Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

uning boshi tanidan judo qilindi.

U qon-qon yig‘laydi, men bilaman uni. To‘g‘ri, men uni o‘ldirmoq-

chi bo‘ldim, lekin hammasi unutiladi, men hayotiga suiqasd qilgan 

ana shu ayol mening o‘limimga sidqidildan qayg‘u chekadigan yagona 

kimsa bo‘ladi».

«Mana buni taqqoslash deyish mumkin!» – deya xayolidan o‘tkazdi 

u va Matilda uni zorlanib koyigan ana shu o‘n besh daqiqa davomi-

da de Renal xonim to‘g‘risida xayol surib o‘tiraverdi. Garchi u hatto 

gohi-gohida Matildaning gaplariga javob berayotgan bo‘lsa-da, lekin 

butun xayoli Verrerdagi o‘sha yotoq bo‘lmasida edi. U o‘sha xonani 

yaqqol ko‘rib turardi: mana to‘q sariq shoyi ko‘rpaning ustida Be-

zanson gazetasi yotibdi, oppoq qo‘llari bu gazetani g‘ijimlayapti, de 

Renal xonim yig‘layapti... Yigitning nigohi bu go‘zal chehradan oqib 

tushayotgan har bir ko‘z yoshini kuzatmoqda edi.

M-l de lya Mol Jyulenni ariza berishga ko‘ndira olmagach, advokat-

ni chaqirdi. Jyulenning baxtiga, bu odam Italyan armiyasining sobiq 

kapitani, 1796-yil yurishining ishtirokchisi, Manyuelning do‘sti  

ekan.

U nomiga bo‘lsa-da, mahbusni ahdidan qaytarmoqchi bo‘ldi.

Jyulen, faqat unga bo‘lgan hurmat yuzasidangina barcha dalillarini 

batafsil bayon qilib berdi.

– Vijdonan aytganda, gaplaringizni to‘g‘ri deyish ham mumkin, – 

uning so‘zini eshitib bo‘lgach dedi janob Feliks Vano – advokatning 

ismi sharifi shunday edi. – Lekin shikoyat arizasini bermog‘ingizga 

sizning uch kun vaqtingiz bor, mening burchim esa ana shu uch kun 

davomida oldingizga kelib, sizni ariza berishga ko‘ndirmoqdir. Agar 

ana shu ikki oy ichida qamoqxonaning tagidan vulqon otilib chiqqa-

nida edi, siz xalos etilgan bo‘lardingiz. Keyin siz biror kasaldan ham 




541

o‘lishingiz mumkin-ku axir, – deya qo‘shimcha qildi u Jyulenning 

ko‘zlariga tikilib.

Nihoyat, Matilda bilan advokat chiqib ketishgach, Jyulen ko‘nglida 

qizdan ko‘ra ana shu advokatga ko‘proq xayrixohlik his etdi.

XLIII

Oradan bir soat o‘tgach, qattiq uxlab yotganda Jyulen qo‘liga 

kimningdir ko‘z yoshi tomayotganidan uyg‘onib ketdi. «Ah, yana 

Matilda kelibdi, – deya o‘yladi u uyqu aralash, – U mehr-muhabbat 

yordamida meni ariza berishga ko‘ndirmoqchi, albatta». U yana 

balandparvoz gaplar eshitajagini o‘ylab siqilar ekan, ko‘zini och-

may yotaverdi. Shu yotishda u xotinidan qochib yuradigan Belfegor 

haqidagi she’rlarni esladi. 

Shu payt u allaqanday bo‘g‘iq xo‘rsiniqni eshitib qoldi-da, ko‘zini 

ochdi: bu de Renal xonim edi.

– Oh, o‘limimdan oldin seni ko‘rish nasib qildimi! Yoki bu tushim-

mi? – deya xitob qildi yigit, uning oyog‘iga yiqilar ekan. – Lekin, meni 

kechiring, xonim, axir sizning ko‘zingizda men qotilman-ku, – dedi u 

darhol qilmishi yodiga tushib.

– Taqsir, men bu yerga sizdan shikoyat arizasi berishni iltijo qilgani 

keldim: bilaman, siz ariza berishdan bosh tortyapsiz ekan... – Ayol 

o‘pkasi to‘lib, gapirolmay qoldi.

– Iltijo qilaman: meni kechiring.

– Agar seni kechirishimni istasang, – dedi ayol o‘rnidan turib, 

uning ko‘ksiga otilar ekan: – darhol ariza ber, o‘lim hukmini bekor 

qilishlarini so‘ra.

Jyulen uning yuz-ko‘zlaridan o‘pa ketdi.

– Shunda sen ana shu ikki oy davomida har kuni oldimga kelib 

turasanmi?

– Ont ichaman. Har kuni kelaman, faqat erim buni taqiqlab 

qo‘ymasa bas.

– Bo‘pti, ariza beraman! – deya qichqirdi Jyulen. – Nahot! Sen meni 

kechirdingmi? Nahot shu gap rost bo‘lsa?

U quvonganidan es-hushini yo‘qotib, ayolni qattiq bag‘riga bosdi. 

Shunda xonim birdan asta ingrab yubordi.

– Hechqisi yo‘q, – dedi u, – xiyol jonimni og‘ritding xolos.

– Yelkang og‘ridimi! – deya xitob qildi Jyulen ko‘zidan tirqirab 

yosh chiqar ekan. U o‘zini xiyol orqaga tashlab, xonimning qo‘llarini 



542

o‘pa ketdi, – O‘shanda, Verrerdagi xonangda so‘nggi marta oldingga 

kirganimda shunday bo‘ladi deb kim ham ayta olardi.

– O‘shanda mening janob de lya Molga shunday jirkanch maktub 

yozishimni kim bilibdi deysan.

– Bilib qo‘y: men doim seni sevganman, sendan bo‘lak hech kimni 

sevgan emasman.

– Nahot shunday bo‘lsa? – deya xitob qildi de Renal xonim, endi qu-

vonchdan u ham es-hushini yo‘qotib qo‘ygan edi. U tizzasini quchoqlab 

turgan Jyulenning pinjiga kirdi. Ular un chiqarmay uzoq yig‘ladilar.

Jyulen umri bino bo‘lib hech qachon o‘zini shunday his etmagan 

edi.


Ular yana tilga kirgunlariga qadar oradan ancha vaqt o‘tdi.

– Anovi yosh juvon, Mishele xonim-chi, – dedi de Renal xonim, – 

yoki to‘g‘rirog‘i, mademuazel de lya Mol, chunki men chindan ham 

bu g‘aroyib sevgiga ishonib qolyapman.

– Bu faqat sirtdan qaraganda shunday, – dedi javoban Jyulen. – U 

mening xotinim, lekin sira ham sevgilim emas.

Shundan so‘ng biri olib, biri qo‘yib o‘z hayotlari haqida bir-bir-

lariga qayta-qayta hikoya qila boshladilar. Nihoyat ular dillarini 

bo‘shatib olishdi. Janob de lya Molga yozilgan maktubni de Renal 

xonimning ruhoniy piri insho etibdi, xonim esa uni ko‘chirib yozibdi  

xolos.

– Din meni ana shunday razolatga undadi, – dedi u, – tag‘in ham 



men o‘sha maktubdagi eng dahshatli joylarni yumshatib yozdim.

Jyulenning dilidagi quvonch va zavq-shavqqa xonimning o‘sha 

qilmishini kechirganidan yaqqol dalolat berib turardi. U hali hech 

qachon de Renal xonimni shu qadar qattiq sevmagan edi.

– Axir men o‘zimni imonli ayol deb hisoblayman, – derdi unga 

de Renal xonim o‘z hikoyasini davom ettirar ekan. – Men Xudoga 

sidqidildan ishonaman, unga imon keltirishimni aniq bilaman, zero 

qilgan gunohim dahshatli gunoh ekanini menga aniq isbotlab be-

rishgan, lekin seni ko‘rgan zahotim, hatto menga to‘pponchadan ikki 

marta o‘q uzganingdan keyin ham... – biroq shu payt u yigitni o‘zidan 

chetlashtirishga qancha urinmasin, Jyulen ayolning yuz-ko‘zlaridan 

o‘pa boshladi.

– Qo‘yvor, qo‘yvor, – deya davom etdi u, – sen bilan birgalashib shu 

gapning tagiga yetmoqchiman, keyin unutib qo‘yamanmi, deb qo‘rqa-

man... Seni ko‘rgan zahotim butun burchlarimni unutaman-qo‘yaman, 



543

hamma narsa g‘oyib bo‘lib, butun vujudim senga nisbatan muhab-

batga aylanadi. Hatto, chamasi, «muhabbat» so‘zi dilimdagi tuyg‘uni 

to‘la anglata olmasa ham kerak. Seni shu qadar sevamanki, menimcha, 

faqat Xudoga nisbatan shunday tuyg‘u his etish mumkin: bunda ham-

masi bor – sajda qilish ham, sevgi ham, itoat ham. Ochig‘ini aytsam, 

sening sevging meni ne ko‘ylarga solishini hatto o‘zim ham tushun-

mayman... mana, agar qamoqxona nazoratchisiga pichoq sanchgin 

desang, men darhol shu jinoyatni qilaman, hatto o‘ylab ham o‘tir-

mayman. Iltimos, bu yerdan chiqib ketmasimdan avval shuni menga 

aniqroq qilib tushuntirib ber, dilimda nelar kechayotganini tushunib 

olmoqchiman, zero ikki oydan so‘ng biz vidolashamiz... Darvoqe, yana 

kim bilsin, vidolasharmikinmiz hali? – dedi xonim.

– Men bergan so‘zimdan voz kechaman, – deya qichqirdi Jyulen 

sapchib o‘rnidan turar ekan, – agar sen biror yo‘l bilan, zahar bilanmi, 

pichoq, to‘pponcha yoki yonayotgan ko‘mir bilanmi o‘zingni o‘zing 

o‘ldirmoqchi yoki o‘zingga biror ziyon keltirmoqchi bo‘lsang, men 

shikoyat arizasini yozmayman.

De Renal xonimning yuzi birdan allanechuk o‘zgarib ketdi, jo‘shqin 

nazokatning o‘rnini chuqur xayolchanlik egalladi.

– Agar hozir birgalashib o‘lsak-chi? – dedi u nihoyat.

– Narigi dunyoda nima bo‘lishini kim biladi? – deya javob qildi 

Jyulen. – Ehtimol, do‘zax azobi bo‘lar, yoki, ehtimol, umuman hech 

nima bo‘lmas. Ana shu ikki oy vaqtni birgalikda benihoya lazzatlanib 

o‘tkazsak bo‘ladi-ku. Ikki oy axir bu juda ko‘p-ku. O‘ylab ko‘r, men 

hech qachon bunday baxtiyor bo‘lmaganman axir!

– Sen chindan ham hech qachon shunday baxtli bo‘lmaganmisan?

– Hech qachon! – deya zavq bilan takrorladi Jyulen. Bu gapni 

senga o‘z vijdonim oldida gapirayotgandek aytyapman. Lof qilishdan 

Xudo saqlasin.

– Modomiki sen shunday der ekansan, sening so‘zlaring men 

uchun qonun, – dedi ayol ma’yus bir tabassum bilan.

– Shunday bo‘lsa, menga bo‘lgan muhabbating hurmati, o‘z ha-

yotingga hech qanday yo‘l bilan, na bevosita, na bilvosita tajovuz 

qilmaslikka ont ich... Yodingda bo‘lsin, – deya qo‘shimcha qildi u, –  

sen Matilda markiza de Kruaznua bo‘lib olgan zahoti malaylari ning 

qo‘liga tashlab qo‘yadigan mening o‘g‘lim uchun yashamog‘ing kerak.

– Ont ichaman, – deya sovuqqina javob qildi ayol, – lekin men 

sening shikoyat arizangni olib ketishni istayman. U sening o‘z qo‘ling 



544

bilan yozilib, imzo chekilgan bo‘lishi kerak. Janob bosh prokurorning 

oldiga o‘zim boraman.

– Ehtiyot bo‘l, sha’ningga dog‘ tushirishing mumkin.

– Seni ko‘rgani qamoqxonaga kelganimdan so‘ng men endi Be-

zansonda, butun Fransh-Konteda tillarda doston bo‘laman, – dedi u 

chuqur qayg‘u bilan. – Men axloq qoidalarining chegarasidan chiqib 

bo‘ldim... Men endi badnom ayolman. To‘g‘ri, seni deb shunday 

qildim...

U shu qadar xomush so‘zlamoqda ediki, Jyulen qandaydir, shu 

paytgacha o‘zi sira his etmagan shirin bir tuyg‘u ta’sirida uni qattiq 

bag‘riga bosdi. Bu endi ehtiros telbaligi bo‘lmay, cheksiz minnatdorlik 

ifodasi edi. Ayol uni deb qanday ulkan qurbonlik keltirganini yigit 

faqat endi birinchi bor chinakamiga tushungan edi.

Allaqaysi saxovatpesha kimsa janob de Renalga rafiqasining 

qamoqxonaga kirib, u yerda uzoq-uzoq qolib ketayotganini xabar 

qilibdi shekilli, zero oradan uch kun o‘tmasdanoq u darhol Verrerga 

qaytishini talab qilib, xotiniga kareta yubordi.

Ana shu shafqatsiz judolik bilan boshlangan kun Jyulen uchun juda 

baxtsiz bo‘lib chiqdi. Oradan ikki-uch soat o‘tgach, unga bezansonlik 

iezuitlar safiga qo‘shila olmagan qandaydir sulloh bir pop ertalab 

kelganicha ko‘chada, qamoqxonaning shundoq ro‘parasida turgani-

ni xabar qilishdi. Tinmay yomg‘ir yog‘moqda edi, o‘sha odam esa, 

chamasi, o‘zini jafokash qilib ko‘rsatmoqchi edi. Jyulenning kayfiyati 

buzilib turgan edi, bu masxarabozlikdan uning g‘azabi qaynab ketdi. U 

ertalabning o‘zidayoq bu popni qabul qilishdan bosh tortgan edi, lekin 

o‘sha sulloh ruhoniy chamasi nima qilib bo‘lsa-da, keyinchalik go‘yo 

undan eshitgan so‘zdari yordamida bezansonlik yosh xonimlarning 

iltifotiga erishmoq uchun Jyulenni gunohlariga tavba qildirishga ahd 

qilgan ko‘rinardi.

U tinmay baland ovoz bilan kecha-yu kunduz qamoqxona dar-

vozasi oldida turajagini e’lon qilardi.

– Tangri meni bu murtadning diliga imon solmoq uchun yubordi.

Ko‘chadagi tekin tomoshani doim yaxshi ko‘radigan xalq popning 

atrofiga to‘plana boshladi.

– Birodarlar! – deya bo‘kirardi u. – Men bu yerda kecha-yu kunduz 

turgayman va qancha turishga to‘g‘ri kelmasin, joyimdan jilmagay-

man. G‘oyibdan kelgan bir ovoz menga egamning farmonini ma’lum 




545

ayladi: yosh Sorelning imonini qutqarib qolish menga topshirilgay. 

Ibodatimga qo‘shilinglar, birodarlar... – va hokazo, va hokazo.

Jyulen har qanday mashmasha, odamlarning e’tiborini o‘ziga 

tortadigan har qanday gap-so‘zdan nafratlanardi. U hozir hech kimga 

sezdirmay yorug‘ dunyoni tark etishning vaqti kelmadimikin, degan 

xayolga ham bordi-yu, lekin uning hali de Renal xonimni yana bir 

bor ko‘rishga qandaydir umidi bor edi, buning ustiga, u es-hushini 

yo‘qotar darajada sevib qolgandi.

Qamoqxona darvozasi juda gavjum ko‘chalardan biriga qaragan 

edi. Yigit ko‘chada atrofiga odam to‘plab, mashmasha ko‘tarayotgan 

o‘sha isqirt popni tasavvur qilganida ko‘ngli behuzur bo‘lib ketardi. 

«Turgan gap, mening ismim uning og‘zidan tushmayotgan bo‘lsa ke-

rak». Bunga toqat qilish unga shu qadar og‘ir tuyuldiki, dunyo ko‘ziga 

qorong‘i ko‘rinib ketdi.

Bir soat ichida u o‘ziga sodiq bo‘lgan qamoqxona kalitdorini o‘sha 

odamning hali ham darvoza oldida turgan yoki turmaganini bilib 

kelish uchun ikki-uch marta ko‘chaga chiqardi.

– Taqsir, – deya xabar qilardi hal gal kalitdor, – u shundoq bal-

chiqda tiz cho‘kkanicha baland ovoz bilan ibodat qilyapti va sizning 

imoningizni qutqarish haqida duoyi fotiha o‘qiyapti...

«Obbo mal’un-ey», – deya o‘yladi Jyulen. Chindan ham shu payt 

uning qulog‘iga qandaydir bir maromda uvillash eshitildi, olomon 

ibodat qilayotgan popga jo‘r bo‘lmoqda edi. Yigit kalitdorning o‘zi 

ham lotincha tanish so‘zlarni takrorlab, lablarini qimirlatayotganini 

ko‘rib qolgach, juda g‘azabi qaynab ketdi.

– Ko‘chadagi odamlar, – deya gap qotdi kalitdor, – siz to‘g‘ringiz-

da, shunday avliyo odamning yordamini rad etar ekan, demak juda 

toshbag‘ir ekan, deyishyapti.

– O, vatanim; bunchalik jaholat botqog‘iga botgan bo‘lma-

sang! – g‘azabdan es-hushini yo‘qotib xitob qildi Jyulen. So‘ngra u 

kalitdor ning shu yerda turganini ham unutdi-da, ovozini chiqarib 

mulohaza yuritishda davom etdi. – O‘sha pop nomi gazetalarda 

zikr etilishini istayapti, va u, turgan gap, bunga erishadi ham. Eh, 

badbaxt provinsiyaliklar! Parijda men bunday xo‘rliklarga duch 

kelmagan bo‘lardim. U yerda qalloblikni ham do‘ndirishadi. O‘sha 

hazratni bu yoqqa chaqirib keling, – dedi u, nihoyat, qora terga tushib  

kalitdorga.

Kalitdor cho‘qinib oldi-da, xursand bo‘lib chiqib ketdi.



546

Hazrat o‘taketgan badburush, buning ustiga, o‘taketgan isqirt 

bir odam ekan. Tashqarida shivirlab yomg‘ir yog‘ayotganidan ka-

zemat juda qorong‘i ko‘rinardi, rutubat ham kuchliroq sezilardi. Pop 

Jyulenni o‘pmoqchi bo‘lib talpindi va unga pand-nasihat so‘zlarini 

ayta turib, ko‘z yoshi to‘kkan kishi bo‘ldi. Uning butun qiyofasidan 

jirkanch, munofiqlik sezilib turardi, Jyulen umri bino bo‘lib bunday 

g‘azablanmagan edi.

O‘sha popning kirib kelganiga chorak soat bo‘lmasdanoq Jyulen 

o‘zini o‘taketgan qo‘rqoq odamdek his eta boshladi. Birinchi marta 

o‘lim shu qadar dahshatli ko‘rinib ketdi. U qatl etilganidan so‘ng 

oradan ikki kun o‘tgach, jasadi qanday iriy boshlashini tasavvur qilib 

ko‘rdi... va hokazo shunga o‘xshash gaplar.

U o‘zini hozir ojizligini sezdirib qo‘yib, sirini oshkor etadigan yoki 

manovi popga tashlanib uni kishanlari bilan bo‘g‘ib o‘ldiradigandek 

his etardi. Lekin shu payt uning xayoliga bu riyokorni shu bugunoq 

qirq franklik uzoq ibodatga jo‘natib yuborish fikri kelib qoldi.

Vaqt peshinga yaqinlashib qolgani sababli pop ham chiqib keta 

qoldi.

XLIV

U chiqib ketgan zahoti Jyulen yum-yum yig‘lay boshladi. U uzoq 

yig‘ladi, yig‘laganda ham o‘lish shart ekanligini o‘ylab yig‘ladi. Keyin 

u asta-sekin, de Renal xonim Bezansonda bo‘lganida edi, o‘zimning 

qo‘rqoqlik qilganimni unga aytib berardim, deya o‘ylay boshladi.

Sevikli mahbubasining yonida yo‘qligidan hasrat chekib turgan 

xuddi shu daqiqada u Matildaning qadam tovushini eshitib qoldi.

«Qamoqxonadagi eng azob beradigan narsa, bu – eshikni ichidan 

qulflab olish imkoniyatining yo‘qligi ekan», – deya o‘yladi u. Matilda 

nima demasin, uning zardasi qaynamoqda edi.

Matilda unga sud kuni o‘zini prefekt qilib tayinlanganidan xabardor 

bo‘lgan janob Valeno Jyulenni o‘limga hukm qilishdek lazzatga uchib, 

janob de Friler ustidan kulishga jur’at etgani haqida hikoya qilib berdi.

– «Do‘stingizning esi joyidami o‘zi, – dedi menga hozirgina janob 

de Friler, – manovi meshchan kiborlarning mayda izzat-nafsiga tegib, 

ularni o‘chakishtirib nima qilardi! Tabaqalar haqida gapirishning nima 

hojati bor edi? U o‘sha odamlarga o‘z siyosiy manfaatlari yo‘lida qanday 

hukm chiqarmoqni o‘zi aytib berdi: bo‘lmasam o‘sha galvarslar buni 




547

xayollariga ham keltirmay, endi ko‘zlariga yosh olay deb turgan edilar. 

Biroq ishning tabaqa tomoni ular uchun o‘lim hukmining dahshatini 

to‘sib qo‘ydi. Ochig‘ini aytganda, janob Sorel bunday ishlarda juda go‘l 

ekan. Agar biz uning afv etilishiga erisha olmasak: u shu gaplari bilan 

o‘zini-o‘zi o‘ldirgan bo‘lib  chiqadi».

Matilda Jyulenga hali o‘zi hatto xayoliga ham keltirmagan bir 

narsani, ya’ni abbat de Friler Jyulenning tamom bo‘lgan odamligini 

ko‘rib, endi Matildaning qalbida unga o‘rinbosar bo‘lishga urinib 

ko‘rishni o‘zi uchun sharaf deya hisoblay boshlaganini gapirib bera 

olmasdi, albatta.

Jyulen ilojsiz g‘azabdan o‘zini arang tiyib turardi.

– Borib, men uchun ibodat qiling, – dedi Matildaga, – hech bo‘lma-

sa bir daqiqa tinch qo‘ying meni.

Busiz ham de Renal xonimning uning oldida uzoq-uzoq o‘tirib 

chiqishidan rashk qilib, azob chekayotgan va hozirgina xonimning 

jo‘nab ketganidan xabar topgan Matilda Jyulenning kayfiyati nima 

sababdan buzilganini fahmlab, yum-yum yig‘lay boshladi.

Uning qayg‘usi samimiy edi. Jyulen buni tushunib, battar zardasi 

qaynardi. U nihoyatda yolg‘iz qolishni istardi, lekin bunga qanday 

erishsa ekan?

Nihoyat, uning ko‘nglini yumshatishga urinib, uzoq yalinib-yol-

vorganidan so‘ng Matilda chiqib ketdi-yu u yolg‘iz qoldi. Lekin deyarli 

shu daqiqadayoq uning oldida Fuke paydo bo‘ldi. 

– Men biroz yolgiz qolishim kerak, – dedi Jyulen, sadoqatli do‘stiga. 

Fukening taraddudga tushib turganini ko‘rgach, u qushimcha qildi: – 

Afv etishlari haqida arznoma insho etyapman... ha, darvoqe, senga bir 

gapim bor: iltimos, menga hech qachon o‘lim haqida gapirma. Agar 

shu kuni bironta alohida xizmating kerak bo‘lib qolsa, buni senga 

o‘zim aytaman.

Jyulen aloha yolg‘iz qolganida, u o‘zini yanada ruhi tushib, irodasi 

susaygandek his eta boshladi. Sillasi qurigan bu yurakda saqlanib 

qolgan kuchning so‘nggi qoldiqlari o‘z ahvolini m-l de lya Mol va 

Fukedan yashirishga urinish bilan tamom bo‘lgan edi.

Kechga yaqin uning miyasiga bir fikr keldi-yu, ko‘ngli biroz tasalli 

topdi.


«Bugun ertalab, o‘lim juda jirkanch bo‘lib tuyulayotgan payt 

meni qatl qilish uchun olib borganlarida, xaloyiqning ko‘zi mening 




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish