Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Ochiq elektron tanlovni tashkil etish tartibi



Download 286,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/31
Sana20.06.2022
Hajmi286,69 Kb.
#681770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
709-сон 24.11.2021. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida

3-bob. Ochiq elektron tanlovni tashkil etish tartibi
17. Operator buyurtma kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida ochiq elektron
tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma va lot haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasi loyihasini savdo platformada e’lon qiladi.
E’lon qo‘shimcha ravishda ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, tuman (shahar)
hokimligining rasmiy veb-sayti va gazetalarida ham e’lon qilinishi mumkin.
18. Ochiq elektron tanlov xabarnoma va lot haqida e’lon berilgan kundan boshlab 15 kalendar
kunidan so‘ng o‘tkaziladi.
19. Ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun arizalar savdo platformasi orqali yuboriladi.
Bunda:
ikki yoki undan ortiq lotlar bo‘yicha ochiq elektron tanlovda g‘olib bo‘lgan talabgorga faqat
bitta yer uchastkasi uchun g‘oliblik bayonnomasi rasmiylashtiriladi, tanlov g‘olibiga yer
uchastkalaridan birini tanlash imkoniyati beriladi, qolgan lotlar bo‘yicha tanlov natijalari bekor
qilinadi, bunda bekor qilingan lotlar bo‘yicha zakalat pul tanlov g‘olibiga qaytariladi;
ochiq elektron tanlovda bir marotaba g‘olib bo‘lgan shaxs keyingi tanlovlarda ishtirok
etmaydi;
amaldagi dehqon xo‘jaligi yuritish uchun olingan yer uchastkasi bo‘yicha shartnoma bekor
bo‘lganda “E-IJARA” AT orqali operatorga xabar beradi va qayta ochiq tanlovlarda ishtirok etish
huquqiga ega bo‘ladi.
20. Ochiq elektron tanlovda qatnashish uchun talabgorlarning arizasi xabarnoma
joylashtirilgandan boshlab tanlov o‘tkazilishi belgilangan kun soat 9-00 ga (GMT+5) qadar savdo
platformasi orqali qabul qilinadi.


Qabul qilish uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin kelib tushgan arizalar qabul
qilinmaydi.
Talabgor ariza qabul qilish muddati davomida o‘z arizasini qaytarib olishga va qayta
topshirishga haqli.
21. Xabarnoma va lotga oid axborot tanlov boshlanishidan kamida 15 kalendar kunidan oldin
savdo platformasida e’lon qilinadi.
Xabarnomada quyidagilar aks ettiriladi:
tanlov shakli, o‘tkaziladigan sanasi, tanlov natijalarini e’lon qilish vaqti;
lot raqami va obyekt nomi;
tanlovda qatnashish uchun ariza qabul qilishni yakunlash sanasi va vaqti;
tanlov obyektiga oid buyurtmada ko‘rsatilgan va unga ilova qilingan ma’lumot va hujjatlar;
zakalat pulining miqdori;
ijrochining manzili va telefon raqami;
ijrochi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);
tanlov obyektini oldindan ko‘rish (ko‘zdan kechirish) tartibi;
tanlov shartlarini savdo platformasida e’lon qilish;
obyektning joylashgan manzili, fotosurati va geolokatsiyasi.
Operator tomonidan savdo platformasida tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnoma e’lon
qilingandan keyin tanlov shartlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ijrochi tomonidan buyurtmani
savdo platformasidan chiqarib olish hamda tanlov shartlarini o‘zgartirilgan holda buyurtmani qayta
yuborish holatlari bundan mustasno.
Operator ijrochi tomonidan taqdim etilgan tanlov obyekti bo‘yicha ma’lumot va hujjatlar
yuzasidan javobgar hisoblanmaydi.

Download 286,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish