Glitserin, yuqori molekulyar spirtlar, aminospirtlar
Reja:
1.Glitserin, uning fizikaviy xossalari.
2.Glitserinning kimyoviy xossalari.
3.Glitserinni sintez kilish usullari.
4.Yuqori molekulyar alifatik spirtlar. Alitsiklik spirtlar.
5.Aminospirtlar.
Tayanch so’z va iboralar: kristalizatsiyalanish, metil va etil efirlari, benzol, xloroform, kizel’gur, dinamit, glitseratlar, ketallar, atsetallar, akrolein, propilen, mumlar, alkogolyatlar, inozit, antipodlar, xolin, kolamin, sfingozin.
Glitserin, uning fizikaviy xossalari
Glitserin C3H8O3 tarkibli uch atomli spirtdir. Soddalashtirilgan holda uning strukturasini quyidagicha ko`rsatish mumkin:
CH2 OH – CHOH – CH2 OH
Glitserinning taxminiy fazoviy konfiguratsiyasi quyidagicha (17-rasm):
17-rasm. Glitserin molekulasi strukturasining fazoviy tuzilishi sxemasi
Bunda C – C bog`lanish uzunligi 0,154 nm, eng chekkadagi uglerod atomlari orasidagi masofa 0,252 nm.
Glitserinning kristallizatsiyalanishi uchun optimal harorat -70C hisoblanadi. Glitserin kristallari 17 – 20 0C da suyuladi. Kimyoviy toza glitserin tiniq, rangsiz, quyuq suyuqlik. Ta`mi shirinroq. Glitserin juda ham gigroskopik va havodan 40%ga yaqin namlikni yutishi mumkin. Suv bilan cheksiz nisbatlarda qo`shiladi va bunda aralashmaning qizishi va hajmining kamayishi kuzatiladi.
15 0C da 100%-li glitserinning zichligi 1265,57 kg/m3. 15-30 0C intervalda haroratning har 1 0C ga o`zgarishi glitserin zichligining 6,7 kg/m3 ga o`zgarishiga olib keladi.
Glitserin metil va etil efirlari bilan aralashadi, atsetonda, xloroform – metanol (1:1), spirt – dietil efir (2:1) aralashmalarida eriydi.
Ko`pgina noorganik moddalar – KOH, Na Cl, Na2SO4, Ca(OH)2, og`ir metallar tuzi va h. k. lar glitserinda eriydi.
Glitserinda normal atmosfera bosimi sharoitida turli gazlar turli miqdorda erishi mumkin. Bu glitserinning kontsentratsiyasi va haroratiga bog`liq. Gazlarning maksimal eruvchanligi glitserinning 80%-li suvli eritmasida kuzatiladi.
Glitserinda qator organik moddalar, yuqori haroratda esa shu jumladan yog` kislotalari va glitseridlar ham eriydi. Bunday eritmalar sovutilganda ulardagi glitseridlar deyarli to`la ajralib chiqadi, yog` kislotalari esa molekulyar massasiga bog`liq ravishda juda kam miqdorda erigan holda ham qolishi mumkin.
Glitserinning suvli eritmalari sovutilganda 0 0C dan past haroratda muzlaydi. Bunday eritmalarning muzlash harorati ularning kontsentratsiyasiga bog`liq. Glitserining 66,7%- li eritmasi eng past muzlash haroratiga (-46,5 0C) ega.
Toza glitserin odatda 150-160 0Cda qizdirilganda asta –sekinlik bilan bug`lana boshlaydi. Agar glitserin yoqilsa, u dudlamaydigan alanga bo`lib yonadi. Glitserinning alangalanish harorati 187 0C, o`z-o`zidan alangalanish harorati esa 393 0C. 28,75 0C dan past haroratda toza glitserin bug`larining solishtirma bosimi (uprugost’ parov) nol’ga teng. Shu sababli xona harorati sharoitida glitserin bug`lanib uchib keta olmaydi.
Toza glitserin normal atmosfera bosimi sharoitida 290 0C harorat ostida qaynab, parchalanmasdan haydalishi mumkin. Ammo glitserinda mineral moddalar aralashmasi bo`lsa, bu haydash davomida glitserinning ma`lum darajada parchalanishiga sabab bo`la oladi.
Glitserinning distillangan suvdagi eritmalari nisbatan pastroq haroratlarda qaynaydi. Qaynash haroratiga qarab, ma`lum ma`lumotnomalar asosida eritmaning kontsentratsiyasini aniqlash mumkin.
Glitserinning suvli eritmalari bug`latilganda uning ma`lum qismi suv bilan birga bug`lanadi. Glitserinning suvli eritmalarini 100 0C da bug`latilganda bug` tarkibidagi glitserin miqdori quyidagi ko`rsatgichlar orqali xarakterlanadi (% hisobida):
Eritmada……………….75 80 85 90 95 100
Bug`larda………………0,2 0,3 0,4 0,55 0,85 1,7
Do'stlaringiz bilan baham: |