Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/31
Sana31.12.2021
Hajmi1,09 Mb.
#231014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
yosh voleybolchilarda tezkor va kuch sifatlarni tarbiyalashda nostandart oy

 

 

 

 

1-bob. TEZKORLIK-KUCH SIFATLARIGA DOIR ADABIYOTLAR 

TAXLILI 


 



  Inson harakati qanday mazmunda yoki qanday yo‘nalishda ijro etilmasin 

uni pirovard unumdorligi tezlik-kuch sifatlariga bog‘liqdir. Tezlik – bu muayyan 

harakat faoliyatining qiska muddatda ijro etilishidir. Kuch – tashqi qarshilikni 

yengish yoki mushaklar qiskarishi evaziga ish bajarishi qobiliyatini anglatadi. 

Lekin, inson o‘z hayot faoliyati davomida qanday maqsadda harakat qilmasin 

tezlik va kuch sifatlari alohida namoyon bo‘lmaydi. Shuning uchun bu sifatlar 

birikkan holda tezlik-kuch sifatlari deb nomlanadi. 

Tezlik  sifatini  rivojlantirishga  ustunlik  berilsa,  kuch  ham  rivojlanadi  va 

aksincha, kuchni rivojlantirishga urg‘u berilsa, tezlik sifati ham shakllanadi

1



Sport  o‘yinlari  va  yakkakurash  sport  turlarida  aksariyat  vaziyatlarda  ijro 



etiladigan harakatlar “portlovchi” kuch asosida amalga oshiriladi. Boshqacha qilib 

aytganda  qisqa  muddat  ichida  bajarilishi  zarur  bo‘lgan  texnik-taktik  malakalar 

samaradorligi  shu  malakalarni  qanchalik  tez  va  kuchli  ijro  etilishiga  bog‘liq. 

Tezkorlik  sifati  turli  mustaqil  harakatlar  reaksiyalaridan  iborat.  Harakat 

reaksiyalari hayotda, jumladan sport yoki kasb faoliyatlarida muhim rol o‘ynovchi 

sifatlar  tarkibiga  kirib,  oddiy  va  murakkab  ko‘rinishdagi  reaksiyalarga  bo‘linadi. 

Oddiy harakat reaksiyasi – bu biror-bir oldindan ma'lum signalga nisbatan imkoni 

boricha  tez  harakat  bilan  javob  berishdan  iborat  signalga  (sport  to‘pponchasidan 

o‘q  otish  ovoziga)  tez  harakat  bilan  javob  berish  yoki  har  hil  rangdagi 

lampochkalar  yonishiga  oddiy  harakat  reaksiyasi  bilan  javob  berish.  Bu  oddiy 

harakat  reaksiyasini muntazam  mashq qildirish  natijasidagi tezlik, boshqa  harakat 

reaksiyalariga  (murakkab  reaksiya,  harakatdagi  ob'ektga  reaksiya,  tanlab  olish 

reaksiyasi) ham ko‘chadi. Lekin, shakklanib borayotgan murakkab reaksiya oddiy 

reaksiya tezligini oshirmaydi, ya'ni aksincha ko‘chish ro‘y bermaydi. 

Oddiy reaksiya turli mashqlar yordamida shakllantiriladi. Bunda qaytarilish 

uslubi,  vaqtni  xis  qilish  metodi,  har  hil  rang  yoki  tovushlarga  tez  harakat  bilan 

javob  berish  uslublaridan  fodalaniladi.  Murakkab  reaksiyalar  –  harakatlanayotgan 

ob'ektga  nisbatan  javob  berish  yoki  har  hil  signallar  (rang,  tovush,  harflar  va  h.) 

ichidan  keragini  farqlab,  tanlab  olib  harakat  bilan  reaksiya  qilish  ko‘rinishlarida 

                                                 

1

 A.Abdullayev, SH.Honkeldiyev. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. 2006 y. Farg’ona.  




 

bo‘lishi mumkin. Masalan: yo‘naltirilgan to‘pni kuzatib, kerak paytda tez reaksiya 



bilan  javob  berish.  Murakkab  reaksiyalar  murakkablashtirilgan  mashqlar 

yordamida  shakllantiriladi.  Bunda  turli  murakkab  signallarga  javob  berish, 

harakatlanayotgan  ob'ektga  kerak  paytida  javob  berish,  muayyan  signalni  tanlab 

javob berish mashqlarini qaytarish, qismlarga bo‘lib ijro etish, o‘yin va musobaqa 

uslublaridan fodalaniladi. 

Signallarni  berish  sharti,  vaqti  va  vaziyatlarini  murakkablashtirish  uslubi 

ham murakkab reaksiyani shakllantiradi. 

Harakat  reaksiyasi  fiziologik  jihatdan  quyidagi  bir-biriga  bog‘liq 

jarayonlarni o‘z ichiga oladi: 

1.  Retseptorlar (analizatorlar) yordamida signalni xis qilish

2.  Retseptor orqali afferent nerv tolalari MNSga yetkazish

3.  MNS da signal mohiyatini tahlil qilish va kerakli qaror qabul qilish

4.  Qabul qilingan qarorni (javobni) afferent nerv tolalari orqali mushaklarga 

yetkazish; 

5.  Mushaklarning qo‘zg‘olishi va kerakli harakat bilan reaksiya berish. 

Signalni  his  qilishdan  boshlab,  to  mushaklarni  harakatga  kelgan  vaqtga 

bo‘lgan davr latent davri deb ataladi. Bu davr sport bilan shug‘ullanmaydiganlarda 

0,2-0,3 soniyaga teng, shug‘ullanadiganlarda 0,1-0,2 soniyani tashkil etadi.  Kuch 

statistik  va  dinamik  kuch  turlariga  bo‘linadi.  Statistik  kuch  o‘z  navbatida 

qarshilikni  (m:  og‘irlikni)  “yenguvchi,  bir  holatda  “ushlab”  turuvchi  va 

“yengiluvchi” kuchlarga bo‘linadi. 

Dinamik  kuch  –  o‘zgaruvchan,  ya'ni  turli  sharoitda  bajariladigan  kuch  va 

amartizatsion  kuchga  bo‘linadi.  Dinamik  kuch  turli  yo‘nalish,  tezlik  va 

vaziyatlarda  harakatlarda  namayon  bo‘ladi.  Yuqori  tezlikda  bajariladigan  kuch 

“portlovchi” kuch deb ham ataladi. 

Ushbu kuch turlarini rivojlantirishda quyidagi uslublar qo‘llaniladi: 

1.  Qaytarish (“imkoni boricha”); 

2.  Maksimal kuchlanish; 

3.  Dinamik kuchlanish. 



 

10 


Qaytarish  uslubi  –  bu  uncha  katta  bo‘lmagan  og‘irlikni  charchaguncha 

qayta-qayta ko‘tarish. 

Maksimal kuchlanish – bu katta og‘irlikni ko‘tarish. 

Dinamik  kuchlanish  –  katta  bo‘lmagan  og‘irliklarni  masimal  tezlikda 

ko‘tarish yoki shunga o‘xshash mashqlarni katta tezlikda bajarishdir. 

Kuchni  o‘sish  darajasi  muvofiq  mashqlarni  muntazam  bajarish  natijasida 

ro‘y  beradigan  mushak  tolalarining  yo‘g‘onlashuvi,  ularning  qisqarish 

(taranglashishi)  va  bo‘shashish  imkoniyatlarining  taraqqiy  etish,  elastikligi  va 

boshqa omillarga bog‘liq. 

Ma'lumki,  zamonaviy  voleybolda  o‘yin  samaradorligi,  texnik-taktik 

mahorat,  texnik-taktik  kombinatsiyalarni  tez,  unumli  va  aniq  ijro  etilishi  hamda 

pirovard yuqori sport natijasiga erishish muvofq ravishda shakllangan tezlik-kuch 

sifatlarsiz amalga oshirilishi o‘ta mushkul ekanligi barcha amaliyotchi trenerlar va 

tadqiqotchi olimlar tomonidan e'tirof etib kelingan. Shuning uchun ushbu sifatlarni 

maxsus rejalashtiruv xujjatlar asosida shakllantirish va har yoshdagi sportchilarda 

shu  sifatlarning  o‘zgarib  borishini  nazorat  qilish  hamda  baholash  odat  tusiga 

kirgan.  Barcha  sport  turlari  bilan  shug‘ullanuvchi  sportchilarda  tezlik-kuch 

sifatlarini  dastlabki  o‘rgatish  bosqichidan  boshlab,  toki  yuksak  mahorat 

bosqichigacha o‘ziga xos tartibda va muvofiq sport turi xususiyatiga mos mashqlar 

yordamida shakllantirib boriladi. 

Voleybol bo‘yicha mavjud ilmiy, uslubiy va o‘quv adabiyotlarida malakali 

voleybolchilarni  tayyorlashda  jismoniy  sifatlarni,  ayniqsa  tezlik-kuch  sifatlarini 

rivojlantirish  o‘ta  muhim  shartlardan  biri  ekanligi  ta'kidlab  o‘tilgan 

(L.R.Ayrapetyans,  2005)    yuksaltirish  aksariyat  tezkorlik-kuch  sifatlariga 

bog‘liqdir.  Lekin,  bu  sifatlarni  rivojlantirish  qaysi  yoshdan  amalga  oshirilishi 

kerakligi har bir trener uchun muhimdir. R.A.Piloyan (1991) ni hisoblashicha 8-9 

yoshli bolalarda tezkorlik-kuch va chaqqonlik sifatlarining yaxshi o‘sishi, tezkorlik 

va  egiluvchanlik  qobiliyati  esa  biroz  susayar  ekan.  11-12  yoshli  bolalar 

mashg‘ulotida  tezkorlik-kuch  va  chaqqonlikni  rivojlantirishga  urg‘u  berish 

mumkin  ekan.  13-14  yoshda  –  tezkorlik  va  chaqqonlik,  14-15  yoshda  –  tezkorlik 




 

11 


va egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirish maqsadga loyiq deb topilgan. Ushbu fikr 

V.F.Bashkirov  (1987)  va  V.P.Filin  (1987)  lar  tomonidan  ham  ma'qullangan. 

Albatta,  masalaga  bunday  yondoshish  dogma  emas  yoki  hamma  uchun  shart 

degani  emas.  Har  bir  muayyan  yosh  organizm  biologik  jihatdan  turlicha 

rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun har bir vaziyatda muayyan yondoshuv bo‘lishi 

kerak va albatta har bir sport turining o‘ziga xos xususiyatini ham e'tiborga olish 

lozim. 

Yosh  futbolchilarni  tayyorlash  tajribasini  atroflicha  o‘rganishi  natijasida 

sport mahoratini samarali shakllantirish jismoniy sifatlarni rivojlanganlikdarajasiga 

bog‘liq 


ekan. 

Futbolchining 

tezlik-kuch 

sifatlarini 

shakllantirishda 

ixtisoslashtirilgan mashqlardan foydalanish yaxshi natija beradi. 

Z.R.Nurimov  (2005)  malakali  futbolchilarda  guruh  bo‘lib  taktik 

harakatlanish  malakalarini takomillashtirish  masalasiga  doir tadqiqot o‘tkazib, bu 

borada  tezlik-kuch  sifatlariga  oid  ayrim  mashqlarga  alohida  ahamiyat  qaratilgan. 

Jumladan,  Toshkentning  “Akademiya”  jamoasi  futbolchilarida  30  m  ga  yugurish 

4,3 s, 5 karra uzunlikka sakrash – 12,9 m, 7x50 m ga yugurish – 63,9 s. Aynan shu 

ko‘rsatkichlar  O‘zbekiston  chempionati  sovrindorlarida  4,2  s;  13,1  m;  60,5  s 

natijalariga  teng  bo‘ldi.  E'tiborli  joyi  shundaki,  tezlik-kuch  sifatlari  yuksak 

darajada  bo‘lgan  futbolchilar  taktik  harakatlarni  unumli  –  tez  ijro  etishdi  va 

aksincha  taktik  harakatlarni  yuqori  shiddat  bilan  aniq  ijro  etgan  futbolchilarda 

tezlik-kuch sifatlari ham yuqori darajada rivojlanganligi ma'lum bo‘ldi. Ushbu fikr 

va 

tadqiqot 



natijalari 

R.E.Nurimov, 

I.A.Koshbaxtiev 

va 


G.M.Sergeev 

(2005)larning xulosalarida ham o‘z aksini topgan. 

R.E.Nurimov  (2005)  yosh  futbolchilarni  texnik  va  taktik  tayyorlash 

jarayonini chuqur va atroflicha taxlil etib, jismoniy qobiliyatlarini, jumladan tezlik-

kuch sifatlarini texnik-taktik tayyorgarlikka chambarchas bog‘liq ekanligini e'tirof 

etgan.  Uning  fikricha,  so‘ngi  yillarda  zamonaviy  futbolchining  o‘ta  shiddatli 

darajaga  ko‘tarilishi  bugungi  futbolchilarning  jismoniy  tayyorgarligi,  ayniqsa 

ularning tezlik-kuch sifatlari va chaqqonlik yuksak shakllanganligidadir. 




 

12 


Shu  bilan  bir  qatorda  yosh  futbolchilarda  tezlik-kuch  sifatlarini  zo‘rma-

zo‘raki  rivojlantirish,  o‘ta  shiddatli  yoki  katta  og‘irliklar  bilan  bajariladigan 

mashqlarni  qo‘llash  nafaqat  texnik-taktikmahoratini  shakllanishiga  keskin  halaqt 

beradi,  balki  ularni  mashg‘ulotlardan  bezdirishi  mumkin.  Bolalar  jismoniy 

zo‘riqishi, psixologik tushkunlikka tushishi va boshqa ko‘ngilsiz holatlar vujudga 

kelishiga  sabab  bo‘ladi.  Mazkur  sifatlarni  rivojlantirishga  qaratilgan  mashqlar 

hajmi va shiddati borgan sari to‘lqinsimon tarzda oshirilib borishi kerak. 

Bundan  tashqari  sport  mahorati  shakllana  borgan  sari  tezlik-kuchga  oid 

mashqlar sekin-asta ixtisoslashtirib borilishi darkor. 

Ma'lumki,  sport  o‘yinlarida,  ayniqsa  voleybolda,  sportchi  o‘z  vazni  va 

og‘irligi bilan munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun u o‘z kuchidan asosan o‘zining 

gavdasi hamda to‘p inersiyasini yengib o‘tish uchun foydalanadi. 

Harakatning  boshlanishi,  tezlanish,  to‘xtash,  harakat  yo‘nalishini 

o‘zgartirish,  sakrash,  to‘pga  zarba  berish  -  bu  voleybolchidan  kuch  sifatlarini 

namoyon qilishni talab etadigan harakatlar hisoblanadi. Ko‘rinib turibtiki, xamma 

hollarda  ham  u  dinamik  xususiyatga  ega,  o‘yin  paytida  voleybolchilarda  tezkor-kuch 

sifatlarining - kuch va tezkorlikning kompleks uyg‘unligi namoyon bo‘lishi kuzatiladi. 

Voleybolchining  tezkor-kuch  sifatlari  ularning  qisqa  vaqt  ichida  qandaydir 

kuch  qarshiligi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  harakatlarni  bajara  olish  qobiliyati  orqali 

aniqlanadi. Bunday kuch qarshiliklariga quyidagilar kiradi: 

a)  sportchining  o‘zining  tana  og‘irligi  kuchini  yengish  (to‘pga  oyoq,  bosh 

bilan,  sakrab  zarba  berish,  to‘pni  oyoqqa  tashlanib  yoki  sidirib  olib  qo‘yish, 

darvozabonlarning  sakrashlari,  to‘satdan  start  olish  va  o‘yin  paytida  yo‘nalishni 

o‘zgartirish va h.k. 

b)  to‘pni 

zarba  berish,  to‘pni  o‘yinga  kiritish  bilan  bog‘liq; 

bo‘lgan kuchni yengib o‘tish; 

v)  raqibning  kuch  bilan  qarshilik  ko‘rsatishda  namoyon  bo‘ladigan 

(yakkama-yakka olishuv) kuchni yengish. 



 

13 


Bir qator tadqiqotchilar  sportchining tezkor-kuch hamda texnik tayyorgarlik 

o‘rtasida  uzviy  o‘zaro  bog‘liqlik  mavjudligini  isbotlaganlar.  Yu.A.Morozov  o‘z 

vaqtida  eng  kuchli  futbolchi  S.Metrevelining  o‘yinini  tahlil  qilayotib,  shuni 

aniqlanganki,  uning  o‘yinini  asosi  tezkor-kuch  harakatlaridan  tarkib  topgan: 

to‘satdan spurt, maksimal tezlikda harakat yo‘nalishini sezdirmasdan o‘zgartirish, 

yukoridan  kelayotgan  to‘plar  uchun  kurashishda  balandga  sakrash  va  h.k. 

Futbolchilar tomonidan o‘yin paytida bajariladigan rang-barang harakatlar ulardan 

nafaqat  bu  harakatlarni  to‘g‘ri  bajarishni,  balki  har  tomonlama  jismoniy 

rivojlanganlikka  birinchi  navbatda  esa  tezkor-kuch  tayyorgarligiga  ega  bo‘lishni 

taqozo etadi. 

Murakkab  texnik  usullarni  katta  tezlikda  raqib  qarshiligi  ostida  bajarish 

uchun  kuchli,  epchil,  chidamli  bo‘lish  lozim.  Shuning  uchun  yuqori  toifali 

sportchilarni  tayyorlashda  trenirovka  mashg‘ulotlari  jarayonida  sportchilarning 

jismoniy sifatlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratish zarur. 

Texnik  va  taktik  usullarning  muvafaqqiyatli  qo‘llanilishi  to‘g‘ridan-to‘gri 

ularning  bajarilish  tezligiga  bog‘lik,  bo‘lganligi  sababli  yuqori  malakali 

sportchining  eng  zarur  sifatlari  -  bu  kuch  hamda  tezkorlik  hisoblanadi  Agar 

futbolchi  o‘z  o‘rnidan  tez  turib  chiqib  keta  olmasa,  to‘satdan  turila  olmasa,  to‘p 

uchun yetarlicha baland sakray olmasa, unda u yaxshi o‘yin ko‘rsatmaydi. 

O‘yinchilar  o‘rtasidagi  uzaytirilgan  o‘yindagi  taktik  aloqalar,

 

futbolchilarni 



o‘yin shiddatini oshirishga va tezlik bilan manyovr qilish hamda chiziqlarda qulay 

taktik aloqalarni ushlab turish uchun zarur tezlikka ega bo‘lishga majbur qiladi. 

Zamonaviy futbolda mavjud bo‘lgan yuqori darajadagi manyovr olib borish 

yanada  aniq  xamda  uzoqqa  beriladigan  to‘p  oshirishlarni  talab  etadi.  Zamonaviy 

futbolda  to‘p  oshirishlar  kuchliroq  hamda  raqib  uchun  ko‘pincha  kutilmaganda 

bajariladi,  darvozaga  hamla  qilganda  zarbalarning  kuchi  muhim  darajada  oshdi, 

tezkorlik  juda  ko‘tarildi  va  yana  yuqori  darajaga  oshadi,  ya'ni  nafaqat  "texnik" 

futbolchilar, balki yuqori tezlikda texnikani egallagan futbolchilar talab qilinadi. 




 

14 


Yuqori 

malakali 

futbolchilarning 

tezkor-kuch 

sifatlarining 

ba'zi 


ko‘rsatkichlari  hamda  jismoniy  tayyorgarlik  o‘rtasidagi  o‘zaro  bog‘liqlikni 

aniqlash S.A.Savin va I.M.Asovichlarning  tadqiqot maqsadlari edi. O‘yin oldidan 

o‘tkazilgan nazorat mashqlaridan foydalanib, mualliflar tezkor-kuch tayyorgarligi 

ko‘rsatkichlari  hamda  to‘pni  ushlab  turish  davomiyligi  o‘rtasida  bog‘liqlik 

mavjudligini aniqlaganlar. 

So‘nggi  yillarda  futbolchilarning  o‘yin  faoliyatini  baholash  bilan  bog‘lik 

bo‘lgan  pedagogik  kuzatishlarning  bir  qator  yangi  shakl  hamda  uslublari  paydo 

bo‘ldi.  

Pedagogik  kuzatishlarning  qiymati  shundan  iboratki,  olingan  ma'lumotlarni 

tahlil qilish asosida futbolchilar trenirovka jarayonini xolisona boshqarish mumkin. 

Futbolchilarning o‘yinini baholashga  yordam  beradigan xolis mezonlarga  bo‘lgan 

ehtiyoj  to‘g‘risida  A.Starostin    gapirib  o‘tgan.  Muayyan  raqamlarda  ifodalangan 

bunday  mezonlarning  mavjudliga  futbolchilar  tomonidan  bajariladagan  turli 

usullarga xolis baho berishga imkon yaratadi. 

Yuqori malakali futbolchilarning o‘yin jarayonidagi harakat, o‘yin va ruhiy 

faoliyatini  pedagogik  kuzatish  ma'lumotlari  futbolni  statistik  jihatdan  tavsiflashga 

imkon beradi. 

Nurimov  o‘z  kuzatishlari  asosida  shunday  xulosaga  keladiki,  futbolchilar 

bitta o‘yin davomida 30 dan 60 martagacha maksimal tezlikda yuguradilar hamda 

tez yugurish masofasi 10 m dan 150 m gacha bo‘lishi mumkin. 

Muallif  pedagogik  kuzatishlar  orqali  chiziqdagi  futbolchilar  yugurishining 

o‘rtacha  vaqtini  aniqlagan.  Markaziy  xujumchining  o‘rtacha  yugurish  vaqti  23 

min. 37 s. ga teng, qanotdagi xujumchilarniki esa 22 min.0,7 s. ga teng.  

Oxirgi  yillarda  o‘tkazilgan  tajribaviy  tadqiqotlarning  ko‘rsatishicha, 

sportchilarning  tezkor-kuch  tayyorgarliga  harakatlanish  san'ati  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan sport turlarida katta axamiyatga ega. Yuqori malakali gimnastikachilarda 

texnik mahorat darajasi umumiy va maxsus tezkor-kuch tayyorgarligi bilan o‘zaro 

bog‘liq (korrelyasiya koeffitsienti 0,53 va 0,65 - 0,73 ga teng). 




 

15 


Maxsus  tezkor-kuch  tayyorgarligi  darajasi  sportda  yuqori  natijalarga 

erishishda  eng  muxim  omil  xisoblanadi.  Muallifning  ta'kidlashicha,  sprinter 

velosipedchining tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishni kuch va tezlikni ma'lum bir 

nisbatda o‘zaro bog‘liqlikda, sportchining individual xususiyatlarini xisobga olgan 

holda amalga oshirish lozim.  

Yuqori  malakali  sportchilartayyorlashga  qaratilgan  ko‘p  sport  trenirovkasi 

jarayonini  boshqarish  samaradorligi  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  pedagogik  nazorat, 

tayyorgarlik  darajasini  maqsadga  muvofiq  testlar  yordamida  baholash  masalalari 

bilan bog‘liqdir. 

Ushbu  jarayonni  sifatli  samarali  tashkil  qilish  pedagogik  nazoratni  uslubiy 

va  texnologik  jihatlardan  to‘g‘ri  o‘tkazish,  muayyan  sport  turi  xususiyatiga  mos 

keluvchi  testlarni  tanlash,  ulardan  to‘g‘ri  foydalanish,  olingan  natijalarni  aniq 

xisoblash va ob'ektiv baholashga asoslanadi. 

Tayyorgarlik jarayonini boshqarish uch pog‘onadan iborat bo‘ladi. 

- boshqarish ob'ekti va ob'ekt faoliyat ko‘rsatadigan muhit haqida axborot to‘plash; 

- yig‘ilgan axborotlarni tahlil qilish; 

- qaror qabul qilish va rejalashtirish.    

Bu  pog‘onalar  tugallangan  siklni  xosil  qiladi.  U  boshqarishning  maqsadli 

dasturi to‘liq amalga oshirilgunga qadar qayta takrorlanaveradi . 

Trenirovka  jarayonini  samarali  boshqarish  uchun  sportchini  yaxshiroq 

baholaydigan  nazorat  testlarini  tanlash,  bajariladigan  trenirovka  vazifalari  va 

mashqlanganlik  holatini  o‘zgarishi  o‘rtasidagi  bog‘liqlikni  o‘zgarishi  o‘rtasidagi 

bog‘liqlikni aniqlash zarur. 

Xozirgi  paytgacha  sportchilar  tayyorgarligining  turli  tomonlarini  baholash 

uchun  ko‘pgina  testlar  ishlab  chiqilgan.  Ayniqsa,  ularning  ko‘pchiligi  harakat 

sifatlari hamda texnik mahoratini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. 




 

16 


M.A.Godik  va  xammualliflarining  fikricha    testlash  muvaffaqiyati  kamida 

ikkita  vazifaning  hal  etilishiga  bog‘liq.  Jismoniy  tayyorgarlik  darajasini  baholash 

uchun qanday va qancha testlar tanlab olinishi kerak. Ular testlash o‘tkazilayotgan 

sharoitlarni juda muxim deb hisoblaydilar. 

Futbolda testlardan muayyan foydalanish to‘g‘risida V.Avanesov  ta'kidlab, 

testlash  vazifalarini  ko‘rib  chiqadi,  testlar  bilan  yomon  ishlash  tamoyillarini 

aniqlaydi, testlarga bo‘lgan talablarni sanab o‘tadi. 

Boshqarish - bu xar bir sportchi uchun optimal rejimdagi o‘quv-trenirovka 

jarayoni  uslublari,  vositalari  va  uning  tashkil  qilinishini  aniqlashdir.  Lekin 

pedagogik  nazoratsiz  trenirovka  jarayonini  samarali  boshqarib  bo‘lmaydi. 

Pedagogik  nazorat  futbolchilar  tayyorgarligida  katta  ahamiyatga  ega  ekanligiga 

qaramay, afsuski, to‘liq qo‘llanilmaydi. Yana shunisi achinarliki, so‘ngi  yillarda 

futbol  soxasidagi  ilmiy  tadqiqotlarda  nazorat  masalalariga  kam  ahamiyat 

berib kelinmoqda. 

Trener  amaliy  ishida  quyidagi  turdagi  xolatlarni  xisobga  olishi  lozim,  ya'ni 

turg‘un, joriy va tezkor. 

Turg‘un  xolat  nisbatan  uzoq  vaqt  orasida-bir  necha  oygacha  saqlanadi. 

Masalan,  ko‘pgina  trenirovka  mashg‘ulotlari  jarayonida  xosil  qilinadigan  sport 

formasi  shunday  holatga  kiradi.  Turg‘un  holatni  ifodalovchi  ko‘rsatkichlar 

trenirovka  jarayoni  istqbolini  rejalashtirish  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qilishi 

mumkin. 

Joriy  holat  -  bu  trenirovka  mashg‘ulotlari  seriyalarini  bajargan 

sportchining xolatidir. Bu vaqtda yuzaga keladigan o‘zgarishlarning  chuqurligi 

hamda xususiyati joriy xolatni ifodalaydi va keyining trenirovka mashg‘ulotiga 

nagruzkani rejalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Tezkor  holat  shunday  holatki,  bunday  holatga  sportchining 

organizmi mashqlarning bitta seriyasini bajargandan so‘ng tushadi. Bu bitta mashq 

yoki  bitta  trenirovka  mashg‘uloti  (undan  ortiq  emas)  davomida  sodir  bo‘ladigan 

organizmdagi o‘zgarishlardir. 



 

17 


Bo‘linishning ma'nosi shundan iboratki, uning har birini tahlil qilish uchun 

o‘zining  nazorat  mashqlari  kerak  bo‘ladi.  Demak,  uchta  turdagi  holatni  baholash 

uchun  amaliyotda  uchta  turdagi  nazoratni:  bosqichli,  joriy  va  tezkor  nazoratni 

qo‘llash tavsiya qilinadi. 

Bosqichli nazorat eng muhimi hisoblanadi. 

Bosqichli nazorat testlar yordamida amalga oshiriladi. 

Test - bu insonning aqliy rivojlanishi, iroda sifatlari, harakat qobiliyatlari va 

boshqa tomonlarini  aniqlash uchun  qo‘llaniladigan  standart shakldagi  (so‘z  orqali 

ifodalalangan, rasmlar yoki qandaydir jismoniy mashqlar ko‘rinishidagi) vazifadir. 

Lekin, hamma nazorat mashqi ham test bo‘lavermaydi. Har qanday nazorat mashqi 

kamida ikkita talabga javob berishi lozim: birinchidan, u ishonchli bo‘lishi kerak. 

Ishonchlilik  test  natijalarining  qayta  takrorlanish  darajasi  bilan  aniqlanadi, 

ya'ni  futbolchilarning  me'yorlar  bo‘yicha  natijalari  takroriy  o‘lchashlarda  bir  xil 

chiqishi  lozim,  shunda  testni  ishonchli,  deb  xisoblash  mumkin.  Ikkinchidan, 

testning  eng  muhim  xususiyati  -  bu  axborotlilikdir.  Bu  degani  shuki,  har  bir 

muayyan  test  aynan  biz  baholashni  hoxlaetgan  sifatni  baholashi  lozim.  Masalan, 

agar biz futbolchining tezkorligini baholash uchun qandaydir testdan foydalansak, 

shunga  ishonchi  hosil  qilishimiz  kerakki,  test  orqali  kuch  yoki  chidamlilik  emas, 

balki aynan tezkorlik baholanmoqda. 

Har  qanday  testning  axborotliligi  va  ishonchliligi  tekshirilishi  lozim.  Agar 

test  bunday  tekshiruvdan  o‘tmagan  bo‘lsa,  unda  testlash  natijalari  bizga  hyech 

qanday  axborot  bera  olmaydi.  Bundan  tashqari,  biz  yolg‘on  axborotni  olishimiz 

mumkin,  chunki  bunda  o‘lchash  lozim  bo‘lgan  futbolchi  sifatidan  tashqari, 

hohlagan  boshqa  narsani  baholash  mumkin.  100  metrli  masofani  bosib  o‘tish 

vaqtiga  ko‘ra  futbolchining  tezkorlik  imkoniyatlari  to‘g‘risida  xulosa  chiqarish 

mumkin.  Biroq  o‘yinchilarning  musobaqa  jarayonidagi  harakat  faollitini 

kuzatish  shuni  ko‘rsatadiki,  ular  8  m.  dan  40-30  m.  gacha  siltanishlar  va 

tezlanishlarni  amalga  oshiradilar.  Bu  degani  shuki,  futbolchiga  aynan 

8,10,15,20,30  m  masofalarda  yaxshi  tezlik  kerak.  100  metrga  yugurish  vaqti 

ko‘proq tezkorlik chidamliligi to‘g‘risida ma'lumot beradi. 




 

18 


Testning  ishonchliligi  son  jihatdan  qayta  takrorlash  koeffitsientini 

hisoblash  orqali  aniklanishi  mumkin.  Bunda  birinchi  ustunda  birinchi 

urinish  yaxshisi  bir  vaqtning  o‘zida  ham  uzoqlik,  ham  aniqlik  talab 

qilinadigan testlarni qo‘llash zarur. 

To‘pni oyoq bilan aniq va uzoqqa otib berish testi ham o‘ng, ham chap oeq 

orqali  bajariladi.  Zarbalar  bir  joyda  turgan  to‘pga  beriladi,  koridor 

kengligi - 5 m. Koridor kengligi ustunlar va bayroqchalar  bilan belgilanadi. 

Chaqqonlik nazorat qilish uchun eng qiyin bo‘lgan harakat sifati xisoblanadi. 

Bunday  vaziyatning  eng  asosiy  sababi  -  uning  ko‘p  tomondan  o‘lchanishidir. 

Ulardan asosiylari quyidagilar: 

1.  Harakat vazifasining koordinatsion murakkabligi. 

2.  Vazifaning aniq bajarilishi. 

3.  Vazifaning tez bajarilishi. 

Bundan  tashqari,  chaqqonlikning  o‘lchovlariga  diqqatni  taqsimlash 

va  boshqa  joyga  ko‘chirish  (u  ko‘rish  analizatorlari  faoliyatiga  bog‘liq 

bo‘ladi)  qobiliyatini  kiritish  mumkin.  Bunda  pereferik  ko‘rish  kengligi 

bilan  bir  qatorda  ko‘rish  o‘tkirligi  hamda  chuqurligi  nazarda  tutiladi.  Masalan, 

o‘yin  vaziyatlarida  taktik  vazifalarning  hal  etilishi  periferik  ko‘rish  kengligiga, 

texnik harakatlariing bajarilishi ko‘rish o‘tkirligiga bog‘liq. 

Yuqorida  qayd  etilganadabiyotlar  taxlilidan  ko‘rinib  turibdiki,  har  bir 

jismoniy  sifatni  namoyon  bo‘lishi  va  uni  rivojlanganlik  darajasini  muayyan 

o‘lchov  birligi,  ya'ni  me'yoriy  testlar  yordamida  aniqlanadi.  Lekin,  muayyan 

jismoniy  sifatlarning  muayyan  sportchida  namoyon  bo‘lishi  shu  sportchining 

funsional  imkoniyatlariga  bog‘liq  bo‘ladi.  Ayrim,  hollarda  biror  jismoniy  sifat 

bo‘yicha (masalan tezkorlik) ko‘rsatilgan yaxshi natija katta bioenergiya yoki katta 

funksional qiyinchilik evaziga namoyon bo‘lishi mumkin. Ba'zida shu yaxshi natija 

kam  energiya  yoki  kam  funksional  “harakat”  evaziga  namoyon  bo‘lishi  mumkin. 

Demak,  xulosa  qilib  aytganda  har  bir  jismoniy  sifatning  o‘ziga  hos  fiziologik 

qiymati mavjuddir. 



 

19 


Sport amaliyotida jismoniy imkoniyatlarining fiziologik qiymatini o‘rganish 

texnik-taktik mahoratni shakllantiruvchi mashqlarni qo‘llash me'yorini belgilashda 

muhim ahamiyatga egadir. 


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish