Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida



Download 286,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/31
Sana20.06.2022
Hajmi286,69 Kb.
#681770
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
709-сон 24.11.2021. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARINI IJARAGA BERISH TARTIBIGA
DOIR NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining
24 
va 
24 -moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni
ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-
iyundagi PF-6243-son Farmonining 
14-bandi
, “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy
tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qarorining 
4-bandi 
ijrosini
ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga chiqarish
materiallarini tayyorlash, tanlovni tashkil etish, unda ishtirok etish, tanlov g‘olibini aniqlash va tanlov
natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish hamda tanlov g‘olibining yer uchastkasiga
bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini nazarda tutuvchi Dehqon xo‘jaligini
yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamenti 
1-ilovaga 
muvofiq;
qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga chiqarish
materiallarini tayyorlash, tanlovni tashkil etish, tanlov g‘olibini aniqlash va tanlov natijalarini
tasdiqlash hamda tanlov g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish tartibini nazarda tutuvchi Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer
uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamenti 
2-ilovaga 
muvofiq;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi, ikkilamchi
ijaraga berganlik uchun to‘lovlarni amalga oshirish, ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga
o‘zgartirish kiritish va uni bekor qilish tartibini nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer
uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom
 3-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
tuman (shahar) hokimliklari manfaatdor davlat tashkilotlari bilan birgalikda har yili noyabr
oyiga qadar (zaruratga ko‘ra, yilning boshqa davrlarida) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer
maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zaxiradagi va
kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi
tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha loyihalarni tayyorlaydi hamda ko‘rib
chiqish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining navbatdan tashqari
sessiyasiga kiritadi;
kiritilgan loyihalar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan ma’qullangandan
so‘ng, tuman (shahar) hokimligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ochiq elektron
tanlovga qo‘yish choralarini ko‘radi;
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan hududlarni
ixtisoslashtirish yo‘nalishlari yil davomida zaxiradagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha
loyiha tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini ijaraga olish huquqini qo‘lga kiritish uchun yerning normativ
qiymatidan kelib chiqib 30 yil muddatga hisoblanadigan qo‘shimcha to‘lovlar tegishli tuman
(shahar) mahalliy budjetiga yo‘naltiriladi hamda ularning alohida hisobi yuritiladi;
mazkur bandning 
ikkinchi xatboshisida 
nazarda tutilgan mablag‘lar qat’iy ravishda
investitsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlariga muvofiq tegishli hududda qishloq va
suv xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan sug‘orish tizimlarini yaxshilash, zamonaviy
sug‘orish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun zarur infratuzilmani yaratish, yer tuzish
ishlarini institutsional rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi so‘ngi ilmiy yangilik va innovatsion
yondashuvlarni joriy etish, kadrlar malakasini oshirish hamda yer va suv resurslaridan oqilona
foydalanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
2
Asosiy rekvizitlar
Kodifikatsiya
Qayta ko‘rib chiqilgan hujjatlar
Hujjatni qayta ko‘rib chiqishga asos
bo‘lgan hujjatlar
Korrespondentlar


Moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda
tutilgan mablag‘larning aniq hisobini yuritish, undirish muddatlarini belgilash va ushbu
mablag‘larni sarflash tartibini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga
tasdiqlash uchun kiritsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “2004 — 2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish
konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son 
qaroriga
4-ilovaga
muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan
birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga
muvofiqlashtirsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar
va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga
yuklansin.

Download 286,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish