Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Ochiq elektron tanlov g‘olibini aniqlash va tanlov natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani



Download 286,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/31
Sana20.06.2022
Hajmi286,69 Kb.
#681770
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Bog'liq
709-сон 24.11.2021. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida

6-bob. Ochiq elektron tanlov g‘olibini aniqlash va tanlov natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani
rasmiylashtirish tartibi
31. Talabgorlarning har bir ko‘rsatkichiga qo‘yilgan ballar ushbu Reglamentga 
4-ilovada
keltirilgan mezonlarga muvofiq savdo platformasi orqali avtomatik ravishda hisoblab chiqariladi.
32. Eng ko‘p ball to‘plagan talabgor ochiq elektron tanlov g‘olibi deb topiladi va operator
tomonidan tanlov o‘tkazilgan kunning o‘zida e’lon qilinadi hamda bir vaqtning o‘zida tanlov
g‘olibining shaxsiy kabineti, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta manziliga bu haqda xabar
yuboriladi.
Talabgor to‘plagan ballar teng bo‘lib qolgan taqdirda, kalendar tartibida arizani birinchi bo‘lib
topshirgan talabgor ochiq elektron tanlov g‘olibi sifatida e’tirof etiladi.
33. Tanlov obyekti bo‘yicha yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolash uchun tanlov
g‘olibiga besh ish kunlik muddat beriladi.
34. Operator ochiq elektron tanlov yakunlangan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan
QR-kodini (matrik shtrixli kod) qo‘llash orqali tanlov natijalari to‘g‘risidagi maxsus raqam qo‘yilgan
elektron bayonnomani rasmiylashtiradi va tanlov g‘olibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
35. Bayonnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
tanlov o‘tkazilgan sana;
bayonnoma rasmiylashtirilgan sana;
tanlov g‘olibi haqida ma’lumot hamda uning tanlov takliflariga berilgan ballar;
tanlov obyekti haqida ma’lumotlar;
buyurtmachi va tanlov g‘olibi o‘rtasida tanlov obyekti bo‘yicha yer uchastkasini ijaraga olish
shartnomasini tuzish muddati.
36. Agar tanlov g‘olibi bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng tanlov obyekti bo‘yicha yer
uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolashdan bosh tortsa, tanlovning salohiyatli g‘olibiga
(agar ballar teng bo‘lsa — arizani oldinroq bergan talabgorga) operator tomonidan besh ish kunlik
muddat beriladi.
Tanlovning salohiyatli g‘olibi tanlov obyekti bo‘yicha yer uchastkasini ijaraga olish
shartnomasini imzolashga rozilik bildirgan taqdirda, u tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi va
belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Belgilangan muddatda tanlov obyekti bo‘yicha “E-IJARA” AT orqali tuman (shahar) hokimligi
bilan shartnoma imzolashni rad etgan tanlov g‘olibi (salohiyatli g‘olib) tomonidan kiritilgan zakalat
puli qaytarilmaydi hamda ushbu mablag‘lar operator tasarrufida qoladi.
37. Ochiq elektron tanlov g‘olibi jismoniy shaxs bo‘lgan taqdirda, ikki ish kuni ichida fermer
xo‘jaligi sifatida yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan
o‘tadi.
Ochiq elektron tanlov natijalariga doir elektron bayonnomada g‘olib sifatida ushbu jismoniy
shaxs, tanlov natijalarini tasdiqlash haqidagi qarorda esa u tomonidan ta’sis etilgan fermer xo‘jaligi
yoki boshqa yuridik shaxs ko‘rsatiladi.
Bunda, tanlov g‘olibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lgandan keyin yer uchastkasiga bo‘lgan huquq tashkil etilgan yuridik shaxs nomiga davlat
ro‘yxatidan o‘tkaziladi.


38. Tanlov g‘olibi (salohiyatli g‘olib) tomonidan tanlov obyekti bo‘yicha tuman (shahar)
hokimligi bilan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi imzolagandan so‘ng, operator maxsus
depozit hisobvarag‘iga kiritilgan zakalat pulining yigirma foizi miqdorida xizmat haqini chegirib
qolgan holda, qolgan 80 foiz pulni besh ish kunida quyidagi tartibda taqsimlaydi:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni
raqamlashtirish markazi” davlat muassasasiga;
bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida — yer uchastkasiga bo‘lgan
huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli
hududiy boshqarmasining hisobvarag‘iga;
10 foizi (yer uchastkasi maydoni 100 gektar va undan ko‘p bo‘lganda 15 foizi) — tegishli tuman
(shahar) mahalliy budjeti daromadiga;
qolgan mablag‘lar — ijrochining hisobvarag‘iga.
Tanlov g‘olibidan keyingi eng ko‘p ballni to‘plagan talabgorga (salohiyatli g‘olib) zakalat puli
tanlov yakunlangan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida to‘liq qaytariladi.
Boshqa talabgorlarga operatorning maxsus depozit hisobvarag‘iga kiritilgan pul tanlov
yakunlangan yoki o‘tkazilmagan deb e’tirof etilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida to‘liq
qaytariladi.
Ushbu nizomning 
6-bandida 
ko‘rsatilgan yer uchastkasi chegarasi o‘zgargan hollarda tanlov
g‘olibidan kadastr pasportini shakllantirish uchun ham qonunchilikda belgilangan miqdorda to‘lov
undiriladi.
39. Savdo platformasi orqali ochiq elektron tanlov natijalariga doir elektron bayonnoma “E-
IJARA” AT ga joylashtiriladi.
40. Tegishli qaror loyihasi va bayonnoma ijrochi tomonidan bir ish kuni ichida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga
yuboriladi. Qaror “E-qaror” yagona elektron tizimida qonunchilikda belgilangan tartibda uch ish
kuni ichida qabul qilinadi va “E-IJARA” ATga yuboriladi.
41. Belgilangan tartibda shakllantirilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining
ijara shartnomasi ijrochi tomonidan bir ish kuni ichida tuman (shahar) hokimligiga “E-IJARA” AT
orqali yuboriladi.
42. “E-IJARA” AT tomonidan yuborilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining
ijara shartnomasi tuman (shahar) hokimligi va ochiq elektron tanlov g‘olibi o‘rtasida ERI bilan
avtomatik tarzda tasdiqlanadi.
43. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish uchun yer tuzish hujjatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ochiq elektron tanlov natijalari to‘g‘risidagi elektron
bayonnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori nusxasi “E-IJARA” AT orqali bir ish kuni ichida Kadastr
agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
44. Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli hududiy boshqarmasi qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida ikki ish kuni ichida ochiq
elektron tanlov g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va
tegishli reyestrdan ko‘chirmani elektron axborot almashinuvi orqali ijrochiga yuboradi.
Bunda ushbu nizomning
 6-bandida 
ko‘rsatilgan yer uchastkasi chegarasi o‘zgargan hollarda
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli hududiy boshqarmasi qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi va yer tuzish hujjatlari asosida besh ish kuni
ichida kadastr pasportini rasmiylashtiradi hamda ochiq elektron tanlov g‘olibining yer uchastkasiga
bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va tegishli reyestrdan ko‘chirmani elektron
axborot almashinuvi orqali ijrochiga yuboradi.
45. Ijrochi ochiq elektron tanlov g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida reyestrdan ko‘chirmani olgan kunning o‘zida qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ochiq elektron tanlov natijalari to‘g‘risidagi
elektron bayonnomani tasdiqlash haqidagi qarorini hamda tanlov g‘olibining yer uchastkasiga


bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha reyestrdan ko‘chirmani tanlov g‘olibiga
“E-IJARA” AT orqali yuboradi.
46. Ijrochi uch ish kuni ichida ochiq elektron tanlov g‘olibiga yer uchastkasining chegarasini
joyida ko‘rsatib beradi.
47. Tanlovga qo‘yilgan obyekt buyurtmachi tomonidan yoki tegishli sud, prokuror, tergovchi
va surishtiruvchining qarorlariga asosan tanlov boshlangunga qadar yoki tanlov o‘tkazilmagan deb
topilgandan so‘ng savdo platformasidan olinishi (buyurtmaga o‘zgartirish kiritilishi, bekor qilinishi)
mumkin.

Download 286,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish