2
Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati:
YuQCh - yurakni qisqarish chastotasi;
NOCh - nafas olish chastotasi;
O‘TS - o‘pkaning tiriklik sig‘imi;
M - metr;
S - soniya;
NG - nazorat guruhi;
TG - tajriba guruhi;
n - tekshiruvchilar soni;
Х
- o‘rtacha statistik ko‘rsatgich;
m - o‘rtacha
statistik hato;
XO‘ - harakatli o‘yinlar.
Kirish
3
Mavzuning dolzarbligi. Davlatimiz va jamiyatimizning bugungi kuni,
ayniqsa, kelajagi uchun g‘oyat muxim bo‘lgan sog‘lom va barkamol avlodni
tarbiyalash vazifasini o‘z oldimizga qo‘yar ekanmiz, avvalambor, biz yashayotgan
XXI asr-intellektual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab etiladigan, aynan shu
qadriyatlar ustuvor axamiyat kasb etadigan asr, degan xayotiy haqiqatdan kelib
chiqqan edik.
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturini amalga oshirishda ta`lim soxasini
rivojlantirish, avvalambor, uning moddiy – texnik bazasini mustaxkamlash, yangi
o‘quv muassasalari qurish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jixozlash
masalasiga e'tibor yanada kuchaytirildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta`limini rivojlantirish davlat
umum milliy dasturining amalga oshirilishi natijasida 1 ming 536 ta akademik
litsey kasb – xunar kolleji, umumta'lim maktablarining qariyb 9 mingtasi, ya'ni
deyarli hammasi, 1 ming 800 dan ortiq sport zali namunaviy loyixalar asosida
barpo etildi yoki kapital rekonstruksiya qilindi.
Ushbu o‘quv muassasalarining moddiy – texnik bazasini muntazam yangilab
borish, tizimli asosda zamonaviy komp'yuter texnikasi, o‘quv – laboratoriya
uskunalari, mebel va o‘quv anjomlari bilan qayta jixozlash, ularni talab darajasida
saqlash hamda yaratilgan bu ulkan salohiyatdan samarali foydalanish maqsadida
mutlaqo yangi bir tuzilma – Moliya vazirligi huzurida maxsus jamg‘arma tashkil
etildi.
Bu jamg‘armaning hisob raqamiga 2010 yili 315 milliard so‘m mablag‘
ajratilgan bo‘lsa, 2011 yilda 370 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilmoqda.[1]
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport soxasida, ayniqsa, bolalar sportini
yanada rivojlantirish, har bir shaxar va qishloqda zamonaviy talabalarga javob
beradigan, zarur anjomlar bilan jixozlangan sport maydonchalari, inshoot va
majmualarni barpo etish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarimiz o‘zining ijobiy
samarasini bermoqda.
Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, istiqlol yillarida yurtimizda 1 ming
200 dan ziyod yangi sport inshooti barpo etilib, ularning mingdan ortig‘i qishloq
4
joylarida qurildi. Bu esa 260 ming nafardan ziyod bolaning sportning ko‘plab
turlari bilan muntazam shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratdi.
Qiz bolalarni, eng avvalo, qishloq qizlarini sport bilan shug‘ulanishga jalb
etishda joriy yilda sezilarli natijalarga erishildi. “Sport xayotidan hyech kim chetda
qolmasligi kerak” degan shiordan kelib chiqqan holda, kam ta'minlangan
oilalarning 120 ming nafar qizlari uchun 3 milliard 500 million so‘mlik sport
kiyimi va jixozlari xarid qilindi.
Yana bir muxim xolatga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Mamlakatimizda
badiiy gimnastikani rivojlantirish dasturi qabul qilingach sportning ushbu nafis turi
bilan shug'ullanadigan qizlar soni shu yilning o‘zida 6 – 7 barobar, ayrim
viloyatlarda esa 10 – 12 barobar ortdi.
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturini bajarish uchun barcha manbalar
xisobidan joriy yilda qariyb 8 tirillion so‘m mablag‘ sarflanganining o‘zi bu borada
amalga oshirgan ishlarimizning ko‘lami va miqyosi nechog‘lik ulkan ekanidan
dalolat beradi.
Zamonaviy sport amaliyotida jismoniy tayyorgarlik texnik va taktik
mahoratni yuksak cho‘qqilarga olib chiquvchi yagona va hal qiluvchi poydevor
bo‘lib hizmat qiladi. Binobarin, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash uchun
jismoniy sifatlarni erta yoshlikdan, to‘garakka endi kelgan bolalar tomonidan
tanlangan sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga mos ravishda rivojlantirish
sport trenirovkasining muhim shartlaridan biridir. Buning uchun mashqlarni to‘g‘ri
tanlash va amalga joriy etish samaradorligini pedagogik nazorat ostiga olish
iste'dodli sport zahiralarini yetishtirishda o‘ta dolzarb masalalar sirasiga kiradi.
Ushbu masalani ilmiy asosda tashkil qilish va bolalar sport maktabini
xalqaro miqyos darajasiga olib chiqish Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan
qabul qilingan “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish
to‘g‘risida” gi Qarori (24.10.2002) da alohida ta'kidlab berilgan. Shunday ekan
yosh sportchilarni tayyorlash uslubiyati qayta ko‘rib chiqilishi va ilmiy jixatdan
asoslanishi o‘zbek sportining muhim vazifalaridan biridir.
5
O‘zbekiston Respublikasining 2015 yilning 4 sentyabrdagi «Jismoniy
tarbiya va sportni rivojlantirish to‘g‘risida»gi Qonunining yangi taxriri, «Sog‘lom
avlod uchun» dasturi, «O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini
tuzish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni (24.10.2002 y.) va boshqa qator hukumat
qarorlari
jismoniy
tarbiya
va
sportning
rivojlanish
imkoniyatlarini
kengaytirmoqda.[1]
Mazkur bitiruv malakaviy ishi qishloq sharoitida faoliyat ko‘rsatayotgan
voleybol to‘garaklarida shug‘ullanayotgan yosh sportchilarning jismoniy
imkoniyati, jumladan tezkorlik-kuch sifatlarini rivojlanganlik darajasini va
samarali nostandart mashqlar yordamida shu sifatlarni maqsadga muvofiq
shakllantirish texnologiyasini ishlab chiqishga qaratilgan.
Ma'lumki, harakatli o‘yinlar yoki ularni muayyan sport turi xususiyatiga
moslashtirilgan variantlari noan'anaviy va nostandart vosita sifatida maqsad qilib
olingan jismoniy sifatlarni yanada samaraliroq shakllantirish imkoniyatini beradi.
Ish mavzusidan joy olgan ikkinchi bir masala – bu muayyan sifatlarni baholashda
qo‘llaniladigan me'yoriy test mashqlarining fiziologik qiymatini o‘rganishdan
iboratdir. Chunki, test mashqlarining o‘zi ma'lum jixatdan yuklama bo‘lib
xisoblanadi. Ko‘pgina tadqiqotlarda mazkur masalaga deyarli e'tibor qaratilmaydi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida bu masalaga ham urg‘u berilgan. Jumladan,
tezkorlik-kuch sifatlarini baholovchi qator testlarning fiziologik qiymati o‘z
ifodasini topgan.