O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА O‘RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI
ISLOM KАRIMOV NOMIDАGI TOSHKENT DАVLАT TEХNIKА UNIVERSITETI
GEOLOGIYA-QIDIRUV VА KON-METАLLURGIYA FАKULTETI
KONCHILIK ISHI KAFEDRASI 70721501 – FOYDALI QAZILMA KONLARINI QAZISH (OCHIQ USULDA) MAGISTRATURA YO‘NALISHI MAGISTRANTLARI UCHUN
ILMIY PEDAGOGIK ISHI BO’YICHА
H I S O B O T I
Guruh: 3M-21 FQOUI (o’z)
Bаjаrdi: ___________ I.S. Kushnazarov
Qаbul qildi: ___________ dots. V.R. Kadirov
Kafedra mudiri: __________ dots. O.G‘. Hayitov
Toshkent 2022
2021-2022 o‘quv yili 2-semestr yakuni bo‘yicha 70721501 – Foydali qazilma konlarini qazish (ochiq usulda) magistratura yo‘nalishi magistranti Kushnazorov Ibrahim Saidqul o’g’lining Ilmiy pedagogik ishini tayyorlash bo‘yicha HISOBOTI
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Ilmiy-pedagogik ishning mazmuni.
Ilmiy-pedagogik ish davomida magistratura talabalariga qo‘yiladigan talablar.
Ilmiy pedagogik ishda magistrantlar o‘quv-me’yoriy hujjatlarni va oliy ta’lim sohasiga oid noromativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va ularni shakllantirish.
Magistrantlarning dars beradigan faniga oid nazariy asoslarini jamlashi, tanishib chiqishi, talabalarga maxsus fanlarni o’qitishda zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanish ilmiy pedagogik ishning bosh maqsadi.
Magistrantlarning ilmiy rahbari yoki kafedraning boshqa professor o’qituvchisi bilan turli mashg’ulotlarni olib borish uchun ko’rgazmali materiallarni va texnologik xaritalarni oldindan shakllantirishi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan qator islohotlar doirasida oliy va o’rta-maxsus ta’lim tizimini yanada rivojlantirishning o’rni juda muhimdir. Ayniqsa oliy va undan keyingi ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor bunga yaqqol misol bo’la oladi. Xususan talabalarni magistratura ta’lim bosqichiga jalb qilish, ularni sohaning muammolari va uning yechimlari bilan tanishishi, ular ustida ishlar olib borishi, magistrlik dessertatsiyasini yozishiga davlatimiz tomonida keng imkoniyatlar yaratilishidir.
Magistratura to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 18-dekabrda 2405 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Magistratura to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF–4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 30-son, 346-modda), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 15-16-son, 104-modda) va 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 384-modda) qarorlariga muvofiq magistratura faoliyatini tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va raqobatbardoshligini kuchaytirish, “magistr” darajasini berish bo‘yicha dissertatsiya ishi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talablar hamda xalqaro ta’lim standartlari darajasida oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash tartibini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |