XVII
Ko‘hna shamshir
I now mean to be serious, – it is time.
Since 1aughter now-a-days is deem’d too serious
A jest at Vice by Vittue’s call’d a crime.
Don Juan, c. XIII, st. 71.
44
U tushki ovqatga chiqmadi. Kechqurun u mehmonxonada bir
daqiqa paydo bo‘ldi-yu, lekin Jyulenga hatto qiyo ham boqmadi. Uning
o‘zini bunday tutishi yigitga juda g‘alati tuyuldi. «Darvoqe, – deya
o‘ylardi u, – ochig‘ini aytsam, kiborlar jamiyatining barcha bu odob
qoidalarini men har kuni kuzatadigan eng oddiy narsalar orqaligina
bilaman. Keyin uning o‘zi bu gaplarning barini tushuntirib beradi,
44
Yig‘ib olay es-hushim, hozir kulguni har goh
Qattiq qoralaydilar. Yaxshilig-u hazilni
Illatlardan ko‘p baland qo‘ymoq gunohdir, gunoh.
B a y r o n. Don Juan, XIII bob, 71-band.
384
albatta». Biroq u qizning bu xatti-harakatiga juda qiziqib qolib, Matil-
daning yuzidagi ifodaga diqqat bilan tikildi. Jyulen shu tobda uning
ters va badjahl ekanligini o‘zicha e’tirof etmay iloji yo‘q edi. Albatta,
bu kecha u tunda sevgi ehtiroslariga berilgan yoki o‘zini shunday
qilib ko‘rsatgan ayolga mutlaqo o‘xshamasdi. O‘shanda Matilda bu
ehtiroslarga shu qadar jon-jahdi bilan berilgan ediki, Jyulenning dilida
uning samimiyligiga shubha tug‘ilgandi.
Ertasi kuni, indini ham qiz o‘zini shundoq sovuq tutdi, u Jyulenga
qaramasdi, uni ko‘rishni mutlaqo istamasdi! Dilidagi bezovtalikdan
azob cheka boshlagan Jyulen birinchi kuni uni juda ruhlantirib yubor-
gan o‘sha g‘olibona his-tuyg‘ulardan o‘zini benihoya uzoq his etardi.
«Bokiralik yo‘lidan chetga chiqqaniga pushaymon bo‘lmayaptimikan
ishqilib?» – deya o‘ylardi Jyulen. Biroq takabbur Matildaga nisbatan
bunday taxmin qilish unga kaltabinlikdek tuyulardi.
«Kundalik hayotda u dinni mutlaqo tan olmaydi, – deya muhokama
yuritardi yigit. – U shunchaki tabaqasiga foydali bo‘lgani uchungina
dinga ixlos qo‘ygan.
Ehtimol, u shunchaki ayollarga xos injiqlik yuzasidangina shun-
day tuzatib bo‘lmas ish qilib qo‘yganidan qattiq afsuslanayotgandir».
Jyulenning nazarida, u qizning hayotidagi birinchi oshiq edi.
«Biroq, – derdi u o‘ziga bir necha daqiqadan so‘ng, – men, rostini
aytsam, uning xulq-atvorida hech qanday soddalik, hech qanday
ma’sumalik yoki nazokatni sezmayapman. Hali hech qachon uning
o‘zini shunday hozirgina taxtdan tushib kelgan qirolichadek tutganini
ko‘rmagan edim. Mendan nafratlanmayotganmikin ishqilib! Bu ish
uning qo‘lidan keladi: axir u mening zoti past ekanligimni eslab, qilgan
ishidan pushaymon bo‘lishi mumkin-ku».
Turli kitoblardan o‘qib olingan va o‘zining Verrer xotiralariga
asoslangan soxta tasavvurlari oqibatida Jyulen o‘z xayolida seviklisi-
ni baxtiyor qilganidan so‘ng butun borligini unutib qo‘yadigan yor
haqida o‘ylab yurar ekan, Matildaning junbishga kelgan g‘ururi unga
qarshi isyon ko‘tarmoqda edi.
O‘tgan shu ikki oy mobaynida qiz sira zerikmagani tufayli zeri-
kishdan qo‘rqmay qo‘ygandi va shu yo‘sinda Jyulen o‘zining eng katta
ustunligidan mahrum bo‘lgandi. Yigitning o‘zi esa bundan mutlaq
bexabar edi.
«Shunday qilib, men o‘zimga hukmdor orttirib oldim, – derdi
o‘ziga-o‘zi m-l de lya Mol iztirob chekib, xonasida u yoqdan-bu yoq qa
385
yurar ekan. – U nihoyatda olijanob yigit, bularning bari juda yaxshi
albatta, lekin biror gap bilan uning izzat-nafsiga qattiqroq tegsam
bormi, oramizdagi munosabatni oshkor qilib, mendan o‘ch oladi».
Asrimizning boshiga bitgan balo ham ana shunda: hatto eng tel-
ba-teskari ishlar ham kishini zerikishdan xalos eta olmaydi. Jyulen
Matilda ko‘ngil qo‘ygan birinchi yigit edi. Hayotida shunday hol sodir
bo‘lganida hatto eng bag‘ritosh odamlar ham shirin orzu-istaklarga
beriladigan bir paytda qiz qayg‘uli o‘y-xayollarga botib qolgandi.
«Men unga tobe bo‘lib qoldim, zero uning hukmronligi qo‘rquv-
ga asoslangan. Agar toqatini toq qilgudek bo‘lsam, u meni qattiq
jazolashi mumkin». Qizning Jyulenni yomon ko‘rib qolishi uchun shu
fikrning o‘zi ham kifoya qilardi, chunki uning tabiatidagi asosiy xislat
jasurlik edi. U o‘z kelajagini xavf ostiga qo‘yish haqida o‘ylagan zahoti
jonlanib ketardi va muttasil qaytalab turadigan zerikish dardidan
forig‘ bo‘lardi.
Uchinchi kuni m-l de Mol qaysarlik bilan unga qarashni is-
tamayotganini ko‘rgan Jyulen uning kayfiyatiga xilof ish qilayot-
gan bo‘lsa-da, tushki ovqatdan so‘ng qiz ortidan bilyardxonaga
kirdi.
– Bu deyman, taqsir, – dedi Matilda g‘azabini arang bosib, – agar
siz bilan so‘zlashishni istamayotganimni ko‘ra-bila turib men bilan
gaplashmoqchi bo‘layotgan ekansiz, meni o‘zingizga tobe qilib oldim,
deb o‘ylayapsiz shekilli? Dunyoda hali hech kim bunday beadablik
qilishga jur’at etmaganidan xabaringiz bormi o‘zi?
Bu ikki o‘ynashning suhbatidan ham kulgiliroq narsani tasavvur
qilishning o‘zi qiyin bo‘lsa kerak, ular o‘zlari ham sezmagan holda
bir-birlaridan qattiq nafratlana boshladilar. Ularning ikkovi ham
betoqat odam bo‘lgani, shu bilan birga, qiz ham, yigit ham odob
saqlashga o‘rganib qolgani boisidan gapni cho‘zib o‘tirmay, bir-birlariga
nisbatan ko‘ngillari mutlaqo soviganini e’lon qilishdi.
– Ont ichaman, bu gaplarning bari umrbod sir bo‘lib qoladi, – dedi
Jyulen. – Yana shuni ham aytib qo‘yayki, agar bunday ko‘zga yaqqol
tashlanadigan keskin o‘zgarish tufayli sha’ningizga dog‘ tushishi
mumkinligini o‘ylamaganimda bundan buyon sizga bir og‘iz ham so‘z
aytmagan bo‘lardim. – U ehtirom bilan ta’zim qildi-da, bilyardxonadan
chiqib ketdi.
Shu paytga qadar u o‘z burchi deb hisoblaydigan narsaga osongina
amal qilib kelardi, u m-l de lya Molni chindan ham sevishi mumkin-
386
ligini hatto xayoliga ham keltirmagandi. So‘zsiz, uch kun burun uni
qimmatbaho yog‘ochdan ishlangan katta shkafga yashirib qo‘yganida
Jyulen hali qizni sevmasdi. Biroq ular bir umrga arazlashib qolish-
ganini tushungach, yigitning dilidagi barcha his-tuyg‘ular bir zumda
ayqash-uyqash bo‘lib ketdi.
Uning shafqatsiz xotirasi darhol aslida Jyulenning qalbiga sira
ham ta’sir etmagan o‘sha tunning barcha tafsilotlarini jonlantira
boshladi.
Ular orani ochiq qilishganidan so‘ng bir kun o‘tgach, tunda Jyulen
m-l de lya Molni sevishini o‘zicha tan olishga majbur bo‘lib, aqldan
ozay dedi.
Bu kashfiyotdan so‘ng uning dilida shunday dahshatli bir ichki
kurash boshlandiki, go‘yo barcha his-tuyg‘ulari oyog‘i osmondan
bo‘lib ketgandek tuyuldi.
Oradan bir hafta o‘tdi: u endi mag‘rurlik bilan janob de Kruaz-
nuaga parvo qilmay yurish o‘rniga uning quchog‘iga otilishga va
raqibining ko‘ksiga bosh qo‘yib yig‘lashga tayyor edi.
U boshiga tushgan bu kulfatga biroz ko‘nikib qolgach, es-hushini
yig‘ib oldi-da, Langedokka jo‘nashga ahd qildi. U narsalarini yo‘l
sandig‘iga joylab, pochta hovlisiga jo‘nadi.
Pochta stansiyasida unga, omadingiz bor ekan, ertaga Tuluzaga
jo‘naydigan pochta karetasida bitta bo‘sh joy bor, deb aytishganida
yigit hushidan ketib yiqilishiga sal qoldi. U o‘sha joy uchun pul to‘la-
di-da, markizga o‘zining jo‘nab ketayotganini xabar qilib qo‘ymoq
uchun de lya Mol saroyiga qaytdi.
Janob de lya Mol uyda yo‘q ekan. Jyulen nafasi ichiga tushib, uni
kutib turmoq uchun kutubxonaga yo‘l oldi. Yigit u yerda m-l de lya
Molni ko‘rib qolganida holi ne kechganini bilsangiz edi!
Uni ko‘rgach, qizning yuzida shunday bir adovat aks etdiki, bu
tuyg‘uning yigitga qaratilganiga hech qanday shubha bo‘lishi mumkin
emasdi.
Kutilmagan bu uchrashuvdan esankirab qolgan Jyulen, alam
shiddatidan o‘zini tutib turolmay, qalb qa’ridan chiqqan muloyim
bir tovush bilan dedi:
– Demak, meni ortiq sevmas ekansiz-da?
– Birinchi duch kelgan odamga iffatimni qurbon qilganimni o‘ylab,
hali ham dahshatdan o‘zimga kelolmayapman! – dedi Matilda va
o‘zidan g‘azablanib yum-yum yig‘lay boshladi.
387
– Birinchi duch kelgan odam deysizmi? – deya qichqirdi Jyulen
va nodir buyum sifatida kutubxonada saqlanadigan o‘rta asrlarda
ishlangan ko‘hna shamshir tomon tashlandi.
M-l de lya Mol bilan gaplasha boshlaganda Jyulenga butun vujudini
sirqiratgan iztirobga toqat qilib bo‘lmaydigandek tuyulgan edi, biroq
qizning oriyat qilib yig‘layotganini ko‘rgach, bu iztirob yuz chandon
kuchaydi. Agar Jyulen hozir qizni o‘ldira olganida edi, o‘zini eng bax-
tiyor odam deb hisoblagan bo‘lardi.
U xiyol kuchanib shamshirni ko‘hna qinidan sug‘urib olgan o‘sha
daqiqada bunday kuchli hissiyotdan quvongan Matilda u tomon
mag‘rur qadam tashladi: uning ko‘zlaridagi yosh bir zumda quri-
di-qo‘ydi.
Shu payt Jyulen birdan o‘z homiysi markiz de lya Molni esladi.
«Men uning qizini o‘ldirishimga sal qoldi! – deya o‘yladi u. – Qandan
dahshat!» Shundan so‘ng u shamshirni bir chetga qarab itqitmoqchn
bo‘ldi. «Albatta, hozir u bunday melodramatik harakatni ko‘rib, rosa
xaxolab kuladi», – deya xayolidan o‘tkazdi yigit. Shuni o‘ylagach, u
o‘zini ancha bosib oldi. U, zang bosgan joyi yo‘qmikin, degandek,
shamshirning tig‘ini diqqat bilan ko‘zdan kechirdi-da, so‘ngra uni
qayta qiniga soldi va xotirjam bir qiyofada uni o‘z joyiga, tilla suvi
yugurtirilgan birinj mixga osib qo‘ydi.
Yigitning oxiriga borib juda sekinlashgan bu harakatlari bir
daqiqacha davom etdi. M-l de lya Mol unga hayratlanib qarab turardi:
«Shunday qilib, o‘lishimga bir bahya qoldi, meni o‘z o‘ynashim o‘ldiray
dedi!» – deya o‘ylardi qiz.
Bu xayol uni Karl IX va Genrix III larning yiroq va ajoyib zamo-
nasiga olib ketdi.
Qiz hozirgina shamshirni joyiga osib qo‘ygan Jyulenning qarshi-
sida qimir etmay, unga tikilib turardi. Biroq endi uning ko‘zlarida
boyagi nafrat sezilmasdi. Shuni tan olmog‘imiz kerakki, u shu tobda
juda go‘zal ko‘rinardi, har qalay hozir sira ham uni Parij qo‘g‘irchog‘iga
o‘xshatib bo‘lmasdi. Jyulenning tilida esa bu ibora parijlik ayollar
tabiatidagi o‘zi yoqtirmaydigan xuddi o‘sha xislatlarni ifoda etardi.
«Yana unga moyil bo‘lib qolmasam edi, – deya xayolidan o‘tkazdi
Matilda. – Hozir u bilan shunday jiddiy so‘zlashganimdan so‘ng uning
mayliga itoat etsam bormi, u darhol o‘zini mening hukmdorim deb
o‘ylay boshlaydi». Qiz shu gaplarni xayolidan o‘tkazdi-yu, yugurga-
nicha kutubxonadan chiqib ketdi.
388
«Yo Rabbim, buncha go‘zal bo‘lmasa u! – deya o‘ylardi Jyulen
qizning ortidan qarab qolar ekan. – Shundan mahliqo bundan atigi
ikki hafta burun ehtiros bilan mening quchog‘imga otilgan edi... Endi
o‘sha onlar sira ham qaytib kelmaydi, hech qachon takrorlanmaydi!
Bunga esa o‘zim aybdorman! O‘zim uchun shu qadar muhim, shu
qadar g‘aroyib bo‘lgan o‘sha voqeaning eng hal qiluvchi daqiqasida
men o‘zimni mutlaqo ishqi yo‘q odamdek tutdim!.. Shuni tan olmog‘im
kerakki, Tangri meni qandaydir, nihoyatda notavon, baxti qaro qilib
yaratgan ekan».
Kutubxonaga markiz kirib keldi, Jyulen shoshilib unga o‘zining
safarga jo‘nayotganini xabar qildi.
– Qayoqqa? – deb so‘radi janob de lya Mol.
– Langedokka.
– Yo‘q, ma’zur tutasiz, sizga muhimroq ish topshirmoqchiman.
Agar biror yoqqa jo‘nagan taqdiringizda ham faqat shimol tomon
jo‘naysiz... hatto bundan ham ochiqroq qilib aytishim mumkin:
harbiychasiga aytganda, men sizni uy qamog‘iga o‘tqazib qo‘yaman.
Marhamat qilib, menga uydan kuniga ikki-uch soatdan ortiq chiqib
ketmaslikka va’da bering, siz menga har daqiqa kerak bo‘lib qolishin-
giz mumkin.
Jyulen ta’zim qildi-da, bir og‘iz ham so‘z aytmay chiqib ketdi,
markiz buni ko‘rib g‘oyatda ajablandi; hozir Jyulenning gapiradi-
gan holi yo‘q edi, u xonasiga kirib, eshikni ichidan qulflab oldi. Bu
yerda endi unga voqealarni istagancha bo‘rttirib tasavvur qilishi-
ga va o‘zining cheksiz baxti qoraligidan nolishga hech nima xalal
bermasdi.
«Mana endi hatto jo‘nab ham keta olmayman, – derdi u. – Markiz
meni Parijda yana qancha ushlab turishini yolg‘iz Xudoning o‘zi biladi.
Yo Rabbim, ahvolim ne kechadi endi? Maslahatlashay desam, bironta
do‘stim ham yo‘q. Abbat Pirar birinchi jumladayoq og‘zimga uradi, graf
Altamira esa, meni bu fikrlardan chalg‘itmoq uchun bironta fitnaga
qatnashmoqlikni taklif etadi. Axir men aqldan ozyapman, ha, aqldan
ozayotganimni yaqqol sezib turibman. Kim menga dalda berishi
mumkin? Endi nima qilay? Ahvolim ne kechadi endi?»
389
Do'stlaringiz bilan baham: |