g‘ururim uchun tig‘ bo‘lib ko‘rinardi, ehtimol, shunda mehmonxonaga
548
kirib kelayotgan bironta tortinchoq olifta kabi qadam tashlashimda
xiyol epsizlik sezilardi. Zehni o‘tkir odamlardan birontasi, – agar bu
provinsiyaliklar orasida shunday odam topilsa, albatta, – mening
qo‘rqoqlik qilayotganimni fahmlashi mumkin bo‘lardi... Lekin hech
kim buni ko‘rmas edi».
Shundan so‘ng u biroz yengil tortdi. «Hozir men qo‘rqyapman,
– deya takrorladi u o‘ziga-o‘zi xirgoyi qilib, – lekin hech kim buni
ko‘rmas edi».
Biroq eng katta ko‘ngilsizlik ertasi kuni sodir bo‘ldi. U anchadan
beri otasi uni ko‘rgani kelmoqchi ekanligidan xabardor edi. Shu kuni
ertalab, Jyulen hali uxlab yotganida uning zindoniga soch-soqoli op-
poq oqargan keksa duradgor kirib keldi.
Jyulenning ruhi tushib ketdi, yigit hozir boshiga jirkanch
ta’na-malomatlar yog‘ilishini kutib turardi. Ustiga-ustak, otasini yo-
mon ko‘rishi haqidagi fikr unga qattiq azob bermoqda edi.
«Falak bizni yer yuzida ana shunday yonma-yon qilib yaratgan,
– deya xayolidan o‘tkazardi yigit, nazoratchi uning kamerasini biroz
tartibga solar ekan. – Biz bir-birimizga shu qadar ko‘p yomonlik qil-
dikki, bundan ortig‘ini o‘ylab topishning o‘zi mushkul bo‘lsa kerak.
Mana endi u o‘limim oldidan meni so‘nggi tepki bilan siylash uchun
yetib keldi». Ular yolg‘iz qolishlari bilanoq chol uning boshiga achchiq
malomat so‘zlarini yog‘dira boshladi.
Jyulen chidab turolmay, yig‘lab yubordi. «La’nati qo‘rqoqlik, – deya
takrorladi u o‘ziga-o‘zi g‘azab bilan. – Mana endi u mening qanday
qo‘rqoqlik qilayotganimni hammayoqqa jar soladi, Valeno ham,
Verrerda hukmronlik qilayotgan anovi barcha manfur yolgonchilar
ham rosa tantana qiladilar endi. Ular Fransiyada qudratli odam
hisoblanadilar, barcha ustunliklar, barcha ijtimoiy noz-ne’matlar
o‘shalarning qo‘lida axir. Shu paytga qadar men o‘zimga-o‘zim: «Ular
mo‘may-mo‘may pul topishadi, bu to‘g‘ri, ular izzat-hurmatda, lekin
mening ruhim olijanob», deya olardim.
Endi bo‘lsa ularning ishonchli guvohi bor, u mening o‘lim oldida
qanday qo‘rqqanim haqida lof urib, butun Verrerga jar soladi. Shunda
bunday sinov oldida qo‘rqoqlik qilishim barchaga o‘z-o‘zidan ayon
bo‘lib qoladi».
Jyulen deyarli umidsizlikka tushgan edi. U otasidan qanday qilib
qutulishini bilmasdi. Bu ziyrak cholni aldab, mug‘ambirlik qilishga
esa madori qolmagandi.
549
U otasidan qutulish yo‘llarini birma-bir xayolidan o‘tkaza boshladi.
– Mening jamg‘argan pulim bor! – deya birdan xitob qildi u.
Juda vaqtida aytilgan bu xitob cholning basharasidagi ifodani
ham, Jyulenning butun ahvolini ham bir lahzada o‘zgartirib yubordi.
– Uni qanday tasarruf etishni o‘ylab ko‘rmoq kerak, – deya davom
etdi Jyulen endi birmuncha xotirjam ohangda. U so‘zlari qanday
ta’sir qilganini ko‘rgach, dilidagi xo‘rlik tuyg‘usi bir zumda g‘oyib
bo‘ldi-qo‘ydi.
Keksa duradgor, bu pullarni qo‘ldan chiqarib yubormasam go‘rga
edi, deya ochko‘zlikdan qalt-qalt titramoqda edi, Jyulen bu pulning
qandaydir qismini akalariga qoldirmoqchi ekan. Chol bu haqda il-
hom bilan uzoq gapirdi. Jyulen dilida huzur qilib kulishi mumkin edi.
– Gap bunday: vasiyatni qanday yozishni dilimga soldi Xudo.
Akalarimga ming frankdan qoldiraman, qolgani esa sizga.
– Buni yaxshi o‘ylabsiz, – deya javob qildi chol, – chindan ham
ana shu qolgan pul menga tegishi kerak edi o‘zi, lekin yaratgan
egam sizga shafqat qilib, dilingizga insof solgan bo‘lsa va siz mo‘min
xristian sifatida bandalikni bajo keltirmoqchi bo‘lsangiz, barcha qi-
yomat qarzlardan qutulib qo‘yganingiz ma’qul. Sizni boqish, o‘qitib
voyaga yetkazish uchun ozmuncha pul sarfladimmi, bu haqda o‘ylab
ko‘rmabsiz...
«Mana, otalik mehri!» – deya alam bilan takrorladi Jyulen, nihoyat,
yolg‘iz o‘zi qolgach. Oradan ko‘p o‘tmay qamoqxona nazoratchisi
kirib keldi.
– Taqsir, keksa otalari bilan ko‘rishgandan so‘ng men doim o‘z
mahbuslarimga bir shisha ajoyib shampan vinosidan keltiraman. Bir
shishasining olti frank turishi sal qimmatroq, albatta, lekin ko‘ngilni
xush etadi qurmag‘ur.
– Uch stakan keltiring-da, – dedi unga xuddi yosh boladek quvonib
ketgan Jyulen, – keyin yana ikki mahbusni chaqiring, ular koridorda
sayr qilib yurishibdi shekilli, qadam tovushini eshityapman.
Nazoratchi katorgadan qochgan ikki mahbusni boshlab kirdi. Bu
odamlar ikkinchi marta qo‘lga tushishgach, yana katorgaga qaytmoq-
lari lozim edi. Ular o‘taketgan jinoyatchi bo‘lib, juda quvnoq, ayyor,
sovuqqon va jasurlikda tengi yo‘q kishilar edi.
– Menga yigirma frank bering, – dedi ulardan biri. Jyulenga,
– shunda sizga butun hayotimni borligicha hikoya qilib beraman,
eshitsangiz huzur qilasiz.
550
– Yolg‘on-yashiq bo‘lmaydimi? – dedi Jyulen.
– O‘lay agar, – deya javob qildi jinoyatchi, – mana oldingizda
oshnam o‘tiribdi, u yigirma frank olganimni ko‘rib, hasaddan yorilay
deyapti. Agar bir og‘iz yolg‘on so‘z aytsam, darrov meni fosh qiladi.
Uning hikoyasi chindan ham dahshatli edi. Bu hikoya uning ni-
hoyatda dovyurakligidan dalolat berardi-yu, lekin u pul degan narsaga
mukkasidan ketgandi.
Ular chiqib ketishgach, Jyulen o‘zini butunlay boshqacha odam
bo‘lib qolgandek his etdi. Uning dilidagi o‘ziga nisbatan bo‘lgan
adovat tuyg‘usi mutlaqo g‘oyib bo‘ldi-qo‘ydi. De Renal xonim jo‘nab
ketganidan so‘ng uning dilini o‘rtayotgan ruhiy azob asta-sekin og‘ir
g‘ussaga aylanadi.
«Agar bu zohiran yaltiroqlikdan ko‘zim shu qadar qamashib ket-
maganida, – derdi u o‘ziga-o‘zi, – men Parij mehmonxonalari otamga
o‘xshash halol odamlar yoki manovi jinoyatchilar kabi epchil mut-
tahamlarga liq to‘la ekanligini ko‘rgan bo‘lardim. Ha, bu jinoyatchi
haq gapni aytdi, axir kiborlardan birontasi ham ertalab uyg‘ongani-
da: bugun qornimni qanday to‘yg‘azsam ekan, degan xayoldan boshi
qotmaydi. Yana halolliklari bilan maqtanishlariga o‘lasanmi! Sud
maslahatchisi bo‘lib qolishganida esa, ular bir bechorani ochlikdan
o‘layotgani sababli kumush qoshiq bilan vilka o‘g‘irlagani uchun ka-
torgaga hukm qilishadi-da, keyin bu ishlaridan faxrlanib yurishadi.
Mabodo saroyda biron lavozimga ko‘tarilish imkoniyati tug‘i-
lib qolsa yoki, aytaylik, ministrlikka tayinlash yoki bu lavozimdan
mahrum bo‘lish haqida gap ketgudek bo‘lsa, asilzodalar mehmonxo-
nasida charx uradigan o‘sha halol janoblarim manovi ikki jinoyatchi
qorin to‘ydirish dardida qilgani kabi har qanday yovuz ishdan ham
qaytishmaydi.
Dunyoda hech qanday tabiiy huquq yo‘q. Bu so‘z – yaqinda mening
boshimni tanimdan judo etilishini talab qilgan bosh prokurorga
munosib bo‘lmish shunchaki bo‘lmag‘ur safsata. Uning bobokaloni
esa Lyudovik XIV zamonida odamlarning mulkini musodara qilish
payti boyib ketgan ekan. Huquq u yoki bu ishni taqiqlab, uni qilgan
odamlarni jazoga tortish haqida qonun chiqarilganidan keyin paydo
bo‘ladi. Qonun chiqarilgunicha esa bor tabiiy narsa bu och yurgan
yoki sovqotayotgan tirik jonning jismoniy kuchi yoki ehtiyojidir, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |