Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Shartnoma tuzish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi



Download 286,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/31
Sana20.06.2022
Hajmi286,69 Kb.
#681770
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
709-сон 24.11.2021. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida

2-bob. Shartnoma tuzish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
8. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ikkilamchi ijaraga ixtiyoriylik asosida
ikkilamchi ijaraga beruvchining tashabbusi bilan ikkilamchi ijaraga oluvchining roziligiga ko‘ra
faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida beriladi.
9. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ikkilamchi ijaraga ushbu Nizomga ilovaga
muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
10. Shartnoma ikkilamchi ijaraga beruvchi va ikkilamchi ijaraga oluvchi o‘rtasida yozma
shaklda, qog‘oz yoki elektron hujjat shaklida tuziladi.
Qog‘oz shaklidagi shartnoma kamida 4 nusxada tuziladi.
Taraflar shartnomani tuzishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilishlari shart.
11. Ikkilamchi ijaraga beriladigan yer uchastkasining o‘lchami, joylashgan joyi, shartnoma
summasining miqdori va boshqa shartlar taraflarning kelishuviga asosan belgilanadi hamda
shartnoma bilan mustahkamlanadi.
12. Shartnoma ikkilamchi ijaraga beruvchining yozma yoki elektron shakldagi murojaatiga
asosan vakolatli organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Vakolatli organ murojaatni ko‘rib chiqishda qo‘shimcha zarur ma’lumotlarni idoralararo
axborot tizimlari orqali o‘zaro hamkorlik qilish asosida oladi.
13. Taqdim etilgan murojaat va shartnoma vakolatli organ tomonidan uch ish kuni ichida
ko‘rib chiqiladi.
Hujjatlar vakolatli organga kelib tushgan sana murojaat qabul qilingan sana hisoblanadi.


Vakolatli organ shartnomani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, uni ikkilamchi ijara shartnomalari
reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, reyestrdan ko‘chirma taqdim etadi yoki asoslantirilgan xulosa
bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etadi.
14. Quyidagi hollarda shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etiladi:
murojaat vakolatsiz shaxs tomonidan imzolangan yoki umuman imzolanmagan taqdirda;
ikkilamchi ijaraga berilayotgan yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi ijaraga beruvchiga
tegishli bo‘lmaganda;
ikkilamchi ijaraga berilayotgan yer uchastkalariga bo‘lgan tegishli huquq belgilangan tartibda
davlat ro‘yxatidan o‘tmaganda;
ikkilamchi ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lov amalga
oshirilmaganda;
qonunchilikka muvofiq ko‘rsatilgan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish mumkin
bo‘lmaganda.
Xulosada rad etish asoslari aniq ko‘rsatilishi shart.
Mazkur bandda ko‘rsatilmagan boshqa holatlar asosida shartnomani davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vakolatli organ qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi
organga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
15. Vakolatli organ yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berishga oid hujjatlarni ko‘rib chiqish
natijasi haqida taraflarni bir ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
16. Agar shartnomada boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ikkilamchi ijaraga beruvchi
shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin ikki ish kuni ichida shartnomada ko‘rsatilgan yer
uchastkasini ikkilamchi ijaraga oluvchiga foydalanish uchun berishi, mazkur holat taraflar
tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Taraflarning kelishuviga ko‘ra, ikkilamchi ijaraga beriladigan yer uchastkasining chegaralarini
joyida belgilash va uni ajratib berish uchun geodeziya faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega
bo‘lgan tashkilotlar jalb qilinishi mumkin.

Download 286,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish