1.2.Tabiiy sharoiti
Qirg`iz xalqi— millatining shakllanishi juda murakkab kechgan. Uning tarkib topish tarixi taqdiri Markaziy Osiyo va Turkiston xalqlari tarixi bilan uzviydir.
XVII asrining o`rtasida Qirg`izistonga oyrat jung`or xonligi tajovuz qiladi. Ular Markaziy Osiyo, Turkiston yaylovzorlarini egallash maqsadida qirg`iz xalqining qanchadan-qancha qonini to`kadi. Biroq Turkiston xalqlari, qirg`iz, o`zbek, qozoq bir bo`lib oyrat xonligi bosqinchilariga qarshi kurashadi va o`rnatilgan Oyrat davlatini o`rnatadi. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib qirg`iz xalqining boshiga yana kulfat tushadi. Endi u Rossiya tazyiqiga duch keladi, 1855 yilda uning issiq ko`l hududi, 1864 yilda Chu vodiysi, 1876 yilda Qo`qonxonligi qo`lida bo`lgan Janubiy Qirg`iziston Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinadi. Natijada Qirgiziston hududining xushmanzara yerlariga ruslar daryodek oqib kela boshlaydi, o`troq aholiga aylanadi. Shuningdek o`tgan asrning 70 va 80 yillarida Qirg`izistonga Xitoydan manjur-sink feodallari zulmga bardosh berolmagan dunga va uygurlar ko`chib kelishadi. Qirg`iziston 1917-1991 yillarda sobiq Sovet Ittfoqi tarkibida edi.
Qirg`iziston ko`p millatli davlat. Qirg`izlar mamlakat aholisining katta qismi teng yarmini tashkil qiladi. Bu yerda ruslar 24 foiz, o`zbeklar 10,6, ukrainlar 6,6 tatar, qozoq, tojik, uyg`ur va boshqa millat vakilari ham yashaydi. Mamlakat aholisi juda notekis joylashgan. Tog` yon bag`irlar daryo bo`ylari va vodiylarida aholi juda zich, tog`lik zona Tyanshan viloyati hududida esa juda siyrak joylashgan. Aholining tog`lik va tog` oldi zonalarida farqli joylashishi Markaziy Osiyo davlatlariga xos qonuniyat. Bu qonuniyatning negizida tog`liq va tog` oldi vodiy, tekislik va pasttekislik zonalarining xo`jalik nuqtai nazaridan o`zlashtirilish darajasi yotadi. Tog`li zonada asosan yaylov chorvachiligi, tog` oldi zonalarida intensiv dehqonchilikning amal qilishi aholining zichligini belgilab beruvchi omildir.
Qirg`izistonda aholining katta qismi qishloqlarda yashaydi. Qishoq va shahar aholisining nisbati 62:38. Shuning uchun ham mamlakatda urbanizatsiya muammosi keskin emas. Aholining qishloqdan shaharga bo`ladigan ichki migratsiyasi salbiy ko`rstakichli. Masalan, shahar aholisi 1979 yilda 39 foizga teng edi, u 1989 borib 38 foizga tushib qoldi.
Uning tarmoq va hududiy tuzilishi. Qirg`iziston iqtisodiyotida yaqin o`tmishda qishloq xo`jaligi yetakchilk qilgan. Aholining mashg`uloti yaylovdan- yaylovga ko`chmanchilik qilib chorva mollari boqish va qisman dehqonchilik qilish bo`lgan. Sanoatning kam turi birinchi navbatda tog`-kon sanoati rivojlangan edi. Bugungi Qirg`iziston o`z xalq xo`jaligini va shu jumladan sanoat ishlab chiqarishini keng doirada rivojlantirayotgan mustaqil davlatdir. U o`z mustaqilligini qo`lga kiritish bilan mamlakat xalq xo`jaligini tezkorlik bilan rivojlantirish yo`llarini izlamoqda, ilg`or xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Bu narsa ayniqsa sanoatda yaxshi ko`zga tashlanmoqda. Qirg`iziston sanoatiniig tarmoq va hududiy tuzilishi uning ichki imkoniyatlari xom ashyo rasurslari va mamlakat ehtiyoji, hamda davlatning geografik o`rniga ko`p jihatdan bog`liq. Qirg`iziston hududidan topilgan ko`mir, neft, tabiiy gaz, surma, simob, qo`rg`oshin, qalayi, rux, oltin, uran konlari, mavjud sersuv va tezkor daryolarning elektro energiya berish quvvati, qishloq xo`jaligida yetishtirilayotgan paxta, qand lavlagi, tabiiy ipak, mayin va yarim mayi tolali jun, teri mahsulotlari mamlakat sanoati uchun muhim xom ashyodir. Shu boisdan ham bu yerda yoqilg`i-energetika, ranglil metallurgiya, mashinasozlik, qurilish materiallari, engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari shakllangan.
Elektr-energetika sanoati. Qirg`iziston sanoat ishnlab chiqarishining yetakchi tarmoqlaridan biridir. U asosan ko`mirga va qisman neft hamda tashqaridan keltiriladigan gazga tayanadi. Qirg`izistonda o`tgan asrning 60 yillaridan ko`mir qazib olish boshlangan va 1913 yilga borib ko`mir qazib olish hajmi 103 ming tonnaga yetgan. Hozirgi vaqtda mamlakatda 0,5 mln t. ko`mir qazib olinmoqda, biroq 1990 yilda bu yerda 3,5 mln. tonna ko`mir qazib olingan edi. Janubiy-G`arbiy Qirg`iziston asosan Qorasuv havzasida mamlakat ko`mirining 97 foizi qazib olinadi. Shuningdek, mamlakatning bu rayonida neft va gaz konlari ham uchraydi, Yiliga 100 ming tonna atrofida neft qazib olinmoqda. Osh, Moylisoy issiqlik elektrmarkaz IEMlari Osh viloyatida topilgan gazga ishlamoqda. Shuningdek, Qirg`iziston O`zbekistondan yiliga 1,2 mlrd. kub.m. gaz olmoqda va uning ayrim IESlari O`zbekiston gaziga ishlamoqda.
Qirg`iziston tog`-kon sanoatining faxri uning surma ishlab chiqaradigan janubiy metallurgiya kombinatidir. Bu kombinat 1936 yilda ishga tushgan va mashinasozlik sanoati uchun qimmatli surma mahsuloti ishlab chiqaradi. Endilikda Qirg`iziston mazkur zavodda tayyorlanayotgan surmani ko`pgina xorijiy mamlakatlarga eksport qilmoqda. Shuningdek, mamlakatning yana janubi-g`arbiy qismida 1942 yilda rangli metallurgiyaning noyob sohasi - Haydarken simob zavodi ishga tushgan. Bu zavod to`liq siklda ishlaydi. Unda ruda qazib olish, uni saralash va tayyor simob ishlab chiqarishgacha bo`lgan jarayon amalga oshiriladi. Mamlakat rangli metallurgiya sanoat majmuida surma va simob ishlab chiarish, oltin va uran qazib olishning rivojlanishi bilan Qirg`izistonning xalqaro miqyosida iqtisodiy mavqei oshib bormoqda.
Qirg`izistonda qishloq xo`jaligi mashinasozligi yaxshi rivojlantirilgan. U bugun sanoat yalpi mahsulotining 23 foizini ishlab chiqaradi. Mamlakat mashinasozlik sanoat korxonalari qishloq xo`jalik mahsulotlarini tashish uchun avtosamosvallar yuk avtomobillari, hamda stanok, elektrotexnika asbob-uskunalari, elektrolampa, kabel, metall kesadigan instrumentlar ishlab chiqaradi.
Bishkekda Markaiy Osiyoda yagona kamvol-mogut fabrikasi ishlab turibdi. Tokmoq sharida junni birlamchi qayta ishlaydigan fabrika bor. Bu sanoat korxonalari mahalliy xom ashyoga tayanib sifatli jun gazlamalar, kiyim-kechaklar ishlab chiqaradi.
Qirg`iziston Markaziy Osiyoda qand lavlagidan qand-shakar ishlab chiqarishda kattagina tajribaga ega bo`lgan davlat. Chu vodiysida ko`p miqdorda qand lavlagi yetishtiriladi va undan qand-shakar ishlab chiqariladi.
Qirg'iziston hududining 90 foizidan ko‘prog‘ini, asosan kenglik yo‘nalishida joylashgan tog‘lar egallaydi. Ular respublika hududining shimolida Tyanshan va Janubi-g'arbida Oloy tog'laridir. Adirlik va tog‘ oraliqlari umumiy inaydonning 10 foizini tashkil qiladi.
Tabiiy resurslari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ko'mir zaxiralari mavjud. Shuningdek, surma, simob bilan yaxshi ta`minlangan, istiqbolli polimetall, oltin kabi konlariga ham ega. Gidroenergiya zaxiralariga ancha boy.
Do'stlaringiz bilan baham: |