Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
Qizil va qora

Polkovnik Karon (1774–1822) – Restavratsiya davrida Kolmarda 

harbiy to‘ntarish yasashga uringan, ammo unga xiyonat qilishgan. 

Politsiya ig‘vogarlik bilan uni ochiqchasiga maydonga chiqishga 

majbur qilgan. U qamoqqa olingan va 1822-yil 1-oktyabr kuni otib 

tashlangan.

364-betga: ...Jarnak yoki Monkontur bo‘sag‘asida jang qilganida 



edi... 1569-yili avvaliga Jarnak yonida, so‘ngra Monkontur bo‘sag‘asida 

fransuz gugenotlarining armiyasi katolik Liga qo‘shinlari tomonidan 

tor-mor etilgandi.

371-betga: «Biroq nomus yagona bizda!» – Kornelning «Sid» tra-

gediyasidan iqtibos. Don Diego – shu tragediyaning personaji. 

397-betga: Chimaroza (1749–1801) – italyan kompozitori, o‘z 

vaqtida juda mashhur bo‘lgan «Maxfiy nikoh» komik operasining 

muallifi. Stendal bu asarni Yevropadagi eng yaxshi komik opera deya 

hisoblardi.

412-betga: XXI va undan keyingi boblar Restavratsiyaning bi-

rinchi yillarida ultraroyalistlar uyushtirib turgan maxfiy fitnalarni 

eslatadi. O‘sha kezlari hukumat oldida turgan asosin vazifani «ter-

ritoriyani ozod qilish», deya atash mumkin edi. Napoleon ikkinchi 

marta taxtdan qulaganidan so‘ng Fransiya Yevropa koalitsiyasi 

qo‘shinlari tomonidan okkupatsiya qilingandiki, bu qo‘shinlar bur-

bonlar toj-u taxtini mamlakat ichidagi revolyutsion g‘alayonlardan 

himoya qilmog‘i darkor edi. Tiyiqsiz reaktsioner graf d’Artua (ke-



570

yinchalik qirol Karl X) atrofida uyushgan ultraroyalistlar esa bunga 

qarshi edilar. Graf d’Artua hukumatdan yashirincha Londonga o‘z 

agentlarini jo‘natib, ingliz ministrligidan okkupatsiya muddatini 

cho‘zishni iltimos qilib turardi. Shunday agentlardan biri Jyul de 

Polinyak bo‘lgan. U Londonga graf d’Artuaning «Maxfiy maktub»ini 

olib borgan. Stendal o‘z romanida garchi asaridagi voqealar o‘n ikki 

yil keyinroq sodir bo‘lsa-da, ana shu epizoddan foydalangan. Zero, 

1830-yilda siyosiy ahvol shunday ediki, revolyutsiya sodir bo‘lishi-

dan cho‘chigan ultraroyalistlar yordam so‘rab o‘zga mamlakatlarga 

murojaat qilishlari mumkin edi.  

422-betga: «Kim bo‘ladi u? Xudomi, dasturxon yoxud jomasho‘y?» 

Lafontenning «Haykaltarosh va Yupiter haykali» masalidan iqtibos.

423-betga: «Globus» – 1824-yilda tashkil etilgan liberal yo‘na-

lishdagi jurnal. «Globus» hukumatning reaksion siyosatiga qarshi 

kurashda va shu yo‘sinda Iyul revolyutsiyasini tayyorlashda katta 

rol o‘ynagan.

Kleber (1753–1800), Gom (1768–1797), Jurdan (1762–1833) – 

fransuz revolyutsion armiyasining generallari. Ular o‘z halolliklari va 

revolyutsiyaga sadoqatlari bilan nom chiqarishgan.

432-betga:  Katelino  (1759–1793) – Vandeyadagi kontrrevol-

yutsion g‘alayoni yo‘lboshchilaridan biri, qishloqdagi oddiy g‘isht 

teruvchining o‘gli bo‘lgan.



Yakobinchilar qo‘shig‘i – «Marseleza»; «Batalyonlarga saf tor-

ting» – ko‘p o‘tmay revolyutsion madhiyaga aylangan shu qo‘shiqning 

naqoratidan olingan so‘zlar.

436-betga: Deze (1768–1800) – revolyutsion armiyaning generali. 

1796-yili Moro qo‘mondonlik qilgan fransuz armiyasi Reyn oblastidan 

chekinar ekan, Deze uncha katta bo‘lmagan otryad bilan Kele qal’asiga 

qamalib olgan va Bonapart qo‘mondonligidagi fransuz qo‘shinlari 

italyan kampaniyasida g‘alaba qozonmaguniga qadar Avstriya bosh 

qo‘mondoni ertsgersog Karl qo‘shinlarini ana shu qal’a devorlari 

oldida to‘xtatib turgan.

Guvyon Sen-Sir (1764–1830) – fransuz generali, revolyutsiya va 

Imperiyaning barcha yurishlarida, xususan, Moroning chekinishida 

ham ishtirok etgan. «Qizil va qora» romanining yozilishidan bir necha 

yil oldin uning o‘sha yurishlar haqidagi esdaliklari chop etilgan edi.

451-betga: «Manon Lesko» baleti – Parijda XIX asrning boshlarida, 

1830-yillarda keng tarqalgan qo‘shiqlar muallifi.




571

462-betga: Myunster risolasi – ushbu risola ko‘proq Vestfal sulhi 

nomi bilan mashhur; 1648-yili tuzilgan mazkur sulh o‘ttiz yillik 

urush ga chek qo‘ygan.

457-betga: «Manon Lesko» baleti Parijda 1830-yilning 3 may kuni 

sahnalashtirilgan. Uning librettosi Prevoning mashhur romani asosida 

Skrib tomonidan yozilgan, musiqani Alevi (1799–1862) bastalagan.

509-betga: De Lavalet (1769–1830) – fransuz davlat arbobi. 1815-

yili, u Elba orolidan qaytgan Napoleonning Parijga kirib kelishi uchun 

qo‘lidan kelganicha yordam bergan. Ikkinchi Restavratsiyadan so‘ng 

u qamoqqa olinib, davlat jinoyatchisi sifatida o‘lim jazosiga hukm 

qilingan edi. Qatl etish tayinlanganidan bir kun oldin qamoqxonaga 

uni ko‘rgani xotini keladi: Lavalet xotinining kiyimini kiyib, qamoq-

xonadan qochishga muvaffaq bo‘lgan.

523-betga: De Shevrez xonim (1600–1679). Bu ayol Fransiyadagi 

fuqarolar urushi tarixida muhim rol o‘ynagan. U kardinal Rishelyega 

qarshi uyushtirilgan barcha fitnalarda ishtirok etgan, mamlakatdan 

quvg‘in qilingan paytlarida esa Yevropa davlatlarini Fransiyaga qarshi 

urush boshlashga da’vat etgan.

De Longvil xonim (1619–1679) – de Shevrez xonim kabi Fronda-

ning mashhur arboblaridan biri.

527-betga: Ajralib qolgan liberal. 1827-yili deputatlar palatasi-

ga saylov paytida o‘ng liberallarning bir guruhi so‘l oppozitsiyaga 

qo‘shilib ketgan. Ana shu guruhni «ajralib qolganlar» – deya atay 

boshlashgan.

534-betga: Buyuk «Bo‘lishi mumkin». Bu so‘zlarni narigi dunyo 

haqidagi xristianlarcha tasavvur haqidagi o‘lim to‘shagida yotgan 

Rable aytgan emish. «Men buyuk bo‘lishi mumkinni izlagani jo‘nay-

man».


540-betga:  Manyuel  (1775–1827) – mashhur siyosiy arbob – 

liberal. 1793-yili u ko‘ngilli bo‘lib armiyaga kirgan, italyan yurishida 

ishtirok etib, og‘ir yarador bo‘lgan.

541-betga: Belfegor haqidagi she’rlar – «Belfegor Makiavellidan 

o‘zlashtirilgan qissa» – Lafontenning she’riy novellasi. Novellada 

hikoya qilinishicha, Iblis shayton Belfegorni er-xotinlik qanday 

bo‘lishini o‘z tajribasida bilib kelish uchun yorug‘ dunyoga yuboradi. 

Ammo Belfegor oradan ko‘p o‘tmay xotinining dastidan jahannamga 

qochishga majbur bo‘ladi. Stendal nazarda tutgan she’r Belfegorning 

unga vazifa topshirgan Iblisga axboroti tarzida yozilgan.




572

Rim qiroli – Napoleon I ning o‘g‘li, tug‘ilgan zahoti unga Rim qiroli 

(1811–1832) unvoni berilgan. Bonapartchilar, garchi u hech qachon 

fransuz taxtiga o‘tirmagan bo‘lsa-da, uni Napoleon II deb atashardi. 

Napoleon I 1814-yili ham, 1815-yili ham taxtdan voz kechganida uni 

o‘ziga voris etib tayinlagan. Biroq ittifoqchi davlatlarning qaroriga bi-

noan shahzoda o‘z buvasi Avstriya imperatori tarbiyasiga topshirilgan.



Massilyon (1663–1742) – fransuz voizi va yepiskopi. Aytishlariga 

qaraganda, garchi o‘zi nihoyatda xushaxloq odam bo‘lsa-da, regentlik 

davrining siyosiy arbobi, fitnachi va fosiq Dyubuani yepiskop etib 

tayinlashlariga ko‘maklashgan ekan.




573


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish