buyurtmachi va tanlov g‘olibi o‘rtasida tanlov obyekti bo‘yicha yer
uchastkasini ijaraga olish
shartnomasini tuzish muddati.
35. Agar tanlov g‘olibi bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng tanlov obyekti bo‘yicha yer
uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolashdan bosh tortsa, tanlovning salohiyatli g‘olibiga
(agar ballar teng bo‘lsa — arizani oldinroq bergan talabgorga) operator tomonidan besh ish kunlik
muddat beriladi.
Tanlovning salohiyatli g‘olibi tanlov obyekti bo‘yicha yer uchastkasini ijaraga olish
shartnomasini imzolashga rozilik bildirgan taqdirda, u tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi va
belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Belgilangan muddatda tanlov obyekti bo‘yicha “E-IJARA” AT orqali tuman (shahar) hokimligi
bilan shartnoma imzolashni rad etgan tanlov g‘olibi (salohiyatli g‘olib) tomonidan kiritilgan zakalat
puli qaytarilmaydi hamda ushbu mablag‘lar operator tasarrufida qoladi.
36. Ochiq elektron tanlov g‘olibi dehqon xo‘jaligini yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga
oshirish istagini bildirgan taqdirda, ikki ish kuni ichida dehqon xo‘jaligi sifatida belgilangan tartibda
davlat ro‘yxatidan o‘tadi. Bunda ochiq elektron tanlov natijalariga doir elektron bayonnomada g‘olib
sifatida ushbu jismoniy shaxs, tanlov natijalarini tasdiqlash haqidagi qarorda esa u tomonidan ta’sis
etilgan dehqon xo‘jaligi ko‘rsatiladi.
37. Tanlov g‘olibi (salohiyatli g‘olib) tomonidan tanlov obyekti bo‘yicha tuman (shahar)
hokimligi bilan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi imzolagandan so‘ng, operator maxsus
depozit hisobvarag‘iga kiritilgan zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 30
foizi miqdorida
xizmat haqini chegirib qolgan holda, qolgan 70 foiz pulni besh ish kuni ichida quyidagi tartibda
taqsimlaydi:
30 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni
raqamlashtirish markazi” davlat muassasasiga;
qolgan mablag‘lar — ijrochining hisobvarag‘iga.
Tanlov g‘olibidan keyingi eng ko‘p ballni to‘plagan talabgorga (salohiyatli g‘olib) zakalat puli
tanlov yakunlangan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida qaytariladi.
Boshqa talabgorlarga operatorning maxsus depozit hisobvarag‘iga
kiritilgan pul tanlov
yakunlangan yoki o‘tkazilmagan deb e’tirof etilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida qaytariladi.
38. Savdo platformasi orqali ochiq elektron tanlov natijalariga doir elektron bayonnoma “E-
IJARA” AT ga joylashtiriladi.
39. Tegishli qaror loyihasi va bayonnoma ijrochi tomonidan bir ish kuni ichida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga
yuboriladi. Qaror “E-qaror” yagona elektron tizimida qonunchilikda
belgilangan tartibda uch ish
kuni ichida qabul qilinadi va “E-IJARA” ATga yuboriladi.
40. Belgilangan tartibda shakllantirilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining
ijara shartnomasi ijrochi tomonidan bir ish kuni ichida tuman (shahar) hokimligiga “E-IJARA” AT
orqali yuboriladi.
41. “E-IJARA” AT tomonidan yuborilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi ijara
shartnomasi tuman (shahar) hokimligi va ochiq elektron tanlov g‘olibi o‘rtasida ERI bilan avtomatik
tarzda tasdiqlanadi.
42. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish uchun yer tuzish hujjatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ochiq elektron tanlov natijalari to‘g‘risidagi elektron
bayonnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori nusxasi “E-IJARA” AT orqali bir ish kuni ichida Kadastr
agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
43. Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli hududiy boshqarmasi qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida
ikki ish kuni ichida ochiq
elektron tanlov g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va
tegishli reyestrdan ko‘chirmani elektron axborot almashinuvi orqali ijrochiga yuboradi.
44. Ijrochi ochiq elektron tanlov g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan kunning o‘zida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara
shartnomasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar
hokimlarining ochiq elektron tanlov natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomani tasdiqlash
haqidagi qarorini hamda tanlov g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha reyestrdan ko‘chirmani tanlov g‘olibiga “E-IJARA” AT orqali yuboradi.
45. Ijrochi uch ish kuni ichida ochiq elektron tanlov g‘olibiga yer uchastkasining chegarasini
joyida ko‘rsatib beradi.
46. Tanlovga qo‘yilgan obyekt buyurtmachi tomonidan yoki tegishli sud, prokuror, tergovchi
va surishtiruvchining qarorlariga asosan tanlov boshlangunga qadar yoki tanlov o‘tkazilmagan deb
topilgandan so‘ng savdo platformasidan olinishi (buyurtmaga o‘zgartirish kiritilishi, bekor qilinishi)
mumkin.
47. Talabgorlarning integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali olinadigan ma’lumotlari o‘z
vaqtida kelmasligi (umuman kelmasligi) yoki mavjud emasligi oqibatida yuzaga keladigan
nizolarga operator javobgar bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: