Qizil va qora indd


XVI Kechasi soat birda



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XVI

Kechasi soat birda

Mazkur bog‘ juda katta bo‘lib, bundan bir 

necha yil muqaddam g‘oyat yuksak did bilan 

tartibga solingandi. Biroq bu yerdagi daraxtlar 

Genrix III hukmronligi davrida shahrat qozongan 

rahmatli Pre-o-Kler zamonasidan buyon o‘sib 

kelardi. Ularning yoshi yuz yildan oshib ketgandi. 

Bu daraxtlardan qandaydir yovvoyi darxonlik-

ning isi kelib turardi.

Messinjer.

U endigina oldingi topshirig‘ini bekor qilish niyatida Fukega xat 

yozmoqchi bo‘lib turgan edi, soat o‘n birga zang chalib qoldi. Yigit sur-

ma zulfinni qattiq shiqirlatib, go‘yo yotib uxlash uchun xonasini ich-

karidan qulflab olayotgan odamdek, eshik qulfidagi kalitni bir necha 

marta burab qo‘ydi. So‘ngra uyda, ayniqsa, xizmatkorlar yashaydigan 

to‘rtinchi qavatda nima gaplar bo‘layotganini bilmoq uchun qech 

kimga sezdirmay chiqib ketdi. Hech qayerda biror shubhali harakat 

sezilmasdi. De lya Mol xonimning oqsochlaridan birinikida ziyofat 

bo‘lmoqda edi, yig‘ilganlar sho‘x-shodon punsh ichib o‘tiri shardi. «U 

yerda hiringlab o‘tirgan anovi xizmatkorlar, – deya xayolidan o‘tkazdi 

Jyulen, – tungi pistirmada ishtirok eta olmaydilar, aks holda kayfiyat-

lari jiddiyroq bo‘lardi».

Nihoyat u bog‘ning eng qorong‘i burchagiga bordi. «Agar ular 

uydagi xizmatkorlarni bu sirdan voqif qilishni istamagan bo‘lsalar, 

meni qo‘lga tushirish topshirilgan odamlar, chamasi, bog‘ panjarasi-

dan oshib o‘tsalar kerak.

Mabodo janob de Kruaznua bularning barini sovuqqonlik bilan 

puxta o‘ylab ko‘rgan bo‘lsa, u turgan gap, uylanmoqchi bo‘layot-

gan yosh qizning sha’ni uchun meni uning xonasiga kirishimdan 

avval qo‘lga tushirish xavfsizroq ekanini tushungan bo‘lmog‘i  

kerak».


U hammayoqni sinchiklab ko‘zdan kechirib chiqdi. «Axir 

bu o‘yinda mening nomusim dov qilib tikilgan, – deya o‘ylardi 

u, – agar biror narsani oldindan o‘ylab ko‘rmay, chuv tushsam



377

keyin: «Ah, buni o‘ylab ko‘rmabman», – deganim bilan foydasi 

bo‘lmaydi. So‘ngra hech qachon o‘zimni kechira olmay yuraman». 

Havo juda ochiq edi, bu o‘rinda umid qiladigan narsa yo‘q edi. Oy 

soat o‘n birlarga yaqin chiqqan bo‘lib, hozir soat o‘n ikki yarimda 

esa uyning bog‘ tomon qaragan butun peshtoqini sutdek yoritib  

turardi.

«Yo‘q, bu qiz aqldan ozganga o‘xshaydi!» – deya o‘ylardi Jyulen. 

Soat birga zang chaldi, biroq graf Norberning xonasida hamon chiroq 

yonib turardi, Jyulen umri bino bo‘lib, bunchalik qo‘rqmagan edi: bu 

ishlarning barida unga hammayoqdan xavf-xatar qutqu solayotgandek 

tuyulardiki, yigitning yuragi loaqal jiz etmasdi.

U borib, ulkan narvonni olib keldi-da, ehtimol, qiz o‘z ahdidan 

qaytar, degan umidda biroz kutib turdi va birdan roppa-rosa besh 

daqiqa o‘tganida narvonni Matildaning derazasiga qo‘ydi. Yigit qo‘lida 

to‘pponcha bilan shu paytga qadar hamla qilishmaganidan o‘zicha 

ajablanib, sekingina yuqori ko‘tarildi. Jyulen deraza oldiga chiqqach, 

u asta ochildi.

– Mana chiqib ham oldingiz, – dedi unga Matilda hayajonini yashi-

ra olmay. – Men bir soatdan beri sizning harakatlaringizni kuzatib 

turibman.

Jyulen nihoyatda sarosimaga tushib qolgan edi, u o‘zini qanday 

tutishni bilmasdi va qalbida hech qanday muhabbat his etmasdi. U, 

o‘zimni tutib olishim uchun dadilroq bo‘lishim kerak, deb o‘yladi va 

Matildani quchoqlashga urinib ko‘rdi.

– Voy! – dedi qiz yigitning ko‘ksidan itarar ekan. Qiz itarib yubor-

ganidan juda mamnun bo‘lgan Jyulen shosha-pisha atrofga alangladi. 

Oy shu qadar ravshan yoritardiki, Matildaning xonasidagi soyalar 

qop-qora bo‘lib ko‘rinardi. «Ehtimol, bu yerda odamlar yashiringan, 

men esa ularni ko‘rmayotgan bo‘lishim mumkin», – deya xayolidan 

o‘tkazdi u.

– Yon cho‘ntagingizda do‘ppayib turgan narsa nima? – deya 

so‘radi Matilda gaplashish uchun mavzu topilganidan boshi os-

monga yetib.

Qiz benihoya kuchli iztirob chekmoqda edi: u yengishi lozim 

bo‘lgan, andishali qiz uchun g‘oyat tabiiy tuyuladigan hayo va boa-

dablik tuyg‘ulari endi yana shunday tug‘yon ko‘targandiki, buning 

turgan-bitgani azob edi.




378

– Cho‘ntagimga turli qurollar, jumladan, to‘pponchalar ham solib 

olganman, – deya javob qildi Jyulen biror gap aytish imkoniyati tug‘il-

ganidan o‘zi ham xursand bo‘lib.

– Narvonnn yerga tushirish kerak, – dedi Matilda.

– U juda katta. Pastdagi mehmonxona yoki peshayvondagi de-

razalarni sindirib qo‘yamanmi deb qo‘rqaman.

– Yo‘q, derazalarni sindirmaslik kerak, – deya e’tiroz bildirdi 

Matilda, oddiy suhbatdagidek tabiiy ohangda gapirishga urinib. 

– Menimcha, siz narvonning uchiga arqon bog‘lab, uni asta yerga 

tushirishingiz mumkin. Men bu yerda doim har xil arqonlarni saqlab  

yuraman.


«Sevib qolgan ayol ham shunaqa bo‘ladimi hali! – deya o‘yladi 

Jyulen. – U yana sevishi haqida gapirishga jur’at etganini aytmay-

sizmi! Bunday sovuqqonlik, ehtiyot choralarini ko‘rishdagi bunday 

puxtalik mening janob de Kruaznuadan afzalligimni emas (men 

tentak shunday xayollarga borib yuribman-a), shunchaki unga 

o‘rinbosar bo‘layotganimdan yaqqol dalolat berib turibdi. Aslini 

olganda, baribir emasmi! Uni sevmayman-ku axir! Men markizdan 

shu ma’noda afzalmanki, uning o‘rnini allakim egallab olgani, boz 

ustiga o‘sha allakim xuddi men bo‘lib chiqqanim, turgan gap, janob 

de Kruaznuaga sira ham yoqmasa kerak. Kecha u Tortani qahva-

xonasida menga o‘zini tanimayotganga solib, juda kibr-havo bilan 

qaradi va, nihoyat, ortiq mug‘ambirlik qilishning iloji qolmagach, 

jahl bilan bosh irg‘ab qo‘ya qoldi!»

Jyulen parvonning uchiga arqon bog‘ladi-da, pastdagi derazalar-

ga urilib, oynasini sindirib yubormasligi uchun butun gavdasi bilan 

tashqariga egilganicha narvonni pastga tushira boshladi. «Agar 

Matildaning xonasida biror kishi yashiringan bo‘lsa, – deya xayolidan 

o‘tkazdi u, – hozir meni gumdon qilishning ayni payti». Biroq atrof 

hamon jimjit edi.

Narvon ohista yerga tegdi, Jyulen uni devor yonidan hoshiya bo‘lib 

ketgan g‘alati gullar pushtasiga yotqizishga muvaffaq bo‘ldi.

– Ajoyib gullarning shunday rasvo bo‘lganini ko‘rsa, onam nima 

deydi, – deya gap qotdi Matilda.

– Arqonni tashlab yuborish kerak, – qo‘shimcha qildi u nihoyatda 

sovuqqonlik bilan. – Agar uning derazadan osilib turganini ko‘rib 

qolishsa, bunga bahona topish qiyin bo‘ladi.




379

– Meneke qanday ketadi bu yerdan? – deya hazil aralash so‘radi 

Jyulen, kreollarning

43

 so‘zlarni buzib talaffuz etishiga taqlid qilib. 



(Uydagi oqsoch qizlardan biri san-domingolik edi.)

– Sizniki eshik orqali ketadi, – deya javob qildi bunday hazildan 

nihoyatda xursand bo‘lgan Matilda.

«Ah, yo‘q, – deya o‘yladi qiz, – bu yigit mening muhabbatimga 

arziydi, albatta!»

Jyulen arqonni boqqa tashlab yubordi, Matilda uning qo‘lidan 

tutdi. Yigit, bu dushman bo‘lsa kerak, deya o‘ylab, shartta o‘girildi-da, 

xanjarini qo‘liga oldi. Qizga esa qayerdadir deraza ochilgandek tuyul-

gan edi. Bir necha daqiqa ular nafaslarini ichlariga yutib, qimir etmay 

turishdi. To‘lin oy ularni sutdek yoritib turardi. Boyagi shovqin bo‘lak 

takrorlanmadi, xavotir oladigan joyi qolmagan edi.

Shundan so‘ng yana ikkovi ham bir xilda qattiq dovdirab qoldi. 

Jyulen xona eshigining barcha zulfinlari solib qo‘yilganiga ishonch 

hosil qildi; u yana karavot tagiga qarashni juda ham istardi-yu, 

biroq jur’at etmasdi. U yerda bitta, hatto ikkita malay bemalol 

yashiringan bo‘lishi mumkin edi. Nihoyat, keyin bu ehtiyotsiz-

ligidan o‘zi pushaymon bo‘lib yurishidan qo‘rqib, karavot tagiga  

qaradi.


Matilda yana qattiq izza bo‘la boshladi. U qilib qo‘ygan ishidan 

dahshatga tushgan edi.

–- Siz yozgan xatlarimni nima qildingiz? – deya so‘radi u nihoyat.

– Birinchi xatingizni protestantlarning qalin Tavrotiga yashirib, 

kechagi dilijon bilan uni uzoq-uzoqlarga jo‘natib yubordim.

U juda aniq-taniq qilib so‘zlardi va mabodo o‘zi ochib qarashga 

jur’at etmagan anovi qimmatbaho daraxtdan ishlangan ulkan ikki 

shkafda odamlar yashiringan bo‘lishsa, ular ham eshitishsin degan 

niyatda ataylab ikir-chikirgacha aytmoqda edi.

– Qolgan ikkitasi ham pochtaga topshirilib, birinchisining ortidan 

jo‘natib yuborildi.

– Yo Rabbim! Shuncha ehtiyot choralarning nima keragi bor edi? 

– deya so‘radi qattiq hayratga tushib Matilda.

«Xo‘sh, yolg‘on gapirishdan menga nima foyda?» – o‘yladi Jyulen 

va qizga barcha shubha-gumonlarini gapirib berdi.

43

 Lotin Amerikasida tug‘ilgan yevropaliklar (tarj.).




380

– Xatlaring muncha sovuq desam boisi buyoqda ekan-da! – deya 

xitob qildi Matilda, shu tobda qizning tovushida nazokatdan ko‘ra 

ko‘proq qandaydir g‘azab ohangi sezilib turardi. 

Jyulen bu ohangni papqamadi, biroq qiz uni «sensirab» gapi-

rishidan qoni miyasiga tepib, barcha gumonlari bir zumda g‘oyib 

bo‘ldi-qo‘ydi, uning ko‘z o‘ngida o‘zining ancha qadri oshgandek 

tuyuldi; u dadillashib, o‘zi juda hurmat qiladigan bu go‘zal qizni 

bag‘riga tortdi. Qiz uni yana itarib yubordi, ammo endi boyagidan 

keskin emasdi.

Yigit yana, bir vaqtlar Bezansonda, Amanda Bine bilan suhbat-

lashgan paytdagidek, o‘z xotirasiga murojaat qilib, «Yangi Eloiza»dan 

bir nechta chiroyli jumlaniyoddan aytdi.

– Sen mard yigit ekansan, – deya javob qildi qiz Jyulenga uning 

so‘zlarniga quloq solmay. – senga rostini aytaman: men sening jasora-

tingni sinamoqchi edim. Sening shubha-gumonlaring, sening jur’ating 

men o‘ylagandan ham mardroq ekanligingdan dalolat berib turibdi.

Matilda o‘zini yigitni «sensirab» gapirishga majbur qilmoqda edi 

va, chamasi, o‘zi odatlanmagan bunday muomala qizning diqqat-e’ti-

borini aytayotgan so‘zlaridan ham ko‘proq o‘ziga jalb etardi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, har qanday nazokatdan mahrum 

bo‘lgan bunday «sensirash» Jyulenni mutlaqo xursand qilmay qo‘ydi, 

o‘zini sira ham baxtiyor his etmayotganidan ajablangan Jyulen dilida 

ana shu tuyg‘uni uyg‘otmoq uchun aql-idrokiga murojaat qildi. U 

hech kimni maqtamaydigan, maqtagan taqdirda ham, darhol buning 

shunchaki bir gap ekanligini aytib o‘tadigan shunday takabbur qizning 

hurmatini qozonishga muvaffaq bo‘ldi, axir, bu mulohazadan uning 

izzattalab qalbi cheksiz quvonchga to‘ldi.

To‘gri, bu tuyg‘u ba’zan de Renal xonim yonida his etadigan 

ruhiy lazzatlanishga mutlaqo o‘xshamasdi. Yo Parvardigor! Naqa-

dar o‘xshamaydi-ya bu tuyg‘ular! Uning hozirgi kechnimalarida 

nazokatdan asar ham yo‘q edi. Bu shunchaki shuhratparastlikning 

jo‘shqin quvonchi edi, xolos, Jyulen esa avvalo shuhratparast edi. 

U qizga yana dilini qanday shubha-gumonlar kemirgani, o‘zining 

qanday ehtiyot choralari ko‘rgani haqida hikoya qila boshladi. Hi-

koya qila turib, u shu asnoda o‘z g‘alabamning mahsulidan qanday 

foydalansam ekan, deb o‘ylardi.

Matilda hamon o‘zini juda noqulay his etardi va, chamasi, o‘zining 

bu qilig‘idan nihoyatda ruhi tushgani boisidan ham so‘zlashish uchun 



381

mavzu topilganidan benihoya xursand edi. Ular bundan buyon qay 

yo‘sinda uchrashib turishlari haqida so‘zlasha boshlashdi. Jyulen bu 

suhbatda ham yana o‘tkir aqli va jasoratini namoyish etdi. Ularning 

yo‘lida ancha sezgir odamlar g‘ov bo‘lib turibdi axir. Anovi yosh Tam-

boning josus ekanligiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Biroq Matilda 

bilan o‘zi ham anoyilardan emas.

– Kutubxonada uchrashishdan osoni yo‘q-ku, hamma gapni o‘sha 

yerda kelishib olardik.

– Men, – deya davom etdi Jyulen, – saroyingizning barcha xonala-

riga, qariyb de lya Mol xonimning bo‘lmalariga qadar, sira ham shubha 

tug‘dirmay kirib chiqishim mumkin.

Matildaning oldiga faqat de lya Mol xonimning xonalari orqa-

ligina kirish mumkin edi. Ammo Matilda uning bundan keyin ham 

derazaga narvon qo‘yib chiqishini xush ko‘rsa, marhamat, yigit bu 

arzimas xavf-xatarni pisand qilib o‘tirmay, bajonidil narvondan 

chiqaveradi.

Matilda uning gaplariga quloq solar ekan, yigitning so‘zlaridagi bu 

g‘olibona ohangdan zardasi qaynardi. «Demak, u mening hukmdorim 

bo‘lib olibdi-da?» –derdi qiz o‘ziga o‘zi. U qilmishidan pushaymon bo‘la 

boshlagandi. Uning aql-idroki o‘zi yo‘l qo‘ygan bu mislsiz tentaklikka 

qarshi tug‘yon ko‘tarmoqda edi. Agar qo‘lidan kelganida, qiz shu 

tobda o‘zini ham, Jyulenni ham o‘ldirgan bo‘lardi. U bor irodasi bilan 

bir amallab bu vijdon azobini bir zum jilovlaganida esa dilini ibo va 

haqoratlangan ma’sumalik tuyg‘usi qattiq o‘rtay boshlardi. Bu ishlar 

o‘zi uchun shunday dahshatli bo‘lishini qiz ilgari hatto xayoliga ham 

keltirmagan edi.

«Lekin baribir men o‘zimni u bilan so‘zlashishga majbur qil-

mog‘im kerak, – dedi u o‘ziga o‘zi nihoyat, – axir, odatda, oshiq 

bilan so‘zlashmoq kerak bo‘ladi-ku». O‘zi bajarmog‘i lozim bo‘lgan 

ana shu burch tufayli qiz faqat so‘zlaridagina aks etgan, ammo 

tovushida sira ham sezilmayotgan bir his-hayajon bilan so‘nggi 

kunlarda u haqida nimalar o‘ylagani va qanday qarama-qarshi qa-

rorlar qabul qilib, keyin ulardan voz kechgani to‘g‘risida hikoya qila  

boshladi.

Mana, nihoyat, u, o‘z maktubida yozganidek, agar Jyulen bog‘dagi 

narvon orqali uning oldiga chiqishga jur’at etsa, uning mahbubasi 

bo‘lishga ahd qilibdi. Lekin hech qachon sevgi so‘zlari shu qadar 

ehtirossiz va sovuq ohangda aytilmagan bo‘lsa kerak.



382

Bu uchrashuv shu daqiqaga qadar mutlaqo sovuq bir ruhda 

o‘tmoqda edi. Bu ahvolda inson chindan ham sevgidan hazar qila 

boshlashi hech gap emasdi. Yosh va yengiltak qiz uchun qanday ibratli 

saboq bo‘ldi bu! Shunday bir lahzani deb butun kelajagini xavf ostiga 

qo‘yish yaxshimikin?

Chetdan qaraganda ochiq-oydin nafrat oqibati bo‘lib tuyuladi-

gan uzoq ikkilanishlardan so‘ng, hatto Matildaning kuchli irodasi 

ham ayollarga xos tabiiy tuyg‘u bo‘lmish ibo va g‘ururni yengdi, qiz, 

nihoyat, o‘zini Jyulenning nazokatli mahbubasi bo‘lishga majbur  

etdi.

Lekin, rostini aytganda, bu sevgi ehtiroslarida birmuncha soxtalik 



bor edi. Qiz uchun jo‘shqin muhabbat o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan 

tuyg‘u bo‘lmay, balkim taqlid qilinishi lozim bo‘lgan allaqanday an-

daza edi.

M-l de lya Mol, o‘zimga nisbatan ham, oshig‘imga nisbatan ham 

burchimni ado etyapman, deb hisoblamoqda edi. «Bechora bolakay 

chindan ham mislsiz jasorat ko‘rsatdi, – derdi u o‘ziga-o‘zi, – uni bax-

tiyor qilmog‘im lozim, aks holda, qo‘rqoqlik qilgan bo‘laman». Biroq 

u o‘z zimmasiga olgan bu dahshatli zaruratni bajarishdan ko‘ra o‘zini 

umrbod azob chekishga jon deb mahkum etgan bo‘lardi.

Ammo o‘zini-o‘zi shu qadar zo‘rlasa ham Matilda sirtdan qara-

ganda juda xotirjam edi.

Hech qandan afsus-nadomat, hech qanday gina-kudurat Jyu-

lenga baxtli bo‘lishdan ham ko‘ra ko‘proq g‘aroyib tuyulgan bu 

tundagi kayfiyatin buzmadi. Yo Tangrim, bu visol Verrerda o‘tgan 

o‘sha so‘nggi uchrashuvga naqadar o‘xshamaydi-ya! «Parijdagi bu 

ajoyib odob qoidalari hatto sevgini ham rasvo qilishning uddasidan 

chiqib-di!» – derdi u o‘ziga o‘zi, lekin Jyulenning bu gapi sira ham 

adolatdan emasdi.

Bu gaplarni u qimmatbaho daraxtdan ishlangan ulkan shkaflar-

ning birida yashirinib turgan payti xayolidan o‘tkazdi, zero de lya Mol 

xonimning xonalarida g‘ovur-g‘uvur eshitilgan zahoti qiz uni o‘sha 

yerga yashirinishga majbur etgandi. Matilda onasi bilan ertalabki ibo-

datga jo‘nadi, oqsochlar chiqib ketishdi va ular xonalarni yig‘ishtirish 

uchun qaytib kelishlaridan avval, Jyulen hech kimga sezdirmay qizning 

xonasidan chiqib ketishga muvaffaq  bo‘ldi.

Yigit ot minib Medon o‘rmoniga sayr qilgani jo‘nadi, u otni o‘z 

holiga qo‘yib, sekin borar ekan, eng ovloq yo‘llarni tanlashga harakat 



383

qilardi. U qalbida baxtiyorlikdan ko‘ra ko‘proq kuchli hayrat his etardi. 

Uning ahyon-ahyonda butun vujudini qamrab olayotgan quvonchi bi-

ronta ajoyib qahramonligi uchun bosh qo‘mondon birdaniga polkovnik 

darajasiga ko‘tarib qo‘ygan navqiron podporuchikning sevinchiga 

o‘xshab ketardi, u o‘zini erishib bo‘lmaydigan bir yuksaklikka ko‘tarib 

qo‘yishgandek his etardi. Bir kun ilgari undan juda baland bo‘lgan 

barcha narsalar endi shundoq yonginasida turardi yoki, hatto, ancha 

pastda qolib ketgandi. Jyulenning baxtiyorlik tuyg‘usi asta-sekin, 

o‘zidan uzoqlashgani sayin o‘sib borardi.

Agar Matildaning dilida hech qanday mehr-muhabbat tug‘ilma-

gan bo‘lsa, buning sababi, – u qanchalik g‘alati tuyulmasin, – qizning 

Jyulenga bo‘lgan munosabatida o‘z zimmasiga olgan burchga rioya 

qilganida edi. Tungi voqealarda uning uchun romanlarda hikoya 

qilinadigan mastona lazzat o‘rniga qalbini o‘rtay boshlagan af-

sus-nadomat va sharmandalikdan bo‘lak hech qanday kutilmagan 

jihati bo‘lmadi.

«Yanglishmadimmikin? Aslida sevarmikinman uni!» – derdi u 

o‘ziga o‘zi.


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish