Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
Qizil va qora

Veli (1709–1759) – fransuz iezuiti, monarxiyaga sadoqat ruhida 

yozilgan «Fransiya tarixi» kitobi muallifi.

335-betga: «Ernani» – Viktor Gyugo (1802–1885) qalamiga man-

sub drama. 1830-yilning 25-fevral kuni «Komedi fransez» teatrida 

sahnada qo‘yilgan.



568

Talma (1763–1826) – mashhur fransuz aktyori, ko‘proq tragik 

rollarni o‘ynagan.



Abbat Delil (1738–1813) – «Bayonchilar maktabi»ga mansub 

bo‘lmish shoir. U 20-yillarda yirik klassik shoir hisoblanardi-yu, biroq 

romantiklar, jumladan, Stendal ham uni kalaka qilib yurishardi. Delil 

Vergiliyning «Georgiklar» asarini erkin tarjima qilgan.

338-betga: D’Obinye (1550–1630) – yozuvchi, tarixchi va lashkar-

boshi, Reformatsiyaning fuqarolar urushida faol ishtirok etgan kalvi-

nist, «1550-yildan 1601-yilga qadar umumiy tarix» kitobi muallifi.

Brantom (1527–1614) – «Mashhur odamlar va buyuk fransuz 

sarkardalarining hayoti», «Mashhur xonimlar hayoti» kabi kitoblar 

muallifi. Brantom bu asarlarda saroy fitnalari va mashhur xonimlar-

ning ishqiy sarguzashtlari haqida hikoya qilgan.

338-betga: Letual (1546–1611) – Genrix III va Genrix IV davri 

haqida g‘aroyib «Kundaliklar» yozib qoldirgan, fransuz memuarchisi.

342-betga:  ...ispanlar shamshiridan qo‘rqmaslik. Graf Porber, 

chamasi, 1823-yili Ispaniyaga qarshi urushda ishtirok etgan va u 

yerda jasorat ko‘rsatgan bo‘lsa kerak.

345-betga: Abbat Mori (1746–1817) – siyosiy arbob va Ta’sis maj-

lisining mashhur notig‘i, Fransiyadan muhojirlikka jo‘nab 1791-yili 

yepiskoplikka ko‘tarilgan.



Bassompyer (1579–1646) – fransuz marshali va diplomati, XVII 

asr boshlaridagi shiddatli voqealar va o‘sha davr muhitini yaxshi 

tasvirlab bergan memuarlar muallifi.

Vandeya – Fransiyaning shimoldagi oblasti, fransuz revolyutsiyasi 

davrida u yerda burbonlar sulolasini qaytadan taxtga o‘tqazish maq-

sadida kontrrevolyutsion qo‘zg‘olonlar bo‘lib turgan.

352-betga: ...ruhoniylarga ularning yer-mulklarini qaytarib berish... 



– Revolyutsiya davrida ruhoniylardan musodara qilingan yer-suv va 

o‘rmonlar davlat mulki hisoblangan va 1814-yili davlat zayomi uchun 

kafolat mulk hisobini o‘tagan. Reaksion partiyaning vazifalaridan biri 

ana shu yer-mulki oldingi egalariga qaytarib berishga erishish edi.



...1792-yili Koblensda... – Fransiya bilan chegaradosh ana shu nemis 

shaharchasida fransuz muhojir zodagonlar to‘planishgan. Bu yerda 

ular eski tuzumni qayta tiklash maqsadida Fransiyaga bostirib kirish 

uchun armiya tashkil qilish bilan shug‘ullanishgan.

357-betga: Leontina Fe – «Jimnaz» teatrining komik aktrisasi. 

U 1826–1834-yillarda ko‘proq Skribning komediyalarida rol ijro 




569

etgan. Bu aktrisaning o‘yini o‘zining nozik istig‘nosi bilan ajralib  

turardi.

360-betga: Granvel – kardinal Perreno de Granvel (1517–1586), is-

pan qirollari Karl V va Filipp II larning ministri, asli bezansonlik bo‘lgan.

361-betga: Fontan (1801–1839) – fransuz yozuvchisi va jurna-

listi, u «Quturgan qo‘chqor» pamfleti uchun (1829) qamoq jazosiga 

hukm qilingan. Quturgan qo‘chqor timsolida u qirol Karl X ni nazarda 

tutgan edi. Favvora iyul revolyutsiyasidan so‘ng 1830-yili qamoqdan 

ozod qilingan.



Magalon (1794–1840) – fransuz yozuvchisi. Restavratsiya boshida 

u monarxist bo‘lgan-u, ammo terrorning avjiga minishidan g‘azabla-

nib, liberal oppozitsiya tarafiga o‘tgan. U muharrirlik qilgan «Albom» 

jurnali yopilib, uning o‘zini qamoq jazosiga hukm qilishgan, (1823) 

uni qonunga xilof ravishda, xuddi Favvoraga o‘xshatib, oyog‘iga kishan 

urilgan holda kallakesar jinoyatchilar qamoqxonasida saqlashgan.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish