XVIII
Dahshatli daqiqalar
Kelib-kelib shu gaplarni menga aytdimi! Eng
mayda tafsilotlariga qadar hamma gapni hikoya
qilib beryapti. Uning shahlo ko‘zlari o‘zga bir
odamga bo‘lgan muhabbat bilan yonib, mening
ko‘zlarimga tikilib turibdi!
Shiller.
M-l de lya Mol zavqi jo‘sh urib, faqat o‘zini o‘ldirishiga sal qolgan
o‘sha ajoyib daqiqanigina o‘ylardi. U endi o‘ziga o‘zi deyarli shun-
day derdi: «U mening hukmdorim bo‘lishga munosib yigit. Axir u
meni o‘ldirishga tayyor edi. Qiziq, ehtirosning bunday po‘rtanasiga
erishmoq uchun manovi asilzoda yigitlardan nechtasini omixta qilish
kerak ekan?
Shuni tan olish kerakki, u stulga chiqib, shamshirni oboychi-deko-
rator o‘rnatgandek chiroyli qilib osib qo‘yishga harakat qilayotganida
juda chiroyli ko‘rindi. Sirasini aytsam, uni sevib qolib, uncha tentaklik
qilmagan ekanman».
Agar shu tobda munosabatni tiklash uchun bironta qulayroq
nmkoniyat tug‘ilib qolganida, qiz undan jon deb foydalangan bo‘lardi.
Jyulen eshikni ichidan qulflab olib, xonasida g‘ussa chekib o‘tirardi.
Ba’zan uning xayolidan, borib oyog‘iga yiqilsammikin, degan bema’ni
fikr lip etib o‘tardi. Agar xonasida biqinib o‘tirish o‘rniga yigit uyni
aylangani yoki bog‘da sayr qilgani chiqqanida va shu yo‘sinda taso-
difdan o‘zini olib qochmaganida, ehtimol, qandaydir birgina daqiqa
uni cheksiz g‘ussadan xalos etib, benihoya xursand qilib yuborgan
bo‘lardi.
Biroq Jyulen uzoqni ko‘ra biladigan tadbirkor yigit bo‘lganida, – biz
unda xuddi shu xislatning yo‘qligi uchun ta’na qilayotirmiz-ku axir,
– u shunday olijanob bir jo‘shqinlik bilan shamshirga yopishmagan
bo‘lardi, m-l de lya Molga esa uni xuddi ana shu harakati chiroyli qilib
ko‘rsatgan edi. Qizning Jyulen uchun maqbul bo‘lgan bir kayfiyati
kuni bo‘yi uni tark etmadi. Matilda ko‘zlarini yumib, uni sevgan qis-
qa daqiqalarni eslar ekan, o‘sha shirin onlarni takrorlanmasligidan
afsuslanardi.
390
«Rostini aytganda, – deya mulohaza yuritardi u, – boyaqish bo-
lani sevishim, agar bunga uning ko‘zi bilan qaralsa, cho‘ntagini o‘sha
to‘pponchalarga to‘ldirib narvondan oldimga chiqqan kechasi soat
birdan ertalab soat to‘qqizgacha davom etdi, xolos. Chorak soatdan
so‘ng esa, Sent-Valer cherkovida ibodat tinglar ekanmiz, u do‘q-po‘pisa
yordamida meni o‘ziga tobe qilishni xayol qilmasa edi, deya o‘ylay
boshladim».
Tushki ovqatdan so‘ng m-l de lya Mol Jyulendan o‘zini olib qoch-
digina emas, aksincha, o‘zi birinchi bo‘lib u bilan so‘zlasha boshladi va
yigitga boqqa chiqib sayr qilishga qarshi emasligini shama qildi. Yigit
itoat etdi. Unga ana shu sinov yetmay turuvdi. Matilda, o‘zi sezmagan
holda, uni yana Jyulenga moyil qilayotgan o‘sha tuyg‘uga berilmoqda
edi. U yigit bilan yonma-yon borishdan nihoyatda huzur qilar va bu-
gun ertalab uni o‘ldirish uchun shamshirni qinidan sug‘urgan manovi
qo‘llarga qiziqib qarab-qarab qo‘yardi.
Biroq oralarida sodir bo‘lgan shuncha voqealardan keyin ilgarigi
samimiy suhbat haqida gap ham bo‘lishi mumkin emasdi.
Sekin-asta Matilda do‘stona bir rostgo‘ylik bilan unga o‘zining
ishqiy kechinmalari haqida hikoya qila boshladi; bu suhbat unga
qandaydir tushunib bo‘lmas bir lazzat bag‘ishlardi. Qiz shu qadar
berilib ketdiki, bir vaqtlar qanday qilib avval janob de Kruaznua
va janob de Kaylyusga bir lahza ko‘ngil qo‘yganini hikoya qila
boshladi
– Nima dedingiz? Janob Kaylyusga hammi?! – deya xitob qildi
Jyulen. Uning bu so‘zlarida rad etilgan o‘ynashning rashki aks etdi.
Matilda ham uning so‘zlarini shu ma’noda tushundi va sira xafa
bo‘lmadi.
Qiz o‘zining avvalgi oshiq-ma’shuqliklari haqida batafsil hikoya
qilib, Jyulenning dilini o‘rtashda davom etar ekan, bu hikoyalar ni-
hoyatda samimiy va haqqoniy eshitilardi. Yigit Matildaning chindan
ham ko‘z o‘ngida jonlanayotgan xotiralarni hikoya qilayotganini
yaq qol his etib turardi. U qizning o‘z xotiralarini o‘rtoqlasha turib,
o‘z yuragida ham kutilmagan kashfiyotlar qilayotganini ko‘rib turar
va iztirob chekar edi.
U rashk o‘tida yonmoqda edi.
Raqibingizning sevilishi haqida o‘ylashning o‘zi bir azob, biroq
sevimli ayolning tilidan bu sevgining tafsilotlarini eshitishga inson-
ning bardosh berishi qiyin bo‘lar ekan.
391
O, o‘shanda g‘ururi junbishga kelib, o‘zini bu Kaylyus va Kruaznua-
lardan yuqori deb o‘ylagani uchun u endi qanday jazosini tortyapti!
U endi ularning eng arzimas ustunliklarini ham nihoyatda dard-alam
bilan ko‘klarga ko‘tarib maqtashga tayyor edi! O‘zidan esa astoydil
nafratlanardi!
Matilda unga dunyoda tengi yo‘q qiz bo‘lib ko‘rinar va Jyulenning
unga qoyil qolishini ifodalamoq uchun munosib so‘z topolmaydigan-
dek tuyulardi. U qizning yonida borar ekan, zimdan uning qo‘llari,
uning yelkalari, sambitdek qaddi-qomatiga qarab-qarab qo‘yardi. Shu
tobda u sevgi va qayg‘udan qaddi bukilib, uning oyog‘iga yiqilishga
va «Rahm qil!» deya qichqirishga tayyor edi.
«Barchadan ustun turadigan ana shu go‘zal qiz meni bir marta
sevgan edi, endi esa u shubhasiz janob de Kaylyusga ko‘ngil qo‘ymoq-
chi bo‘lib yuribdi».
Jyulen m-l de lya Mol aytayotgan so‘zlarning samimiy ekanligiga
ishonmay iloji yo‘q edi, zero qizning barcha gaplari juda ishonarli va
haqqoniy eshitilmoqda edi. Shu payt Matilda bir vaqtlar janob de Kay-
lyusga nisbatan his etgan tuyg‘ularini tushunib olishga harakat qilar
ekan, go‘yo Jyulenning qayg‘u to‘la sabr kosasini yanada to‘ldirmoqchi
bo‘lgandek shu tuyg‘ularni xuddi hozir his etayotgan bo‘lib hikoya
qila boshladi. Uning tovushida, uning so‘z ohanglarida muhabbat aks
etmoqda edi. Jyulen buni yaqqol his etib turardi.
Agar shu tobda Jyulenning ko‘ksiga eritilgan qo‘rgoshin quyishgan
taqdirda ham u kamroq azob chekkan bo‘lardi. Qayg‘udan es-hushini
yo‘qotgan boyaqish yigit m-l de lya Mol o‘z xotiralarini u, ya’ni Jyulen
bilan o‘rtoqlashayotgani uchungina janob de Kaylyus yoki janob de
Kruaznuaga bir lahza ko‘ngil qo‘yganini shunday mamnuniyat bilan
eslayotganini qayoqdan bilsin.
Jyulenning naqadar hasrat chekayotganini tasvirlashga til ojizlik
qiladi. Yigit Matildaning batafsil dil rozini, o‘zgalarga nisbatan sevgi
iqrorini bundan atigi bir necha kun ilgari, mana hozir soat birga zang
uradi-yu, men qizning oldiga, uning xonasiga chiqaman, deya kutib
turgan xuddi o‘sha ikki chetida arg‘uvon o‘sgan xiyobonda turib tin-
glamoqda edi. Inson chekadigan azob-uqubatning ham cheki bo‘ladi
– yigit ana shu marraga yetib qolgan edi.
Bu shafqatsiz rostgo‘ylik bir hafta davom etdi. Matilda goh uni
o‘zi suhbatga tortar, goh u bilan so‘zlashmoq uchun bironta qulay
bahonadan foydalanar va ikkoviga ham qandaydir achchiq bir lazzat
392
bag‘ishlaydigan bu suhbatlarning mavzui doim bitta bo‘lib, qizning
o‘zgalarga bo‘lgan muhabbatining tasviridan iborat edi. Qiz Jyulenga
o‘zi bir vaqtlar yozgan maktublarning mazmunini hikoya qilar, ular-
ni so‘zma-so‘z eslar, butun-butun jumlalarni yoddan aytib berardi.
So‘nggi kunlarda u Jyulenga qandaydir makkorona bir quvonch
bilan qarab qo‘yayotgandek tuyulardi. Yigit chekayotgan iztiroblar
shubhasiz, unga huzur bag‘ishlamoqda edi. Qiz bu iztiroblarda, o‘z
hukmdorining zaifligini ko‘rardiki, demak, unga bo‘lgan sevgiga izn
berishi mumkin edi.
Jyulenning hech qanday hayotiy tajribasi yo‘qligini kitobxon
yaxshi biladi, u hatto romanlar ham o‘qimasdi, agar u xiyol ziyrakroq
bo‘lib, biroz sovuqqonlik bilan ish tutganida, u o‘zi sajda qiladigan va
shu kunlarda unga shunday g‘aroyib gaplarni hikoya qilib yurgan bu
qizga: «To‘g‘ri, men barcha bu janoblar bilan tenglasha olmayman,
lekin har qalay siz meni sevasiz-ku...» degan bo‘lardi.
Qiz ko‘nglidagi gapni shunday bilib olishganidan, ehtimol, xursand
ham bo‘lardi, jillaqursa, uning muvaffaqiyat qozonishi faqat bu gapni
o‘rnini topib turib, qanchalik ta’sirli qilib aytishiga bog‘liq edi. Har
qalay u bu ahvoldan qutulib, ancha naf ko‘rgan bo‘lardi, zero uning
bu kayfiyati o‘zining bir xilligi bilan asta-sekin Matildaning joniga
tega boshlagandi.
– Siz endi meni sirayam sevmaysizmi, axir men sizga sajda qilishga
ham tayyorman-ku? – dedi bir kuni Jyulen ana shunday uzoq sayr
qilishganidan so‘ng sevgi va hasratdan es-hushini yo‘qotib. Bundan
ham bema’niroq gapni o‘ylab topishning o‘zi qiyin bo‘lsa kerak.
Bu so‘zlar m-l de lya Molning yigitga ishqiy mojarolarini hikoya
qilayotgan paytida his etadigan lazzatini bir zumda yo‘q qilib yubordi.
Bo‘lmasam qiz oralarida o‘tgan shuncha gap-so‘zlardan so‘ng Jyulen-
ning bu hikoyalarni eshitib ranjimayotganiga ajablana boshlagan va
u o‘sha ahmoqona jumlani aytishidan sal oldin miyasida, ehtimol, u
meni ortiq sevmay qo‘ygandir, degan shubha tug‘ilgan edi. «Chamasi,
g‘ururi sevgisidan ustun kelgan bo‘lsa kerak, – deya o‘ylardi qiz. – Gar-
chi ular mendan ancha ustun, deb ishontirmoqchi bo‘lsa-da, u anovi
de Kaylyus, de Lyuz, de Kruaznua kabi arzimas odamlarni o‘zidan
afzal ko‘rishayotganiga osongina chidab turadigan yigitlardan emas.
Yo‘q, endi men uni oldimda tiz cho‘kkan holda sira ko‘rmasam kerak!»
Oxirgi kunlarda Jyulen umidsizlikka tushib, bir necha bor qizga
anovi kavalerlarning ajoyib fazilatlarini chin ko‘ngildan, samimiyat
393
bilan ko‘klarga ko‘tarib maqtagan, hatto bu xususda biroz mubolag‘a
ham qilgan edi. Bu mubolag‘a m-l de lya Molning e’tiboridan chetda
qolmadi, qiz bu gaplardan hayratga tushdi. Sevgi bilan baxtiyor qilin-
gan o‘z raqibini ta’rif-tavsif qilar ekan, Jyulenning iztirobga tushgan
qalbi uning bu baxtiga sherik bo‘lishga intilardi.
Biroq uning shu qadar samimiyat bilan va shu qadar o‘ylamay
aytgan bu so‘zlari hamma ishni bir zumda o‘zgartirib yubordi. Matilda
o‘zini hamon sevishlariga ishonch hosil qilgach, darhol undan butun-
lay nafratlana boshladi.
Ular bog‘da birga sayr qilib yurishgan edi, ammo Jyulen o‘sha
bema’ni jumlani aytgan zahoti, qiz darhol uni tark etdi. U keta turib
yi gitga yeb yuborgudek bo‘lib nigoh tashladi. Kechqurun mehmon-
xonada u Jyulenga biron marta ham o‘girilib qaramadi. Ertasi kuni qiz
qalbida nafratdan bo‘lak hech qanday tuyg‘u his etmadi, hozirga qadar
butun bir hafta davomida uni Jyulen bilan do‘stona munosabatda
bo‘lishga chorlagan va uning diliga quvonch bag‘ishlagan moyillikdan
asar ham qolmagan edi, u yigitga qarasa hatto ko‘ngli behuzur bo‘lar-
di. Ish shu darajaga borib yetdiki, tez orada Matilda undan jirkana
boshladi ham, uning Jyulenga ko‘zi tushib qolganida qalbini qanday
cheksiz nafrat qoplashini hatto tasvirlash ham qiyin edi.
Jyulen Matildaning dilida sodir bo‘layotgan gaplarni sira tushuna
olmasdi, biroq uning sezgir nafsoniyati bu nafratni darhol his etdi.
Uning qizga iloji boricha kamroq ko‘rinishga aqli yetdi va o‘zi ham
Matildaga mutlaqo qaramay qo‘ydi.
Biroq o‘zining Matilda bilan aloqani butunlay uzishga majbur
etish uning uchun koni azob edi. U dilidagi dahshatli dard-alamga
dosh berish yanada qiyinlashganini yaqqol his etib turardi. «Axir
inson matonatining ham cheki bo‘ladi-ku, – derdi u o‘ziga o‘zi, – bu
azobga ortiq chidayolmayman». U ba’zi kunlari ertalabdan kechgacha
mansardaning panjara tutilgan kichik derazasi oldida o‘tirardi: har
qalay bu yerdan ahyon-ahyonda boqqa sayr qilgani chiqqan m-l de
lya Molni ko‘rish mumkin edi.
Ba’zan tushki ovqatdan so‘ng qiz janob de Kaylyus, janob de Lyuz,
yoki u o‘zining avvalgi oshiq-ma’shuqliklari haqidagi hikoyalarida
nomini tilga olgan boshqa bironta yigit bilan boqqa chiqqanini
ko‘rganida yigitning holi ne kechganini bilsangiz edi!
Jyulen ilgari shu qadar cheksiz iztirob chekish mumkinligini tasav-
vur ham qilmagandi, shu topda u dod deb yuborishga ham tayyor edi,
394
bu sobitqadam yigitning yuragi nihoyatda tilka-pora bo‘lib ketgandi,
uning sog‘ joyi qolmagandi.
Har qanday fikr-mulohaza, agar u m-l de lya Mol bilan bog‘liq
bo‘lmasa, uning nafratini qo‘zg‘atadigan bo‘lib qolgandi, shu turishda
u hatto eng oddiy xatni ham yoza olmasdi.
– Es-hushingiz joyidami o‘zi! – dedi unga bir kuni markiz.
Bironta odam uning bu ahvolga tushish sababini sezib qolishidan
qo‘rqib ketgan Jyulen, tobim qochib turibdi, deya bahona qilgan edi,
uning g‘apiga ishonib qo‘ya qolishdi. Yigitning baxtiga, markiz tushki
ovqat payti uning bo‘lajak sayohati haqida hazil qila boshladi. Matilda
bu sayohatning uzoqqa cho‘zilishi mumkinligini tushundi. Jyulen bir
necha kundan beri undan o‘zini chetga olib yurar, doim rangi oqarib
ma’yus yuradigan va bir vaqtlar uning seviklisi bo‘lgan bu yigitga ye-
tishmaydigan barcha fazilatlar sohibi bo‘lmish anovi ko‘rkam yigitlar
esa qizni parishonlikdan xalos etisha olmasdi.
«Oddiy bir qiz, – derdi u o‘ziga-o‘zi, – qalliqni mehmonxonalarda
barchaning e’tiborini o‘ziga qaratadigan xuddi ana shu yigitlar orasi-
dan tanlagan bo‘lardi, biroq qalbi yuksak inson boshqalardan fikrining
xuddi ana shu o‘rtamiyona odamlar solgan so‘qmoqdan yurmasligi
bilan ham ajralib turadi.
Agar Jyulendek bir odamning rafiqasi bo‘lsam (unga davlat
yetishmaydi xolos, men esa badavlatman), men muttasil hamma-
ning e’tiborini o‘zimga tortib turaman, hayotim barchaning diqqat
markazida bo‘ladi. Men xizmatkorlaridan qo‘rqadigan va karetani
yomon haydayotgan ko‘chirg‘a o‘shqirishga ham jur’at etmaydigan
xolavachchalarim kabi doim revolyutsiya oldida qaltirab turmayman,
aksincha, so‘zsiz, qandaydir rol o‘ynayman, rol bo‘lganda ham yirik
rol o‘ynayman, zero men tanlagan odam irodasi mustahkam va g‘oyat
shuhratparast yigit. Unga nima yetishmaydi? Do‘stlarmi, pulmi? Men
unga unisini ham, bunisini ham topib beraman».
Biroq o‘zining Jyulen haqidagi bu fikr-mulohazalarida qiz uni
istagan paytda va xohlaganicha baxtiyor qilish mumkin bo‘lgan va
sevgisiga shubhalanish hatto xayoliga ham kelmaydigan qandaydir
past tabaqa kishisi sifatida tasavvur qilardi.
395
Do'stlaringiz bilan baham: |