darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar)dan kelib chiqib, yer uchastkasining yer tuzish loyihasini ishlab
chiqadi.
Ijrochi ochiq elektron tanlovga qo‘yilayotgan yer uchastkasi bo‘yicha ushbu Reglamentning
5-
bandida
belgilangan qishloq xo‘jaligi maqsadlari va o‘lchamlaridan kelib chiqib,
bir nechta yer
tuzish loyihasini ishlab chiqishi mumkin.
Har bir yer tuzish loyihasiga “E-IJARA” ATda avtomatik tarzda o‘ziga xos raqam beriladi.
9. Ijrochi har bir yer tuzish loyihasini Kadastr agentligidan olingan dastlabki formatlarda
kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga “E-IJARA” AT orqali yuboradi.
Ochiq elektron tanlovga qo‘yilayotgan yer uchastkasida davlat kadastrlari obyektlari (gaz,
aloqa va energetika obyektlari, avtomobil’ va temir yo‘llar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan
tegralar, transport quvurlari, melioratsiya va irrigatsiya inshootlari, muhofaza qilinadigan obyekt va
hududlar hamda boshqalar) mavjud bo‘lgan holatlarda qo‘shimcha ravishda davlat kadastrlarini
yuritish sohasidagi vakolatli organlar bilan ham kelishiladi.
10. Vakolatli tashkilotlar “E-IJARA” ATga yer tuzish loyihalari joylashtirilgan kundan boshlab
besh ish kuni ichida ushbu loyihalarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Bunda “E-IJARA” ATda qabul qilingan qaror haqida
elektron raqamli imzo bilan
tasdiqlanadigan tegishli belgi qo‘yiladi.
Kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishish rad etilganda, sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga aniq havolalar qilingan
holda, taqdim etilgan yer tuzish loyihasini amalga oshirish (realizatsiya qilish) imkoni yo‘qligining
asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur loyiha aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga
muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Belgilangan muddatda javob berilmagan hollarda yer tuzish loyihalari kelishilgan hisoblanadi.
11. Ijrochi yer tuzish loyihasini tasdiqlash uchun ikki ish kuni ichida quyidagi hujjatlarni ilova
qilgan holda “E-IJARA” AT orqali tuman (shahar) hokimligiga yuboradi:
a) yer uchastkasining maydoni (gektarda) va toifasi hamda yer turlari konturlar kesimida
jadval shaklidagi ma’lumot;
b) infratuzilma obyektlari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot;
v) yer uchastkasining (1:10000 miqyosdagi, yaylovlar uchun 1:25000 dan 1:100000 gacha
miqyosdagi) qishloq xo‘jaligi elektron xaritasidan ko‘chirmasi, yer tuzish loyihasining chegaralari va
manzili;
g) chegaradosh yer uchastkalari foydalanuvchilari haqida ma’lumotlar.
12. Tuman (shahar) hokimligi uch ish kuni ichida taqdim etilgan yer tuzish loyihasini ko‘rib
chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi va “E-IJARA” AT orqali ijrochiga yuboradi.
Tuman (shahar) hokimligi uch ish kuni ichida ochiq elektron tanlovga qo‘yilayotgan yer
uchastkasining ixtisoslashuvi va yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritish haqida yer tuzish loyihasini ijrochiga
qaytarishi mumkin. Boshqa sabablar bilan yer tuzish loyihasini qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
13. Ijrochi uch ish kuni ichida
kamchiliklarni bartaraf etib, loyihani tasdiqlash uchun tuman
(shahar) hokimligiga qayta kiritadi.
Bunda vakolatli tashkilotlar bilan qaytadan kelishish talab etilmaydi.
14. Tuman (shahar) hokimligi ikki ish kuni ichida taqdim etilgan yer tuzish loyihasini ko‘rib
chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi hamda “E-IJARA” AT orqali ijrochiga yuboradi.
Yer tuzish loyihasi belgilangan muddatda tasdiqlanmagan hollarda loyiha tasdiqlangan
hisoblanadi va harakat “E-IJARA” ATda avtomatik tarzda keyingi bosqichga o‘tadi.
15. Ijrochi bir ish kuni ichida tuman (shahar) hokimligi tomonidan tasdiqlangan yer tuzish
loyihasi asosida yer uchastkasini ochiq elektron tanlovga qo‘yish to‘g‘risida ushbu Reglamentga
2-
ilovaga
muvofiq shakldagi elektron buyurtmani “E-IJARA” AT orqali operatorga yuboradi.
Buyurtmaga yer tuzish loyihasi ilova qilinadi.
16. Buyurtmaga yer tuzish loyihasi ilova qilinmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgan
taqdirda, operator tomonidan buyurtma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan
kechikmasdan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtmani “E-IJARA”
AT orqali
ijrochiga qaytaradi.
17. Ijrochi buyurtmani qaytarishga asos bo‘lgan kamchiliklarni bir ish kuni ichida to‘liq bartaraf
etib, takroran elektron buyurtmani “E-IJARA” AT orqali operatorga yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: