Men bu ishni bajaradurmen, degan o‘sha muhim jumladan so‘ng
o raga cho‘kkan sukunatda yarim kechaga zang urildi. Jyulenga soat-
ning bu zang urishida qandaydir ulug‘vor va mash’um bir ma’no
bordek tuyuldi. U hayajonga tushgan edi.
Tez orada muzokaralar yana davom etib, notiqlar endi nihoyatda
jo‘shqin, eng muhimi esa, juda ochiqchasiga so‘zlashmoqda edi. «Bu
odamlar oxir-oqibatda meni zaharlab o‘ldirishadi, – deya o‘ylardi
ba’zan Jyulen. – Bunday gaplarni plebey oldida aytishga qanday jur’at
etishayotganiykin axir?»
Soat ikkiga zang urdi, ular esa hamon tinimsiz gapirishmoqda edi.
Uy egasi allaqachon xurrak ota boshlagandi, janob de lya Mol qo‘ng‘ir-
oq chalib, yangi sham keltirishlarini buyurdi. Ministr janob de Nerval
chorak kam ikkida chiqib ketdi. Biroq u ketishdan oldin o‘zi o‘tirgan
stuldan sal naridagi devorga o‘rnatilgan toshoynada aks etib turgan
Jyulenning basharasiga bir necha bor diqqat bilan tikilib oldi. Ministr
chiqib ketgan zahoti hamma o‘zini birmuncha yengilroq his etdi.
Shamdonlarga yangi shamlarni o‘rnatishar ekan, qo‘sha-qo‘sha
jilet kiygan odam qo‘shnisiga qarab ohista dedi:
– Xudo bilsin, bu odam borib qirolga nimalar derkin. U bizni ah-
moqona ahvolga solib qo‘yishi va hamma ishni barbod qilishi mumkin.
Ochig‘ini aytish kerak, uning bu yerga kelishi ortiq darajada o‘ziga
ishonish va, hatto, surbetlikdir. U ministrlikka ko‘tarilishdan avval
ham bu yerga kelib turardi, lekin ministrlik portfeli har qalay hamma
429
ishni o‘zgartirib yuboradi, odam o‘zining barcha bo‘lak manfaatlarini
unga qurbon qiladi. Janob de Nerval buni tushunmog‘i kerak edi.
Ministr chiqib ketishga ulgurmasdanoq bonapartchi general
ko‘zlarini yumib oldi. So‘ngra u o‘zining sog‘lig‘i, eski jarohatlari
haqida so‘z ochdi-da, soatiga qarab olib, g‘oyib bo‘ldi.
– Bas boylashim mumkinki, – dedi qo‘sha-qo‘sha jilet kiygan
odam, – general hozir ministrning ortidan yugurib ketdi. U bu yerga
kelgani uchun o‘zini oqlashga harakat qiladi va bizni o‘z qo‘lida ushlab
turgani haqida ministrni ishontirmoqchi bo‘ladi.
Mudroq malaylar, aloha yangi shamlarni yoqib qo‘yishgach, rais
so‘z oldi.
– Endi bir xulosaga kelmog‘imiz kerak, janoblar. Bir-birimizni
fikrimizdan qaytarmoqchi bo‘lib, shuncha bahslashganimiz yetar.
Yaxshisi, qirq sakkiz soatdan so‘ng chet ellik do‘stlarimizga topshiri-
lajak notaning mazmuni to‘g‘risida o‘ylab ko‘raylik. Bu yerda ministr-
lar haqida gapirishdi. Endi, janob de Nerval bu yerni tark etgach,
ochig‘ini aytishimiz mumkin: ministrlar bilan nima ishimiz bor? Biz
ularni o‘zimiz nima istasak, shunday fikr yuritishga majbur etamiz.
Kardinal nozik tabassum bilan uning gapini ma’qulladi.
– Menimcha, o‘z nuqtayi nazarimizni bayon qilib berishdan osoni
yo‘q, – dedi Agdaning ko‘zlarida o‘taketgan mutaassiblikning pinhona
olovi yonib turgan yosh yepiskopi. Shu paytga qadar u churq etib
og‘iz ochmagandi. Uni kuzatib o‘tirgan Jyulen yepiskopning yuvosh
va muloyim ko‘zlari muzokaralarning birinchi soatidan keyinoq yona
boshlaganini ko‘rgan edi. Endi uning qalbida lovullab yonayotgan olov
Vezuviy vulqoni kabi sirtiga otilib chiqdi.
– 1806-yildan to 1814 yilgacha, – dedi u, – Angliyani faqat bir
narsada: bevosita Napoleonning o‘ziga qarshi hech qanday chora
ko‘rmaganlikda ayblash mumkin. Bu odam gersog va kamergerlik
unvonlarini orqa-oldiga qaramay ulasha boshlagach va u toj-u taxtni
qayta tiklagach, – yaratgan Parvardigor uning zimmasiga yuklagan
vazifa ado etilgan bo‘lib, faqat uni yakson etish qolgan edi. Muqaddas
diniy kitoblarda mustabidlarni qay yo‘sinda yakson etmoqning ko‘plab
yo‘llari ko‘rsatilgan (bu o‘rinda ko‘plab lotincha iqtiboslar keltiriladi).
Hozir, janoblar, birgina odamni emas, balki butun Parijni tor-mor
keltirmoq talab qilinadi. Butun Fransiya Parijdan o‘rnak olyapti. Har
bir departamentda o‘sha besh yuz kishingizni qurollantirishdan nima
foyda? Bu juda xatarli ish va uning oxiri baxayr bo‘lmaydi. Faqat Parij-
430
gagina aloqador bo‘lgan bu ishga butun Fransiyani aralashtirib nima
qilamiz? O‘z gazetalari, o‘z salonlari bilan ushbu qusurni dunyoga
keltirgan faqat Parijning o‘zi, bas, shunday ekan, bu yangi Vavilon
halok bo‘lsa bo‘laversin.
Kurash cherkov bilan Parij o‘rtasida ketyapti, unga chek qo‘ya-
digan payt keldi. Bu halokat toj-u taxtga, hatto uning dunyoviy man-
faatlari jihatidan ham foyda keltiradi. Nega Parij Bonapart naytida
churq eta olmasdi? Bu haqda Taqdiri azal cherkovi yonidagi to‘pdan
so‘rashingiz mumkin...
.......................................................................................................................
Jyulen janob de lya Mol bilan birgalikda o‘sha mehmonxonani tark
etganida kechasi soat uch bo‘lgan edi.
Markiz juda charchagan va xijolatga tushgan edi. U Jyulenga
murojaat qilib umrida birinchi marta unga iltimos ohangida gapira
boshladi. U Jyulendan yigit tasodifan shohid bo‘lgan anavi haddan
tashqari g‘ayrat haqida (u xuddi shunday dedi) hech kimga aytmas-
likka so‘z berishni iltimos qilmoqda edi.
– Siz bu haqda chet ellik do‘stimizga faqat uning o‘zi qattiq turib
talab qilgan va chindan ham manovi yosh tentaklarimizning kimligini
bilib olishga istak bildirgan taqdirdagina so‘zlab berishingiz mumkin.
Butun davlatning jahannamga qulashi bilan ularning nima ishi bor?
Ular kardinal bo‘lib olib, Rimda panoh topishadi, bizlarni esa qasr-
larimizda mujiklar so‘yib ketishadi.
Jyulen yozgan yigirma olti sahifali protokol asosida markiz tuzgan
maxfiy maktub ertalab chorakkam beshda tayyor bo‘ldi.
– O‘lguday charchadim, – dedi markiz, – bu hol notadan ham
ko‘rinib turibdi, uning oxiri juda mavhum bo‘lib chiqdi. Umrimda
bironta ham ishimdan shu qadar norozi bo‘lmagan edim. Gap bunday,
do‘stginam, – deya qo‘shimcha qildi u, – borib bir necha soat dam
oling, sizni mendan o‘g‘irlab ketmasliklari uchun esa, ustingizdan
qulflab qo‘yaman.
Ertasi kuni markiz Jyulenni Parijdan ancha uzoqda, allaqanday
chet joyda o‘rnashgan noma’lum bir qasrga olib bordi. Mezbonlar
Jyulenda g‘alati taassurot qoldirishdi: unga bu odamlar ruhoniylar
toifasiga mansub ko‘rindi. Yigitga boshqa bir kishining nomiga yo-
zilgan safar guvohnomasi berishdi, biroq endi bu hujjatda, nihoyat,
u aslida qayerga borishi ko‘rsatilgan edi; shu paytga qadar esa yigit
go‘yo bundan bexabardek yurgan edi. U kolyaskaga yolg‘iz o‘zi o‘tirdi.
431
Markiz uning xotirasi haqida sira ham shubhalanmasdi, Jyulen
bir necha marta unga o‘sha maxfiy maktubni yoddan aytib bergandi.
Biroq u Jyulenning o‘zini qo‘lga tushirishlaridan qo‘rqardi.
– Yodingizda bo‘lsin: eng muhimi, siz zerikkanidan o‘zini qayerga
qo‘yarini bilmay, shunchaki sayohat qilib yurgan olifta bir yigitga
o‘xshab ko‘rinmog‘ingiz kerak, – deya nasihat qilardi u Jyulenga, yigitni
mehmonxona eshigiga qadar kuzatib qo‘yar ekan. – Kechagi majlisimiz-
ga bir-ikkita soxta maslakdosh suqilib kirgan bo‘lishi hech gap emas.
Yo‘lda vaqt juda tez o‘tmoqda edi, biroq Jyulenning dilini hasrat
qoplab olgandi. Markizning ko‘zidan uzoqlashgan zahoti yigit maxfiy
maktubni ham, qayerga va nima maqsadda ketayotganini ham bir
zumda unutdi-qo‘ydi. Hozir uning butun fikr-xayoli uni rad etgan
Matilda bilan band edi.
U Mettsdan o‘n chaqirimcha naridagi qandaydir bir qishloqda
to‘xtaganida pochta idorasining noziri unga otlar yo‘qligini ma’lum
qildi. Kechqurun soat o‘nlar edi, ta’bi g‘oyatda xira bo‘lgan Jyulen kech-
ki ovqat tayyorlab berishni iltimos qildi. U darvoza oldida sayr qilib
yurib, go‘yo bilmay qolgan odamdek hech kimga sezdirmay otxonaga
nazar tashladi. Chindan ham u yerda otlar ko‘rinmasdi.
«Lekin, har qalay, bu odam menga ancha g‘alati ko‘rindi, – deya
xayolidan o‘tkazdi Jyulen. – U menga juda takallufsizlik bilan tikildi».
Chamasi, u otlar yo‘q degan gapga ishonqiramay qolgandi. Ke-
chki ovqatdan so‘ng u biror evini qilib jo‘nab qolishga ahd qildi-da,
har ehtimolga qarshi bu joylar haqida so‘rab-surishtirib olmoq va
isinmoq niyatida oshxonaga kirdi. U yerda yigit mashhur qo‘shiq-
chi sinor Jeronimoni ko‘rib qolganida qanday xursand bo‘lganini
bilsangiz edi!
O‘zi shundoq olovning yoniga qo‘yishni buyurgan kresloda
o‘rnashib olgan neapolitaniyalikning bir o‘zi atrofda og‘izlarini och-
ganlaricha angrayib turgan yigirma nafar nemis mujiklaridan ko‘proq
gapirmoqda edi.
– Bu odamlar meni kafangado qilishmoqchi, – deya qichqirdi u
Jyulenga qarab, – axir men ertaga Mayntsda kuylashga va’da bergan
edim. Meni tinglamoq uchun yettita mulkdor knyaz u yerga ataylab
kelgan. Qani yuring, tashqariga chiqib, toza havoda nafas olamiz, –
dedi u qandaydir ma’nodor ohangda.
Ular yo‘l bo‘ylab yuz qadamcha yurishdi, bu yerda endi hech kim
ularning gapini eshita olmasdi.
432
– Bu yerdagi gaplardan xabaringiz bormi? – dedi u Jyulenga. –
Manovi pochta noziri g‘irt muttaham ekan. Sayr qilgani chiqqanimda,
dastyor bolaga yigirma su bergan edim, u menga bor gapni aytib berdi.
Qishloqning narigi chetidagi otxonada o‘n ikkita ot turganmish. Ular
allaqanday choparni qo‘lga tushirishmoqchi ekan.
– Nimalar deyapsiz?! – deya o‘zini ma’sum ko‘rsatib xitob qildi
Jyulen.
Biroq nozirning muttaham ekanligiga ishonch hosil qilishning o‘zi
kamlik qilardi, bu yerdan jo‘nab keta bilish kerak edi, ammo Jeronimo
ham, uning do‘sti ham bu ishning uddasidan chiqisha olmasdi.
– Mayli, ertagacha sabr qilamiz, – deya qaror qildi nihoyat Jeroni-
mo. – Chamasi, ular bizdan shubhalanishyapti. Sizgami, mengami, bil-
mayman, lekin ikkovimizdan birimizga ishonishmayapti ular. Ertaga
ertalab yaxshigina nonushta tayyorlab berishni buyuramiz-da, ular
qozon-tovoq bilan ovora bo‘lib turishganida sayr qilish bahonasida
ko‘chaga chiqib, juftakni rostlab qolamiz va biror joyda ot-arava yol-
lab, keyingi pochta stansiyasiga yetib olamiz.
– Narsalarimiz nima bo‘ladi? – deya so‘radi Jyulen. Shu payt uning
miyasiga, meni qo‘lga tushirish Jeronimoning o‘ziga topshirilgan
bo‘lsa-chi, degan xayol kelib qolgandi.
Kechki ovqatni yeb, yotib uxlash payti ham kelgandi: Jyulenning
endigina ko‘zi ilingan ham ediki, birdan allakimlarning tovushi uni
uyg‘otib yubordi: ikki odam uning xonasida sira tortinmay so‘zlashib
turardi.
Jyulen ulardan birini darrov tanidi: qo‘lida fonar tutib turgan bu
odam pochta noziri edi. Fonarning yorug‘i Jyulen kolyaskadan xo-
nasiga olib kirib qo‘yishni buyurgan safar sandig‘iga tushib turardi.
Pochta noziri yonida turgan qandaydir odam sandiqning qopqog‘ini
ochib, uni bamaylixotir titkilamoqda edi. Jyulenga faqat uning qo‘liga
yopishib turgan torgina qora yengi ko‘rinib turardi.
«Axir bu jubba-ku!» – deya qaror qildi u o‘zicha va sekingina
yostig‘ining tagida yashirib qo‘yilgan to‘pponchani qo‘liga oldi.
– Qo‘rqmang, taqsirim, ular uyg‘onishmaydi, – dedi pochta noziri.
– Biz ularni o‘zingiz hozirlab bergan vino bilan siylaganmiz.
– Hech qanday qog‘oz ko‘rmayapman, – deya javob qildi pop. –
Hammasi kiyim-kechaklar, atir-upa, sochmoy va shunga o‘xshash
mayda-chuyda narsalar. Bu shunchaki ko‘ngil xushi uchun sayohat
qilib yurgan hozirgi yengiltak yoshlardan birontasiga o‘xshaydi.
433
Ularning chopari jo‘rttaga italyancha talaffuz bilan so‘zlayotgan
anavi boshqasi bo‘lsa kerak. Ularning ikkovi ham Jyulenning ki-
yimlari cho‘ntagini titkilash niyatida uning yoniga kelishdi. Yigit
bir ko‘ngli ularni o‘g‘ri sifatida otib tashlamoqchi ham bo‘ldi. Axir
buning uchun hech qanday jazo berilmasdi. U o‘zini arang to‘xtatib
qoldi. «Ahmoqlik qilmasligim kerak, – deya o‘yladi u. – Hamma ishni
buzib qo‘yaman». Ular Jyulenning kiyimini titkilab chiqishdi. «Yo‘q,
bu diplomat emas», deya qaror qildi pop. U yigitdan uzoqlashib juda
yaxshi ish qildi.
«Agar menga qo‘lini tegizgudek bo‘lsa, yaxshilik ko‘rmaydi, – deya
o‘ylardi Jyulen. – U hali ham menga xanjar sanchishi mumkin, faqat
men bunga yo‘l qo‘ymayman».
Ruhoniy u tomon o‘girildi. Jyulen xiyol ko‘zini ochib qaradi: shu
tobda uning naqadar hayratga tushganini bilsangiz edi! Bu ruhoniy
abbat Kastanedning xuddi o‘zginasi edi! Chindan ham bu ikki nusxa
uncha qattiq gapirmaslikka harakat qilishgan bo‘lsa-da, ulardan bi-
rining tovushi yigitga boshidanoq tanish ko‘ringandi. Jyulenning dilida
zaminni bu mal’un gazandadan xalos etish istagi tug‘ildi.
«Xo‘sh, u holda vazifam nima bo‘ladi?» – dedi u o‘ziga-o‘zi.
Pop va uning yordamchisi chiqib ketishdi. Oradan chorak soat
o‘tgach, Jyulen o‘zini uyg‘ongandek qilib ko‘rsatdi. U qichqirib, to‘po-
lon ko‘tardi va butun uyni uyg‘otib yubordi.
– Meni zaharlashibdi! Mazam qochyapti! – deya qichqirardi u. –
Voy, juda azob chekyapman!
Jeronimoga yordam berish uchun unga bahona kerak edi. Yigit
uning xonasiga kirib, afyun qo‘shilgan vinodan ichgan Jeronimoni
deyarli behush holda ko‘rdi.
Shunday nayrang ishlatilishi mumkinligini oldindan sezgan Jyulen
o‘zi Parijdan olib kelgan shokolad bilan qanoatlangan edi. U qancha
urinmasin, Jeronimoni butunlay uyg‘otishga va uni o‘zi bilan jo‘nashga
ko‘ndira olmadi.
– Menga butun Neapolitaniya qirolligini hadya qilishgan taqdir-
da ham o‘rnimdan turolmayman, – deya ming‘illardi uyqu aralash
qo‘shiqchi, – yo‘q, uyg‘onmayman, uyqu juda shirin narsa!
– Yettita mulkdor knyaz nima bo‘ladi?
– Kutib turishadi.
Jyulen bir o‘zi yo‘lga chiqib, hech qanday sarguzashtsiz oliy haz-
ratning oldiga yetib oldi. U o‘zini qabul qilishlarini iltimos qilib, yarim
434
kun vaqtini bekorga sarfladi. Uning baxtiga, soat to‘rtlarda gersog sayr
qilgani chiqdi. Jyulen uning piyoda ketayotganini ko‘rgach, sira o‘ylab
o‘tirmay gersogga yaqinlashdi-da, sadaqa so‘radi. U oliy hazratdan
ikki qadam narida to‘xtab, cho‘ntagidan markiz de lya Molning soatini
chiqardi va qo‘lini uzatib, uni gersogga ko‘rsatdi.
– Keyinroq qolib, ortimdan yuring, – deya javob qildi gersog uning
yuziga qaraman.
Taxminan bir chaqirimcha yo‘l yurishgach, gersog birdan chetga
burilib, kichkina qahvaxonaga kirdi. Xuddi ana shu yerda, jo‘ngina
qahvaxonaning iflos hujrasida Jyulen gersogga o‘sha to‘rt sahifadan
iborat maktubni yod aytib berish sharafiga muyassar bo‘ldi.
– Hammasini qaytadan takrorlang, – dedi gersog unga yigit mak-
tubni oxirigacha aytib bergach, – faqat sekinroq gapiring.
U ba’zi gaplarni yozib oldi.
– Keyingi pochta stansiyasigacha piyoda boring. Narsalaringiz
Do'stlaringiz bilan baham: |