Ona tili
1. Bunda nа g ‘am bor, na azob, unda yashash quvonchi, роk muhabbat, bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi.
Ushbu gapda nechta tub mavhum ot bor? A) 6 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 5 ta
2.Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan?
A)bilak, qovoq, chelak B)axloq, tirnoq, pishloq C)yurak, buyruq, kerak D)sovuq, sana, o‘yin
3.Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni aniqlang.
1) dengiz; 2) singan; 3) kongress; 4) ko‘rdingiz; 5) tonggi; 6) osmonga.
A) 1, 4, 5, 6 B) 2, 3, 5, 6 С)1, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 6
4.Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan yasama so‘zlarni aniqlang. 1) yolg‘izlik; 2) teshik; 3) guldor; 4) yozgi; 5) jigarrang; 6) diyor. A)1, 3, 4, 5 В) 1, 2, 3, 6 C)3, 4, 5 D) 4, 5, 6
5.Quyida berilgan so‘zlardan qaysilari to‘g‘ri yozilgan? 1) xolvafurush, 2) hordiq, 3) xarom,4) tuhfa, 5) muxtoj, 6) chehra.
A) 1, 2, 5 B) 2, 3, 6 C)2, 4, 6 D) 1, 3, 5
6.Qaysi javobda ot turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A)tantiqlik – saxiylik B)husn - go‘zal C)sovg‘a – tuhfa D)tabassum - yig‘I 7.Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan yasama so‘z berilgan? A)bo‘ydor B) tomizmoq C)oqimtir D) yashirin 8.Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli iboralar berilgan? A)do‘ppisini osmonga otmoq, ko‘kka ko‘tarmoq B)ko‘kka ko‘tarmoq, yerga urmoq C)tepa sochi tikka bo‘lmoq, qovog‘idan qor yog‘moq D)tilining uchida turmoq, ko‘z qorachig‘iday asramoq 9.Qaysi javobdagi tasviriy ifodaning izohi to‘g‘ri emas? A)oq oltin – pilla B)charm qo‘lqop ustalari – bokschilar C)yaylov bahodirlari - cho‘ponlar D)hayvonlar podshosi – sher 10. Qaysi javobda ot turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan? A) yod В) xam C) bob D) ahil 11.Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan? A)Albatta, yurtimizdagi bunday o‘zgarishlarni ko‘rgan ko‘zlar xursand bo‘ladi. B)Har shanba «Muoimiv»da «Advokatlik osonmi?» dramasi qo‘yilayotgan ekan. C)Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on qurishga otlandi. D)Mustaqillik tufayli millatning g‘ururi, obro‘-e’tibori o‘sdi. 12. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda sinekdoxa usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan? A)Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi. B)Och nazarim tushar suratga. C)Bir boshga bir o‘lim. D)«Nasaf» Toshkentdan g‘alaba bilan qaytdi. 13. General stol yoniga kelib, tamaki qoldig‘ini kuldonga tashladi. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan gapni aniqlang. A)Qozon osilgan kulsiz o‘choqqa ko‘zi tushdi. B)Xatni o‘qib, Abdurahmonovning kulcha yuziga qon yugurdi. C)Kulgi - misoli oftob: u inson yuzidan qish qahrini olib tashlaydi. D)Uning raso bo‘y-basti, quralay ko'zlari, o‘ng betidagi kulgichi ko‘z o‘ngimdan o‘tdi. 14. Uning ilmoqdor, sho‘x so'zlari dillarni to‘lqinlantirar, gur-gur kulgiga sabab bo'lardi. Ushbu gap tarkibida nechta sodda yasama so‘z qatnashgan? A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 1 ta 15. Biz pokiza zotlarning naslimiz, tomirlarimizda ularning pok qoni bor. Ushbu gapda ismlarning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar soni nechta? A) 8 ta B)5 ta C) 7 ta D) 6 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |