Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Ochiq elektron tanlovda ishtirok etish tartibi



Download 286,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/31
Sana20.06.2022
Hajmi286,69 Kb.
#681770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
709-сон 24.11.2021. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida

4-bob. Ochiq elektron tanlovda ishtirok etish tartibi
22. Talabgorlar ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun:
savdo platformasi orqali ushbu Reglamentga
 3-ilovada 
keltirilgan shakldagi arizani ERI bilan
tasdiqlab yuboradi;
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi zakalat pulni operatorning maxsus
depozit hisobvarag‘iga kiritadi, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan
talabgorlar ushbu to‘lovdan ozod qilinadi.
23. Ariza ushbu Reglament talablariga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, operator zudlik bilan
talabgorga ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun ruxsat beradi, shuningdek, uyali aloqa
telefoniga va elektron pochta orqali talabgorning tanlov ishtirokchisi maqomini olganligi haqida
qo‘shimcha ravishda xabar beradi.
Talabgor xabar bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
24. Ushbu Reglamentning 
22-bandida 
nazarda tutilgan zakalat pul talabgor tomonidan
operatorning maxsus depozit hisobvarag‘iga kiritilmaganda, talabgorlar tanlovda ishtirok etishiga
ruxsat berilmaydi (to‘lovdan ozod qilingan talabgorlar bundan mustasno).
Talabgor tomonidan savdo platformasiga kiritilgan ma’lumotlar, shu jumladan, tanlov
takliflarining haqqoniyligi uchun talabgor javobgar hisoblanadi.
Ochiq elektron tanlovga talabgorlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagani yoxud tanlov
savdolariga oid ma’lumotlar bilan tanishib chiqmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
5-bob. Ochiq elektron tanlovni o‘tkazish va ball berish tartibi
25. Tanlov natijalari bo‘yicha talabgorlarning ro‘yxati, tanlov takliflari va ularga berilgan ballar
tanlov o‘tkaziladigan kun soat 10:00 da (GMT+5) savdo platformasida avtomatik ravishda e’lon
qilinadi.
Bunda ochiq elektron tanlov dam olish va bayram kunlarida o‘tkazilmaydi.


26. Ochiq elektron tanlovda ishtirok etayotgan talabgorlarning imkoniyatlari ushbu
Reglamentga 
4-ilovada 
keltirilgan mezonlar bo‘yicha baholanadi.
27. Ochiq elektron tanlov quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb e’tirof etiladi:
ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza kelib tushmagan bo‘lsa;
ochiq elektron tanlov g‘olibi tomonidan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolash
rad etilganda;
ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun faqat bir nafar ishtirokchi ariza topshirgan bo‘lsa
(bundan 3 marotaba tanlov o‘tmagan deb e’tirof etilgan va mazkur lot qayta tanlovga qo‘yilganda
bitta talabgor ishtirok etish hollari mustasno).
28. Tegishli lot bo‘yicha tanlov o‘tkazilmagan deb e’tirof etilganda, o‘n kundan so‘ng takroriy
tanlov umumiy tartibda o‘tkaziladi.
29. Operator quyidagi majburiyatlarga ega:
ochiq elektron tanlovni belgilangan vaqtda tashkil etish;
ochiq elektron tanlovning inson omili aralashuvisiz o‘tishini ta’minlash;
dasturiy mahsulotlar, mavjud texnikalarini, server qurilmalari, kommunikatsiya uskunalari va
ochiq elektron tanlovni o‘tkazishda foydalaniladigan barcha vositalarning texnik uzilishlarsiz
ishlashini ta’minlashga qaratilgan barcha zarur choralarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga
oshirilishini tashkil etish;
ochiq elektron tanlov qoidalari buzilishining oldini olish, bunday holatlarni tezkorlik bilan
aniqlash va bartaraf etish;
ochiq elektron tanlovda ishtirok etishda barcha ishtirokchilar uchun shart-sharoitlarning
tengligini ta’minlash;
ochiq elektron tanlov o‘tkazishda oshkoralik va ommaviylik shartlarini ta’minlash;
ochiq elektron tanlov ishtirokchilari va barcha manfaatdor taraflar uchun tanlovga oid
ma’lumotlarni qulay va tezkor ravishda doimiy e’lon qilib borish.
Operator zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi
mumkin.

Download 286,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish