Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXXVII

Minora

Do‘stimning qabri.



Stern.

Koridordan g‘ovur-g‘uvur eshitildi, bu paytda esa odatda uning 

oldiga hech kim chiqmas edi, dengiz burguti chag‘illab uchib ketdi, 

eshik ochildi-da, qo‘lida aso tutgan va qalt-qalt titrayotgan mo‘ysafid 

kyure Shelan uning ko‘ksiga yiqildi.

– Yo Rabbim! Bu qanaqasi bo‘ldi, bo‘taginam... Zolim! Men ana 

shunday deyishim kerak edi, – shundan so‘ng mehribon qariya bir 

og‘iz ham so‘z ayta olmay qoldi.

Jyulen, chol hozir yiqilib to‘shadimi, deb qo‘rqib ketdi. Yigit uni 

qo‘ltig‘iga kirib stul oldigacha suyab bordi. Vaqt bir zamonlar juda 

serg‘ayrat bo‘lgan bu odamning qaddini ancha bukib qo‘yibdi. Jyu-

lenga oldida avvalgi kyurening soyasigina turgandek ko‘rindi. Qariya 

biroz nafasini rostlab olgach, yana tilga kirdi:

– Sizning Strasburgdan yozgan maktubingizni faqat o‘tgan kuni 

oldim. Uning ichida verrerlik yo‘qsillarga atab yuborgan besh yuz 

frank pulingiz ham bor ekan. Uni menga tog‘dagi qishloqqa – Li-

veryuga olib borib berishdi. Endi men o‘sha yerda, jiyanim Jannikida 

yashayapman. Daf’atan kecha mana shu falokat to‘g‘risida xabar top-

dim... Yo Rabbiy! Nahot shu gap rost bo‘lsa! – Nigohi allanechuk so‘nib 

qolgan qariya endi ortiq yig‘lamay qo‘ygandi. U beixtiyor gapirayotgan 

odamdek qo‘shimcha qildi: – O‘sha besh yuz frank pulingiz o‘zingizga 

kerak bo‘ladi endi, uni olib keldim.

– Men faqat o‘zingizni ko‘rsam bo‘ldi, otaxon! – deya xitob qildi 

ta’sirlanib ketgan Jyulen. – Hali pulim bor yana.




508

Biroq shundan so‘ng u choldan bironta ham ma’noli gap eshita ol-

madi. Janob Shelanning ko‘zlariga o‘qtin-o‘qtin yosh chiqib, yuzlaridan 

asta dumalardi, chol yigit uning qo‘lini o‘payotganini ko‘rib, hayratdan 

esankirab qolgandek tuyulardi. Bir zamonlar olijanob tuyg‘ulardan 

ruhlanib yuruvchi bu chehra endi har qanday ma’nodan xoli bo‘lib, 

qotib qolgandek ko‘rinardi. Tezda cholni olib ketish uchun qandaydir 

dehqon kirib keldi.

– Toliqish ham, ko‘p gapirish ham to‘g‘ri kelmaydi bu kishiga, – 

dedi u Jyulenga qarab, shunda yigit bu odamning chol aytgan o‘sha 

jiyani ekanligini tushundi. Janob Shelan kelib ketganidan so‘ng Jyu-

len shu qadar umidsizlikka tushdiki, ko‘nglini bo‘shata olmay qoldi. 

Hamma narsa endi unga qayg‘uli, mungli bo‘lib ko‘rinardi, yuragi 

go‘yo muzlab qolgandek edi.

U jinoyat qilganidan buyon boshidan kechirgan eng dahshatli 

daqiqalar ana shu bo‘ldi. O‘limning badburush qiyofasi uning ko‘z 

o‘ngida yaqqol namoyon bo‘ldi. Ruhiy ulug‘vorlik va olijanoblikning 

barcha ko‘lankalari xuddi bexosdan ko‘tarilgan to‘fonga uchragan 

bulutdek parokanda bo‘lib ketdi.

Bu dahshatli ruhiy holat bir necha soat davom etdi. Ruhiy ja-

rohatni odatda jismoniy harakat va may bilan davolashadi. Biroq 

Jyulen bunday vositani qo‘llaganda o‘zini manfur qo‘rqoq deya 

hisoblagan bo‘lardi. U o‘zining torgina minorasida tinimsiz u 

yoqdan-bu yoqqa yurgan dahshatli kun oxirida birdan shunday 

xitob qildi: «Eh, shunaqayam ahmoq bo‘lamanmi! Agar hamma 

qatori o‘z ajalim bilan o‘lishim lozim bo‘lganida, bu baxtsiz cholni 

ko‘rib, shunday dahshatli umidsizlikka tushsam bo‘lardi, albat-

ta. Lekin ayni kuchga to‘lgan bir paytimda bir zumda hayotimga 

chek qo‘yilishi meni xuddi ana shu ayanchli yemirilishdan xalos  

etadi-ku axir».

Biroq bu mulohazalarga qaramay, Jyulen ko‘ngli bo‘shab, ruhi 

tushganligini his etardiki, shu boisdan ham cholni ko‘rganidan so‘ng 

uning dardi-dunyosi qorong‘i bo‘lib ketgandi.

Uning qalbida endi ilgarigidek o‘ziga nisbatan hech qanday qat-

tiqqo‘llik, ulug‘vorlik, qadimgi Rim askarlariga xos jasoratdan asar 

ham qolmagan edi. O‘lim yuksak-yuksaklarda parvoz etib, unga o‘z 

ko‘lankasini tashlar ekan, yigitga endi unchalik oson narsa bo‘lib 

ko‘rinman qolgandi.




509

«Mana shu holat mening termometrim bo‘ladi, – dedi u o‘ziga-o‘zi. 

– Bugun kechqurun men gilotina ostiga borayotgan paytimdagi 

matonatdan o‘n daraja pastdaman. Bugun ertalab esa matonatim 

kerakli darajada edi. Umuman olganda, baribir emasmi! Kerakli 

daqiqada qo‘rqoqlik qilmasam bo‘ldi-da». Termometr haqidagi bu 

fikr uning ko‘nglini birmuncha xush etib, aloha, dilidagi qayg‘uni 

tarqatib yubordi.

Yigit ertasiga ertalab uyg‘onganida kechagi kunni eslab uyalib 

ketdi. «Mening baxtim va osoyishtaligim xavf ostida». U hatto janob 

bosh prokurorga xat yozib, undan oldiga hech kimni kiritmaslikni 

iltimos qilmoqchi ham bo‘ldi. «Fuke nima bo‘ladi? – deya xayolidan 

o‘tkazdi u. – Agar u bu yerga, Bezansonga kelgudek bo‘lsa, qattiq xafa 

bo‘ladi-ku axir!»

Fukeni u taxminan ikki oydan beri eslamay yurgandi. «Stras-

burgda o‘zim ham g‘irt ahmoq ekanman, burnimning ostidan narini 

ko‘rmay qolgan ekanman o‘shanda». Fuke haqidagi xotiralar anchaga 

dovur uning xayolini band qilib, yigitning ko‘ngil tori yana susayib 

ketdi. U hayajonlanib u yoqdan-bu yoqqa yurardi. «Mana, o‘lim da-

rajasidan yana yigirma gradus pasayib ketdim... Agar bundan keyin 

ham shunaqa shalviraydigan bo‘lsam, undan ko‘ra o‘zimni-o‘zim 

o‘ldirganim ma’qul. Mabodo o‘limim oldidan lattadek bo‘shashib 

qolsam, anavi barcha abbat Maslonlar va janob Valenolarning boshi 

osmonga yetmaydimi axir».

Fuke kelib qoldi, u mehribon soddadil odam qayg‘udan es-hushi-

ni yo‘qotayozgan edi. U faqat bir narsa haqida – butun mol-mulkini 

sotib, qamoqxona nazoratchisiga pora berish va Jyulenni qochirib 

yuborish to‘grisida gapirardi. U tinmay de Lavaletning qochishini 

misol keltirardi.

– Sen meni ranjityapsan, – dedi unga Jyulen. – Janob de Lavalet 

aybsiz edi, men esam aybdorman. Sen o‘zing istamasang ham meni 

ana shu farq to‘g‘risida o‘ylashga majbur qilyapsan...

– Lekin shunday qilishing joiz bo‘larmikin? Nega endi? Sen chin-

dan ham butun mol-mulkingni sotmoqchimisan? – deya ajablanib 

so‘radi Jyulen birdan yana kuzatuvchanligi va har narsadan shub-

halanish odati qo‘zib.

Do‘stining nihoyat bu ajoyib taklifga qiziqib qolganidan xursand 

bo‘lib ketgan Fuke o‘zining har bir yer-mulki uchun necha frank olishi 

mumkinligini batafsil hisoblab bera boshladi.



510

«Qishloqi mulkdor uchun qanday ajoyib fidoyilik! – deb o‘ylardi 

Jyulen. – Bo‘lmasam, bir vaqtlar men uning naqadar xasis, pulni 

tejab-tergab sarflaydigan, ba’zan qurumsoqlik darajasiga yetib bo-

radigan xislatlarini ko‘rib, or qilardim. Endi bo‘lsa u shunday qilib 

topgan barcha mol-mulkini men uchun qurbon qilmoqchi! «Rene» 

gazetasini o‘qib yuradigan va men delya Mol saroyida uchratgan 

anavi olifta yigitlarda Fukening manovi kulgili nuqsonlari yo‘q, 

albatta. Lekin kutilmaganda katta meros olgan va shu boisdan ham 

pulning qadrini bilmaydigan bir-ikkita o‘spirinni istisno qilganda, 

o‘sha parijlik ko‘rkam yigitlardan qaysi birining qo‘lidan kelardi 

bunday fidoyilik?»

Shu tobda Fukening fransuz tilini buzib gapirishi, beso‘naqay qi-

liqlarining hammasini unutgan Jyulen do‘stini quchoqlay ketdi. Hali 

hech qachon provinsiya Parij bilan taqqoslanganida bunday ustun 

kelish sharafiga muyassar bo‘lmagandi. Do‘stining ruhlanib ketganni 

ko‘zlaridan uqib, boshi osmonga yetgan Fuke buni, qochishga rozilik, 

deb tushundi...

Bu hotamtoylik janob Shelan kelib ketganidan so‘ng bo‘shashib 

ketgan Jyulenga sabot va matonat bag‘ishladi. U hali juda yosh bo‘lsa-

da, lekin, menimcha, uning fazilatlari ko‘p edi. Behisob tengqurlari 

qatori ta’sirchanlikdan ayyorlikka o‘tish o‘rniga u yoshi ulg‘aygani 

sayin asta-sekin rahmdil va mehribon odam bo‘lib qolar hamda 

o‘zining telbalarcha shubhachiligidan qutulib olardi... Darvoqe, bu 

behuda karomatlarning nima keragi bor?

Jyulen o‘zining aniq javoblari bilan ishni bunday chuvalashti-

rishning oldini olmoqqa harakat qilishiga qaramay, uni borgan sari 

ko‘proq so‘roq qila boshladi. – Men odam o‘ldirdim yoki, har qalay, 

qasddan odam o‘ldirishga urindim, – deya takrorlardi u har gal so‘roq 

payti. 


Biroq uning ishini olib borayotgan sudya, avvalo, rasmiyatparast 

chinovnik edi. Jyulenning javoblari so‘roqlarni sira ham kamaytirma-

di, bu javoblar sudyaning nafsoniyatiga tegmoqda edi. Uni dahshatli 

zindonga o‘tqazmoqchi bo‘lganlari va faqat Fukening harakati tufay-

ligina o‘zi bir yuz sakson pog‘ona balandlikda joylashgan ana shu 

shinam xonada qolganidan Jyulen bexabar edi.

Fuke o‘tin yetkazib beradigan obro‘-e’tiborli odamlar orasida ja-

nob abbat de Friler ham bor edi. Mehribon taxtafurush dasti daroz kat-

ta vikariyning oldiga kirmoq uchun qo‘lidan kelgan hamma harakatni 



511

qildi. Janob de Friler unga Jyulenning ezgu fazilatlari va  uning bir 

vaqtlar seminariyaga ko‘rsatgan xizmatlarini eslab, sud yalarni 

unga yumshoqroq munosabatda bo‘lishga ko‘ndirmoq uchun urinib 

ko‘rajagini aytganida boyaqish taxtafurush quvonganidan te risiga 

sig‘may ketdi. Fuke do‘stini qutqarib qolishga umid qila boshladi, 

ketish oldidan u yerni o‘pguday bo‘lib ta’zim qilar ekan, janob katta 

vikariydan ayblanuvchining gunohidan o‘tmoqni iltijo qilib duo o‘qish 

uchun arzimagan olti luidor pulni qabul etishni va uni ruhoniylarga 

tarqatishni iltimos kildi.

Fuke yanglishgan edi. Janob de Friler Valenoga mutlaqo 

o‘xshamasdi. U Fukening luidorlarini olishdan bosh tortdi va, hatto, 

soddadil dehqonga aqchasini asrab qo‘yish lozimligini shama qildi. 

So‘ngra u bironta qaltis gap aytmay turib, buni Fukega uqtira ol-

masligini anglagach, unga bu pulni chindan ham barcha narsalardan 

mahrum bo‘lgan bechora mahbuslarga ulashib berishni maslahat 

ko‘rdi.

«Bu Jyulen deganlari juda g‘alati yigit ekan, – deya fikr yuritardi 

janob de Friler. – Uning bu qilmishini sira tushunib bo‘lmaydi, men 

uchun esa bunday narsa bo‘lmasligi kerak. Ehtimol uni fidoyi deb 

ta’riflash mumkin bo‘lar... Har qalay, men bu gapning tagiga yeta-

man. Darvoqe, shundan so‘ng bizni mutlaqo hurmat qilmaydigan 

va meni o‘lguday yomon ko‘radigan anavi de Renal xonimga po‘pisa 

qilib qo‘yishning imkoni bo‘lar. Yo‘l-yo‘lakay esa, ehtimol, mana shu 

seminaristchani negadir yaxshi ko‘radigan janob de lya Mol bilan 

yarashib ham olarman».

Da’volashuv bo‘yicha kelishuv bitimiga bundan bir necha hafta 

burun imzo chekilgan bo‘lib, abbat Pirar Bezansondan jo‘nab ketar 

ekan, Jyulenning sirli nasl-nasabi haqida bir-ikki og‘iz gap aytishni 

lozim ko‘rgan edi. Bu voqea badbaxt yigit Verrer cherkovida de 

Renal xonimning hayotiga suiqasd qilgan xuddi o‘sha kuni sodir  

bo‘lgandi.

Jyulen endi o‘limi oldidan bir ko‘ngilsizlik – otasining qamoq-

xonaga kelishidan qo‘rqardi. U, prokurorga xat yozib, oldimga hech 

kimni kiritmaslik haqida iltimos qilsammikin, deya Fukega masla-

hat soldi. Uning shunday og‘ir daqiqada padari buzrukvori bilan 

uchrashuvdan bunday dahshatga tushayotganini ko‘rib, soddadil 

taxtafurushning meshchanlarga xos halol qalbi qattiq galayonga  

keldi.



512

U hatto endi nima sababdan ko‘p odamlar uning do‘stidan nafrat-

lanishlarini tushungandek ham bo‘ldi. Ammo u Jyulenning boshiga 

tushgan kulfatga nisbatan hurmati tufayli dilidagi gapni ochiq ayt-

madi.

– Har qalay, – dedi u sovuqqina ohangda Jyulenga, – oldingga odam 



kiritmaslik haqidagi bu farmon otangta taalluqli bo‘lmaydi.


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish