XXI
Maxfiy nota
Zero o‘zim hikoya qilayotgan bu voqealarni
men o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman, agar o‘zim
ko‘ra turib ham yanglishgan bo‘lsam, har holda
bu gaplarni hikoya qila turib, sizni aldayotganim
yo‘q.
Muallifga kelgan maktubdan.
Markiz Jyulenni o‘z huzuriga chaqirdi, janob de lya Mol yosharib
ketgandek tuyulardi, uning ko‘zlari chaqnab turardi.
– Siz bilan xotirangiz haqida gaplashmoqchiman, – dedi u Jyulen-
ga. – aytishlaricha, bu qandaydir mo‘jiza emish! To‘rt sahifa gapni yod
olishga, so‘ngra Londonga borib, u yerda bu gaplarni oqizmay-tomiz-
may takrorlashga qurbingiz yetadimi? Lekin biror so‘zda ham xato
qilmasligingiz lozim!
Markiz qo‘lida «Kundalik» gazetasini asabiy g‘ijimlaganicha fav-
qulodda jiddiy gapirayotganini yashirishga behuda harakat qilardi.
Jyulen uni gap hatto Friler bilan sudlashuvga taalluqli ishlar haqida
ketganida ham bu qadar jiddiy holda ko‘rmagandi.
Jyulen endi ancha tajriba orttirgan bo‘lib, markiz hazil ohangida
so‘zlashga harakat qilayotganiga qaramay, bu gaplarni mutlaqo jiddiy
qabul qilishi lozimligini tushunib turardi.
– Manovi «Kundalik» gazetasida qiziq gaplar bo‘lmasa kerak, lekin
janob markiz ijozat etsalar, men ertaga ertalab uni butunlay yoddan
aytib berish sharafiga muyassar bo‘lgayman.
– Rosti bilan-a? Hatto e’lonlarni hammi?
– Ha, boshidan oxirigacha bir og‘iz ham so‘z qoldirmay aytib
beraman.
– Gapingizning ustidan chiqasizmi, shuni menga va’da qila ola-
sizmi? – deya so‘radi markiz kutilmaganda g‘oyat jiddiylik bilan.
– Ha, afandim, faqat va’damni bajara olmaslik oldidagi qo‘rquv
xotiramni zaiflashtirib qo‘ymasa, albatta.
– Bilasizmi, kecha bu haqda sizdan so‘rashni unutib qo‘yibman.
Men sizni eshitadigan gaplaringizni hech qachon va hech kimga ayt-
maslik haqida ont ichishga majbur qilmoqchi emasman. Zero sizni
413
juda yaxshi bilaman va bunday shubha siz uchun haqorat bo‘lishini
tushunaman. Men siz uchun kafolat berdim. Sizni bir uyga olib bora-
man. U yerda o‘n ikki kishi yig‘iladi. Siz ulardan har biri nima deyishini
aniq-taniq qilib yozib olmog‘ingiz kerak.
Qo‘rqmang, bu umumiy, mavhum suhbat bo‘lmaydi, hamma o‘z
navbati bilan gapiradi. Bu tartibga qat’iy rioya qilinadi degani emas,
albatta, – deya qo‘shimcha qildi markiz yana o‘ziga xos yengil, hazil
ohangiga o‘tar ekan. – Biz so‘zlar ekanmiz, siz yigirma betcha gapni
yozib olasiz, keyin siz bilan uyga qaytamiz-da, bu yigirma betni to‘rt
sahifa holiga keltiramiz. Ertaga siz menga butun «Kundalik» gazetasi
o‘rniga ana shu to‘rt sahifani yoddan aytib berasiz. So‘ngra siz darhol
yo‘lga chiqasiz: siz pochta karetasida jo‘naysiz va o‘zingizni ko‘ngil
xushi uchun sayohat qilib yurgan yigit qilib ko‘rsatasiz. Vazifangiz
– o‘zingizni hech kimga sezdirmaslik. Siz juda baland martabali
odamning oldiga borasiz. U yerda endi biroz epchillik ko‘rsatmog‘ingiz
lozim bo‘ladi. Gap shundaki, siz uning atrofidagi barcha odamlarni
aldamog‘ingiz kerak, zero uning kotiblari va xizmatkorlari orasida
dushmanlarimizga sotilgan odamlar bor, ular bizning vakillarimizni
poylab yurishadi va ularni qo‘lga tushirishga harakat qilishadi. Sizga
tavsiyanoma yozib beramiz, lekin aslida uning hech qanday ahamiyati
bo‘lmaydi.
Zoti oliylari sizga qaragan zahoti cho‘ntagingizdan mening soatim-
ni chiqarasiz – mana u, sayohatga borib kelguningizcha uni sizga berib
turaman. Marhamat, olib qo‘ying, o‘zingiznikini esa menga bering.
Siz yodingizga jo qiladigan o‘sha to‘rt sahifa gapni gersogning
shaxsan o‘zi yozib oladi.
Shu ish bajarilganidan so‘ng, yodingizda bo‘lsin, sira ham oldin
emas, siz zoti oliylariga, agar ul kishi so‘rashni lozim topsalar, hozir
o‘zingiz ishtirok etadigan majlis haqida so‘zlab berasiz.
O‘ylashimcha, yo‘lda zerikmasangiz kerak, zero Parij bilan mi-
nistrning qarorgohi orasidagi masofada janob abbat Sorelni gumdon
qilish orzusida yurgan talaygina odam topiladi. U holda janob abbat
topshiriqni bajarolmay qoladilar va menimcha, bizning ishimiz ancha
cho‘zilib ketadi, zero, azizim, biz sizning halokatingiz haqida qanday
xabar topamiz axir? Sizning g‘ayratingiz bu xususda o‘zingiz xabar
qilish darajasiga olib bormasa kerak, albatta.
– Hozir borib, o‘zingizga kostyum xarid qiling, – dedi markiz yana
jiddiy tortib. – Aytaylik, ikki yil muqaddam rasm bo‘lgan kiyimlardan
414
oling. Bugun kechqurun siz o‘zining tashqi qiyofasiga uncha e’tibor
bermaydigan odam bo‘lib ko‘rinmog‘ingiz kerak. Yo‘lda esa, aksincha,
odatdagidek kiyinib ketaverishingiz kerak. Ajablanyapsiz, chog‘i?
Gumondorligingiz ishga tushib ketdimi deyman? Ha, do‘stginam, siz
nutqini eshitadigan muhtaram zotlardan biri kerakli odamlarga ba’zi
ma’lumotlarni berishi mumkinki, oqibatda janob Sorelni shodiyona
kutib olishgan bironta mehmonxonada uni qoyillatib nasha bilan
siylashlari mumkin.
– Undan ko‘ra, to‘g‘ri yo‘ldan yurmay yuz chaqirim naridan aylanib
o‘tgan ma’qul, – dedi Jyulen. – Menimcha, gap Rim haqida ketyapti
shekilli...
Markizning qiyofasida shu qadar takabbur va norozi bir ifoda
paydo bo‘ldiki, Jyulen uni Brey-le-O monastirida uchratganidan buyon
bu ahvolda ko‘rmagan edi.
– Bu haqda, taqsir, o‘zim xabar qilishni lozim ko‘rgan paytdagina
bilasiz. Men savol berishlarini yoqtirmayman.
– Bu savol emasdi, – deya qizg‘in e’tiroz bildirdi Jyulen. – Qa-
sam ichishim mumkin, afandim, men shunchaki ovoz chiqarib
o‘ylayotgan edim. O‘zimcha eng xavfsiz yo‘lni qidirmoqda edim,
xolos.
– Ha, xayolingiz bir joyda emasdi, chamamda. Yodingizda bo‘lsin,
elchi, buning ustiga, sizning yoshingizdagi elchi sira ham birovning
ishonchiga da’vo qiladigan odam bo‘lib ko‘rinmasligi darkor.
Jyulenning nihoyatda ruhi tushib ketdi, chindan ham u bema’ni
gap aytgan edi. Uning nafsoniyati o‘zini oqlamoqchi bo‘lar, biroq bunga
yetarli dalil topa olmas edi.
– Yana bir narsani tushunib oling, – deya qo‘shimcha qildi janob de
lya Mol, – odam bema’ni ish qilsa bormi, keyin darhol bo‘shanglikka
ham yo‘l qo‘yishi mumkin.
Oradan bir soat o‘tgach, Jyulen markizning dahlizida paydo bo‘ldi,
u egniga rasmdan qolgan kostyum kiygan va bo‘yniga ohori to‘kilgan
galstuk taqib olib, butun qiyofasida allaqanday malaylarga xos zalil
ifoda paydo bo‘lgandi.
Uni ko‘rib markiz xaxolab kulib yubordi, shundan so‘ng u bata-
mom Jyulenning aybidan o‘tdi.
«Agar shu yigit ham menga xiyonat qilsa, – deya o‘ylardi janob
de lya Mol, – u holda kimga inonmog‘im kerak? Axir harakat bosh-
laganingdan so‘ng kimgadir ishonmog‘ing kerak-ku. O‘g‘lim Norber
415
va uning o‘ziga o‘xshash ajoyib do‘stlarida jasorat ham, sadoqat ham
yuz ming kishiga yetib ortardi, agar jang qilish lozim bo‘lsa, ular
toj-u taxt hikoyasi uchun o‘zlarini qurbon qilgan bo‘lardilar, ularning
qo‘lidan hamma ish keladi. Faqat hozirgi daqiqada bajarish lozim
bo‘lgan ishni eplay olmaydilar, xolos. Yo‘q, to‘rt sahifa gapni yod olish
va qo‘lga tushmay to‘rt yuz-besh yuz chaqirim yo‘lni bosib o‘tishni
ulardan birontasi ham eplolmaydi. Norber o‘z ajdodlari kabi sha’niga
dog‘ tushirmay halok bo‘la oladi, biroq bu ish har bir rekrutning ham
qo‘lidan keladi-ku...»
Shundan so‘ng markiz chuqur xayolga botdi. «Unday desam,
manovi Sorel ham o‘limdan qo‘rqmaslikda Norberdan qolishmasa
kerak», – deya dilidan o‘tkazdi u va xo‘rsinib qo‘ydi.
– Yaxshi, ketdik bo‘lmasam, – dedi markiz go‘yo noxush bir xayolni
quvmoqchi bo‘lgandek.
– Afandim, – dedi Jyulen, – manovi kiyimni menga moslab qayta
tikishayotganida kamina bugungi «Kundalik» gazetasining birinchi
sahifasini yodlab oldim.
Markiz gazetani qo‘liga olgan edi, Jyulen bitta ham so‘zda xato qil-
may butun sahifani yoddan aytib berdi. «Juda yaxshi, – dedi o‘ziga-o‘zi
bugun haqiqiy diplomat bo‘lib qolgan markiz. – Hech bo‘lmaganda
yigitcha biz ketayotgan yo‘llarni eslab qolmaydi-ku».
Ular bir qismiga taxta panellar qoplanib, ba’zi joylari yashil baxmal
bilan bezatilgan ko‘rimsizgina mehmonxonaga kirib borishdi. Xona
o‘rtasida qovog‘i soliq malay katta ovqat stolini ikki yoqqa kengay-
tirmoqda edi. So‘ngra u stol ustiga allaqaysi ministrlikning sarqiti
bo‘lmish ulkan ko‘k movutni yopib, uni yozuv stoliga aylantirdi.
Uy egasi juda semiz odam edi, uning ismi biron marta ham tilga
olinmadi, Jyulenning miyasiga uning basharasi ham, nutqi ham faqat
hazmi taomni o‘ylaydigan odamni eslatadi, degan fikr keldi.
Markizning ishorasi bilan u stolning eng chetiga borib o‘tirdi.
Shunday vaziyatga munosib qiyofaga kirmoq uchun u qalamlarning
uchini ocha boshladi. U zimdan nazar tashlab, suhbatdoshlarning yetti
kishi ekanligini bilib oldi. Biroq yigitga ularning yelkalarigina ko‘rinib
turardi. Ulardan ikki kishi janob de lya Mol bilan teng odamlardek
gaplashar, qolganlari esa unga ma’lum qadar izzatini o‘rniga qo‘yib
muomala qilishar edi.
Hech qanday ma’ruzasiz yana allaqanday bir janob kirib keldi. «Juda
g‘alati-ku, – deya o‘yladi Jyulen. – Bu yerda kirib kelgan odamning ismi
416
sharifini ham aytishmas ekan. Yoki bu kaminaga nisbatan ko‘rilgan eh-
tiyot chorasimikin?» Barcha kirib kelgan odamga salom berib o‘rnidan
turdi. U ham ko‘kragiga mehmonxonada hozir bo‘lgan yana uch kishi
kabi ancha e’tiborli ordenlar taqib olgan edi. Ular juda sekin gapirish-
moqda edilar. Jyulen yangi kelgan odam haqida uning yuz tuzilishi va
qomatiga qarabgina hukm yurita olardi. Past bo‘yli, miqtidan kelgan,
ikki yuzi qip-qizil bu odamning chaqnab turgan ko‘zlarida yovvoyi
to‘ng‘izning shiddatkorligidan bo‘lak hech qanday ma’no uqib bo‘lmasdi.
Uning ortidan deyarli izma-iz kirib kelgan boshqa bir odam darhol
Jyulenning e’tiborini o‘ziga tortdi. Bu juda novcha va nihoyatda ozg‘in
bir odam edi, u egniga kamida uch yoki to‘rt jilet kiyib olgandi. Uning
ko‘zlari muloyim, xatti-harakatlari nazokatli edi.
«Yuz tuzilishi Bezanson yepiskopining xuddi o‘zginasi ekan», – deya
xayoldan o‘tkazdi Jyulen. Bu odam ruhoniylar toifasidan bo‘lib, yoshi
ellik-ellik beshlarda edi, u chindan ham avliyolarga o‘xshab ketardi.
Mehmonxonaga Agdaning yosh yepiskopi kirib keldi. U hozir
bo‘lgan odamlarga ko‘z yugurtira turib, Jyulenni ko‘rib qolgach, yuzida
kuchli hayrat aks etdi. Brey-le-Odagi sanam yurishidan buyon u Jyulen
bilan biron marta ham gaplashmagan edi. Uning bunday ajablanib qa-
rashi Jyulenni ham xijolatga soldi, ham jahlini chiqardi. «Bu qanaqasi
axir! – derdi u o‘ziga-o‘zi. – Nahot biror odamni tanishim menga doim
qandaydir to‘siq bo‘lib kelaversa? Ilgari umrim bino bo‘lib ko‘rmagan
manovi yuksak martabali odamlardan birontasi ham meni xijolatga
solayotgani yo‘q, lekin manovi yosh yepiskopning nigohidan esa naq
yuragim orqaga tortib ketyapti. Shuni tan olmog‘im kerakki, men
chindan ham qandaydir g‘alati va badbaxt bir odamman».
Sochlari qop-qora, jikkakdan kelgan bir odam mehmonxonaga
ola-tasir qilib kirib keldi-da, eshikda ko‘ringan zahoti labi labiga teg-
may sannab ketdi: uning yuzi sarg‘ish bo‘lib, o‘zi telbasifat bir kimsa
edi. Bu xudobezor vaysaqi paydo bo‘lishi bilan mehmonlar, chamasi,
uning gaplariga quloq solishdan qutulmoq uchun bo‘lsa kerak, to‘da-
to‘da bo‘lib tarqab ketishdi.
Suhbatdoshlar kamindan uzoqlashar ekanlar, asta-sekin stolning
Jyulen o‘tirgan chetiga yaqinlashib kelardilar. U borgan sayin mushkul-
roq ahvolga tushib borardi. zero, oxir-oqibatda, u qanchalar harakat
qilmasin, ularning so‘zlarini eshitmay iloji yo‘q edi va tajribasi juda
kam bo‘lishiga qaramay, yigit bu yerda ochiqdan-ochiq aytilayotgan
gaplarning naqadar muhimligini juda yaxshi tushunardi, Jyulen bu
417
yerda ko‘rib turgan yuksak martabali zotlarning hammasi bu gaplar-
ning bari qattiq sir saqlanishidan so‘zsiz manfaatdor edilar!
Jyulen, garchi qalamlarning uchini juda sekin ochishga harakat
qilayotgan bo‘lsa-da, ulardan kamida o‘ntachasini ochib bo‘lgan edi,
o‘zining dovdirab qolganini bu ish yordamida yashirishning ortiq
iloji qolmadi. U janob de lya Molning ko‘zidan biror buyruq uqib
olishga urinib bekor ovora bo‘ldi, markiz uni unutib qo‘ygan edi.
«Hozir men qilayotgan ish ularga, turgan gap, juda bema’ni bo‘lib
ko‘rinayotgan bo‘lsa kerak, – deya mulohaza yuritardi Jyulen qa-
lamlarning uchini ochishda davom etar ekan, – biroq aft-angori shu
qadar oddiy bo‘lgan bu odamlar, o‘zlari ixtiyor qilibmi yoki boshqa
birovlarning topshirig‘i bilanmi, shunday muhim ishlar bilan shug‘ul-
lanishyaptiki, nihoyatda ehtiyot bo‘lmoqlari lozim. Mening badbaxt
ko‘zlarimda, chamasi, hayrat va takallufsizlik aks etayotgan bo‘lsa
kerak, bu esa, shubhasiz, ularning izzat-nafsiga tegishi mumkin. Nuqul
yerga qarab o‘tiravergan taqdirimda esa, go‘yo ularning bironta ham
so‘zini qoldirmay eshitayotgan odamga o‘xshab ko‘rinaman».
Yigit nihoyatda esankirab qoldi, u juda g‘alati gaplarni eshitmoq-
da edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |