XXIII
Ruhoniylar, o‘rmonlar, ozodlik
Butun hayotning asosiy qonuni, bu – o‘zini
saqlash, omon qolish. Siz bo‘lsangiz zamburug‘
sochib, bug‘doy undiraman, deb umid qilyapsiz.
Makiavelli.
Muhtaram zot o‘z nutqini davom ettirdi: uning ko‘p narsalardan
boxabar odam ekanligi yaqqol sezilib turardi, uning o‘z buyuk
haqiqatlarini qanday sipolik va ishonch bilan bayon etishi Jyulenga
juda ma’qul bo‘ldi:
1. Angliya biz uchun sariq chaqa ham sarflamaydi, ularda hozir
iqtisod va Yum modaga kirgan. Hech kim, hatto ularning payg‘ambar-
lari ham bizga pul berishmaydi, janob Bruggem esa ustimizdan kuladi.
2. Yevropaning sohibqironlari ingliz oltini bo‘lmasa, ikkita kam-
paniyadan ortiqqa jur’at etishmaydi, mayda burjuaziyani tor-mor
keltirmoq uchun esa ikki kampaniya kamlik qiladi.
3. Fransiyada qurolli partiya tashkil etmoq zarur, busiz Yevropa-
ning monarxik elementlari hatto o‘sha ikki kampaniyani o‘tkazishga
ham botinishmaydi.
Men sizlarga mutlaqo shubhasiz bir narsa sifatida bayon etib
bermoqchi bo‘lgan to‘rtinchi punkt esa quyidagi gapdan iborat:
Fransiyada qurolli partiyani ruhoniylar yordamisiz tashkil etib
bo‘lmaydi. Men bu gapni ro‘y-rost aytyapman, janoblar, zero buni
hozir sizlarga isbotlab beraman. Hamma ishni ruhoniylarga qo‘yib
berish kerak.
1. Ruhoniylar kecha-yu kunduz o‘z burchlarini ado etadilar va
ularga rahbarlik qiladigan munosib insonlar barcha to‘fonlardan
chetda turadilar, zero ular chegarangizdan ming chaqirim narida
istiqomat qilurlar...
– A-a! Rim, Rimni nazarda tutyapsiz! – deya xitob qildi uy egasi.
– Ha, hazratim, Rimni nazarda tutyapman! – deya g‘urur bilan
takrorladi kardinal. – Sizlar yoshligingizda bu xususda qanchalik
hazil-mazax qilgan bo‘lmang, chunki o‘sha kezlari bunday askiya rasm
tusini olgandi, 1830-yilda Rim rahbarligidagi ruhoniylargina oddiy
xalqning ko‘nglini topa oladi.
427
Hukmdorlari belgilangan kunda ellik ming ruhoniy qavm ahliga bir
xil so‘zlarni aytadilar, pirovardida, sizlarga askar yetkazib beradigan
xalq esa dunyoviy kishilarning suxandonligiga qaraganda o‘z ruhoniy-
sining xutbasiga ko‘proq quloq soladi... (Nafsoniyatga qattiqroq tega-
digan bu gap yig‘ilganlarning noroziligiga sabab bo‘ldi.)
– Ruhoniylar siznikiga qaraganda kattaroq kuchga egadurlar, –
deya yana gap boshladi kardinal tovushini ko‘tarib, – asosiy maqsad
yo‘lida Fransiyada qurolli partiya tashkil etmoq uchun sizlar ko‘rgan
barcha choralarni biz amalga oshirganmiz...
Bu o‘rinda faktlar keltirildi... Vandeyada sakson ming qurolni
xalqqa kim tarqatgan va hokazo, va hokazo.
– Ruhoniylar o‘z o‘rmonlariga ega bo‘lmagunlaricha ularning
qo‘llaridan hech ish kelmaydi. Urush boshlangan zahoti moliya ministri
o‘z agentlariga mablag‘ning kamligi tufayli faqat qavm ruhoniylariga-
gina maosh to‘lashni buyuradi. Axir Fransiya aslida xudosiz mamlakat,
u urush qilishni yaxshi ko‘radi. Urushni kim boshlab bermasin, u xalq
orasida darhol shuhrat qozonadi, zero urush qilmoq – avomning
ta’biri bilan aytganda, iezuitlarni ochdan o‘ldirish, urush qilmoq –
mag‘rur fransuzlarni chet el bosqinchilarining istilosidan xalos etish
demakdir. Kardinalning nutqini xayrixohlik bilan tinglashmoqda edi...
– Yana janob de Nerval ministrlikdan ketsa yaxshi bo‘lardi, – deya
qo‘shimcha qildi u, – zero uning nomi ortiqcha qahr-g‘azabga sabab
bo‘lyapti.
Shundan so‘ng hamma o‘rnidan turib, g‘ala-g‘ovur boshlandi.
«Hozir meni yana chiqarib yuborishadi», deya o‘yladi Jyulen, biroq
hatto ehtiyotkor raisning o‘zi ham Jyulenning shu yerda ekanini va
dunyoda shunday odam borligini unutib qo‘ygan edi.
Barcha Jyulen darhol tanigan bir odamga tikildi. Bu bosh mipistr
janob de Nerval bo‘lib, yigit uni gersog de Retsnikidagi balda ko‘rgan edi.
Parlament majlislari haqida axborot bergan gazetalarning tili
bilan aytganda, sarosima avjiga chiqdi. Nihoyat, nisbatan tinchlik
o‘rnatilguncha oradan chorak soat vaqt o‘tdi.
Ana shunda janob de Nerval o‘rnidan turdi-da, havoriy kabi voizlik
qila boshladi:
– Men ministrlik lavozimini mutlaqo qadrlamayman, demoqchi
emasman, – deya so‘z boshladi u qandaydir g‘alati ovoz bilan.
Bu yerda, mening nomim ko‘plab mo‘tadil odamlarni ham biz-
ga qarshi qo‘yib, yakobinchilarning kuchiga kuch qo‘shayotganini
428
isbotlamoqchi bo‘lishdi, janoblar. Men bajonidil mansabimdan voz
kechgan bo‘lardim, biroq Tangrining irodasini hammayam bilaver-
maydi. Men esa, – deya qo‘shimcha qildi u kardinalga qattiq tikilib,
– peshonamga yozilganini bajarmog‘im darkor. Falak mening dilimga
yo sen eshafotda boshingdan judo bo‘lasan, yo Fransiyada monarxi-
yani tiklab, parlamentni Lyudovik O‘n besh davridagi holiga tushirib
qo‘yasan, degan fikrni solgan va men bu ishni bajaradurmen, janoblar.
U gapini tugatib, joyiga o‘tirdi, oraga og‘ir jimlik cho‘kdi.
«Yaxshi aktyor ekan!» – deya dilidan o‘tkazdi Jyulen, U, odatda,
odamlarning zakovatini mubolag‘a bilan tasavvur qilar va bu gal
ham, har doimdagidek, yanglishmoqda edi. Bu kechadagi jo‘shqin
bahslardan va, ayniqsa, so‘zga chiqqan notiqlarning samimiyatidan
ruhlanib ketgan janob de Nerval shu daqiqada o‘zining yuksak qis-
matiga sidqidildan ishonardi. Biroq katta matonatga ega bo‘lgan bu
odam mulohaza bobida zaifroq edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |