yengiltak bola ekan, umid qilamizki, uni bizga qaytarib beradilar», –
deya yozib qo‘yishni ham lozim topdi.
Janob de Friler bu satrlarni o‘qiganida quvonib ketganidan aqldan
ozay dedi. U Jyulenni qutqarib qola bilishiga sira ham shubha qilmasdi.
– Agar aslida kiborlarni hukm o‘tkazish imkoniyatidan mahrum
qilish maqsadidagina chiqarilgan va behisob sud maslahatchilari
ro‘yxati tuzishni taqozo etadigan anovi yakobincha qonun bo‘lma-
ganida, – dedi u Matildaga sud sessiyasi uchun qur’a tashlab, o‘ttiz
olti maslahatchi tanlanadigan kun arafasida, – men yaxshi hukm
chiqarilajagi haqida sizga kafolat bera olardim, Kyure N...ni oqlab
yuborishlariga erishdim-ku axir...
Ertasi kuni janob de Friler qur’adan so‘nggi tuzilgan ro‘yxatda
Bezanson kongregatsiyasining besh a’zosi, boshqa shaharlardan
saylangan maslahatchilar orasida esa Valeno, de Muaro, de Sholen
janoblarning nomlarini ko‘rib g‘oyat mamnun bo‘ldi.
– Ana shu sakkiz kishi uchun sizga hozirning o‘zidayoq kafolat
bermog‘im mumkin, – dedi u Matildaga. – Birinchi besh kishi – shun-
chaki itoatgo‘y odamlar, Valeno – mening agentim, Muaro – menga
qaram odam, de Sholen esa – dunyoda hamma narsadan qo‘rqadigan
g‘irt ahmoq.
Departament gazetasi maslahatchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Shundan so‘ng de Renal xonim Bezansonga borishini aytib, erini
hang-mang qilib qo‘ydi. Janob de Renal xotinini ko‘ndirgan yagona
narsasi, – uning guvoh tariqasida sudga chaqirilishdek ko‘ngilsizlik-
ning oldini olish uchun ko‘rpa-to‘shak qilib yotish haqidagi va’dasi
bo‘ldi.
– Siz mening ahvolimni tasavvur qilolmayapsiz, – derdi Verrerning
sobiq meri, – axir men, hamshaharlarimizning ta’biri bilan aytganda,
527
ajralib qolgan liberal hisoblanaman. Anovi muttaham Valeno bilan
janob de Friler prokuror va sudyalarga ishni iloji boricha menga
zarar keltiradigan tomonga burishni uqtirishlari hech gap emas axir.
De Renal xonim erining talablariga bajonidil rozi bo‘ldi. «Agar
men sudga borsam, – dedi u o‘ziga-o‘zi, – go‘yo jazo talab qiladigan
jabrdiyda bo‘lib ko‘rinishim mumkin».
Ruhoniy piri hamda eriga o‘zini oqila tutishga va’da berganiga
qaramay, Bezansonga kelgan zahoti xonim darhol o‘ttiz olti masla-
hatchining har biriga o‘z qo‘li bilan maktub yozib jo‘natdi.
«Men sudga bormayman, afandim, zero mening u yerga borishim
janob Sorelning ishiga yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Men chin
yurakdan istaydigan yagona narsa, bu – uning oqlanishidir. Gapim-
ga ishoning, begunoh odamning meni deb o‘limga hukm qilinishi
haqidagi dahshatli fikr mening qolgan umrimni zaharlaydi va shub-
hasiz uni qisqartiradi. Men tirikman-ku, shunday ekan, Siz qanday
qilib uni o‘limga hukm qila olasiz axir! Yo‘q, so‘zsiz jamiyat uning
hayotiga chek qo‘yishi mumkin emas, boz ustiga, Jyulen kabi ajoyib
insonni o‘lim bilan jazolashga haqqi yo‘q. Uning ba’zan qandaydir
esi og‘ib qolishini Verrerdagi barcha odamlar ilgari ham bilishardi.
Bu bechora yigitning qudratli dushmanlari bor, lekin hatto uning
dushmanlari orasida ham (ular juda ko‘pchilik!) Jyulen Sorelning
favqulodda iste’dodi, nihoyatda chuqur bilimlariga shubha qiladigan
bironta ham odam topilmasa kerak. Siz sud qilishingiz lozim bo‘lgan
odam, afandim, ajoyib bir inson. Deyarli bir yarim yil davomida biz
uni kamsuqum, diyonatli va ishchan yigit sifatida bilib keldik, lekin
yiliga ikki-uch marta uning xafaqonligi xuruj qilib qolardi, bu dard
ba’zan esdan og‘ish darajasigacha borib yetardi. Butun Verrer, biz
yoz mavsumida istiqomat qiladigan Verjidagi barcha qo‘shnilarimiz,
mening butun oilam va janob prefekt yordamchisining shaxsan o‘zi
ham uning diyonatli yigit ekanini tasdiqlashi mumkin: u butun In-
jilni yoddan biladi. Nopok odam bu muqaddas kitobni yodlab olish
uchun yillar davomida mehnat qilarmidi axir? Bu maktubni Sizga
mening o‘g‘illarim olib borishadi, ular – norasida bolalar. Marhamat
qilib, afandim, ulardan so‘rab ko‘ring, shunda ular bu baxtiqaro yigit
haqida shunday tafsilotlarni hikoya qilib berishadiki, oqibatda, siz
uni o‘limga hukm qilish o‘taketgan vahshiylik bo‘lajagiga ishonch
hosil etgaysiz. Siz men uchun o‘ch olibgina qolmay, balki meni ham
hayotdan mahrum etgan bo‘lasiz.
528
Uning dushmanlari oddiy bir dalilga qarshi nima deya olishadi?
Uning esi og‘ib turgan paytda menga yetkazgan jarohati (o‘z tar-
biyachilarining ba’zan bunday esi og‘ib turishini esa hatto norasida
bolalarim ham sezishgan) shu qadar yengil bo‘lib chiqdiki, oradan
ikki oy o‘tmasdanoq men Verrerdan Bezansonga pochta karetasida
kela oldim. Agar Siz, afandim, shunday arzimas gunoh qilgan bir be-
chora yigitga shafqat qilib, uni berahm qonun bilan jazolamaslikka
ikkilanayotgan bo‘lsangiz, men faqat erimning buyrug‘i bilangina
ko‘rpa-to‘shak qilib yotgan joyimdan turaman-da, to‘g‘ri oldingizga
boraman va tiz cho‘kib iltijo qilaman.
Jinoyat isbotlanmagan, deya e’lon qiling, afandim, shunda, be-
gunoh qon to‘kdim, deya vijdoningiz azob chekmay yuradi...» va
hokazo, va hoqazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |