Gaz konlari. Gaz konlarini qazish Gaz sanoati Jahonning yoqilg‘i sanoatining eng yosh va tez taraqqiy etayotgan tarmog‘idir



Download 18,43 Kb.
Sana20.03.2022
Hajmi18,43 Kb.
#504132
Bog'liq
6-mavzu


Gaz konlari. Gaz konlarini qazish

Gaz sanoati - Jahonning yoqilg‘i sanoatining eng yosh va tez taraqqiy etayotgan tarmog‘idir. Gaz sanoatining rivojlanishi yoqilg‘ining samarador ekanligi va yer bag‘rida gazning juda katta resurslari mavjudligi bilan bog‘liqdir. Tabiiy gazlar yer ostidan qazib olinadi va asosan metanlar qatoriga kiruvchi uglevodorodli gazlardan tashkil topgandir. Uning tarkibiga metan, etan, propan, butan, pentan va geksanlar, ularning birikmalari kiradi. Uglevodorodlardan tashqari, tabiiy gazlar tarkibida azot, is gazi, oltingugurt, vodorod va inert (kam uchraydigan) gazlari uchraydi.


Tabiiy gazlar yer ostida paydo bo‘lishiga qarab qo‘yidagi guruhlarga bo‘linadi: toza gaz ko‘rinishida, neft paydo bo‘lgan joylarda neft bilan birgalikda va gaz kondensati paydo bo‘lgan kondensatli gazlar. Toza gaz ko‘rinishidagi tabiiy gazlarning tarkibi asosan me tandan tarkib topgan bo‘lib, quruq va taqir bo‘ladi. Og‘ir uglevodorodli gazlarning (propan va undan keyingilari) quruq gaz tarkibidagi miqdori 50 g/m3 dan oshmaydi. Neft bilan birgalikda paydo bo‘lgan gazlar, neft paydo bo‘lgan joydan qazib olinadi. Bu gazlarni «hamroh» (yo‘l-yo‘lakay) gazlar ham deb ataydilar. Bunday gazlarning tarkibida metandan tashqari, ko‘p miqdorda og‘ir uglevodorodli gazlar (150 g/m3 va undan ortiq) bo‘lib, moyli gaz hisoblanadi. Moyli gazlar bu quruq gaz bilan propan-butanli bo‘linma va benzinli gazlar aralashmasidan iboratdir. Gaz-kondensati paydo bo‘lgan joylardan qazib olinayotgan kondensatli gazlarning tarkibi quruq gaz va kondensat bug‘i (par)dan iborat bo‘lib bosim kamayganda hosil bo‘ladi. Kondensat bug‘i bu og‘ir uglevodorodli gaz bug‘lari aralashmasi bo‘lib, uglerodning tarkibi S5 va undan yuqori bo‘ladi (benzin, ligroin, kerosindir). Tabiiy gazlarning kimyoviy xom ashyo sifatidagi qiymati yana shundan iboratki uning tarkibida katta miqdorda metan-uglevodorod borligidir. Metanning eng istiqbolli kimyoviy qayta ishlash jarayonlaridan biri uning oksidlanishidir. Bu reaksiya natijasida formaldegid va metanol hosil bo‘ladi. Bu usul qo‘llanilganda tarkibida 0,1 % azot oksidlari bo‘lgan metan-havo aralashmasi 600-700 °S qizdirilgan reakgordan tez o‘tkaziladi. Bu usulda reaksiyaga kirishgan metandan ajralib chiqadigan formaldegid 70 % ni tashkil etadi. Formaldegid faol kimyoviy birikma, u boshqa moddalar bilan oson reaksiyaga kirishadi. Shu tufayli ham formaldegid organik sintezning bebaho yarim mahsulotiga aylanib qoladi. Formaldegid asosida mochevina-formaldegid, fenol-formaldegid smolalari, yangi polimer poliformaldegid, organic buyoklar, dori va antiseptik preparatlar tayyorlanadi. Formaldegiddan foydalanish miqyosi yil sayin kengayib bormoqda.
Hozirgi vaqtda ko‘plab gaz, gaz kondensati, gaz-neft va neft-gaz kondensati konlari ochilgan. Shu bilan birga tabiiy gaz resurslarining hududiy konsentratsiyasi (to‘planganlik darajasi) yuqoridir. Resurslarning bunday o‘ziga xos taqsimlanishi sababli yoqilg‘ini qazib olish ancha mahalliy xarakterga ega. Gaz foydalanish sharoiti eng qulay bo‘lgan eng katta konlardan ko‘proq qazib olinadi.
Bundan tashqari, mazkur tarmoq uchun ishlab chiqarishni joylashtirishdagi tadrijiy o‘zgaruvchanlik xarakterlidir, buning sababi shuki, tabiiy gazning aniqlangan resurslari tarqalgan yerlar chegarasi tezlik bilan kengaymoqda, shuningdek ularni qazib olish nisbatan oson bo‘lib, arzonga tushmoqda. Gaz sanoatining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, qattiq va suyuq yoqilg‘i (ya’ni yonilg‘i)dan farq qilib, tabiiy gaz darhol bevosita iste’molchilarga o‘tkazib berilishi kerak. Shu sababli gazni qazib olish, bir joydan ikkinchi joyga olib borish va ishlatish bir butun jarayonning o‘zaro chambarchas bog‘liq bosqichlaridan iborat. Gazdan foydalanishga ketadigan xarajatlarning asosiy qismi uni qazib olinadigan joydan ishlatiladigan joyga tashib keltirishga sarflanadi. Katta miqdordagi gazni tobora katta masofalarga uzatish quvurlarining diametri (yo‘g‘onligi) va konstruksiyasiga, shuningdek ichki bosimiga bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda mamlakatlarni gaz bilan ta’minlashning tizimi tarkib topgan bo‘lib, u ishlab turgan yuzlab konlarni, gaz quvurlari, kompressor stansiyalari, yer osti gaz omborlari va boshqa xil inshootlarning sertarmoq guruhini o‘z ichiga oladi.
Gaz quvurlari tarmoqlarini kengaytirish, asosan, konlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir. Qazib olinayotgan gazning 4/5 qismini sanoat, asosan energetika va texnologiya maqsadlarida ishlatadi, qolgan qismi kommunal xo‘jalikda ishlatiladi. Tabiiy gazni ishlatish ma’lum darajada mavsumiy xarakterga ega. Tabiiy gaz osonlik bilan kimyoviy reaksiyaga kiradi va shuning uchun metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash, metallni qayta ishlash, neft-kimyo, sement va boshqa sohalarning xom ashyosi hisoblanadi. Shuningdek u quyidagi tarmoqlarda keng qo‘llaniladi:
· energiya manbai sifatida (tarqatishning oddiyligi va sezilarli darajada arzonligi);
· uy-joylarni markazlash tirilgan tarzda isitishda, ovqatlanish va taomlarni tayyorlash uchun;
· uy-joy-kommunal xizmatlarida (aholi turmushini sezilarli darajada yaxshilaydi);
· avtomobillar uchun yoqilg‘i sifatida (metan tabiiy yoqilg‘i bo‘lib, atrof-muhitga deyarli zarar yetkazmaydi, benzin narxidan ancha arzon);
· gazni suyultirish mumkinligi - sintetik suyuqlik yuqori sifatli avtomobil va aviatsiya yoqilg‘isi (SJT) ishlab chiqarish uchun foyda­laniladi. 2015 yildan boshlab “Shell” kompaniyasi o‘zining Pureplus texnologiyasida dvigatel yog‘larini ishlab chiqaradi, unga asos bo‘lib neft emas gaz ishlatiladi;
· tabiiy gaz mineral o‘g‘it uchun xom ashyo sifatida foydala­niladi;
· ammiak ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

O‘zbekiston dunyo mamlakatlari orasida tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birida turadi. Mamlakatimiz tabiiy gaz qazib chiqarish bo‘yicha MDH da uchinchi, dunyoda ‘rinda turadi. O‘zbekistonning 5 ta neft va gazga boy mintaqalarida uglevodorod xom ashyosining 250 ta koni ochilgan.


Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi gaz transport tizimi 13,6 ming kilometrdan ortiqroq magistral gaz quvurlaridan tashkil topgan.
Kompressor stansiyalarda, magistral gaz quvurlari orqali gaz transportini amalga oshiradigan turli xil rusumda 252 ta gaz haydovchi agregatlar ekspluatatsiya qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish hamda uni eksporti va tranzitini sharqiy, shimoliy va janubiy yo‘nalishlarda gazni yer ostida saqlash inshoatlari va magistral gaz quvurlari boshqarmasi amalga oshiradi.
Tabiiy gaz oqimi magistral gaz quvurlariga asosan regionlardagi gaz qazib chiqaruvchi va gazni qayta ishlovchi korxonalardan kelib tushadi va ular quyidagi asosiy yo‘nalishlarga tarqatiladi:
Ø tabiiy gazni aholiga va sanoat iste’molchilariga sotish;

Ø magistral gaz quvurlariga bevosita chiqish imkoniyati bo‘lgan sanoat korxonalariga tabiiy gazni sotish;


Ø tabiiy gaz eksporti;
Ø tabiiy gazni yer osti omborlariga haydash.[10]
2017 yil ma’lumotlariga ko’ra O’zbekiston jahonnda eng ko‘p tabiiy gaz qazib chiqaruvchi davlatlari orasida 12 o’rinda turadi.
Jahonning eng ko‘p tabiiy gaz qazib chiqaruvchi davlatlari
Davlatlar nomi
Yillik tabiiy gaz qazib chiqarish mlrd. kub m.
Jahon bozoridagi ulushi, foizda
1.Rossiya Federatsiyasi 647 mlrd. mᵌ-18 %
2.AQSh 619 mlrd. mᵌ-17 %
3.Kanada 158 mlrd. mᵌ-4 %
4.Eron 152 mlrd. mᵌ-4 %
5.Norvegiya 110 mlrd. mᵌ-3 %
6.Xitoy 98 mlrd. mᵌ-2.7 %
7.Niderlandiya 89 mlrd. mᵌ-2.4 %
8.Indoneziya 82 mlrd. mᵌ-2.2 %
9.Saudiya Arabistoni 77 mlrd. mᵌ-2.1 %
10.Jazoir 69 mlrd. mᵌ-1,9 %
11.Turkmaniston 66.2 mlrd. mᵌ-1,8 %
12.O’zbekiston-65 mlrd. mᵌ-1,8 %

Respublikamizda qazib olinayotgan gaz uchta zavodda qayta ishlanadi:


Muborak gazni qayta ishlash zavodi.
Muborak gazni qayta ishlash zavodi «O‘zneftgazqazibchiqarish» AKning unitar shu’ba korxonasi bo‘lib, dunyodagi eng yirik gazni qayta ishlovchi zavodlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi 1971-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, har yili 30 mlrd. kub.m. gazni qayta ishlashga mo‘ljallangan. 2007-yildan boshlab zavod tomonidan ishlab chiqarilayotgan texnik oltingugurt sifat menejmenti xalqaro tizimi tomonidan sertifikatlanmoqda.
Korxona bir necha mahsulot turlarini ishlab chiqaradi:

· barqaror gaz kondensati;


· suyultirilgan uglevodorodli gazlar;
· texnik gazli oltingugurt.
Mahsulot mamlakat ichkarisida sotiladi va eksportga chiqariladi.
Korxona keng ko‘lamdagi ijtimoiy loyihalarga jalb etilgan. 2006-yilda MGQIZ hisobiga yirik sog‘lomlashtirish kompleksi qurib berildi. Sho‘rtan gazni qayta ishlash zavodi. Bu zavod shu’ba korxonasi hisoblanadi. Zavod yiliga 20 mlrd. kub.m. gazni qayta ishlaydi. Zavodda 4 ta propan-butan qorishma qurilmasi (PBQQ) ishlab turibdi. Ularning ikkitasi so’nggi yillarda qurib bitirildi. Yangi PBQQlar 6 mlrd. kub. m. gazni qayta ishlashga, 104 ming tonna suyultirilgan gazni ishlab chiqarib, 56 ming tonna propan va 48 tonna butanga ajratib berishga hamda 44 ming tonna barqaror gazli benzin ishlab chiqarishga qodir.
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi.
Bugungi kunga kelib, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi faoliyati quyidagi asosiy qismlarga bo‘linadi: tabiiy gazni qayta ishlab, etilen ishlab chiqarish (litsenziar ABB Lummus), somonomer ishlab chiqarish (Axens litseziyasi bo‘yicha) va Sclairtech texnologiyasi bo‘yicha polietilen ishlab chiqarish (litsenziar Nova Chemicals). Bugungi kunda Sho‘rtan GKM ishlab chiqargan polietilenning 60%i Yevropa (Polsha, Vengriya, Litva, Latviya, Turkiya), Osiyo ( Eron, Pokiston, Xitoy), MDH (Ukraina, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston) davlatlariga va boshqa mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Tarmoq xom ashyoni yanada chuqurroq qayta ishlash yo‘lini tanlagan. Janubiy Koreya kompaniyalari konsorsiumi bilan birgalikda Ustyurt platosidagi Surgil koni negizida Markaziy Osiyodagi eng yirik gaz-kimyo majmuasini qurish loyihasi amalga oshirildi. Bu majmuaning loyihaviy quvvati 4 mlrd. kub. m tabiiy gazni qayta ishlab, 362 ming. tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen ishlab chiqarish imkonini beradi. Sanoat gazlari uzoq vaqt davomida asosan yoqilg‘i o‘rnida foydalanib kelindi. Kelgusida ularni kimyoviy qayta ishlashni kengaytirish mo‘ljallanmoqda. Elektr energiya ishlab chiqarishning ko‘payishi munosabati bilan gaz qazib olishni ancha ko‘paytirish mo‘ljallangan; bu hol mamlakatni ayniqsa atom energetikasidan, energiyaning tiklanadigan manbalaridan tobora keng foydalanishga tayyorgarlik ko‘rish davrida mamlakatni zaruriy miqdordagi yoqilg‘i bilan ta’minlashga va ko‘mirni ochiq usulda qazib olishni rivojlantirishga imkon beradi. Shu bilan birga kondensat, elementar oltingugurt, geliy, etan va boshqa xil komponentlarni eng ko‘p ajratib olish maqsadida gazdan kompleks foydalanishni kuchaytirish ko‘zda tutilgan. Yangi tipdagi korxonalar - gaz kimyosi majmualari bunyod etilib, ular kimyo xom ashyosining eng muhim turlaridan biri - etan ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishni ta’minlaydi.
Download 18,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish