani qo‘y unga boshingni.

«Ajoyib javob!» – deya xayolidan o‘tkazdi Jyulen va uxlab qoldi. 

U ertalab, yelkasini kimdir qattiq ushlaganini sezib uyg‘onib ketdi.

– Qanaqasiga endi? Darrov-a! – deya shivirladi Jyulen, qo‘rqib 

ko‘zini ochar ekan. U, jallodning qo‘liga tushdim, deb o‘ylagan edi.

Bu Matilda ekan. «Hartugul u mening nima deb o‘ylaganimni 

tushunmaydi». Bu fikrdan u o‘zini butunlay bosib oldi. Matilda unga 

juda o‘zgarib ketgandek ko‘rindi, u xuddi yarim yil kasal yotib, so‘ng 

oyoqqa turganga o‘xshardi. Uni tanib bo‘lmay qolgandi.

– Anovi ablah Friler meni aldadi, – derdi u qo‘llarini mayishtirib. 

Qiz g‘azabidan yig‘lay olmasdi.

– Nima deysiz, kecha durustgina nutq irod qildim-a? – deya uning 

gapini bo‘ldi Jyulen. – O‘zidan-o‘zi shunday bo‘lib chiqdi, umrimda 

birinchi marta! Lekin oxirgisi ham shu bo‘lsa kerak, deb qo‘rqaman.

Jyulen shu daqiqada klavishlar uzra hukmronlik qilayotgan mohir 

pianinochi kabi sovuqqonlik bilan Matildaning xarakteridan foyda-

lanmoqda edi...

– To‘g‘ri, menga oliy nasl-nasab yetishmaydi, – deya qo‘shimcha 

qildi u, – lekin Matildaning yuksak qalbi mahbubini ham o‘zi dara-

jasigacha yuksaltirib oldi. Siz, Bonifatsiy de lya Mol sudyalari oldida 

o‘zini mendan yaxshiroq tutgan bo‘lardi deb o‘ylaysizmi?

Matilda shu kuni har qanday manmanlikni yig‘ishtirib qo‘yib, 

unga biror uyning beshinchi qavatida yashaydigan kambag‘al qiz 

kabi mehribonlik qilardi-yu, lekin Jyulendan bironta ham oddiy so‘z 

eshita olmasdi. Yigit, o‘zi ham bilmay, unga bir vaqtlar qizning o‘zi 

o‘qtin-o‘qtin qiynoqqa solgan usulda azob bermoqda edi.

«Nilning qayerdan boshlanishini hech kim bilmaydi, – deya mu-

lohaza yuritardi o‘zicha Jyulen, – bu daryolar podshosini oddiy jilg‘a 



538

tarzida ko‘rish bironta ham insonga nasib qilgan emas. Xuddi shunday 

inson zoti Jyulenni zaif holda ko‘ra olmaydi, chunki avvalo uning o‘zi 

sira ham zaif emas. Lekin mening yuragim salga ta’sirlanib ketadi: agar 

unda samimiyat eshitilsa, eng oddiy so‘z ham tovushimni qaltirashga 

va, hatto, ko‘zlarimga yosh olishga majbur etishi mumkin. Toshyurak 

odamlar ana shu kamchiligim uchun mendan ko‘p marta nafratla-

nishgan. Ular o‘shanda meni shafqat so‘rayapti, deb o‘ylashardi, men 

xuddi shu narsaga yo‘l qo‘ymasligim kerak.

Aytishlaricha, Danton dor tagida xotinini eslab, seskanib tushgan 

ekan. Lekin axir Danton bu xalqqa, bu tuturiqsiz odamlarga kuch 

bag‘ishladi va dushmanning Parijga kirishiga yo‘l qo‘ymadi... Qanday 

ishlar qilishim mumkin edi. Buni men yolg‘iz o‘zim bilaman». O‘zgalar 

uchun esa men bor-yo‘g‘i allaqanday bo‘lishi mumkin odamman, xolos.

Xo‘sh, mana shu g‘urbatxonada yonimda Matilda emas, de Renal 

xonim bo‘lganida-chi, men o‘zimni shunday tutishimga kafil bo‘la 

olarmidim? Mening cheksiz qayg‘u-hasratim, mening afsus-nadomat 

chekishim Valenoga ham, bu yerlik barcha boyonlarga ham o‘lim ol-

didagi manfur qo‘rqoqlik bo‘lib tuyulardi. Bu ablahlarning dimog‘idan 

eshak qurti yog‘adi axir, yog‘li joylar ularni hech qanday vasvasaga 

uchmaydigan qilib qo‘ygan. «Duradgorning o‘g‘li bo‘lib tug‘ilgan 

odamning ahvoli ne kechishini ko‘rdingizmi, – deyishgan bo‘lardi 

meni o‘limga hukm qilgan Muaro va Sholen janoblar, – odam olim 

bo‘lishi, biror ishda yuksak mahoratga erishishi mumkin, lekin mard 

bo‘lishni, matonatli bo‘lishni sira ham o‘rganib bo‘lmaydi. Hatto hozir 

yig‘lab o‘tirgan yoki to‘g‘rirog‘i, yig‘lashga ortiq madori qolmagan 

manovi boyaqish Matilda bilan ham», – deya o‘yladi Jyulen uning 

qizarib ketgan ko‘zlariga tikilar ekan. Keyin u qizni bag‘riga bosdi. 

Bu cheksiz qay g‘uni ko‘rib yigitning butun xayoli bo‘linib qoldi. «U, 

ehtimol, bugun kechasi bilan yig‘lab chiqqan bo‘lsa kerak, – deya 

o‘yladi yigit. – Lekin oradan vaqt o‘tadi va u mana shu kunlar haqi-

da eslashdan nomus qiladigan bo‘lib qoladi, unga yoshligida o‘zini 

yo‘ldan urishgandek, o‘zi ayanchli plebeylarcha fikr yuritgandek 

tuyuladi. Kruaznua zaif odam, u, turgan gap, Matildaga uylanadi va, 

sirasini aytganda, juda yaxshi ish qiladi. Matilda unga:

Qashshoq va oddiy fikrlar uzra 

Zukko aqlning qudrati bilan

ajoyib mavqe yaratib beradi.




539

Ha, chindan ham qiziq: men o‘limga mahkum etilganimdan bu-

yon bir vaqtlar yodlagan barcha she’rlar o‘z-o‘zidan xotiramga kelib 

qolyapti. Ruhiy inqirozning alomati bo‘lsa kerak...»

Matilda eshitilar-eshitilmas ovoz bilan nuqul unga:

– U qo‘shni xonada, – deya takorlardi.

Nihoyat, qizning so‘zlari uning qulog‘iga kirdi. «Tovushi zaiflashib 

qolibdi, – deya o‘yladi u, – lekin so‘z ohangidan farmoyish qilishga 

o‘rganib qolgani sezilib turibdi. U qizishib ketmaslik uchun shunday 

sekin gapiryapti».

– Kimni aytyapsiz? – deya muloyimlik bilan so‘radi u.

– Advokatning shikoyat arizasiga imzo chekmog‘ingiz kerak.

– Men ariza bermayman.

– Bu nima deganingiz? Nega endi ariza bermas ekansiz? – dedi 

qiz ko‘zlari g‘azab bilan yonib o‘rnidan shartta turar ekan. – Bilsak 

bo‘ladimi, nega endi?

– Chunki men hozir o‘zimda masxara bo‘lmay o‘lmoq uchun ye-

tarli matonat his etyapman. Bu zax zindonda uzoq o‘tirgandan so‘ng 

qay ahvolga tushib qolishimni kim aytib bera oladi? Poplar jonimga 

tegishadi, otam keladi. Men uchun esa dunyoda shundan yomoni 

yo‘q. O‘lganim ma’qul.

Bu kutilmagan qarshilik takabbur Matildaning g‘azabini qo‘zg‘atib 

yubordi. U kazematga kirishga ijozat bergunlariga qadar abbat Friler 

bilan uchrasha olmagan edi. Shu boisdan ham u butun g‘azabini Jyu-

lenga sochdi. U yigitni sajda qilish darajasida sevardi, biroq Matilda 

o‘n besh daqiqa davomida uning yaramas xarakteriga la’nat o‘qib, 

uni sevib qolgani uchun o‘zini koyir ekan, Jyulen yana bir vaqtlar 

de lya Mol saroyidagi kutubxonada uni xo‘rlab, haqorat qilgan o‘sha 

dimog‘dor qizni ko‘rgandek bo‘ldi.

– Avlodingiz shuhrati uchun Tangri seni erkak qilib yaratsa bo‘lar 

ekan, – dedi u.

«Menga kelganda esa, – deya o‘yladi u, – agar bu jirkanch g‘urbatx-

onada yana ikki oy yashashga va kiborlar to‘dasi o‘ylab topadigan razil 

haqoratlarga duchor bo‘lishga rozilik bersam, g‘irt ahmoqlik qilgan 

bo‘laman. U holda yuragimga taskin beradigan narsa manovi tentak 

qizning la’natlari bo‘ladi. Shunday qilib, indinga ertalab men o‘zining 

sovuqqonligi va nihoyatda epchilligi bilan shuhrat qozongan odam 

bilan yakkama-yakka olishuvga chiqaman... Ha, u juda epchil, – deya 

qo‘shimcha qildi iblisona bir tovush, – uning zarbi doim bexato bo‘ladi».



540

«Hay mayli, oq yo‘l (Matilda hamon la’nat o‘qishda davom etardi). 

Yo‘q, sira ham shikoyat arizasini bermaganim bo‘lsin», – deya qaror 

qildi.


Shunday qarorga kelgach, u xayol sura boshladi... «Pochtalyon, 

odatdagidek, ertalab soat oltida gazeta keltiradi, soat sakkizda esa, 

janob de Renal uni o‘qib bo‘lgach, Eliza oyoq uchida yurganicha 

xonimning xonasiga kiradi-da, gazetani uning ko‘rpasi ustiga qo‘yib 

chiqadi. Keyin xonim uyg‘onadi va gazetani ko‘zdan kechira turib, 

birdan qichqirib yuboradi, uning ajoyib qo‘llari qaltiraydi, zero u 

quyidagi so‘zlarni o‘qigan bo‘ladi: Soat o‘ndan besh daqiqa o‘tganida 


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish