Qishloq xo`jaligi va sanoatda qo`llaniladigan moddalarning asosiy qismini organik birikmalar ta`shkil etadi va ularga bo`lgan talab kun sayin ortib bormoqda



Download 276,31 Kb.
bet2/9
Sana13.07.2022
Hajmi276,31 Kb.
#789053
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Odilov Ahror Spirtlar mustaqil ish tayyor

Spirtlar
Spirtlar — uglevodorodlarning toʻyingan uglerod atomlarida bir yoki bir nechta gidroksil guruh (—OH) tutgan hosilalari.Aromatik halkasidagi uglerod atomlarida — OH guruxi tutgan birikmalar — fenollar, toʻyinmagan uglerod atomlarida — OH guruhi tutgan birikmalar esa еnollar deyiladi. Uglevodorod radikalining tavsifiga koʻra, S. atsiklik yoki alifatik (mas, metil spirt, etil spirt, allil spirt), alitsiklik (siklogeksayogʻ aromatik (benzil spirt) va geterotsiklik boʻlishi mumkin. Molekulasidagi — OH guruhining soniga qarab, S. bir atomli (alkogollar), ikki atomli (glikollar), uch atomli (k,. Glitserin), toʻrt atomli (penta eritrit) va boshqa koʻp atomli spirtlar (geksitlar, ksilitlar) boʻladi. S.dagi — OH guruxlari birlamchi (CH2OH), ikkilamchi (>CHOH) va uchlamchi (> S—OH) uglerod atomlari bilan birikkan boʻlishi mumkin. Shu sababli bir atomli S. birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi xillarga boʻlinadi.
S. odatda, tegishli uglevodorod radikalining nomiga karab ataladi: CH3OH (metil spirt), S3H7—OH (propil spirt) va h.k. Jeneva nomenklaturasiga koʻra, tegishli uglevodorod nomiga "ol" (yoki diol, triol) qoʻshimchasi qoʻshiladi va —OH guruxi birikkan uglerod atomini rakam bilan koʻrsatiladi. Masalan, CH3—CH(OH)— CH3 (propanol2), HOCH2—CH2— CH2OH (propandiol1,3).
Bir atomli alifatik kuyi S. — rangsiz suyukliklar.Zanjirida bittadan uchtagacha uglerod atomi tutgan (S,—S3) Sdan alkogol hidi keladi.S4—S5 spirtlar nafasni qaytaradigan hidli. Yuqori S. (S2 dan boshlab) — hidsiz qattiq moddalar; alitsiklik S. yalpiz xidli, uchlamchi S. mogʻor hidli.
S. suvdan yеngil, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, oʻzi ham yaxshi erituvchi.Quyi alifatik S. suv bilan istalgan nisbatda aralashadi.Yuqori S. suvda erimaydi.Birlamchi S. kristallosolvatlar hosil qiladi, mas, SaS124S2H5OH, MgCl26C2H5OH, CuSO4CH3OH. Koʻpchilik S. suv va baʼzi erituvchilar bilan aralashib, azeotrop aralashmalar hosil qiladi.
S. molekulasida — OH guruhi boʻlgani sababli sezilarli qutblanish kuzatiladi. S. ishqoriy, ishqoriyer va boshqa baʼzi metallar bilan tuzeimon birikmalar — alkogolyatlar, mas, NaOR, Ca(OR)2, A1(OR)3 hosil qiladi. S.ga kislotalar taʼsir etganda murakkab efirlar hosil boʻladi (qarang Eterifikatsiya). Birlamchi S. oksidlanganda tdegidlar va kislotalar, ikkilamchi S. oksidlanganda ketonlar hosil qiladi; uchlamchi S. oddiy sharoitda oksidlanmaydi. Bir atomli alifatik S. kucheiz narkotik taʼsirga ega, baʼzi S zaharli.
S. tabiatda erkin holda va murakkab efirlar holida uchraydi. S. galogenalkillarni gidrolizlab (amil, benzil S. va boshqalar), olefinlarni gidrolizlab (etil, izopropil, trimetilkarbinol va boshqalar) olinadi.S, koʻpincha, karbonli birikmalar (aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar va boshqalar)ni natriy, litiy, alyuminiy gidrid, vodorod bilan qaytarib olinadi. Alkogol ichimligi uchun ishlatiladigan etil spirt qand moddalarini bijgʻitib olinadi. S.ning amaliy ahamiyati muhim: boʻyoqlar, sintetik tolalar, plastmassalar, xushboʻy dori va yuvuvchi vositalar, plastifikatorlar va portlovchi moddalar ishlab chiqarish.da xom ashyo hisoblanadi. Koʻpchilik sanoat tarmoqlarida erituvchilar va alkillovchi agentlar sifatida ishlatiladi.

Download 276,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish