Qirg’iziston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari


Xo`jaligiga umumiy ta`rif va atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolari



Download 1,1 Mb.
bet8/10
Sana01.03.2022
Hajmi1,1 Mb.
#476968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
QIRG`IZISTONNING IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIFI

2.2.Xo`jaligiga umumiy ta`rif va atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolari

MDH davlatlari orasida mamlakat birinchi bo'lib erga xususiy mulkchilikni joriy qildi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining katta qismini dehqon xo'jaliklari ishlab chiqaradi (31 ming). Chorvachilik - bu qirg'izlarning an'anaviy kasbidir; qo'ylar va yakaklar tog 'yaylovlarida boqiladi. Tekislikda parranda, cho'chqa va qoramol boqiladi, bu erda sabzavotlar, mevalar, dukkakli va yong'oqlar ham etishtiriladi. Asosiy qishloq xo'jaligi mahsulotlari paxta, go'sht, jun, don, sabzavot, shakar. Paxta eksport qilinadigan asosiy ekin hisoblanadi, deyarli butunlay Rossiyaga ketadi, u ham ko'plab sabzavot, meva va go'sht etkazib beradi. Tarifiy bo'lmagan cheklovlar tufayli qo'shni Qozog'istonga go'sht va sut etkazib berish qiyin kechmoqda.


Xo'jaligi agrar-industrial xarakterga ega. Yetakchi xo'jalik tarmog'i qishloq xo'jaligidir. Dehqonchiligining eng yirik tarmog'i donchilikdir. Jami ekin maydonlarining 1/2 ga yaqinida donli ekinlar ekiladi. Texnik ekinlardan paxta va tamaki (Janubiy Qirg'iziston), qandlavlagi (Shimoliy Qirg'izistonda) ko'proq ekiladi.
Chorvachiligining asosiy tarmoqlari mayin junli qoramolchilikdir.
Atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolari. Bu muammo Markaziy Osiyoga barcha xalqlar va davlatlar uchun bir xil ahamiyatli va bir xil dolzarb mavzudir. Qirg`izistonda tabiat manbalariga munosabatni olaylik. Uning qaysi qismida kon-qazib olish va qayta ishlash sanoati mavjud bo`lsa, o`sha yerda o`ydim-chuqurlar, tashlandiq tog` jinslarining uyumlari, ko`pdan-ko`p mashina yo`llari, payhon qilingan landshaft ko`zga tashlanadi. Yoki Issiqko`lni olaylik. U asrlar mobaynida mamlakat tabiatining ko`rki, mo`jizasi “jeneva”si edi. Endichi?! Undan, uning atrof-tevarak tabiatidan dam olish, madaniy hordiq chiqarish maqsadida pala-partishlik bilan o`nlarcha dam olish zonalari, shifoxonalar qurildi. Natijada moviy ko`l suvidan, uning atrof-muhitidan foydalanish salbiy oqibatlarga olib keldi. Vaziyat shu darajaga bordiki, eski imperiyaning harbiy boshliqlari mahalliy rahbariyatning fikri bilan hisoblashmasdan ko`l bo`yida harbiy poligon qurdilar. Natijada ko`l suvining ifloslanishi, atrof - muhit landshaftining oyoq osti qilinishi keskinlashdi.
Endilikda mamlakatda tabiatga munosabat o`zgarmoqda. Mustaqil Qirg`iziston davlati tabiat muhofazasiga, ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan hujjatlar qabul qildi. Mamlakat parlamenti 1992-1996 yillarda tabiat muhofazasiga oid maxsus qarorlar qabul qildi. Jumladan, Qirg`iziston tabiatining har bir komponenti va birinchi navbatda Issiqko`l tabiatini muhofaza qilishning uzoqqa mo`ljallangan dasturi ishlab chiqilgan.
Bu dasturda Qirg`iziston tabiatini asl holiga keltirish, uning noyob o`simlik va hayvonot olamini saqlab qolish, tog` tabiatini oyoq osti qilishga yo`l qo`ymaslik va Issiqko`l regioni tabiatini muofaza qilish bilan bog`langan kompleks tadbirlar ishlab chiqilgan.
Qirg‘iziston hukumati so‘nggi 5 yilda mintaqada vaziyatni yaxshilash borasida ish olib bormoqda. Bunday uran ko‘mmalari insonlarning salomatligiga jiddiy tahdid uyg‘otmoqda, qandaydir bir falokat ro‘y bersa bu keng miqyosdagi ekologik ofatlarga sabab bo‘ladi. Qayd etishicha, chiqitlarni boshqa joyga ko‘chirish masalasi hukumatning uzoq muddatli muhim loyihalaridan biri bo‘lib, Bishkekni mazkur masalada xalqaro hamjamiyat qo‘llab-quvvatlashi zarurligiga e'tibor qaratdi.
Qirg‘iziston hukumati qoshidagi atrof-muhit va o‘rmon xo‘jaligi muhofazasi davlat qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, respublikada radioaktiv chiqindilarning ko‘p miqdorda to‘planib qolishiga XX asrning 40–50-yillarida uran sanoatiga oid kon qazib oluvchi va qayta ishlovchi faoliyati sabab bo‘lgan. 50-yillarning o‘rtalaridan boshlab hozirga qadar respublikada 18 ta kon qazuvchi korxonalar, jumladan to‘rtta uran xomashyosi qazib oluvchi korxona yopib qo‘yilgan yoki konservatsiya qilingan.
Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda 33 ta qoldiq ko‘mmalari va 21 ta ochiq tog‘ jinslari joylashgan va ularning umumiy maydoni 650 gektarga teng. Radioaktiv ifloslanishga u yoki bu darajada duchor bo‘lgan hududlarning umumiy maydoni 6 ming gektarga yetgan, bu joylarda 145 million tonna radioaktiv chiqitlar to‘plangan. Qoldiq ko‘mmalarning hajmi 75 million kub metrga teng. Tog‘ jinslarining umumiy qatlami 620 million kub metrni tashkil etadi va ular 1950 gektar maydonni egallagan. Bu holatda, mazkur obektlarning katta qismi transchegaraviy daryolar (Norin, Moyli suv, Sumsar va Chuy) o‘zanida joylashgan, bu esa Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston kabi davlatlar uchun tahdidli omil bo‘lmoqda — 5 milliondan ziyod aholiga ziyon yetkazishi mumkin. Qoldiq ko‘mmalarining ko‘pchiligi Moyli suv, Ming qush, Shikoftor, Sumsar, Qoji joy, Oq tuz, Kan kabi aholi punktlarining bevosita yaqinida joylashgan.



Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish