8
I BOB. O’zbek adabiyoti namunalarining nemis va o’zbek tarjimashunos
olimlari tomonidan o’rganilishi
1.1.
Germaniyada o’zbekshunos olimlar
Tarjima yo’li bilan milliy madaniyatlar bir-birini boyitadilar. Hozirgi
kunda tarjima san’ati barcha milliy madaniyatlarni bog’lovchi vosita sifatida
o’zining sharafli burchini bajarmoqda. Uning yordamida turli til, millat va elat
vakillari
boshqa xalqlarning tarixi, madaniyati, adabiyoti bilan yaqindan
tanishish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar.
Ushbu ilmiy tadqiqot ishimiz o’zbek xalq og’zaki ijodi namunlarini nemis
tiliga tarjima qilishning lingvostilistik masalalarini yoritishga qaratilgan.
Shuningdek, o’zbek adabiyoti namunalarining nemis va o’zbek tarjimashunos
olimlari tomonidan o’rganilish tarixiga to’xtalmoqchimiz.
Bugungi kungacha xorijiy adabiyotlar namunalaridan o’zbek tiliga tarjima
qilish borasida juda ko’plab ishlar amalga oshirilgan va oshirilmoqda. Ammo,
tarjima sohasining eng nozik, shu bilan birga, dolzarb masalalaridan biri bo’lgan
o’zbek adabiyoti durdonalarini chet tillarga o’girish masalasida bunday deb
bo’lmaydi. O’zbek
adabiyoti namunalarini, ayniqsa rivoyatlirni xorijiy tillarga
aynan, nemis tiliga o’girish jarayoni birmuncha sustligi namoyon bo’lmoqda.
Shu bilan birga, amalga oshirilgan ayrim tarjimalar ustida esa tadqiqot ishlari
olib borilmagan. Balki buning sababi chet tillarni o’qitishda (o’rganishda) asosiy
e’tibor chet tilidan o’zbek tiliga o’girishga qaratilib,
masalaning ikkinchi
tomoni, balki yanada muhimroq tomoni, o’zbek tilidan chet tillarga (nemis
tiliga) o’girishga jiddiy e’tibor qaratilmayotganligidir. To’g’ri bu borada ham
xozirgacha ba’zi ishlar amalga oshirilgan va amalga oshirilib kelinmoqda.
O’zbek xalq og’zaki ijodi butun dunyo ahlining e’tiborini jalb etib kelgan
va o’zbek folklorining nemis tilida qayta yaratilishida X.Vamberi,
G. Yungbauer, I. Lannerova, I. Sirtautas, M. Shpadu, V. Flaysher, G. Keller,
I. Baldauf, Z. Klaynmihel, K. Rayxl kabi olimlar katta hissa qo’shganlar. Ular
o’zbek xalq og’zaki ijodi merosining qo’lyozma va bosma nusxalarini to’plab,
ularni tarjima va tadqiq qilishgan. Germaniyada 1583 yili Yohan Vetsel Alisher
9
Navoiyning, “Shoh Sarandibning uch navqiron o’g’lonlarining
qanday qilib
ziyoratga borg’oni” nomli asarini italyan tilidan (janob Xristofor Armaniy
forsiydan italyan tiliga o’girgan “Peregrinaggio ditre giovani figliuolidel Redi
Serendippo per opera di M.Christoforo Armeno della Persiana nell' Italiana
lingua traportato”) nemis tiliga tarjimasini amalga oshirgan. Ushbu tarjima
turkiy adabiyotdan nemis tiliga qilingan ilk tarjimalardan biri hisoblanadi.Bu
asar ikki qismdan tashkil topgan. Birinchi qismda Sarandib shohi qanday qilib
o’zining uch o’g’lonini oqil va dono qilib tarbiyalagani hikoya qilinadi. Bolalar
voyaga etgach, shoh ularni hayot tajribasidan o’tkazish
maqsadida sayohatga
yuboradi. Ko’p sarguzashtlardan so’ng, ular Bahrom Go’rning ko’liga
tushadilar. Kitobning ikkinchi qismi Bahrom Go’r va Dilorom haqida hikoya
qiladi.
Demak, o’zbek-nemis adabiy aloqalari XVI asrdayoq boshlangan. XIX
asrning boshlaridan esa yanada rivoj topdi va takomillashib boradi. Bu davrda
o’zbek
adabiyoti
namunalari
–
tarixiy
yodgorliklar
“O’g’iznoma”,
“Muhabbatnoma”, “Shajarai turk”, “Boburnoma” kabi yirik asarlar nemis tiliga
o’girila boshlandi. Shu o’rinda biz yuqorida nomlari tilga olingan olimlarning
ayrimlari to’g’risida batafsil to’xtalmoqchimiz.
Do'stlaringiz bilan baham: