Qirg’iziston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari



Download 1,1 Mb.
bet2/10
Sana01.03.2022
Hajmi1,1 Mb.
#476968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
QIRG`IZISTONNING IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIFI

Kurs ishining obyekti: Jahon tasnifi yirik xalqaro tashkilotlar (BMT, XVF, Jahon banki va hokazo. D.), bu qo'mitalari manfaatlari uchun mo'ljallangan eng keng tarqalgan ma'lumotlar olish tizimi amalga oshirilmoqda beri. xaritada esa quyida ko'rsatilgan:
- yashil - bir iqtisodiy rivojlangan mamlakat;
- sariq - davlatning o'rta darajasi;
- qizil - uchinchi dunyo mamlakat.
Jahon banki milliy iqtisodiyoti darajasida haqida ma'lumot to'playdi. Shu bilan birga, BMT ularning demografik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni diqqat qaratmoqda.
Olimlar, shuningdek, mamlakat tasnifi o'z ichiga oladi ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlash, asosiy turlari belgilangan. Geografik tasniflash jahon xaritada hisobga mamlakat o'lchamini va o'rnini oladi. Shuningdek, ularning hajmi va tuzilishi aholi, tabiiy resurslar hisobga olinadi.
Kurs ishining vazifasi: Dunyo xaritasida aniqlash va mamlakat baholash juda muhim ahamiyatga ega. Bu boshqa sinflar ishlab chiqarish uchun bir boshlang'ich bo'lishi mumkin. Dunyo xaritasida mamlakat Manzil ham nisbiy bo'ladi. belgilangan fazoviy birligi so'ng o'zgartirilishi mumkin. Lekin barcha o'zgarishlar va mavjud sharoitlar muayyan mamlakat yoki mintaqa vaziyatga xulosalar ta'sir qilishi mumkin.


I BOB Qirg`iziston geografiyasi
1.1.Qirg`iston respublikasining geografik o`rni, chegaralari
Qirg`iziston Respublikasi mustaqil davlat bo`lib, hududining kattaligi va aholisining soni jihatidan Markaziy Osiyo davlatlari ichida to`tinchi o`rinda turadi. Uning‚ hududi g`arbdan sharqqa 900 km, shimoldan janubga 410 km.ga cho`zilgan.
Qirg`iziston tog`li mamlakat hududida joylashgan. Tyanshan tog`i va uning o`nlarcha tizmalari, jumladan Talas Alatau, Qirg`iz tog`i, Kungey Alatau, Terskiy Alatau, Oloy va Farg`ona tog`i, Otboshi togi, Norintog` va boshqa tog`larda 5-7 ming metrga teng keladigan balandlik cho`qqilar bor. Mazkur tog`lar va ulardagi abadiy muzliklar, g`orlar, ulardan boshlanadigan sho`x va tezkor daryolar, tog` vodiylari va daralar, tog` usti va tog` yon bag`rlarini ishg`ol qilgan yamyashil archazorlar, baland tog`lar o`rtasida savlat to`kib turgan mo`jizasimon Issiqko`l Qirg`iziston tabiatining betakror go`zalligidan guvohlik beradi.
Qirg`iziston shimoldan Qozog`iston davlati bilan janubi-sharq va sharqdan Xitoy, janubi-garbdan Tyanshanga borib taqalgan Pomir-Oloy tog` sistemasi orqali Tojikiston, garbdan esa O`zbekiston davlatlari bilan chegaralanadi.
Mamlakatning geografik o`rni, tabiati va tabiat manbalari uning xalq xo`jalik yo`nalishiga, hamda xorijiy davlatlar bilan aloqasiga bevosita ta`sir ko`rsatib turadi. Qirg`iziston asosan tog`lar o`lkasi bo`lganligi va ayniqsa uning markazida joylashgan baland tog` sistemalari uni shimoliy va janubiy regionlarga bo`lib tashlangan. Bu narsa mamlakatning ichki va tashqi aloqalariga keskin ta`sir ko`rsatgan. Janubiy Qirg`iziston Markaziy va Shimoliy Qirg`izistondan baland tog`lar shu qadar ajratilganki, oradagi iqtisodiy aloqa haqida gapirmasa ham bo`ladi. Negaki, Shimoliy va Janubiy Qirg`iziston o`rtasida to`gridan-to`g`ri temir yo`l transporti aloqasi yo`q. Balki Janubiy Qirg`iziston Farg`ona vodiysining tarkibiy qismi bo`lib, ayni paytda O`zbekiston va Tojikistonning eng rivojlangan viloyatlari bilan chambarchas iqtisodiy aloqadadir. Mamlakatning janubiy qismi – O`sh viloyati uning shimoliy rayonlari bilan o`zga davlatlar Tojikiston, O`zbekiston va Qozog`iston orgali temir yo`l bilan iqtisodiy aloqa o`rnatgan.
Mamlakatning geografik o`rni, uning relyef xususiyatlari bilan bog`langan tomonlar chegaradosh davlatlar bilan iqtisotiy aloqalarni olib borishda turlicha imkoniyatlar tug`diradi.
Qirg`ziston katta masofada Xitoy davlati bilan chegaralanadi. Biroq ikki davlat o`rtasidagi baland tog`lar iqtisodiy aloqada tabiiy to`siq bo`lib maydonga chiqadi. Yoki janubiy-g`arbiy Qirg`izistonning Farg`ona vodiysida joylashganligi Ozbekiston-Qirg`iziston iqtisodiy va madaniy aloqalarini juda rivojlantirishga olib kelgan.
Qirg`iziston mustaqil davlat. U o`z mustaqilligini 1991 yilning avgustida qo`lga kiritdi. Qirg`iziston davlati demokratik asoslarga tayangan holatda jahonda tinchliksevar va o`z navbatida hech qanday harbiy bloklarga qo`shilmaslik siyosatini olib bormoqda. Hokimiyatni umumxalq tomonidan 5 yil muhlatga saylab qo`yilgan Prezidenti boshqaradi.



Qirg`izistonda 4,5 million kishi yashaydi. Mamlakat aholisl son jihatidan dastlab tez, mustaqillik yillarida esa sekin o`smoqda. Masalan, bu yerda 1940 yilda 1528 miig kishi yashagan bo`lsa, 1959 yilda-2066 ming, 1970 yilda-2934 ming, 1979 yilda 3529 ming va 1989 yilda esa 4291 ming kishiga yetdi. 1990-1995 yillarda esa mamlakat aholisi 435 ming kishidan 4451 ming kishiga yetdi, yani atigi 2,7 foizga ko`paydi. Mamlakatda aholi tabiiy o`sishidagi bu xil tebranish uning turmush sharoiti bilan bog`liq jarayondir. Mamlakat aholisining dinamik o`sishi bilan uning zichligi ortib bormoqda. Aholi zichligi har bir kv.kmga 1913 yilda 4 kishi, 1968 yilda 14,3, 1989 yilda 21,5 kishi. 1995 yilda esa 22,7 kishini tashkil qildi.


Qirg`iz millatining etnik kelib chiqishi uzoq tarixga borib taqaladi. Chunki qirg`iz xalqi Markaziy Osiyodagi eng qadimiy xalqlardan biridir. Qirg`iziston hududida bundan taxminan 300 ming yil burun paleolit ibtidoiy tuzum davrida odamlarning yashaganligi arxeologik qidiruv natijalarida aniqlangan. Dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyatiga ega bo`lgan qirg`iz xalqi Buyuk Kushan podsholigi hukmronligi davrida sholi, tariq, arpa, bug`doy ekish bilan hamda bog`dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, zotdor yilqichilik bilan shug`ullangan. O`rta asrda bu yerda turk ko`chmanchi qabilalari hukmronlik qilgan. X asrning o`rtalarida Sharqiy Turkiston va Semirechyada jumladan Qirg`iziston hududida turklarning qudratli davlati Qoraxonidlar hukmronlik qiladi. Qoraxonidlar X asrnning oxiriga kelib Shosh Toshkent vohasi, Farg`ona vodiysi va Movarounnahrni ishg`ol qiladi. Ularning Qirig`iziston hududidagi hukmronligi 200 yil davom qiladi. Shu davrda qirg`iz xalqi ko`chmanchilikdan o`troq xalqqa aylana boshlaydi, feodal munosabatlar shakllanadi, o`troq dehqonchilik tayangan turmush tarzi qaror topadi, shaharlar soni ko`payadi. Qoraxonidlar davrida Issiqko`l bo`yidan yetishib chiqqan taniqli filolog va tarixchi Maxmud Qoshg`ariy “Divonlug`ot at-turk” nomli uch tomlik turk lug`otini yozadi. Unda Turkiston xalqlarining qadim madaniyati, turli, urf-odati, tarixi talqin qilingan.
XII-XIII asrda mo`gullarning Turkistonga bostirib kirishi bilan bir tomondan tarixiy yodgorliklar, qadimiy shaharlar vayron qilindi, ikkinchi tomondan bu hududga sharqiy, janubiy-sharqiy davlatlardan turli qabila, el, elatlardan ko`chib kelish boshlandi. Jumladan, Mo`gullarning Qirg`izistonga bostirib kirishi bilan Yenisey bo`yidagi qabilalar Tiyanshanga kelib o`rnashdi.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish