(«Tartyuf», IV parda, V sahna)
«Tartyufning boshiga ham ayol kishi yetgan, lekin uning bosh-
qalardan kam joyi yo‘q edi-ku axir... Mening javob maktubimni key-
inchalik bironta odamga ko‘rsatishlari mumkin, ammo biz bunga
qarshi chora ko‘rib qo‘yamiz, – dedi u chertib-chertib, di lida ko‘tarilib
kelayotgan g‘azabini bosar ekan. – Biz xatni beqiyos Matildaning
maktubidan eng jo‘shqin so‘zlarni takrorlashdan boshlayman.
Ha, lekin mana janob de Kruaznuaning to‘rt nafar malayi menga
hamla qilib, qo‘limdan o‘sha xatni tortib oladi ham deylik.
E, yo‘q, men yaxshi qurollanganman, ular ham malaylarga qarata
o‘q uzish odatim borligidan xabardor bo‘lishsa kerak.
Shundaylikka shunday-ku-ya! Lekin ulardan biri ancha jasur
yigit bo‘lishi, buning ustiga unga bir-ikki yuz napoleondor va’da
qilishlari ham mumkin. Men uni turgan joyida o‘ldiraman yoki
yarador qilaman, – yanayam yaxshi, ularga xuddi shu narsa kerak.
Meni qonunga binoan darhol qamoqqa surgab borishadi va axloq
tuzatish politsiyasining qo‘liga topshirishadi, adolat qaror topadi,
janob sudyalar esa vijdonlari qilt etmay meni Puassiga, bechora
janob Fontan va Magalonlar yoniga jo‘natishadi. Ana o‘shanda
men to‘rt yuz juldurvoqi bilan poxol ustida cho‘zilib yotaman... Bu
odamlarga shafqat qilishim kerakmi hali, – deya qichqirib yubordi
u sakrab o‘rnidan turar ekan. – Xo‘sh, ularning o‘zi-chi, uchinchi
tabaqa odamlari qo‘llariga tushib qolganida, ularga biron marta
shafqat qilishganmi?!» Bu xitob yigitga hamon beixtiyor azob berib
kelayotgan janob de lya Molga nisbatan minnatdorchilik tuyg‘usining
so‘nggi nafasi bo‘ldi.
«Shoshilmay qo‘ya qoling, janobi dvoryanlar, men sizlarning bu
iblisona nayranglaringizni juda yaxshi tushunaman. Abbat Maslon
yoki seminariyadagi janob Kastaned ham bunday nayrangni o‘ylab
topolmasdilar. Siz aldamchilik yo‘li bilan mendan bu xatni tortib
olasizlar va men Kolmarda chuv tushgan ikkinchi polkovnik Karon
bo‘lib qolaman.
362
Bir daqiqa sabr qilasiz, janoblar. Men bu mash’um xatni paketga
solib, muhrlayman-da, uni saqlab qo‘yish uchun janob abbat Pirarga
jo‘nataman. Bu sof vijdonli odam yansenist, shu boisdan ham u siz-
larning pullaringizga uchmaydi – uni sotib ololmaysizlar. Ha, lekin
uning faqat xatlarni ochib o‘qish odati bor... Yo‘q, men xatni Fukega
jo‘nataman».
Shuni tan olish kerakki, Jyulenning nigohi dahshatli edi, uning
yuzida jirkanchli bir ifoda paydo bo‘lib, undan ochiqdan-ochiq jinoyat
isi kelib turardi. Shu turishda bu badbaxt yigit butun jamiyatga qarshi
kurashga otlanmoqda edi.
«Qo‘lingga qurol ol!» – deya qichqirdi u. Yigit uyning ostonasidan
sakrab pastga tushdi. U ko‘cha kotibining do‘koniga otilib kirib, o‘z
qiyofasi bilan uning kapalagini uchirib yubordi.
– Ko‘chirib bering! – dedi Jyulen unga m-1 de lya Molning mak-
tubini uzatar ekan.
Kotib xatni ko‘chirib yozar ekan, uning o‘zi Fukega bir enlik
maktub yozishga ulgurdi: xatida u mana shu qimmatbaho paketni
saqlab qo‘yishni iltimos qilgan edi. «Ah, bu nima qilganim, – dedi u
birdan xatoga yo‘l qo‘yayotganini tushunib. – Pochtadagi ayg‘oqchilik
bo‘limi paketimni ochib ko‘radi-yu, siz izlayotgan narsani o‘zingizga
qo‘shqo‘llab topshiradi... Yo‘q, janoblar». U do‘kondan chiqib, allaqaysi
protestant sahobning oldiga jo‘nadi; u yerda yigit katta bir Injilni sotib
oldi-da, Matildaning xatini ustalik bilan kitob muqovasining tagiga
yashirdi va so‘ngra uni yaxshilab o‘ratib olgach, paketni pochta orqali
Fukening Parijda bironta ham odam bilmaydigan bir xizmatchisi
nomiga jo‘natib yubordi.
Bu ishlarni bajarib bo‘lgach, u ko‘tarinki bir kayfiyatda shosha-pi-
sha de lya Mol saroyiga qaytib keldi. «Mana endi ishga kirishamiz!»
– dedi u xitob qilib va syurtugini yechib tashlab, xonasini ichidan
qulfladi.
«Mademuazel, – deya yozardi u Matildaga, – de lya Mollar
nasabidan bo‘lmish bir qiz otasining malayi Arsen orqali yuralik
g‘arib duradgorga shunday yo‘ldan ozdiruvchi maktub yo‘llashi aqlga
to‘g‘ri keladigan ishmi axir? Shubhasiz, u bechora yigitning soddaligi
ustidan kulish uchun qilyapti bu ishni...» Shundan so‘ng u o‘zi olgan
maktubning eng oshkora jumlalarini ko‘chirib yozdi.
Diplomatik ehtiyotkorlikka juda amal qiladigan kavaler de
Bovuazi ham bunday xatni o‘zi uchun sharaf deb bilgan bo‘lardi,
363
soat endigina o‘n bo‘lgandi. Jyulen baxt tuyg‘usidan butunlay mast
bo‘lib va o‘z qudratidan g‘oyatda lazzatlanib, – bunday kechinma
bechora yigit uchun juda g‘alati tuyulardi, – Italyan operasiga jo‘na-
di. Bugun uning do‘sti Jeronimo kuylardi. Hech qachon musiqa uny
bu qadar hayajonga solmagan edi. U chindan o‘zini Xudo deb his
etardi
41
.
Do'stlaringiz bilan baham: |