Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida


qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish



Download 286,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/31
Sana20.06.2022
Hajmi286,69 Kb.
#681770
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
709-сон 24.11.2021. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish — qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida
ijara haqi evaziga ikkilamchi ijaraga oluvchiga belgilangan muddatga foydalanish uchun berish;
ikkilamchi ijaraga beruvchi — ushbu Nizomning 
2-bandida 
ko‘rsatib o‘tilgan subyektlar;
ikkilamchi ijaraga oluvchi — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi
ijaraga berish shartnomasiga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini
belgilangan tartibda ikkilamchi ijaraga beruvchidan oladigan yuridik va jismoniy shaxslar;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
yetishtirish uchun foydalaniladigan yer uchastkalari (sug‘oriladigan va lalmi haydalma yerlar, bo‘z
yerlar, ko‘p yillik mevali-rezavor dov-daraxtlar, tokzorlar va boshqa daraxtlar band bo‘lgan yerlar,
yaylov va pichanzorlar);
oraliq ekish — ekin maydonlarini asosiy ekinlardan bo‘shagandan keyin hamda bog‘-tok
qator oralariga ekin ekib vaqtincha foydalanish;
foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari — investitsiya
shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimida nazarda tutilgan talablar asosida foydalanishga
3


(irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, qayta tiklash, yangidan barpo
etish, mevali ko‘chatlar ekish, tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish va boshqalar) kiritilgan yer
uchastkalari;
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr
agentligining Davlat kadastrlari palatasi;
ikkilamchi ijara shartnomalari reyestri — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida ijara haqi evaziga ikkilamchi ijaraga
oluvchiga belgilangan muddatga foydalanishga berish to‘g‘risida ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi
o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni hisobga olish reyestri.
5. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish
maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz)
beriladi.
Agar qonunchilikda boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yer uchastkasini ikkilamchi
ijaraga berish ikkilamchi ijaraga beruvchining yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish
shartnomasida belgilangan majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi.
6. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari oraliq qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish
uchun yuridik va jismoniy shaxslarga bir yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga beriladi.
Investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga kiritilgan qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining (keyingi
o‘rinlarda — shartnoma) muddati ikkilamchi ijaraga beruvchi va ikkilamchi ijaraga oluvchining
(keyingi o‘rinlarda — taraflar) kelishuviga ko‘ra belgilanadi. Mazkur muddat qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
7. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomalari vakolatli organ tomonidan elektron axborot tizimi
orqali ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Ikkilamchi ijaraga berish shartnomalarini ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun vakolatli organga bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida
to‘lov amalga oshiriladi.
Ikkilamchi ijaraga oluvchi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lsa,
to‘lov undirilmaydi.
Ikkilamchi ijara shartnomalari reyestri Yer kadastriga doir axborot hisoblanadi.

Download 286,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish